Mavzu: markaziy bank mustaqil organ




Download 1.29 Mb.
Sana14.03.2024
Hajmi1.29 Mb.
#171695
Bog'liq
MARKAZIY BANK MUSTAQIL ORGAN
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI



MUSTAQIL ISH

MAVZU: MARKAZIY BANK MUSTAQIL ORGAN


Guruh: SBIA-70K-22
Bajardi: Xamzaeva G
Qabul qildi: ________________

Toshkent – 2024
«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (11.11.2019 yildagi OʻRQ-582-son Qonunga qarang).
Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga ta’sir qilish meхanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga ma’muriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.
Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari qayd etilgan edi: narхlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash. Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. MBga koʻproq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat mutasaddilik qiladigan organlar roʻyхatidan chiqarildi.
Markaziy bank toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi, «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi va «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunlar toʻplamida qabul qilindi hamda ular bilan kompleksda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, хususan, MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va toʻlovlar sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan koʻriladigan choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda toʻlovlarni amalga oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi boblar bir-biriga mazmun jihatdan yaqin.
Sanab oʻtilgan hujjatlar kabi MB toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ham batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda regulyatorning kredit tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari va ularning хizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan. 
Bir qator normalar MB хodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq toʻlanadigan faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullanishi, bankning boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, хizmatga doir ma’lumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank хizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida boʻladigan sub’yektlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar.
MB хodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular oʻz lavozim majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar boʻladilar. Markaziy bank хodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan boʻlsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish хarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Qonunning yangi tahriri Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, xorijiy davlatlar, xususan, Rossiya, Shveysariya, Polsha, Gruziya va boshqa mamlakatlar markaziy banklarining ilg‘or tajribasini o‘zida jamlagan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining tavsiyalariga binoan Markaziy bankning vakolatlari yangilanib, ularning tarkibiga banklar, nobank kredit tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalash tashkilotlari va banklar guruhlarining faoliyatini litsenziyalash, tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish, shuningdek, valyuta, qimmatbaho metallar va bozor instrumentlari qatorini kengaytirgan holda moliya bozorlarida spot va forvard operatsiyalarini amalga oshirish kabi vakolatlar kiritildi.
Markaziy bankning samarali va zamonaviy pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi funksiyalari kengaytirildi va yangilandi. Shuningdek, inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qilish, bank tizimi va pul-kredit ko‘rsatkichlari hamda tashqi sektor statistikasi, shu jumladan, to‘lov balansi, respublikaning xalqaro investitsion pozitsiyasi, tashqi qarzi va oltin-valyuta zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va e’lon qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Markaziy bank Boshqaruvi tarkibi, a’zolari soni va vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda Markaziy bank Boshqaruvi to‘qqiz a’zodan, ya’ni Boshqaruvi Raisi hisoblanuvchi Markaziy bank Raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek, ikki nafar mustaqil a’zodan iborat.
Mazkur Qonunga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, likvidlikni taqdim etish va jalb qilish parametrlari, Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari hamda asosiy foiz stavkasi darajasini belgilaydi va tasdiqlaydi. Shuningdek, majburiy zaxira talablari me’yorlari, ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot turlari ro‘yxati, tizimli muhim banklar uchun prudensial me’yorlar va boshqa vakolatlarni o‘rnatadi.
Qonundagi asosiy yangiliklardan biri — Markaziy bankning jamoatchilik bilan aloqalaridir. Narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda pul-kredit siyosatining ta’sirchanligini kuchaytirish maqsadida Qonun bilan Markaziy bank faoliyati shaffofligini oshirishga qaratilgan faol kommunikatsiya siyosatini yuritish asoslari belgilab berilmoqda. Bu, o‘z navbatida, aholi va iqtisodiyot sub’ektlarining Markaziy bankka bo‘lgan ishonchini oshirib, iqtisodiyotda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarni samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda, Qonunda erkin shakllanuvchi almashuv kursi rejimi sharoitida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning faqatgina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi tahrirdagi Qonunda Markaziy bankning ichki nazorat organi hisoblanuvchi ichki audit xizmatining tashkil etilishi va unga Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari va tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish vazifasi yuklatilishi, shuningdek, xalqaro audit standartlariga muvofiq audit tashkilotlari tomonidan har yili tashqi audit o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Markaziy banki birinchi marta to‘lov tashkilotlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarga izoh berdi.
Regulyatorga ko‘ra, Brio Group to‘lov tashkiloti (Oson brendi) oluvchi va (yoki) jo‘natuvchi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarni aks ettirmagan, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining 31¹-bandi talablari bo‘yicha ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash uchun asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralarni ko‘rmagan.
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslarga chet elda hisobvaraqlar ochish va undagi valyuta mablag‘larini tasarruf etish prezident yoki hukumatning qarorlari doirasida amalga oshirilishi mumkin, deya ta’kidladi Markaziy bank.
“Biroq, amaliyotda „Brio Group“ MCHJ (Oson) to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali yuqoridagi qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan”, — deyiladi xabarda.
“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga asosan to‘lov tashkiloti — bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari Markaziy bank litsenziyasi asosida respublika hududida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega.
