I.BOB. MTMda bolalar hayotini tashkil etish




Download 101,78 Kb.
bet2/3
Sana07.12.2023
Hajmi101,78 Kb.
#113369
1   2   3
Bog'liq
PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI
Fizika amaliy topshiriq, PEDAGOGIKNING IJODKORLIK SIFATLARI UNING FAOLIYATI VA INOVATSION JARAYONI, 2 5197699748659727758, rossiya-byudjeti
I.BOB. MTMda bolalar hayotini tashkil etish
1.1. Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi:
Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta-minlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug’ri tashkil etish
2. Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhimahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:Dasturning hamma bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni haftaga teng taqsimlash. O’yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg’otishlari kerak.Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovkatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar.
Har kuni ertalabki mashg’ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o’yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o’yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o’yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o’yinchoqlar bilan ta'minlaydi,
maydonchada, guruh xonasida o’yin uchun joy tayyorlaydi.
O’yin va mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug’, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo’lishi) kerak.
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o’tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo’ladi. Keyin harakatli o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy o’yinlar tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo’lgan ialabini to’la qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.Bolaning sog’lom bulib, to’g’ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo’lishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uyg’onganlarini sekin- astalik bilan turg’azish kerak.

Maktabdagi majburiy t a’lim bolaga m a ’lum talablarni q o ‘yadi.


M a ’lumki, bola t a ’lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini bajara oladigan rivojlanish darajasiga yetishi кегак, faqat shundagina bolanimaktabga berish mumkin.
Olimlar qanday qilib maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarida bolaning ta’lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning m azm unini muvaffaqiyatli o ‘zlashtiribolishi shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko‘rsatilgan.Psixologlar m aktabga u m u m iy tay y o rg a rlik n in g quyidagitom onlarini ajratadilar: jism oniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yokiijtimoiy his-tuyg‘uli) va sababli (motivli).Boshlang‘ich m aktab bolani o ‘qitishga tayyorgarlik darajasigao^z talablarini q o ‘yadi. T alab lard an biri — b o g ‘cha bolalarigaxos b o ‘lgan kun tartibiga rioya qilish. Bolaning bog^chaga boorish vaqti oilaviy sharoitga qarab belgilanadi. A m m o maktabga boorish m ajburiy — bola darslarga h a r kuni kelishi shart.Bog‘cha bolasi kun b o ‘yi tuzilishi va m azm uni qiziq b o ‘lganturli xil faoliyatlar bilan shug‘iillanadi. Bola asosan, o ‘z xohishib o ‘yicha o ‘ynaydi yoki ish bilan shug‘ullanadi. Maktabda esa kunningbirinchi qismini tartibli (sistemali) o ‘qitish egallaydi, b u n dan tashqari kunning ikkinchi qism ida ham ma’lum vaqtni darslarnitayyorlashga ajratish kerak. M aktabda bola o ‘z xohishi va qiziqishibilan tanlagan m ashg‘ulotlar chegaralangan. Bola m aktabtartibi va darslar jadvaliga bo‘ysunishi kerak. H ar qanday obhavodabola maktabga vaqtida kelishi, o ‘quv qurollarini olib kelishi,m aktab t a ’lim sharoitlariga k o ‘nikishi kerak. Darslarda m a’lumvaqt tinch o ‘tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tanaffusdaesa nisbatan qisqa vaqt ichida o ‘z kuchlarini tiklab olishi kerak boiadi.Shunday qilib, m aktab hayotiga jism oniy va ruhiy jihatdan o‘rganish uchun bola eng avval sog‘lom , jism oniy chiniqqan vachidam li b o ‘lishi kerak. Sistemali t a ’lim uch u n bolaning aqliy rivojlanishi, ya’ni, aniqrogli, maktabga um um iy ruhiy tayyorgarligim uhim deb hisoblanadi.Bola birinchi sinfda u c h ta fan ( o ‘qish, yozuv va mate m a tika)ning asoslarini, tabiat va jam iyat t o ‘g ‘risida oddiy bilimlarniegallaydi. Bola o d am lar, jism lar va tevarak-atrofdagi hodisalarhaq id a m a ’lum ta s a w u r bilan m aktabga kelishi kerak. Bolaningo 'q u v m aterialni t o ‘liq o ‘zlashtirishi va t a’lim ning bola qobiliyatlarigamos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog‘liq b o ‘ladi.Bolaning yaxshi o ‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi,idrok, ta sa w u r, xotira va tafakkur funksiyalari h am d a aqliyfaoliyat bilan shug'ullanish odatlari ta'sir qiladi. Bola tahlil qilishni,ya’ni narsalarni (p redm etlarni) idrok etganda m uhim vam u h im b o ‘lm aganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni
um um lashtirish, guruhlash kabilarni o lrganishi kerak. Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil boMishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradiganaqliy faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi.T a ’limning muvaffaqiyatli b o ‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqiningrviojlanish darajasiga, uning lug‘at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodaliva gram m atik jihatdan to ‘g ‘ri gapira olishiga bog‘liq b o lad i.
