Mavzu: kimyoviy termodinamika




Download 122.5 Kb.
bet1/6
Sana13.05.2023
Hajmi122.5 Kb.
#59237
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu kimyoviy termodinamika
maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, Нефт Yangi qo`llanma, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza

MAVZU: KIMYOVIY TERMODINAMIKA



  1. KIRISH

  1. ASOSIY QISM

  2. Energiya va uning mavjud formalari. Termodinamika fani.

  3. Ichki energiya va entalpiya, ularning o‘zgarishi kimyoviy energiyasining manbaidir.

  4. Termodinamikaning birinchi qonuni.

  5. Termokimyo.

  6. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.




  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


KIRISH
ХХI asrning fan va texnika tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Shu sababli, ushbu malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi ham o’rta umumta’lim maktablarida kimyo o’qitishda jumladan ish va termodinamika qonunlariga oid mavzularni o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan, kompyuterlardan foydalanishga qaratilgan. Bunday pedagogik texnologiya asosida o’qitish o’quv jarayonini jadallashtirish, o’quvchida ilmga qiziqishini oshirish, ular ijodiy faoliyatini o’stirish, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtirish kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Chunki turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi. Bundan ko’rinadiki, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan o’quvchini tayyorlashda zamonaviy o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalana bilishi, innovatsion texnologiyalar tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi, innovatsion texnologiyalarni ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini, innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini, o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo’llarini bilishi lozim.

  • termodinamika qonunlariga oid mavzularni o’qitishda ma’ruza mashg’uloti uchun ta’lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasi tuzildi.

  • termodinamika qonunlariga oid mavzularni o’qitishda amaliy mashg’uloti uchun ta’lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasi tuzildi.

