• Kurs ishi obyekti
  • Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati
  • Kurs ishi tuzilishi.
  • Mundarija Kirish I bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi




    Download 167,5 Kb.
    bet2/7
    Sana12.02.2024
    Hajmi167,5 Kb.
    #154910
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O\'yoinning kelib chiqish tarixi

    Kurs ishining maqsadi: O’yinning kelib chiqish tarixi mavzusni oʻrganish.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga Ijodiy o‘yin turlarini talim berish shakli pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
    2. O’yinning kelib chiqish tarixi bolalarga talim berish shakli mazmunini ishlab chiqish.
    3. O’yinning kelib chiqish tarixi bolalarga talim berish shakli koʻnikmalariga qoʻyilgan talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.
    Kurs ishi obyekti: Termiz shahar 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
    Kurs ishi predmeti: O’yinning kelib chiqish tarixini mazmuni.
    Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.
    1) Kuzatish
    2) Suhbat.
    3) Savol javob.
    4) Tajriba
    Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo`lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo`ladi.
    Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
    I Bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi
    1.1. O’yin va ularning turlari
    O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotsi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul.
    Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
    Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin.
    Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazningyaxshiroq ochilishiga yordam beradi.Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.
    Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
    O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin. G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojlanishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan. Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
    Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta’minlash lozim.
    Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi- ning hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar. Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta’minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
    O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlikbola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning .isosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi. Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi. Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim. Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
    Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich maktab o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

    1. Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.

    1. Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.

    1. Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.

    2. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi. Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi. Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi. Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim. Xalqning sog’lig’ini mustahkamlash O’zbekistondagi jismoniy madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani, insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda. Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.

    Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning uchun o’quvchilar jismoniy madaniyat bilan chuqur Shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan bog’liqdir. Bolalarda maktabda o’qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, ishchanlik, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy madaniyatning barcha zamonaviy vositalari bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlari juda qo’l keladi, chunki bu o’yinlar bolalarni jismoniy, ruhiy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning barcha jihatlarini o’z ichiga ola biladi. Zero, millatning kelajagi bo’lgan yoshlarni sog’lom, yetuk va komil inson qilib tayyorlash mustaqil O’zbekistonimiz keljagining zamini mustahkam bo’lishiga xizmat etadi.

    Download 167,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 167,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish I bob O'yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o’ziga xosligi

    Download 167,5 Kb.