O'yin maktabgacha ta’lim yoshidagoi bolalar hayotini tashkil etishdagi o’rni




Download 167,5 Kb.
bet3/7
Sana12.02.2024
Hajmi167,5 Kb.
#154910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'yoinning kelib chiqish tarixi

1.2.O'yin maktabgacha ta’lim yoshidagoi bolalar hayotini tashkil etishdagi o’rni
Maktabgacha ta’lim uyg’un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan tashkilotdir. O’yin maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo’lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O’yin bolaning o’quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O’yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta‟lim tashkilotsining ta‟lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma‟naviy takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta‟lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta‟limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta‟lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta‟minlash zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o’yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o’yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o’zgarib turadi. O’yin doimo o’zgarib turganligi tufayli bola o’ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga, kishilarga, narsalarga va o’ziga bo’lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o’zgarib turadigan o’yin jarayonida namoyon bo’ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o’yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O’yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o’yin jarayonida faqat namoyon bo’libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o’zlashtiriladi. Shuning uchun psixologik nuqtai nazardan oqilona, ya‟ni, to’g’ri tashkil qilingan o’yin bola shaxsini har tomonlama o’stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida – sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O’yin o’z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo’lishi tufayli bolalarda ma‟naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o’yin jarayonida shifokorlik yoki o’qituvchilik rolini bajarayotgan bo’lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o’yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo’ladi. Bolalar uchun o’yin mazmunining hech bir chegarasi yo’q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o’z o’yinlarida aks ettira oladilar. O’yinning ahamiyati bola shaxsining o’sib kamolotga yetishiga ta‟sir ko’rsatishdin iboratdir. O’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o’rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o’z-o’ziga munosabati o’zgarayotgan o’yinda namoyon bo’ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (havas)lari bevosita o’yinda ifodalanadi. O’yin bolalarning xayolparastligi tufayli narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma‟qul tomonga “o’zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma‟lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub‟ekti sifatida shakllana boshlaydi.
Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy o’zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o’zining muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to’xtalgan edik.ba’zi o’yinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana Shunday o’yinlardan foydalanishda ularningbolalarga jismoniy ta’sirdan tashqari tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak.
Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to’g’ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasida sog’lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Xalq milliy o’yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari ko’proq ko’rinadi.
O’yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro, temir yo’l vagoni bo’lishi mumkin. Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechilmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarakatrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi.Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O’yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o’zining butun diqqatini o’yinga qaratishi lozim. Bola o’ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to’g’risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi o’yin orqali bolalarda ona-vatanga, o’z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to’g’rilik, o’zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga xos maktabdir. O’yinda bola kishilarning axloqodob me`yorlarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.Tarbiyachi bolalar o‟yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rganadilar.

Download 167,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 167,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'yin maktabgacha ta’lim yoshidagoi bolalar hayotini tashkil etishdagi o’rni

Download 167,5 Kb.