Energiya va uning mavjud formalari. Termodinamika fani.
Olamdagi har qanday jismda istalgan temperaturada molekula va atomlar to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Ularning kinetik energiyalari yig‘indisi jismning issiqlik energiyasini tashkil etadi. Molekulalardagi yoki jismning kristall panjarasidagi atomlarning o‘zaro ta’sirlashuv potensial energiyasi uning kimyoviy energiya zapasidir. Umuman, sodda qilib aytganda, kinetik energiya - jismning xarakatdagi ish bajarish energiyasi, deyish mumkin. Energiyaning bu ikki turi - kinetik va potensial bir-biriga o‘tirb turishi mumkin. Masaoan, biror jism yuqoriga ko‘tarilganda uning kinetik energiyasi kamayib, potensial energiyasi ortadi. Bunda yerning tortish kuchiga qarshi ish bajarilgan sari kinetik energiya potensial energiyaga aylanadi.
Biz kundalik turmushda doimo bir turdagi energiyaga aylanishiga duch kelamiz. Masalan, metall parmalanganda parma qiziydi - mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi, elektr toki motorni xarakatga keltiradi - elektr energiyasi mexanik energiyasiga aylanadi, ko‘mir yoqilganda kimyoviy energiya issiqlik va yorug‘lik issiqlik energiyasiga aylanadi va xokazo. Ammo bunda bir turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganini bila olmaymiz. Buni bilishga bizga termodinamika yordam beradi.
Termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchisiga va sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o‘tishini, shuningdek, berilgan sharoitda jarayonlarning o‘z-o‘zicha borish yo‘nalishi va chegarasini o‘rganadigan fandir. Atrof-muhitdan fikran ajratilgan jism yoki o‘zaro ta’sir etadigan jismlar to‘plami termodinamikada sistema deyiladi. Termodinamik sistemasining bir xolatdan boshqa xolatga o‘tishi termodinamikada jarayon deyiladi. Termodinamika grekcha “terme” va “dinamis” ya’ni “issiqlik” va “ish” so‘zlaridan olingan bo‘lib, temperatura, issiqlik hamda issiqlik va ishning bir-biriga aylanishi xaqidagi fandir. Demak, biz termodinamikani o‘rganish uchun issiqlik va ishning o‘zi nima ekanligini bilib olmog‘imiz zarur.
M.V. Lomonosov - issiqlikning mexanik nazariyasi asoschisi. Uzoq vaqtlarga qadar issiqlikning tabiyati haqidagi ikki xil fikr xukm surib keldi. Birinchi gipotezaga ko‘ra jism qizdirilganda u issiqlik oladi, sovitilganda esa issiqlik beradi, ya’ni qizigan jism shu jism moddasi bilan issiqlik aralashmsidan iborat. Boshqacha aytganda, issiqlik ham modda. U istalgan jismga kira oladi va undan chiqa oladi. Bu fikrni 1613 yilda ilgari surgan Galiley issiqlik moddasiga flogiston, ya’ni teplorod deb nom berdi. Uning fikriga ko‘ra flogiston jismlar orasida turlicha taqsimlanadi. Jismda u qancha ko‘p bo‘lsa, jism temperaturasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ikkinchi gipotezani 1620 yilna ingliz filosifi F.Bekon ilgari surdi. U bolg‘a bilan urilganda temir parchasining qizishiga va jismlar bir-biriga ishqalanganda uchqun xosil bo‘lishiga asoslanib, issiqlik jismdagi nixoyatda mayda zarrachalarning xarakat tezligi bilan aniqlanadi, degan xulosaga keldi. Bu nazariya fanda issiqlikning mexanik nazariyasi degan nom oldi. Uni asoslash va rivojlantirishga genial rus olimi M.V. Lomonosov katta hissa qo‘shdi.
“Juda yaxshi ma’lumki, - deb yozgan edi M.V.Lomonosov, - issiqlik xarakat tufayli vujudga keladi: qo‘l bir-biriga ishqalanganida isiydi, yog‘och alanga olib ketadi, tosh toshga urilganda uchqun paydo bo‘ladi, temirga tez-tez kuchli zarba tushib tursa, qizib ketadi, zarba to‘xtalganda issiqlik kamayib, nihoyat jism soviydi”.
M.V. Lomonosov shunday xulosaga keladi: “Bo‘larning xammasidan ravshanki, issiqlik uchun yetarli asos xarakatdadir.
Harakat materiyasiz sodir bo‘la olmasligi sababli issiqlik uchun yetarli asos biror materiyaning xarakatida bo‘lishi kerak... jismlar ikki xil xarakatda bo‘ladi: umumiy xarakat - bunda materiyaning sezilmas zarrachalari o‘z o‘rnini o‘zgartiradi. Umumiy xarakat juda tez bo‘lganda ham issiqlik xosil bo‘lishi kuzatilmaydi, aksincha, bunday xarakat bo‘lmaganida ham issiqlik paydo bo‘lishi kuzatiladi. Demak, ravshanki, issiqlik materiyaning ichki xarakatidadir”.
Keyingi o‘tkazilgan tajribalar Lomonosovning issiqlik xaqidagi bu fikrlari tamoman to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi.
Ish deganda nimani tushunamiz? Mexanik ish bajarish - qarshilikni, molekulyar kuchlarni, og‘irlik kuchini va boshqa kuchlarni yengish demakdir. Jismni qismlarga bo‘lish, yukni ko‘tarish, relslardan poyezdlarni tortish, prujinani siqish - bo‘larning xammasi ish bajarish, ma’lum vaqt oralig‘ida qarshilikni yengish demakdir. Gazni, suyuqlikni, qattiq jismni siqish - ish bajarishdir. Bu ishlar bir-biriga o‘xshamasa ham, ularda bitta umumiylik bor, ish xarakat bilan bog‘liqdir; yuk ko‘tariladi, poyezd siljiydi, porshen dvigatel silindrida sirpanadi. Xarakatsiz ish yo‘q, lekin ish tartibli harakat bilan bog‘liq; yukning hammasi yuqori xamon siljiydi, porsheng‘ silinrda bir yo‘nalishda xarakatlanadi. Demak, ish tartibli xarakatning bir sistemadan boshqa sistemaga uzatilishidan iborat. Shu jixatdan ular bir-biriga uxshaydi. Lekin ular orasida prinsipial farq bor. Issiqlik - molekulalarning tartibsiz xarakatining uzatilishi. Ish - tartibli, bir tomonga yo‘naltirilgan xarakatning uzatilishi.
Tartibsiz xarakatning iloji boricha ko‘p qismini qanday qilib eng ko‘p ish bajarish mumkin - termodinamikaning muhim vazifasi ana shu masalani hal etishdan iborat.



Download 122.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 122.5 Kb.