• III.Xulosa……………………………………………………………27 IV.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………30 V.ILovalar…………………………………………………………....31 KIRISH.
  • Mavzu: muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish mundarija




    Download 1.32 Mb.
    bet1/7
    Sana07.06.2023
    Hajmi1.32 Mb.
    #70542
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH-
    Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilishi, Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish ФД, тўгарак журнали 2023-2024, tayyor, 12-сон. 04.03.2023 (2)



    MAVZU:
    MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

    Mundarija
    I.Kirsh……………………………………………………………….3
    II.Asosiy qism
    1.Muzeylar menejmenti tushunchasi…………………………..…….5
    2.Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish………………...16
    3. Muzeyshunoslik rivojining yangi bosqichi…………………..……19
    III.Xulosa……………………………………………………………27
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………30
    V.ILovalar…………………………………………………………....31
    KIRISH.
    So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda muzey faoliyati ijtimoiy-madaniy sifatida yuqori ahamiyat kasb etayotgani, madaniy merosni asrab-avaylash va talqin etishda, ijtimoiy moslashuv va madaniy identifikatsiyaning murakkab jarayonlarida, ta’limtarbiya jarayonida va dam olishni tashkil etishda muzeylarning o‘rni tobora ortib borayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yangi O‘zbekistondagi zamonaviy muzeylar ta’lim, muloqot, madaniy axborot va ijodiy innovatsiyalar markazlariga aylanib bormoqda. Muzeylar oldida nafaqat oʻz devorlariga yangi tomoshabinlarni jalb qilish, balki tashrif buyuruvchilar muzeyga bir necha marta kelishni yoʻlga qoyish uchun kreativ tadbirkorlikdan foydalanish amaliyotga tadbiq etildi. Tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini muntazamlik asosida tahlil qilish jarayonlari jadallashtirildi.
    Muzey ishiga oid ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar oʻtkazish, xorij ilgʻor tajribalarini ommalashtirish uchun zarur imkoniyatlar yaratildi. Sohada xodimlarining malakasini oshirish uchun rivojlangan davlatlardagi muzeylar va xorijiy tadqiqotchilar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Shunki, bugungi kunda O‘zbekistonda muzeylarni rivojlantirish va tijorat rentabelligining uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning kolleksiyalarini to‘ldirish, jamoat faoliyati va global miqyosda ishtirok etish bilan shug‘ullanadigan muzey muassasalari va ularning birlashmalarida tajribali, yuqori malakali va o‘rta boshqaruv xodimlari yetishmaydi. Muzey menejmenti bugungi kunda madaniy boyliklar, mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishning resurs salohiyati va omillaridan samarali foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan kompleksli intellektual va iqtisodiy faoliyat hisoblanadi.
    Muzey menejmentining ajralmas qismi. Muzey menejmenti, o‘z navbatida, muzey ichidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish va ta’sischilarning talablariga muvofiq uning tashqi muhitda ishlashi uchun shart-sharoitlarni yaratishdir. Tashkiliy qismlarga quyidagilar kiradi: menejment, kolleksiyalarni (muzey fondlarini) boshqarish, jamoatchilikka yo‘naltirilgan dasturlarni boshqarish (ekspozitsiya va ko‘rgazma faoliyati), o‘quv dasturlari, nashrlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, muzey auditoriyasi va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishni kengaytirish bo‘yicha tadbirlar, muzey mulki va moliyasini boshqarish. Ayrim tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, xususan, G.N.Novikov, V.M.Chijikov, V.V.Chijikov - san’at menejmenti hozirgi vaqtda madaniyat va san’at sohasidagi tijorat faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy menejmentning mashhur tadqiqotchilari Y.I.Jdanova, S.V.Ivanov, N.V.Krotova, S.Korneyeva, badiiy menejmentni quyidagicha ko‘rib chiqishni taklif qiladilar: -san’atning har xil turlarini boshqarish (ifodali va vizual); - badiiy qadriyatlarni (moddiy va ma’naviy) yaratish jarayonini boshqarishga yordam beradigan bilim sohasi; - mutaxassislarning ijodiy faoliyati natijalarini madaniy xizmatlar bozoriga olib chiqish. Yuqorida aytilganlarning barchasi boshqaruv san’atining eng muhim omillaridan birini o‘z intuitsiyasiga ishonish qobiliyatini va qabul qilingan malaka darajasi va shakllangan kompensatsiyaga muvofiq har qanday murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish tavakkalligini amalga oshiradi.
    Muzeyning strategik menejmentining asosiy postulatini (talab) quyidagicha shakllantirish mumkin deya etirof etgan. Ya’ni, muzeyning uzoq muddatda saqlanib qolishi va rivojlanishi ushbu muzeyning jamoat ehtiyojlari, iste’molchilarning motivatsiyasi va bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga va uning tashkiliy xizmat tuzulmasini hamda muzey mahsuloti nomenklaturasi assortimentini moslashtirishga bog‘liq. Muzey kolleksiyasiga kirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va muloqot qilish uchun sharoitlar yaratish, ijodkorlik va bo‘sh vaqt, ma’lumotlar bilan ta’minlash, ta’lim va ta’rbiya faoliyatida yordam berish - bu zamonaviy muzey taklif qilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning to‘liq ro‘yxati emas. Shu munosabat bilan marketing texnologiyalari muzey sohasiga tobora ko‘proq kirib bormoqda.


    Download 1.32 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish mundarija

    Download 1.32 Mb.