|
Mundarija Kirish I bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi
|
bet | 6/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 167,5 Kb. | | #154910 |
Bog'liq O\'yoinning kelib chiqish tarixiXulosa va tavsiyalar
Xulosa o’rnida aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalar o’yin faoliyati bilan birga ta’limiy faoliyatlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davridagi ta’limiy mashg’ulotning asosiy mazmuni bolani atrof muhitdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki nutqni lug’at boyligi, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to’g’ri so’zlashlikka o’rgatish, bog’lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega bo’lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish materiallar bilan ishlash, musiqa va boshqa mazmundagi mashg’ulotlarga qaratilgan bo’ladi, bu esa bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi. O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotsi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. O`yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O`yin bilan ta’lim o`rtasidagi bog`liqlik bola ulg`aygan sari o`zgarib boradi. Kichik guruhda o`yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg`ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o`zlarida maktabdagi o`qishga ishtiyoq uyg`onib qoladi. Ammo bolalar uchun o`yinning qadri yo`qolmaydi, balki mazmuni o`zgaradi. Endi bolalarni ko`proq fikriy faollikni talab etuvchi o`yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o`yinlar qiziqtira boshlaydi. O`yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O`yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko`nikmalari harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O`yinda bolaning o`z tengdoshlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so`ng esa bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o`zini va o`zi bilan birga o`ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o`yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o`ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda bo`ladi. O`yinning ijtimoiy ta’siri, u uyg`otadigan hislar unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo`ladi.
Tavsiyalar
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o’yin o’ynashda va tavsiya berishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur
Maktabgacha yoshdagi bolalarga o’yinlar o’ynash jarayonida gigiena talablariga rioya qilishlari lozim
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va ota-onalar ko’proq milliy xalq o’ynlarini o’ynatilsa maqsadga muvofiq.
|
| |