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy
faoliyatida, balki ijtimoiy o T nida h am o ‘zgarishlar sodir b oladi.
Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jam
oasidan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga o la d i.
Oldingi j a m o a d a b ola o ‘zin in g h u q u q , b u rch va im tiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan m aktab jam oasida esa bolao ‘zini boshidan koTsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari,m aktabgacha davrga nisbatan a n iq ro q va q attiq ro q belgilanadi.Bola faoliyatini baholashning m uhim m ezonlaridan biri nafaqatm ak tab d a, balki oilada, ten g d o sh lar davrasida muvaffaqiyatli0 ‘qish b o l i b qoladi.
M aktabda uzoq m u d d at o ta -o n a g ‘a m x o ‘rligisiz b o lg a ni sababli, bola o ‘z yoshiga mos his-tuyglu va iroda m ustahkamligigaega b o lis h i, o ‘z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o ‘quvchio ‘qishga ijobiy yondashsa, o'qishni xohlab, intilsa, ta ’limdagi boshlan g lc h qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etadi. Irodalib o lis h bolaga barcha m aktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatlibajarishida m uhim ahamiyatga ega.
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter
ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan
m uloqotda, sinfdoshlar bilan d o ‘stona m unosabat o ‘rnatishda va
jam oada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi.
Bolaning maktabga um um iy tayyorgarligi deganda uning har
tom onlam a rivojlanganligi tushuniladi. Biror tom onining rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg‘uli, irodaviy yoki amaliy) m a k tabdao ‘zlashtirmaslikning sabablaridan boMishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, bolalar birinchi sinfda o ‘quv fanlarning
(o ‘qish, yozuv, m atem atik a) m az m u n in i o ‘zlashtirish u chun
maxsus bilim, malaka va k o ‘nikmalarga ega b o ‘lishlari kerak. Masalan m atem atik an i o ‘q itish d a o ‘qituvchi b ola narsalarningrangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi,yozuvni o ‘rganishda esa bola yozuv va rasm q u ro llarin i t o ‘g ‘riishlata olishiga, grafik m ash q larn i bajara olishiga tayanadi. Shukabi bilim, m alaka va k o ‘n ik m a la r maktabga maxsus tayyorgarliknitashkil etadi. U m u m iy va maxsus tayyorgarlik bir-birigazid kelmaydi. M aktab fanlarini o‘zlashtirishda b o lan in g maxsustayyorgarligi u m u m iy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga moskeladi, tayanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda m a'lu m bir tom oniga (asosan,
aqliy) kuchli y o bnaltirish berishga alohida e'tib o r berish kerak.
Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki, bolani tezlashtirilgan, jadal o lqitish zarur hisoblanadi.
