Mavzu: Rezistorlar, ularning xususiyatlari klassifikatsiyasi, belgilanishi




Download 26,42 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2023
Hajmi26,42 Kb.
#122486
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Rezistorlar, ularning xususiyatlari klassifikatsiyasi, be-fayllar.org


Mavzu: Rezistorlar, ularning xususiyatlari klassifikatsiyasi, belgilanishi

Mustaqil ish


Mavzu: Rezistorlar, ularning xususiyatlari klassifikatsiyasi, belgilanishi
Reja:
  1. Rezistorlar va ularga qo`yiladigan asosiy talablar hamda turlari?


2) Rezistorlar. Rezistorlarning parametrlari va asosiy xarakteristikasi?


3) Rezistorlarning klassifikatsiyasi?
1) Rezistorlar va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar hamda ularning turlari.
Rezistorlar elektron qurilmalarning muhim detallaridan biri hicoblanadi va ularning deyarli hammasida ishlatiladi.
Rezistorlar sxemalarning ba’zi bir nuqtalariga keltirilgan kuchlanishni pasaytirish uchun, ya’ni kamaytiruvchi sifatida ishlatiladi. Ular reaktiv elementlar bilan birga har xil filtrlarni tashkil qiladi, kuchaytirgichlar sxemasida yuklama qarshiligini va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
O‘zgaruvchan rezistorlar yordamida radioqurilmalarning turli zanjirlaridagi tok va kuchlanishni sozlash mumkin bo‘ladi.
Quyidagilar rezistorlarni tavsiflovchi asosiy parametrlar hisoblanadi:
1) qarshilikning nominal miqdori;
2) nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish;
3) nominal tarqalish quvvati;
4) ish harorati oralig‘i, yo‘l qo‘yilgan nisbiy namlik va atmosfera bosimi;
5) o‘ziga xos shovqin darajasi.
Rezistorning n o m i n a l miqdori uning ustida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Miqdori 999 Om gacha bo‘lgan qarshilik Om (om, Ώ ) bilan, 1000 dan 99 000 Om gacha — ming Om (ming om, m. Ώ) yoki kiloom (kom,kΏ) bilan, 100 000 Om va undan oshig‘i — megom (MOm, MΏ) bilan ifodalanadi.

Nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish miqdori rezistorning ustida ko‘rsatiladi va aniqlik sinfiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p rezistorlar uch aniqlik sinfiga ega:


1-sinf, nominal miqdordan og‘ish ± 5%;
2-sinf, nominal miqdordan og‘ish ± 10%;
3-sinf, nominal miqdordan og‘ish ± 20%.

Nominal tarqalish quvvati rezistorda ajraladigan quvvat bo‘lib, bunda rezistor yo‘l qo‘yilgan miqdorda qiziydi.


Tok (I) qarshilik (R) orqali o‘tganda rezistorda vujudga keladigan quvvatni quyidagi formula biln aniqlash mumkin:
Bu quvvatning miqdori rezistor ustida ko‘rsatilgan nominal tarqalish quvvatidan oshmasligi kerak.
Ish haroratlari oralig‘i rezistorning radioapparaturada normal ishlashiga imkon beradigan haroratlar oralig‘ini ko‘rsatadi.
Ish haroratlari oralig‘idan tashqari, qarshilik miqdorining o‘zgarishini haroratning o‘zgarib turishiga bog‘liqligini ham hisobga olish kerak. Bu o‘zgarish harorat 10S ga o‘zgarganda qarshilik miqdori qanchalik o‘zgarishini ko‘rsatuvchi harorat koeffisiyenti bilan tavsiflanadi.

17-rasm. Rezistorlarning tashqi ko‘rinishi:

a - VS turidagi; b- MLT turidagi; v - ULM turidagi.
Rezistorlar sezuvchanligi yuqori radiopriyomnik qurilmalar va o‘lchash apparaturasida ishlatilganda o‘ziga xos shovqin darajasi muhim o‘rin o‘ynaydi. Qarshilik vujudga keltirgan signallar uning o‘ziga xos shovqini hisoblanadi. O‘ziga xos shovqin darajasi mikrovolt (mkv) bilan o‘lchanadi. Radioqurilmalarning yuqori sifatli ishlashi uchun rezistorlarning o‘ziga xos shovqin darajasi mumkin qadar past bo‘lishi kerak.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas rezistorlar va ularning hossalari.
Rezistorlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas bo‘ladi. O‘zgaruvchan rezistorlarning miqdori ma’lum oraliqda o‘zgarishi mumkin.
O‘zgarmas rezistorlar ham, o‘zgaruvchan rezistorlar ham simli yoki simsiz bo‘lishi mumkin.
Elektronika sanoatida har xil nominal miqdorli simsiz o‘zgarmas rezistorlar ishlatiladi.
Quyida radioapparaturalarda uchraydigan rezistorlarning turlarini tavsifi keltirilgan.
VS (vыsokostabilnыye — yuqori stabilli) turdagi rezistorlar chinni o‘zak yoki naycha ko‘rinishida bo‘lib, ularning ustiga tok o‘tkazuvchi yupqa uglerod qatlami surkalgan. Bu qatlam namga chidamli izolyasiyalovchi himoya lak qatlami bilan qoplanadi.

