II Bob O’yin bola hayotining asosiy turi sifatidagi o’rni…




Download 167,5 Kb.
bet4/7
Sana12.02.2024
Hajmi167,5 Kb.
#154910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'yoinning kelib chiqish tarixi

II Bob O’yin bola hayotining asosiy turi sifatidagi o’rni…
2.1.Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalarining ahamiyati
O’yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muammolardan biridir Psixologlar adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritadilar: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bola rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi, ifodali, jo’shqin xistuyg’uli jihatlarini aks ettiradi; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi; 4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi. O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotsi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol ustida o’ynaladigan stol-bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o‟ynagan ma`qul.
Bolalarning o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z.
Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir. Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga laqlid qiladi. Ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi.
Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon t ug'diradi. Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini laraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni “konfet’, qumni ‘shakar”, stulni ‘mashina” deb atashlari mumkin. So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z likrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea- lardan taassurot shunchalik to'laroq aks ettiriladi. O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab j,irayon bo'lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi.
O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim. Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma’lum munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun ma’lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she’r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan liar bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar ‘Sholg'om’, ‘Bo'g'irsoq’, ‘Tulki, xo'roz va quyon’ kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak q.iliramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha o'tkazish mumkin:

  1. bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:

  1. Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi kerak.

  2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko'p bo'lishi kerak.

  3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.

  4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.

  5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.

  1. bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.

  2. bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.

  3. bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko'rsatadi.

  4. Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. ‘Sholg'om’, ‘Bo'g'irsoq’ kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.

Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi. Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. O'yinlar shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.
Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar faoliyatlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi.
Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun ‘Rangiga qarab top’, ‘Shakliga qarab top’ kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Katta guruh bolalari uchun ‘Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?’, ‘Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?’, ‘Kim ko'proq narsalarning nomini ayta oladi?’ va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin.
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o'z shaxsiy tajribalari va mashg'ulotlarda olgan bilimlarni amalda qo'llay olishga o'rganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.
Didaktik o'yinlar ta’lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar.
Didaktik o'yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda o'yin elementlari qancha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag'ishlaydi.
Didaktik o'yinning muhim tomoni - uni o'tkazishdan ko'zda tutiladigan g'oyadir. O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik o'yinni boshlashga sababchi bo'ladi. Masalan, ‘Xaltachada nima bor?’, yoki ‘Kim qanday qichqiradi’ va shunga o'xshashlar.
Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo'ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi o'lchovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin hara- katlarining to'g'ri-noto'g'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan ‘U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti” deyishlarining o'zi ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib bo'lmaydigan qonundek munosabatda bo'lishlarini ko'rsatadi.
Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularga rioya qilishlari, ularda mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini-o'zi, o'zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim.
Agar o'yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan bolalar qanday ma’naviy va axloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma’lum darajada zo'r berishni, ya'ni ularning aqliy faoliyatiga talabni kuchaytiradi.
Bolalar fahm-farosatlari, topag'onliklari, diqqat va xotiralarini namoyish qiladilar. Bularning hammasi bolalarning o'z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi bilan to'ldiradi, ular bundan ma'naviy qoniqish hosil qiladilar.
Didaktik o'yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiyachi quyidagilarga e'tibor berishi lozim: qo'yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu ko'zlangan nuqtayi nazardan ma’lum natijalarga erishildimi yoki yo'qmi.
Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya’ni bir tomondan, bolalarda qiziqish uyg'ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan, qo'yilgan hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o'yin yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.
O'yin qatnashchilarini rag'batlantirish, maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun yetakchi rolni berish, ba’zan esa shu o'yinda foydalanilgan o'yinchoqni o'ynashga berish yoki mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday mukofotlarni olaman deb har qanday yo'l bilan bu ishga intilishlariga yo'l qo'ymaslik kerak.
O'yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O'yin harakatlari xilma-xil ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yig'ishtirish, ularning rangiga, katta-kichikligiga, shakliga qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hokazolarda namoyon bo'ladi. Katta bolalarning o'yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o'yin harakatlari bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o'rtasida o'zaro bog'lanish bo'lishini, harakatlarning izchillik va navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi.
O'yin natijasi didaktik o'yinning muayyan natijasi bo'ladi, natija esa o'yinning finali hisoblanadi. Masalan: topishmoqlarni topish, berilgan o'yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni namoyon qilish kabilar o'yin natijasi bo'lib, ularni bolalar erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar.
O'yin mazmuni, g'oyasi, harakatlari va qoidalari o'zaro bir- biri bilan bog'langan bo'lib, hatto ulardan birortasi bo'lmasa ham o'yinni o'tkazib bo'lmaydi.
Didaktik o'yinning o'yin faoliyati sifatidagi o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o'zaro munosabatlari o'yin tarzida bo'ladi. Tarbiyachi o'yin qatnashchisi yoki uning tashkilotchisi bo'ladi. Bolalar ko'pincha o'yin mazmuni bilan belgilanadigan va o'yin harakatlari talab etadigan biron-bir rolni bajaradilar. Masalan, ‘Magazin’ o'yinida bilish mazmuni shundan iboratki, xaridor bolalar o'zlari sotib oladigan narsalarning belgilarini aytishlari, sotuvchi bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini xaridor aytgan belgilar bo'yicha bilib olishlari kerak. O'yin kuzatuvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi. O'yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko'rib chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. O'yin qoidalari xaridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomala bo'lishi, oladigan buyumni tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko'rib chiqish va boshqa buyumlar bilan taqqoslashi, belgisini aytish va pul to'lashidan: sotuvchilarning vazifasi esa xaridor gapirganda ularni zo'r e’tibor bilan tinglash, so'zlarini bo'lmaslik, so'ragan buyumlarni olib, qog'ozga o'rab berishdan iborat bo'ladi.
Ko'pincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi, ammo ularni o'z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishga o'rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab etadi. Masalan, ‘Ajoyib xaltacha” o'yinida bolalarga o'zlariga tanish bo'lgan o'yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o'yinchoqni boshdan - oyoq yaxshilab ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos begilarini eslab qolishi kerak bo'ladi.
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning mazmuni ‘MTT ta'lim-tarbiya dasturi” da bayon qilingan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  1. buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va ishlatilishi to'g'risida bilimlar berish;

