|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari
|
bet | 1/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,87 Mb. | | #249213 |
Bog'liq elektronika 1-Mustaqil ish (2) Bajardi : CAE010- guruh talabasi Qo’zibayev Jamshid Tekshirdi: Azizova Sayera Axmadjanovna REJA: I.Mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari. II. Bir turdagi MDYa – tranzistorlarda yasalgan elementlar. III.MANTIQIY INTEGRAL SXEMALARNING NEGIZ ELEMENTLARINING KLASSIFIKATSIYASI - Klassifikatsiya:
- 1 .Tranzistor-tranzistorli mantiq (TTM);
- 2 .Emitterlari bogʻlangan mantiq (EBM);
- 3. Integral-injeksion mantiq (I2M);
- 4. Bir xil tipdagi maydoniy tranzistorlardagi mantiq (n – MDYA va p – MDYA );
- 5 .Komplementar MDYA-tranzistorlarda bajarilgan mantiq (KMDYA).
Mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari - Mantiqiy IMS negiz elementlari tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: diodli – tranzistorli mantiqiy elementlar (DTM); tranzistor – tranzistorli mantiq elementlari (TTM); tok qayta ulagichlari asosidagi emitterlari bog‘langan mantiq elementlari (EBM); MDYa – tranzistorlarda yasalgan elementlar; injeksion manbali elementlar (I2M). Elektron kalit turi mantiq turi bilan aniqlanadi. Agar kalit sxemasi tarkibida tranzistordan tashqari boshqa elektr radioelementlar (rezistor, diod) mavjud bo‘lsa, bu holat integratsiya darajasini pasaytiradi va shu sababli bu mantiq turi o‘rta va katta integratsiyali raqamli integral mikrosxemalar negiz elementlari sifatida qo‘llanilmaydi. Quyida zamonaviy raqamli integral qurilmalarda qo‘llaniladigan negiz elementlar ko‘rib chiqiladi.
Tranzistor – tranzistorli mantiq elementlari (TTM). Bu mantiq turida elektron kalitlar bilan boshqariladigan ko‘p emitterli tranzistor (KET)da bajarilgan invertor qo‘llaniladi. Chiqishida oddiy invertor bo‘lgan TTM sxemasi 1a – rasmda keltirilgan. X1 va X2 kirishlar mantiqiy bir potennsialiga ega (2,4 V) deb faraz qilaylik. Bunda KET emitter o‘tishlari berk bo‘ladi va tok quyidagi zanjir orqali oqib o‘tadi: kuchlanish manbai YeM – rezistor R1 – KETning ochiq bo‘lgan kollektor o‘tishi VT1 tranzistor bazasiga yo‘nalgan bo‘ladi, shu sababli VT1 to‘yinish rejimiga o‘tadi va uning kollektorida mantiqiy nol past potensiali o‘rnatiladi (0,4 V). - Tranzistor – tranzistorli mantiq elementlari (TTM). Bu mantiq turida elektron kalitlar bilan boshqariladigan ko‘p emitterli tranzistor (KET)da bajarilgan invertor qo‘llaniladi. Chiqishida oddiy invertor bo‘lgan TTM sxemasi 1a – rasmda keltirilgan. X1 va X2 kirishlar mantiqiy bir potennsialiga ega (2,4 V) deb faraz qilaylik. Bunda KET emitter o‘tishlari berk bo‘ladi va tok quyidagi zanjir orqali oqib o‘tadi: kuchlanish manbai YeM – rezistor R1 – KETning ochiq bo‘lgan kollektor o‘tishi VT1 tranzistor bazasiga yo‘nalgan bo‘ladi, shu sababli VT1 to‘yinish rejimiga o‘tadi va uning kollektorida mantiqiy nol past potensiali o‘rnatiladi (0,4 V).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari
|