Rezistor korpusining ikki uchiga chiqarish simlari ulangan. Har xil quvvatli rezistorlarning tashqi ko‘rinishi 17-a rasmda ko‘rsatilgan. VS turdagi rezistorlar namlik yuqori (95—98 % gacha) va atmosfera bosimi 90 mm simob ust. gacha bo‘lgan sharoitda,—60° dan +70° S gacha haroratlar oralig‘ida uzoq muddatgacha ishlashi mumkin.


VS tipdagi rezistorlar 0,25 dan 10 Vt gacha bo‘lgan tarqalish quvvatiga mo‘ljallanib, har xil miqdorli qilib ishlab chikariladi.
Rezistorlar korpusida uning nominal miqdori (raqam bilan) va yo‘l qo‘yilgan og‘ish miqdori (foiz bilan) ko‘rsatiladi.
Kuchlanish ostida bo‘lgan rezistor shovqinining E. Yu. K. qarshilikda pasayadigan har bir volt kuchlanish uc
hun 5 mkv dai oshmaydi. (mkV/V).
Katta miqdorli rezistorlar uchun qisqartirilgan belgilar qo‘llaniladi: ming «K» harfi bilan, million «M» harfi bilan almashtiriladi. Agar rezistor ustida nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda bu miqdorni ± 20 % deb bilish kerak. Nominal tarqalish quvvati 1 Vt yoki undan oshiq bo‘lgan rezistorlar korpusida nominal tarqalish quvvati miqdori ham ko‘rsatiladi. Masalan, nominal (quvvati 1,0 vt bo‘lgan 2-sinf aniqlikdagi 100000 Om li rezistor quyidagicha belgilanadi: 100kΏ, 10% 1,01W .
MLT (metallizirovannne, lakirovannne, teplostoykiye — metallangan, laklangan, issiqqa chidamli) t u r d a g i r ye z i s t o r l a r tashqi muhit harorati-60° dan +120° S gacha o‘zgarib turganda, havoning nisbiy namligi 98% va atmoofera bosimi past (40mm. simob. ust.gacha) bo‘lgan sharoitda ishlay oladi.
MLT turdagi rezistorlarni 0,5; 1,0; 2,0 Vt tarqalish quvvatlariga mo‘ljallab, har xil miqdorli (100 om dan 107om gacha) qilib ishlab chiqariladi.
Rezistorlarda yo‘l qo‘yilgan shovqin E. Yu. K. miqdori bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: «A» guruh —shovqin E. Yu. K. 1 mkv/v gacha va «B» guruh — shovqin E. Yu. K. 1 dan 5 mkV/V gacha.
MLT rezistorlarni markalashga misol: MLT-2-330 kOm — II—B. Bu nominal tarqalish quvvati —2 Vatt, qarshilikning nominal miqdori — 330 kOm, 2-sinf aniqlikda, «B» guruxli (shovqin E. Yu. K. 5 mkV/V dan ortiq emas) ekanligini ko‘rsatadi.
ULM (uglerodistыye, lakirovannыye, malogabaritnыye — uglerodli, loklangan, kichik gabaritli) turdagi rezistorlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatishga mo‘ljallangan. Ularni har xil miqdorli (27 Om dan 1 MOm gacha) qilib, nominal tarqalish quvvati 0,12 Vt ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
Bu rezistorlar — 60° dan + 100° S gacha harorat oralig‘ida nisbiy namlik 98 % gacha va atmoofera bosimi 40 mm. sim. ust. gacha bo‘lgan sharoitda ishlay oladi.

ULM turdagi rezistorning og‘irligi 0,2 gr dan oshmaydi. MLT va ULM rezistorlarning tashqi


ko‘rinishi…

17-v rasmda ko‘rsatilgan.


18-rasm. SP tipdagi o‘zgaruvchan rezistorlar.

Simsiz o‘zgaruvchan rezistorlar qarshilik miqdori ma’lum oraliqda tekis o‘zgartiriladigan radioapparaturada keng ishlatiladi.


19-rasm. O‘zgaruvchan rezistorlar:

a-VK turdagi: b-TK turdagi: v- SPO-2 turdagi: g-SPO-0,5 turdagi.


