• Audit jurnali bilan ishlash Malumotlar bazasini kunlik ishlashi statistikasi bilan taminlash Reja: Audit jurnali bilan ishlash
  • Audit jurnali bilan ishlash
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axboro texnologiyalari universiteti




    Download 150.1 Kb.
    bet1/4
    Sana11.12.2023
    Hajmi150.1 Kb.
    #115592
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5-mustaqil ishi
    albom, ИИБга ХАТ), 11, 1-amaliy ishi, MT Amliy ish 5, abbos 2-m.i, 1-amaliy ishi, Интерполяция сплайнами.ru.uz, Shaxsiy yillik ish rejasi-fayllar.org, 610958, Gulmirzayev Asilbek Kurs ishi, Документ Microsoft Office Word, Метод беседы, Falsafa 1

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBORO TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    QARSHI FILIALI KI FAKULTETI ATS 12-21 GURUH TALABASINING Ma’lumotlarni bazasni boshqarish fanidan
    Mustaqil ish 5

    Bajardi: Norqochqorov Y
    Qabul qildi: Ochilov M


    Qarshi 2023
    Audit jurnali bilan ishlash Malumotlar bazasini kunlik ishlashi statistikasi bilan taminlash
    Reja:

    1. Audit jurnali bilan ishlash

    2. Malumotlar bazasini kunlik ishlashi

    3. Ma’lumotlar bazasni statikasni bilan taminlash

    4. Xulosa

    Audit jurnali bilan ishlash Audit atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «eshituvchi», «eshitmoq» ma’nolarini anglatadi. Ushbu atamaning amaliyotga kirib kelishi borasida turli qarashlar mavjud. Ularni quyidagi uch asosiy guruhga ajratish mumkin: 1.Qadimda insonlar hali o‘qish va yozish san’atidan bexabar bo‘lgan davrda, biror hudud hukmdori doimiy ravishda o‘z boyliklari miqdori haqidagi ma’lumotga ehtiyoj sezgan. Shunda hukmdor dastlabki auditorlar xizmatidan foydalangan. Ya’ni shu hukmdor egaligida bo‘lgan boyliklar, xususan, qoramolga qarash, parvarishlash majburiyatini olgan xodimlar yilning ma’lum bir vaqtida auditorlarga shu boyliklarni tasvirlab, aytib berganlar. Bir oz vaqt o‘tgach shu auditor ushbu xodimlarni yana bir bor tinglagan va avvalgi, shuningdek, keyingi ma’lumotlar o‘rtasida qanday farq borligi yoki bunday farqlar yo‘qligi to‘g‘risida hukmdorga hisobot bergan.1 2. Ikkinchi qarashga asosan, o‘rta asrlar davrida, g‘arb mamlakatlarida davlat moliya idorasi keng jamoatchilik oldida yillik yakuniy moliyaviy axborotlarni o‘qib eshittirgan. Ushbu eshittirish orqali jamoatchilik, to‘lanayotgan soliqlar to‘g‘ri maqsadlar yo‘lida, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilmagan holda ishlatilinayotganiga ishonch hosil qilgan. Bu jarayonda auditor, ya’ni «tinglovchi» vazifasini jamoatchilik o‘tagan.2 3. Uchinchi qarash shundan iboratki, g‘arb mamlakatlari diniy bilim muassasalari, ya’ni monastirlarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli, darslarni talab darajasida o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni tanlab olganlar va ularga qolgan o‘quvchilarning kitobni bexato o‘qiyotganliklarini tinglash orqali tekshirib borish vazifasini yuklaganlar. auditor, ya’ni «tinglovchi» atamasi shu iqtidorli o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanilish asosida amaliyotga kirgan. 1 Ushbu qarashlar audit atamasining kelib chiqishiga doir turli fikrlarni ilgari sursada, ular o‘rtasida auditning mohiyatiga doir umumiylik ham mavjud. Ushbu umumiylik shundan iboratki, yuqoridagi holatlarning har birida auditor: ‒ jamoatchilik ishonchini qozongan; ‒ o‘zining ma’lum bir qobiliyati, bilimi bilan o‘zgalardan ajralib turgan; ‒ jamiyat farovonligi, rivoji yo‘lida xizmat qilgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, audit sohasi o‘zining u yoki bu ko‘rinishida insoniyatning qadim tarixi davomida doimo mavjud bo‘lgan. Albatta hozirgi zamonaviy audit o‘zining yuqorida keltirilgan davrlardagi mohiyatidan tubdan farq qiladi.

    Download 150.1 Kb.
      1   2   3   4




    Download 150.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axboro texnologiyalari universiteti

    Download 150.1 Kb.