• Payvandlash usullarining tasnifi
  • Termomexanik sinf.
  • Uchma-uch birikmalar (1- 1-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari
  • Ustma-ust birikmalar (
  • Burchak hosil qilgan birikmalar (
  • Tavraviy birikmalar (
  • Mavzu: Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari




    Download 0.86 Mb.
    bet1/2
    Sana13.11.2020
    Hajmi0.86 Mb.
      1   2
    1. Mavzu: Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari


    Reja:

    1. Payvand birikmalar turlari

    2. Payvand choklarining turlari

    3. Metallarning payvandlanuvchanligi va payvandlashda struktura o’zgarishlari


    Materiallarni o’zaro atomar yoki molekulyar bog’lanishi hisobiga ajralmaydigan qilib biriktirilishiga payvandlash deyiladi. Amalda bu maqsad uchun payvandlanuvchi metallarni payvandlash joylari eritilib, kichik vanna hosil etiladi va uni havoda sovishida kristallanib chok olinadi yoki payvandlash joylari yuqori plastik holga kelguncha qizdirilib, bosim ostida o’zaro yaqinlashtiriladi. Bunda yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, iflosliklar ajralib, yuza g’adirbudurliklari ezilib, atomlararo tortishish kuchlari hisobiga bog’lanib chok olinadi. Bu usullarda har xil qalinlikdagi metallar va ularning qotishmalarini, nometall materiallar yerda, suv ostida va koinotda payvandlanadi. CHunki bu usul ajralmaydigan birikmalar olishdagi boshqa usullar (kovsharlash, mixni porchinlab biriktirish)ga qaraganda puxta birikmalar olinishi, tejamliligi, ish unumining yuqoriligi va boshqa afzalliklariga ko’ra texnikaning barcha sohalarida keng qo’llaniladi.

    Metallarni payvandlash usuli odamlarga juda qadimdan ma’lum bo’lib o’sha zamonlarda metallarni yer o’choqlarda qizdirilib, ularni birikish joylarini birini ustiga ikkinchisini qo’yib zarblab payvandlaganlar. Lekin bu usulning nazariy asoslari faqat XIX asr oxiri XX asr bosfjjaridagina yaratila boshlandi. Bu borada



    V. V. Petrovning xizmatlari g’oyat katta, u 1802 yilda elektr yoyining xususiyatini o’rganib, yoy issiqligida metallarni payvandlash mumkinligini aytdi. 1882 yilda N. N. Benardos elektr yoy yordamida ko’mir elektrod bilan metallarni payyandlashni (1rasm, a), 1888 yilda esa N. G. Slavyanov elektr yoy yordamida metall elektrod bilan metallarni payvandlash usulini, metall vannani havo tarkibidagi chok sifatiga zararli 2, N2, H2, gazlarni ta’siridan himoya qilish uchun flyus sifatida maydalangan shishadan foydalanishni, shuningdek, metallarni payvandlash vaqtida payvandlash joyi tomon elektrodni sarflanishiga ko’ra bir tekisda uzatib turuvchi mexanizmni ham ixtiro etdi (1rasm, b).

    Metallami elektr yordamida payvandlash usullari sxemasi:

    a - N. N. Bernardos usuli: 1 − ko’mir elektrod; 2 − chok bob sim; b - N. G.

    Slavyanov usuli: 1 − metall elektrod.

    1907 yilda esa O. Kelberg maxsus qoplamali metall elektrodlardan foydalanishni tavsiya etdi. Bunday elektrodlar bilan metallami elektr yoy yordamida dastaki payvandlashda qoplama erib yoyni barqaror yonishi ta’minlanib, vanna havoning zararli gazlari ta’siridan himoyalanib, sifatli choklar olindi. Keyinchalik zarur payvandlash mashinalar, yangi-yangi payvandlash usullar va texnologiyalar (masalan, metallami flyus qatlami ostida elektr yoy yordamida, elektroshlak, elektron nur, plazma yordamida payvandlash va boshqa usullar) yaratildi. Hozirda 70 dan ortiq usullar mavjuddir.

    Payvandlash usullarining tasnifi

    Metallami payvandlash usullarini GOST 19521-84 ga ko’ra quyidagi sinflarga ajratiladi:



    Termik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (elektr yoy yordamida, elektr shlakda, elektron nurida, gaz alangasida, plazmada va boshqalar) da metallarni payvandlash joylarini qizdirishda ajraluvchi issiqlik energiyadan foydalaniladi.

    Termomexanik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (elektrokontakt, gaz alangasida qizdirib presslash va boshqalar) da metallarni payvandlash joylari ajraluvchi issiqlik energiyada qizdirilib, yuqori plastik holatga keltirilib bosim bilan siqib payvandlanadi.

    Mexanik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (ultra tovush yordamida, portlovchi moddalarni portlatib, sovuqlayin ishqalab va boshqalar)da metallarni payvandlash joylari mexanik energiyani issiqlikka aylanishida qizib yuqori plastik holatga keltirilgach bosim bilan siqib payvandlanadi.
    Payvand chok bilan biriktirilgan bir qancha elementlar to’plami payvand birikma deb yuritiladi.

    Payvandlash yo’li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin, ko’proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi.

    Uchma-uch birikmalar (1-

    1-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari:
    Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo’shiladigan metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi sababli bular sanoatda ko’proq tarqalgan. Lekin, uchma-uch biriktirishda payvandlash uchun listlarni yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq to’g’rilamoq zarur. Ustma-ust birikmalar (1-rasm: a)

    b). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko’pi bilan 10-12 mm bo’lgan po’latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo’llaniladi.

    Ustma-ust birikmalar olish uchun payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo’shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.

    Burchak hosil qilgan birikmalar (1-rasm: v). Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to’g’ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari bo’yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo’lmagan ichki bosimi ta’sirida bo’ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari kertilmaydi (faqat muhim birikmalar olishdagina kertiladi).

    Tavraviy birikmalar (1-rasm:g). Bunday birikmalarda payvandlanuvchi metall elementlari bir-biriga 900 li burchak ostida payvandlanadi. Payvandlanuvchi element qirrasining shakliga ko’ra qirrasi kertilmay, bir yog’i kertilib yoki ikki yog’i kertilgan bo’lishi mumkin.

    Yuqorida bayon etilgan asosiy birikmalar po’latni yoy yordamida dastaki payvandlash uchun tipaviy birikmalar hisoblanadi.





    Download 0.86 Mb.
      1   2




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari

    Download 0.86 Mb.