• B.Xoldorov ga: Vazirlikka yuboriladigan hujjatlarni sifatli tayyorlanishi va birinchi rahbar yoki o‘rinbosarlar tomonidan imzolanishini shaxsan
  • B.Sobirov ga: Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har oyda
  • B.Abdullayeva ga: Ikki hafta muddatda
  • F.Ikromxonova ga: Ikki hafta muddatda
  • S.Artikbayeva
  • _____Rektor A.K.Qirg‘izboyev_____
  • F.R.Madraximova Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor ________________ B.Abdullayeva
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining 12-son bayoni ijrosi to‘g‘risida




    Download 24.41 Kb.
    Sana29.11.2023
    Hajmi24.41 Kb.
    #107770
    Bog'liq
    12-сон. 04.03.2023 (2)
    Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilishi, Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish ФД, MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH- , тўгарак журнали 2023-2024, tayyor



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining
    12-son bayoni ijrosi to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining 2023-yil 04-martdagi 12-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida


    BUYURAMAN:



    1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining 2023-yil 04-martdagi 12-son bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

    2. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor F.Madraximovaga:

      1. 2023 yil bahor mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini reja asosida tashkil etish va “Yashil makon” elektron platformasiga o‘z vaqtida kiritib borilishini qat’iy nazoratga olish, bunda, har hafta belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot kiritib borish;

      2. “Yashil makon” dasturi doirasida shakllantirilgan 26 xil turdagi inson organizmida allergik kasalliklar qo‘zg‘atmaydigan daraxt va butalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan (1-ilova) qo‘llanma sifatida foydalanish vazifalari yuklatilsin.

    3. Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i B.Xoldorovga:

      1. Vazirlikka yuboriladigan hujjatlarni sifatli tayyorlanishi va birinchi rahbar yoki o‘rinbosarlar tomonidan imzolanishini shaxsan nazoratga olish;

      2. Murojaatlar bilan ishlash holatini tizimli muhokama qilib, takroriy murojaatlarning asossiz ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik, har bir murojaatni shaxsan nazoratga olish, yuzaga kelayotgan muammolarni ijobiy hal qilish lozimligi va ularni ko‘rib chiqishda qonun talablariga qat’iy amal qilish choralari ko‘rish, bunda yil davomida har chorak yakunlari bo‘yicha vazirlikka axborot kiritib borish;

      3. O‘n kun muddatda murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, bunda, shaxsiy va sayyor qabullarni sifatli o‘tkazishni ta’minlash va mas’ullarga nisbatan talabchanlik choralarini kuchaytirish;

      4. Uch hafta muddatda universitetga kelib tushgan hamda mart oyida bajarilishi lozim bo‘lgan "Ijro.gov.uz" tizimidagi topshiriqlar ijrosini yakuniga yetkazish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilsin.

    4. Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor B.Sobirovga:

      1. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har oyda (shanba va yakshanba kunlari) o‘tkazilib kelinayotgan umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovlari, chet tillarini bilish darajalarini aniqlash bo‘yicha CEFR imtixonlari hamda boshqa turdagi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun universitet binolaridan foydalanishga ruxsat berish hamda talabgorlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish vazifasi yuklatilsin

    5. Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor B.Abdullayevaga:

      1. Ikki hafta muddatda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tayanch doktorantura va doktorantura uchun kvotalar ajratilishida mamlakatimizni rivojlantirish uchun dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratgan holda, Ilmiy kengashlar faoliyatini to‘g‘ri shakllantirib, shaxsan axborot kiritish, bunda, dissertatsiya himoya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Ilmiy Kengashlarning faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilsin.

    6. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Ikromxonovaga:

      1. Ikki hafta muddatda O‘zbekistan va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va ta’lim sohasida aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq takliflar kiritish;

      2. Bir hafta muddatda O‘zbekistan va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va ta’lim sohasida aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amaliy takliflar shakllantirish vazifalari yuklatilsin.

    7. Ushbu buyruqni e-hujjat tizimi orqali mutasaddilarga yetkazish devonxona mudirasi S.Artikbayeva zimmasiga yuklatilsin.

    8. Ushbu buyruqning ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.



    Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 04-martdagi 12-son bayoni.


    _____Rektor A.K.Qirg‘izboyev_____



    Taklif kiritdi:






    Kelishildi:

    Kengash kotibi
    ______________ S.To‘rayev




    Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
    ________________ F.R.Madraximova
    Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor
    ________________ B.Abdullayeva Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
    ________________ F.Ikromxonova
    Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor ________________ B.Sobirov
    Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
    ________________ B.Xoldorov
    Yuriskonsult
    ________________ J.Mirxodjayev

    Download 24.41 Kb.




    Download 24.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining 12-son bayoni ijrosi to‘g‘risida

    Download 24.41 Kb.