M ak tab g ach a davr inson shaxsini shakllantirishda ju d a katta
aham iyatga ega. Agar shaxsni h ar taraflam a shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sh aro itlar qoN lanilm asa, rivojlanish
to ‘xtab qolishi m u m k in yoki chetlan ish larin i b a rta ra f etish nihoyatda o g 'ir kechadi.7 yosh — b ola yangi sh aro itg a tez o‘rgan ad ig an va o 'q ishja ra y o n id a m uvaffaqiyatli ishtirok e ta d ig an d av r h iso b lan ad i.Y.A. Kam enskiy bola hay o tin in g yettinchi yilini beko rch ilik d abuzilib k etm aslik u c h u n m ak ta b d a o ‘qishni b o sh laydigan vaqtdeb hisoblagan. Bolaning o n a m ak tab id a 5 - 6 yil ta 'lim -ta rb iy aolishini (bolaning oiladagi tarbiyasi n a z a ra d a tutilgan) u yetarliva o p tim al m u h la t deb hisoblagan.Maktabga tayyor b o ig a n bola jism oniy chiniqqan, h ar qandayob-havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalariga ega,u o ‘zining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi.
Bola bilimining rivojlanganligi uning jam iyat va tabiatdagi voqea-
hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni
t o ‘g ‘ri no m lash i bilan aniqlanadi.
Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e’tibori barcha bolalarning maktabgacha ta’lim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to‘liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab ta’limiga to‘laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon o‘ziga xosdir. Bu o‘ziga xoslik maktabning ta’ lim-tarbiya ishlaridan nusxa ko‘chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o‘qitish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni og‘ishmay shakllantirishga yo‘llangan faoliyat va xulq-atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir.
Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xii faoliyatlarida: o‘z-o‘ziga xizmat qilishda, navbatchi likda, tabiat qo‘ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo‘la boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi.
Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg‘ulotlarni bajonidil bajarish, o‘z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o‘stiruvchi harakat faolligini rivojlantirish kerak.
Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha g‘amxo‘rlik qilib boradi.
Ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta’limiga xos prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziqish va bilish jaryonlarini rivojlantiradi. Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar ma’lum izchillik bilan takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko‘rsatmasi va namunasi bo‘yicha ish-harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi faoliyatda qo‘llashga, o‘zining xulqi, ishi, hatti-harakatini nazorat qilish va to‘g‘ri baholashga o‘rganib boradilar.
Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi. Tarbiyachining tushuntirish va ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o‘z ishida yaxshi natijagaintilishi, ma’lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi shakllanadi, ish qobiliyati ortadi.
Tarbiyachi mashg‘ulot paytida har bir bolaning diqqati, tafakkuri, xotirasi, bilim va malaka darajasidagi o‘ziga xos xususiyatlami e’tiborga oladi.
Ta’lim jarayoniga alohida yondoshish aqliy vazifalarni, ularni bajarish usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo etadi. Masalan, bola biror narsani o‘zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materialni yaxshi o ’zllashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llaniladigan metodlarning o‘ziga xos tomoni bor. Ko‘rgazmali metodlar bu erda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan birga bolalarning fikrlash faol iyatini faollashtirish uchun ham qo ’llaniladi. Masalan, manzarali rasm chizish mashhg‘ulotida namunan ko‘rsatishdan mashg‘ulotning boshida xotirani, xayol obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, mashug‘lotning oxirida esa o‘zining bajargan ishini, rasmni to‘g‘ri bajarganini tekshi rish uchun namuna bilan taqqoslab ko‘rish maqsadida foydalaniladi.
Bilimlarni bolalar puxta o‘zlashtirib olshishlari, ta’lim jarayonini faollashtirish maqsadida amaliy va o‘yin metodlarini ko‘rgazmali metod bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishda og‘zaki metod katta ahamiyatga ega. O‘yin metodlari, ayniqsa didaktik o‘yinlar metodi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi . Chunki ta’lim o‘yinlar, ayniqsa didaktik o‘yinlar orqali olib borilgan bolalar o‘quv vazifasini yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi, faoliyatni faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi.
Bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda tahlil qilish: solishtirish, taqqoslash, nazorat qilib borish o‘quv faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan malakalarni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarni bajarilgan ishlarni tahlil qilishga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi namuna beradi, keyin reja tuzib beradi va shundan keyin bolalar o‘zlari va o‘rtoqlarining ishini mustaqil tahlil qil ib, uni baholaydigan bo‘lib qoladilar. Balalardagi o‘z-o‘zini tekshirish malakasini tarbiyalash uchun tarbiyachi bolalarga o‘rtog‘i ishni qanday bajarganligini gapirib berishni taklif etadi va yo‘l-yo‘lakay "Sen uning ishni qanday bajarganini qayerdan bilib aiding?", "Nima uchun shunday deb o‘ylaysan?" kabi savollarni berib boradi.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning mashg‘ulotda uyushqoqlik bilan shug‘ullanishlariga talab ortadi. Bolalarning ish joyini tayyorlab olish, kerakli materiallarni to‘g‘ri joylashtirish, ishni ma’lum ketma-ketlik bilan bajarish kabi malakalarni egallab olishlari aqliy mehnat malakasini shakllantiradi. Shuning uchun bolalarni bo‘lajak faoliyat uchun zarur bo‘ladigan ana shu ishlarga o‘rgatib boriladi.Bolalami magshg‘ulotlardagi xulqiga ham talab ortadi. To‘g‘ri o‘tirish, o‘zini batartib tutish diqqat bilan quloq solish, boshqalarning gapini bo‘lmaslik, o‘rtoqlarining javobini to‘ldirish va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Bu yoshdagi bolalarga axloqiy va mehnat tarbiyasi berish dasturi murakkablashadi o‘z tengdoshlari va kattlar bilan munosabati shakllantiriladi, insoniy xislarni tarbiyalash kuchaytiriladi. Xulq normalari qoidalarini egallab olishlariga, kundalik hayotda uchrab turadigan odob, axloq doirasidagi vazifalarni hal qilishga e’tibor beriladi.
Bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va MTMning tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomilda 3 marta o‘tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruhi bolalari maktab o‘quvchilari bilan tanishadilar, ular MTM bolalariga o‘zlarining maktabdagi o‘qishlari, ishlari to‘g‘risida gapirib beradilar; o‘quvchilar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarini bajarayotganl iklarini ko‘ rsatadilar.
O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinchoqlarni bog‘cha bolalariga sovg‘a qilishadi;
maktabda o‘qiyotgan bolalar o‘z bog‘chasiga kelishadi;
"Maktab" o‘yinini tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va bosh lang‘ich sinf o‘quvchisi faoliyatida izchillik yaqqol namoyon bo‘ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan MTM o‘rtasidagi aloqa mustaxkam bo‘lgandagiga bola tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja (arbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin.
SHuning uchun MTMda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi:MTMning yillik rejasi, Lstiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o’z ichiga oladi.
lstiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maksadga qaratilgan va samarali bo’lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'lim- tarbiya dasturi»ning hamma bo’limllari o’z aksini topadi.
lstiqbol rejasida dasturning hamma bo’limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to’g’risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o’stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va pyxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning maiaka va ko’nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko’rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog’i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va shunga o’xshashlar tug’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa vabuyumlar, voqea-hodisaiar o'rlasidagi o'zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- hodisalar tug’risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog’lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o’zi etarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo’llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo’llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o’yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg’ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o’yini ham. mehnat mashg’uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o’rin olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og’zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a) kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o’xshashlar to’g’risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo’yicha didaktik o’yinlarni rejalashtirish (kichik va o’rta guruhlarda).
3. Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug’ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, bo’yashlari uchun rasmli kitobchalar va o’zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o’yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish- tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo’g’irchoklar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigienik malakalarga o’rgatish bo’yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro’molchadan foydalanishga o’rgatish bo’yicha didaktik o’yin o’tkaziladi.,
6. Koptokii dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurishkabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning o’yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o’yinlari rol, syujet bilan bog’lik qurilish o’yinlari rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli o’yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa
shunga o’xshash o’yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o’yinlari. so’zli buyumlar bilan o’ynaladigan didaktik o’yinlar. ermak o’yinlar, xorovod o’yinlar, xalq didaktik o’yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o’stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o’yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ко’chat o’tkazish, suv sepish, o’simlik va havvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo’jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig’ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-elimlash, o’simliklar bargini artish);
v) qo’l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, samonchalar, lattalar yog’och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o’tkazilishi dasturda ko’rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o’tkaziladigan mashg’ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg’ulotda biror narsa o’qib berish rejalashtirilgan bo’lsa, ertalabki soatda rasm ko’rish. onasi to’g’risida so’zlab berish, o’qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg’ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg’ulotlar, kompleks mashg’ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg’ulotlari bo’ladi. Tarbiyachi o’zining kalendar rejasiga mashg’ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo’yadi. Dastur mazmuniga mashg’ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar xajmi ham voziladi.