SP turdati o‘zgaruvchan rezistorlar yakka va qo‘shaloq (umumiy o‘qdan rostlanadigan) qilib tayyorlanadi. (SP-soprotivleniye peremennoye ya’ni o‘zgaruvchan qarshilik ).
SP turdagi yakka va qo‘shaloq o‘zgaruvchan rezistorlarning tashqi ko‘rinishi 18-a,b rasmda ko‘rsatilgan. Korpusning ichida yarim doira shaklidagi halqa joylashgan bo‘lib, uning ustiga tok o‘tkazuvchi qatlam surkalgan. O‘q bilan mexanik biriktirilgan kontakt yarim doirada sirpanadi. O‘qni burab, tok o‘tkazuvchi qatlamning ko‘p yoki oz qismini elektr zanjiriga ulash mumkin, bu bilan qarshilik miqdori tekis o‘zgartiriladi. O‘zgaruvchan rezistorni sxemaga ulash uchun undan uchta kontakt uchi chiqarilgan. O‘rtadagi kontakt qo‘zg‘aluvchi kontakt bilan, chetdagilari esa tok o‘tkazuvchi qatlamning boshi va oxiri bilan ulangan.
Shuningdek, korpusning metall qismidan o‘zgaruvchan rezistor korpusini radioqurilma shassisi bilan puxta elektrik ulashga imkon beruvchi kontakt uchi chiqarilgan.
VK va TK tipdagi o‘zgaruvchan rezistorlar. VK turdagi rezistor (19-a rasm) umumiy o‘qdagi manba ulagichli, TK turdagi esa (19-b rasm) ulagichsiz qilib tayyorlanadi. Texnik tavsifi bo‘yicha rezistorning bu ikkala turi bir xildir. Tuzilishi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha VK turdagi rezistor SP turdagi rezistordan oz farqlanadi.
VK turdagi rezistorning korpusi kattaroq o‘lchamlarga ega, chunki uning ichiga manba ulagichi o‘rnatilgan. Bunday rezistorning o‘qi soat strelkasi bo‘ylab buralganda, avval ulagich kontaklari tutashadi, burashni davom ettirish esa qarshilik miqdorini o‘zgartirishga olib keladi.
VK va TK turdagi rezistorlar 2500 Om dan 7 500 000 Om gacha oraliqda nominal tarqalish quvvati 0,2; 0,4 va 0,5 Vt qilib tayyorlanadi.
SPO turdagi rezistorlar kichik o‘lchami va namga yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. SPO-0,5 turdagi rezistorning nominal tarqalish quvvati 0,5 Vt. Bu rezistorlar 100 Om dan 4,7 MOm gacha har xil miqdorli qilib ishlab chiqariladi. SPO-0,5 rezistori — 60° +80° S harorat oralig‘ida nisbiy namlik 100 % gacha va atmosfera bosimi 40mm sim. ust. teng bo‘lgan sharoitda ishlay oladi.. SPO-0,5 rezistorning og‘irligi 10 g dan oshmaydi.
SPO-2 turdagi rezistorlarning nominal tarqalish quvvati 2 Vt; qarshilik miqdori 47 Om dan 4,7 Mom gacha qilib ishlab chiqariladi. Ular —60° +130° S harorat oralig‘ida, 100 % gacha bo‘lgan nisbiy namlikda ishlay oladi.
Simli rezistorlar. Simli rezistorlar ancha yuqori ishonchliligi va parametrlarining turg‘unligi bilan simsiz rezistorlardan farq qiladi. Bunday rezistorlar ancha yuqori nominal tarqalish quvvatiga ega; simsiz rezistorlarga qaraganda shovqin darajasi past.

Simli rezistorlarning o‘lchamlari mumkin qadar kichik bo‘lishi uchun ularni solishtirma qarshiligi yuqori materiallar, nixrom va konstantandan tayyorlanadi. Simli o‘zgarmas rezistorlar ustiga ximoyalovchi emal qatlami qoplangan sim o‘ralgan sopol naychadan tashkil topadi.


Simli naychali rezistorlar 20 Om dan 50 000 Om gacha oraliqda, tarqalish quvvati 15 Vt dan 150 Vt gacha qilib ishlab chiqariladi. Nominal qarshilik miqdori va tarqalish quvvati rezistorning emal sirtida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Simli o‘zgaruvchan rezistorlarning tuzilishi simsiz rezistorlardan qo‘zg‘aluvchi kontaktining «yoqacha» sirtida siljishi bilan farq qiladi (20-rasmga qarang). «Yoqacha» karkasdan iborat bo‘lib, unda sim o‘rami joylashgan. Simning qo‘zg‘aluvchan kontaktga tegib turadigan joyi izolyasiyadan tozalanadi.
2) Resistor – ingliz tilidan olingan bo‘lib rezistor deb ataladi, shuningdek, termin
(tarkib) «rezistor» – resisto lotin tilidan olingan bo‘lib qarshilik ko‘rsataman deganini bildiradi. Birinchi bo‘lib 1837 yilda CHarlz Uitston ingliz olimi rheotstat
– rostlanadigan o‘zgaruvchan rezistorlar va elektr toklarni o‘zgartirish uchun foydalaniladiganni yaratgan.
Rezistorlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
  1. Rostlanmaydigan o‘zgarmas rezistorlar.


  2. Rostlanadigan uzgaruvchan va yasalgan rezistorlarga bo‘linadi.





Download 26,42 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 26,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Rezistorlar, ularning xususiyatlari klassifikatsiyasi, belgilanishi

Download 26,42 Kb.