• II Bob Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli sifatidagi ahamiyati……………………………………………………………………
  • …………………………………………………………… Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….
  • Mundarija Kirish I bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi




    Download 167,5 Kb.
    bet1/7
    Sana12.02.2024
    Hajmi167,5 Kb.
    #154910
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O\'yoinning kelib chiqish tarixi


    Mundarija
    Kirish……………………………………………………………………………..
    I Bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi……

      1. O’yin va ularning turlari ……….……………….……………………….

      2. O'yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etishdagi o’rni………………………………………..……………………………….

    ……………………………………………………………………'>II Bob Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli sifatidagi ahamiyati……………………………………………………………………
    2.1. Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalarining ahamiyati
    2.2. Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari………………………………………………………………
    Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….
    Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi: Jahonda ta’lim sohasidagi innovatsion rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda maktabgacha ta’lim tizimini kompetensiyaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, dunyo miqyosida bolalarni psixofiziologik, intellektual, ijodiy va shaxsiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan kreativ texnologiyalarni rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim muhitini tashkil qilish hamda strategik boshqaruv tamoyillari asosida maktabgacha ta’limning sifat menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim –tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, tashkilotlarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, Faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Bunga misol tariqasida bir nechta qarorlarini,farmonlarini misol qilib keltirsak adashmaymiz. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi PQ – 3261 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 4312 sonli qarorlarining qabul qilinishi asosida Maktabgacha ta’lim sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharotlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi.
    Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota –onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shugʻullanishadi. Ota –onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.

    Download 167,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 167,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish I bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi

    Download 167,5 Kb.