Mashg’ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bolalarga beriiadigan bilim, malaka va koTiikmalaining hajmi mashg’ulotdan- mashg’ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg’ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o’rganadi. Keyingi mashg’ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo’ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg’ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o’z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to’g’risida gap boradi.
Dastur materialini o’rganish mashg’ulotdan-mashg’ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metodva usullariga, shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususivati asosan ko’rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o’yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, usullar yig’indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin: ko’rgazmali (ko’rsatish), og’zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko’p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg’ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni bolalar yaxshi o’zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o’zining kalendar rejasida mashg’ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga lining mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo’yish zarur. Agar tarbiyachi mashg’ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo’Isa, uning mazmunini yozib qo’ygan ma'qul. Solishtirishga o’rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg’ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini ko’rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko’rgazmali-obrazli bo’lishini e'tiborga oladi va asosan mashg’ulotda ko’rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko’p mashg’ulotlarda, ayniqsa-nutqni o’stirish mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo’lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog’lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o’zlashtirib olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashg’ulotlarda foydalanadigan so’zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo’r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo’lishi zarur.
Mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini engillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo’lishiga yordam beradi.
Mashg’ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo aqliy xazinasi bo’lib, u buyumlarni yaxshiroq o’rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruxlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko’p bo’lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o’zining kalendar rejasida yozib qo’yadi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O‘qitislming har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmuni ni, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi.
Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi.Rejada bolalaming jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning i lg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi.
Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egal igi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rej alashtirishningmaqsadi-«Bolaj on»dasturining baj arilishini
ta’minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘ llangan bo‘ lishi kerak
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish mumkin.

MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachin ing kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzil ib, bolalar m uassasasida amalga oshiril adigan barcha ishlami o‘ z ichiga oladi.


Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini tarti bga solish va uning ma’lum maksadga qaratilgan va samarali bo‘lishini ta’minlashdir. Unda « Bolajon dasturi »ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to‘g‘risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘ stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va ruxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma’lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog‘i zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan gurux, shuningdek o‘zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar tug‘risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea hodisalar tug‘risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog‘lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatni o‘mi
uni tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi
bu yaxlit bir qonuniy jarayondir.
Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir
muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal
bajarishida xizmat qiladi, ta’lim-tarbiyaga doir bilimlar
mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib,
qoidalaming sinovdan o'tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi
ota-onaning faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti:
Oila pedagogikasi sari, o‘z ustida ishlashi, izlanishi tanlangan
vosita usullarini qo‘llashi va natijasini ko‘ra bilishini
hamda tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi uchun o‘rgatuvchi
fandir.
Oila pedagogikasi quyidagilarga amal qiladilar:
• ta’lim-tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya
qonuniyatlariga amal qiladi;
• oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
• oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar;
• insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand
tarbiyasining uyg‘unligi;
• oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatiga
amal qilish.
Oila pedagogikasining maqsadi:
• oila tarbiyasiga doir muammolaming holati, qonuniyatlarini
o‘rganishga qaratiladi.
Oila tarbiyasining vazifalari:
• oila taibiyasiga doir bir butun muammolami hal qilish;
• oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning
davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil inson
tarbiyalashdir;
• oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish,
pedagogik qonun-qoidalaiga rioya qilishdir;
• fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
• ilg‘or oilalardagi muovaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
• ota-onalami pedagog mutaxassislar bilan hamkorlikgini
o ‘matish kabilami amalga oshirish;
• barkamol inson taibiyasiga doir muammolami hal qilish
doimiy va hayotiy izlanishlami talab etadi.