Shu bilan birga, to‘lov xizmatlari — to‘lov yetkazib beruvchining (to‘lov tashkiloti) to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga (mijozga) ko‘rsatadigan xizmati bo‘lib, bunda to‘lov tashkilotlari bevosita tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida ishtirok etmaydi va to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarlarga yetkazib berish hamda ulardan qabul qilish xizmati ular uchun tashqi savdo operatsiyasi hisoblanmaydi.
Shu munosabat bilan to‘lov tashkilotlari o‘z mijozlarining to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarga yetkazib berish amaliyotlarini tashqi savdo operatsiyasi sifatida tasniflab, qabul qilingan mablag‘larni boshqa valyutalarga ayirboshlashlari, shuningdek, transchegaraviy va davlatlararo tranzit tashkiloti sifatidagi operatsiyalarda ishtirok etishlari qonunchilikka muvofiq emas, deya qayd etgan Markaziy bank.
Regulyatorga ko‘ra, O‘zbekistonda xalqaro to‘lov xizmatlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalari, shuningdek, xalqaro onlayn xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan bo‘lib, tijorat banklarining platformalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
“Markaziy bank bundan keyin ham to‘lov tashkilotlari faoliyatida qonunchilik buzilishi holatlarini muntazam ravishda nazorat qilib, to‘lov tashkilotlari qonunchilik doirasida faoliyat yuritishlari borasida barcha choralarni ko‘radi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Markaziy bank Oson`ni to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun jarimaga tortgani ma’lum bo‘lgandi.
Kompaniya jarimaga izoh berib, O‘zbekistonning ellikdan ortiq fintex tashkiloti Markaziy bankdan 5-sentabrdan boshlab transchegaraviy davlatlararo tranzit operatsiyalarini taqiqlash to‘g‘risida xat olganini qayd etgan. Bu xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, o‘yin xizmatlari va xorijiy kompaniyalar xizmatlari uchun to‘lovlar hamda bir qator boshqa operatsiyalarni amalga oshirishning to‘xtatilishini anglatadi.
Seshanba kuni Oson Markaziy bankdan jarima to‘lash bo‘yicha barcha so‘rovlarni qaytarib olishini va regulyator tomonidan qo‘yilgan jarimani to‘lashini e’lon qildi. 5-sentabrdan boshlab Oson mustaqil ravishda xorijiy pul operatsiyalarini amalga oshirmayapti, deya qayd etdi kompaniya.
Oson bilan bir qatorda boshqa to‘lov tashkilotlari, jumladan, PayWay ham xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘xtatdi.
Markaziy bank bayonoti e’lon qilinishidan avval O‘zbekiston banklari veb-saytlarida Markaziy bankning to‘lov tizimlarining transchegaraviy tranzit operatsiyalarini to‘xtatish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlovchi bir xil mazmundagi xabarlar paydo bo‘ldi. Ularda qaror moliya tizimi va fintex bozorini xatarlardan, jumladan, sanksiyalar bilan bog‘liq risklardan himoya qilish uchun ishlab chiqilgani aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
Markaziy bank davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, agar ularning o‘zi bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa yoki qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.
Markaziy bank, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhri va blankasiga ega bo‘ladi.
4-modda. Markaziy bankning mol-mulki
Markaziy bankning mol-mulki uning pul qimmatliklari va boshqa moddiy qimmatliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bankning balansida aks ettiriladi.
Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanishga va uni tasarruf etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II bo‘limi va “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni.
5-modda. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
narxlarning;
bank tizimining;
to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.
Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.
6-modda. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari
Markaziy bank:
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga, bundan o‘z tasarrufidagi tashkilotlar mustasno;
tijorat faoliyatini amalga oshirishga;
uchinchi shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berishga;
banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi.
7-modda. Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga doir choralar
Markaziy bank manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash va boshqarishga oid siyosatni, shuningdek korrupsiyaning oldini olish yuzasidan Markaziy bankning hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarning barcha xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
8-modda. Hisobdorlik
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining xulosasi bilan birga ko‘rib chiqadi.
9-modda. Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10-modda. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Markaziy bank o‘zining vakolatlarini amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun o‘z tasarrufida tashkilotlar tashkil etishga haqli.
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy bosh boshqarmalarini tashkil etadi.
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar o‘z faoliyatini Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan nizom (ustav) asosida amalga oshiradi.
2-bob. Markaziy bankning vakolatlari va vazifalari
11-modda. Markaziy bankning vakolatlari
Markaziy bank:
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;
qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
o‘zi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor sur’atda qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;
(11-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizom (10.02.2020-y., ro‘yxat raqami 3219).
o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rab oladi;
o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
o‘z tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank xizmatlarini ko‘rsatadi;
boshqa davlatlarning markaziy banklarida va xalqaro moliya institutlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ifoda etadi;
chet davlatlarda vakolatxonalar ochadi;
obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi;
o‘z nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi nomidan kliring va to‘lov bitimlari tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklardagi, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlaridagi va lombardlardagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi;
(11-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
banknotalar va tangalar tasvirlarini aks ettirishga doir talablarni belgilaydi;
banklar uchun hisobvaraqlar ochadi;
autrayt (spot va forvard) sotib olish va sotish yoki kelishuvga binoan qaytarib sotib olish yo‘li bilan, shuningdek bozor vositalarini, valyutalarni va qimmatbaho metallarni kreditlash yoki jalb etish yo‘li bilan moliya bozorlarida faoliyatni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank:
pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini o‘z ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotni taqdim etadi;
naqd pul muomalasini tashkil etadi;
valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;
banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Download 1.29 Mb.




Download 1.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: markaziy bank mustaqil organ

Download 1.29 Mb.