  2. mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli to'g'risidagi bilimlar;

V) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari to'g'risidagi bilimlar;
G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.
Didaktik o'yinlar ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar bog'chasining ta’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda didaktik o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, mazmuni, o'tkazish uslublari belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir- biridan farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar (katta, kichik), shakllarni (sharcha, kubcha), bilishga, ko'rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o'stirishga yordam beradi. Masalan, ‘Juft kartochkalar’, ‘Kattalar va kichkinalar’, ‘Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”, ‘Qo'g'irchoqni cho'miltiramiz’, ‘Bu nimaning ovozi?’’, ‘Xaltachada nima bor?” va shunga o'xshash o'yinlar.
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga o'rgatish uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o'yinlar quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: bolalarda didaktik o'yinchoqlar bilan yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini rivojlantirish, jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to'rt burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan ‘Idish tovoqlarimiz”, ‘O'yinchoqlar” kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni farqlash va nomini to'g'ri aytishga o'rgatish va hokazo. Musiqaviy - didaktik o'yinlarda esa musiqa ovozlarining ba'zi bir xususiyatlarini farq qilishga o'rgatish, qadam va yugurish ritmi (‘Kim kelayotir’, ‘Sichqonlar yugurishayotir’) ovoz va cholg'u asboblari tembrlarini (‘Musiqaviy o'yinchoqni o'ylab top’, ‘Ovozidan bilib ol” ajrata bilishga o'rgatish vazifalari ham hal etiladi.
O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a’zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko'rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Yana didaktik o'yin davomida bolalar o'rtaga qo'yilgan masalanihaletishdasabr-matonatlibo'lishga,qiziquvchanlikka, diqqat-e’tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland- pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o'rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni) aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo'lish qobiliyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va to'ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
1   2   3   4   5   6   7




Download 167,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II Bob O’yin bola hayotining asosiy turi sifatidagi o’rni…

Download 167,5 Kb.