Oila pedagogikasini boshqa fanlar bilan aloqasi:
Oila pedagogikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol
inson qilib tarbiyalash uchun oilada beriladigan tarbiyaning
mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga
doir bilimga ega bo‘lmoq lozim. Oila pedagogikasi
umumiy pedagogikani bir tizimi bo‘lib u umumiy pedagogikani
qonuniyatlari asosida yaratilgan.
Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib
ulg‘aymoqda: oila pedagogika fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot,
anatomiya - fiziologiya, psixologiya - pedagogika,
ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi,
pedagogik mahorat kabilar.
Komil inson tarbiyasi juda ko‘p qirrali va murakkab
bo‘lganligi sababli hamma fanlar unga ko‘makdosh bo‘ladi.
Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy «Talhizu Navomis»
(Aflotun qonuniyatlarini mohiyati) asarida inson kamolotini
falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko‘rsatgan
edi: «Yaxshi fazilatga ega bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyor
odamlar bo‘lishlari, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini
ta’minlash uchun qonunlami takomillashtirish, ulardagi
qoidalami mustahkamlashdir»1.
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
Xalq donishmandlari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi
qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki
va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda
oila, ota-ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga
alohida e’tibor qaratilgan.
Ota-oria behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!
Javhar Zamindar
Namozi bomdoddin keyin volidangni
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.
Rushtiy
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq
yozma pandnomalarda; Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodatnoma
», Zahiriddin Muhammad Bobuming «Bobumoma»si,
«To‘ti shoxnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga
doir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab
berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlami ijodiy faoliyatida oila
muammosi asosiy o‘rin egallagan. Buning sababi bo‘lajak oila
pedagogikasi fanini mazmundorligini ta’minlovchi badiiy
adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy
qadriyatlardir.
Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini to‘g‘ri uyushtirish,
ulami vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi
ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirislilari lozim.
Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino
«Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim otaonaning
bolalami tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda
oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga
to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalaming oilada mehnatsevarligi
bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o'rgatish
borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalariga
keng o‘rin berilgan.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurishturishda,
nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala
jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va
haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada
farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi
uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan
edi olim.
Yusuf Xos Hojib «Qudatg‘u bilig» asarida oilaviy maishiy
turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. U kishilami
uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish,
oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy
vazifalarini birma bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida
bo‘lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli
ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqeyi alohida ahamiyatga
egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi,
kamoloti uchun nihoyatda muhim-dir. Jamiyatda farzandlari
hulq atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ulami
ogohlantiradi.
Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga
bo‘lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalana-yotgan
muhit muhim o‘rin egallaydi. Shunday ekan, awalambor,
bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor.
Unsurul maoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida
o‘z farzanding sening haqingda qanday bo'lishini tilasang,
sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen
ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening
haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona
mevali daraxtga o'xshaydir» deb yoshlami ota-onasini hurmat
qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi.
Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o'limga ham tayyorligini
ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, otaona
mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.
Muhammad Sodiq Koshg‘ariy «Odob as-solixan» asarida
uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo‘lgan qizini
ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt
narsa umrda, qomatda, molda va nasabda yerdan past va
to‘rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda
yerdan yuqori boiishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda
tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida
katta ahamiyatga ega.
Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud
bo‘lgan hulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga,
yeyish-ichish, o‘z qilmishi uchun mas’uliyatni sezish,
shirinsuxan bo'lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini
egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola
tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi haqida
ham muhim fikrlami ilgari suradi. Chunonchi, ruboiylari
zamonasidagi aksariyat odamlar, hatto ma’rifatli zotlar ham
farzardlarining tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarab, donishmandning
bolasi johil bo‘lib qolayotganligidan afsuslanadi.
Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar
o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi
natijalarga erishi mumkin bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytidanoq
tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta, otaonasidir.
