Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11
th
November, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
110 |
P a g e
METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING
XUSUSIYATLARI
Sadikbekova Munira Bahtiyarovna
Shayxontohur tumanidagi 41-maktab Texnologiya fani o’qituvchisi.
Shaxabidinova Dilobar Maxkamdjanovna.
Shayxontohur tumanidagi 41-maktab Texnologiya fani o’qituvchisi.
Tohirbekov Rustambek Ravshanbek o’g’li
I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika
Universiteti
Intellektual muhandislik tizimi yonalishi talabasi
Anatatsiya:
Ushbu maqolada metallar har xil xossalarga ega bo’lib, ularning ayrimlari yumshoq
va qayishqoq,
bazilari esa qattiq, bukuluvchan yoki mo’rt bo’ladi. Metallardan
buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning xossalari.
Kirish: Metallar (
lotincha
:
metallum;
qadimgi
yunoncha
:
metallon — qaziyman,
yoki yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori
elektr oʻtkazuvchanligi, issiq
oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektromagnit toʻlqinlarini
yaxshi
qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar.
Metallar qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir.
Kalit so’zi: Po’lat va cho’yan, ruda,
metallning qatiqligi, metallning plastikligi,
metallning elastlikligi, metallning mortligi.
Tabiiy birikmalardan
metallni ajratib olib, uni ishlab, ya’ni aniq zaruriy •
xususiyatlarga ega bo'lgan metallarni olib, texnologik jarayonini metallurgiya deb
ataymiz. Metallurgiyada temir ajratib olinadigan
birikmalar temir rudalari deb ,
aytiladi. Rudalarning asosiy qismini temir tashkil qiladi. Temir tabiatda eng ko‘p
tarqalgan element hisoblanib, ya’ni yer qatlami og‘irligining 4,7 % ni tashkil etadi.
Lekin sof temir yumshoq bolganligidan uchun turli qurilmalarni tayyorlab bolmaydi.
Shuning uchun mashinalar va boshqa turli xil qurilmalarni tayyorlashda sa’noatda
asosan temir qotishmalari, ya’ni cho‘yan va polatdan foydalaniladi. Chunki ularning
xususiyatlari temirnikiga qaraganda ancha yuqoridir.