|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan
|
bet | 1/4 | Sana | 26.03.2024 | Hajmi | 34.01 Kb. | | #177634 |
Bog'liq Simvolli toifalar MT hisobot, 2-lab, Menschen A2.2 KB, 1-Labaratoriya elektronika, 2 5255744844390731028, Ишан кала каракалпакская2022, IN1002223, Reference-315231103505, 128-134, pedagogika (1), Avtotransport vositalarining tuzilishi, TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar., ahmad yassaviy ustozi arslon bob va yassaviylikda devoni hikmat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan
MUSTAQIL ISH
Guruh: 318-21 DIF
Bajardi: Quronboyeva Farida
Tekshirdi: Bo’riyev Yusuf
Toshkent – 2024
Mavzu: Simvolli toifalar, ularni e’lon qilish, ular ustida matematik amallarni bajarish. 5 ta qator hosil qiling va ularning har birida unli harflarni aniqlash dasturini tuzing.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
a. C++ da dasturlashning asosiy qismlari.
b. C++ da arifmetik amallar.
c. C++ da unli harflarni aniqlash dasturini yaratish.
III. Xulosa.
IV. Amaliy mashg’ulotlar.
V. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL
tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va
operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B
tilida BCPL ning ko'p xossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining
birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani
o'zgaruvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter
xotirasida faqat bir bayt yer egallagan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib
chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida
qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z
ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa
yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi.
Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina
arxitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yaxshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli
kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng
tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika
Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 texnik komitet tuzildi. Va 1989
yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish
maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C
ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan
dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p
kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda
tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u
ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi
kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash
g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi,
programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlar orqali tuzish
dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli
dasturlashga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani
Xeroxning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan
Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++
esa gibrid tildir. Unda C ga o'xshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar
bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash
falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va
ob'ektlarning juda boy kutubxonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning
standart kutubxonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan
|