• II.BOB. Maktabgacha ta’lim tizimida Manitoring tizimini tashkil etish
  • Mavzu: pedagogik jarayonlarni tashkil etishda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining kompetensiyasi




    Download 101.78 Kb.
    bet1/3
    Sana07.12.2023
    Hajmi101.78 Kb.
    #113369
      1   2   3
    Bog'liq
    PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI
    Fizika amaliy topshiriq, PEDAGOGIKNING IJODKORLIK SIFATLARI UNING FAOLIYATI VA INOVATSION JARAYONI, 2 5197699748659727758, rossiya-byudjeti

    MAVZU: PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI


    REJA:
    Kirish
    I.BOB. MTMda bolalar hayotini tashkil etish
    1.1. Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
    1.2. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish
    II.BOB. Maktabgacha ta’lim tizimida Manitoring tizimini tashkil etish
    2.1.. Maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini tuzish metodikasi.
    2.2. Maktabgacha ta’limni moliyaviy taminlashning nazariy asoslari
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug’ri tashkil etish


    Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
    Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
    Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
    Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.
    MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhimahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:Dasturning hamma bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni haftaga teng taqsimlash. O’yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg’otishlari kerak.Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.



    Download 101.78 Kb.
      1   2   3




    Download 101.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogik jarayonlarni tashkil etishda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining kompetensiyasi

    Download 101.78 Kb.