Ma’rifatparvar Munawar Qorining «Oila a’zolari» nomli
darslikninig bo'limlarida ota-onani hurmatlash, aka-uka qarindosh
urug‘ini e’zozlash kabi g‘oyalar alohida o‘rin egallaydi:
Kishining bor ersa ota-onasi
Ganimatdir unga olaming rizosi.
Xudoni qoshida qabul ekandir
Ota va onaning baloga duosi.
Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat
oldida javobgarligi kundan kunga ortib boradi. Chunki
o‘sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning
hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog'langandir.
Abdurauf Fitrat 1916-yilda «Oila» nomli falsafiy asarini
yozgan bo'lib, ,unda oilaviy hayotni islohotidan bahs yuritilgan
va adib najot yo‘llarini axtarib xalqlaming umuminsoniy
qardoshlik g‘oyasini targ‘ib etgan.
Fitrat oilani ijtimoiy vazifalari deb, «Avlod tarbiyasi»,
«Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo'ladi.
Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning
olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan.
Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo‘lsa,
noto‘g‘ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka,
hatto, halokaitga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab
tarbiyasi bilan bir qatorda oila tarbiyasiga ham katta
ahamiyat bergan. Oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya
maktab uchun katta maktabdir va aksincha, oilada tegishli
tarbiya ishlari olib borilmasa, bu holda maktabning ta’limtarbiya
ishini juda qiyinlashtirib qo‘yadi.
Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida juda yaqin va samimiy
munosabat o'zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi,
iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan
ajralib turishi lozim.
Oila odamzod o‘zining dastlabki ijtimoiy yo‘lini bosib
o‘tadigan eng muhim sohadir. Bunday oilada ota-onalar
bilan bolalar o‘rtasida ma’lum ma’noda izzat hurmat va
qildan ishonch kabi chegara bo‘ladi.
Oilada bolalaming o‘zga bir oilada yotib qolishiga hech
bir holda sira y o l qo'ymasligi kerak, bola yotib qoladigan joy
aniq tanish va ishonchli bo‘lgan taqdirdagina istisno bo‘lishi
mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning
baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi.
Oila va jamoatchilik hamkorligi yosh avlodni muvaffaqiyatli
tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir, ota-ona
e’tiboriga oladigan alohida ahamiyat berish kerak bo‘lgan
narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o‘rgatish,
unga o‘ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaholanki,
bola ham ish o‘rganadi ham jamiyatda, oilada o‘z
o‘mini topishga harakat qiladi. Bolada mehnatga munosabat,
ota-onasiga munosabati, oila a’zolariga nisbatan fikri,
dunyoqarashi o‘zgaradi.
Oila boshlig‘i ota-ona bola tarbiyasi haqida yetarlicha amaliy
va nazariy bilimlarga ega bo'lishi kerak. Agar ularda yetarlicha
bilim ko'nikma va malaka bo‘lmasa u oila a’zosiga ya’ni farzandlariga
yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya
faqat oilaning o‘ziga xos bo‘lmasdan balki qo‘ni-qo‘shni va
mahallalardagi taibiyaga ham salbiy ta’sir qiladi.
Aynan shu maskanda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat,
halollik, poklik, mehnatsevariik, vatanparvarlik, insonparvarlik
kabi oliy darajadagi qadriyatlar shakllanadi,
avloddan-avlodga yetkaziladi. Shu sifatlar ona suti, oila
a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati
mazmuniga singib boradi.
Darhaqiqat, Prezidentimizning «Tafakkur» jumali bosh
muharririning savollariga bergan javoblarida «g'oyaga qarshi
feqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat
ma’tifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan
fikrlarini oila tarbiyasining metodologik asosi sifatida qabul
qilish zarur.
0 ‘zbekiston Respublikasi- Oliy Majlisining IX sessiyasida
qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonunni ham oila ishtirokisiz amalga oshishi
mumkin emas.


XULOSA
Bolalarning ovkatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar.


Download 101,78 Kb.
1   2   3




Download 101,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB. MTMda bolalar hayotini tashkil etish

Download 101,78 Kb.