• O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari (O‘zbekiston hududidagi davlatlar tarixi misolida). Reja
  • Foydalanilgan Adabiyotlar
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi fileali




    Download 60.58 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi60.58 Kb.
    #198728
    Bog'liq
    1.1 мустакил иш
    Lecture - 7, 7-labaratoriya vazifa, eritmadagi temir 11, Mustaqil ish mavzu Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil(Algoritm, Mavzu Kiyimga qo‘yiladigan talablar, Mavzu Tikuvchilik sanoati haqida umumiy ma’lumotlar, kurs ishi m sirtqi, Soliqlar va soliqqa tortish, 25-Ekologiya-huquqi-lot-Xolmominov-Toshkent-2014-, Google alarm

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILEALI




    O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Bajardi: Kompyuter Injeneringi 14-23 (s) guruh talabasi Xolmatov Javohir

    Qabul qildi:_________________________________


    Qarshi -2024
    O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari (O‘zbekiston hududidagi davlatlar tarixi misolida).

    Reja

    1. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi.
    2. O‘rta Osiyodagi ilk davlatlar: Katta Xorazm, Baqtriya podshohliklari, So‘g‘d hokimligi.
    3. O‘rta Osiyo xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari.

    Davlatchilik tushunchasi, qarindoshurug‘chilik jamoasi, hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ijtimoiy mansablar, davlat boshqaruvi, boshqaruv tasnifi, rahbarlik, boshqaruv vazifalari, ijtimoiy boshqaruv, davlatning vazifalari. O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi salkam uch ming yillik tarixga ega bo‘lib, umumjahon tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda, turli nomlar bilan atalishi, sulolalarning almashinuvi va o‘zgarishlari uning butunligini va mohiyatini o‘zgartirmaydi. O‘zbek xalqi O‘zbekistonning mahalliy tub aholisi bo‘lib, ularning tarixi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shib kelganlar. Dunyoga ko‘plab buyuk siymolarni yetishtirib bergan zaminimizda davlatchilikning turli bosqichlarini amaliyotdan o‘tkazilishi bugungi kundagi mukammal davlatchilik bosqichiga ko‘tarilishi uchun xizmat qildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi qayta tiklanganligi e’lon qilindi. Xuddi shu kuni jamiyatimiz hayotiga O‘zbekiston davlati, o‘zbek davlatchiligi tushunchalari kirib keldi. To‘g‘ri, davlatchilik o‘zbek xalqi tarixi uchun yangilik emas, ammo 130 yillik mustamlaka davrida, ayniqsa, so‘nggi bir necha avlod nazdida davlat, davlatchilik tushunchalari unut bo‘lgan edi. Chunki mazkur davrda davlatning o‘zi yo‘qqa chiqarilgan edi. Demak, endigi sharoitda tarixchilar oldida turgan katta vazifalardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston davlati tarixini, o‘zbek davlatchiligi tarixini ilmiy asosda o‘rganishdan iborat. O‘zbek davlatchiligi tarixi fanining asosiy maqsad va vazifalari jumlasiga quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar kiradi: O‘zbekistonda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o‘troq aholining madaniyati hal qiluvchi omil bo‘lganini yoritish, miloddan avvalgi IX-VIII va VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqiyoti jarayonini chuqur va izchil tadqiq qilish; Ahamoniylar bosqini, A.Makedonskiy va uning vorislari davrida qadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini ochib berish, Kushonlar sulolasi davri tarixini o‘zbek davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilish, Buyuk ipak yo‘li, uning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari, uning vatanimiz tarixi taraqqiyotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish, ilk rivojlangan o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligining barcha bosqichlari tarixini yaxlit tizim sifatida o‘rganish va uning jahon sivilizatsiyasi rivojlanishidagi hissasini tadqiq qilish, XIV asr ikkinchi yarmi XV asrda markazlashgan o‘zbek davlatchiligi rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rnini yoritish, buyuk Boburiylar sulolasi davlatchilik tarixini ham o‘zbek davlatchilik tarixining bir qismi sifatida talqin etish, XVI-XIX asr birinchi yarmida o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi nuqsonlarni, madaniyat, fan va san’at sohalaridagi tanazzul alomatlarini o‘rganish, O‘zbekiston xalqini Chor Rossiyasi mustamlakachiligi va Sho‘rolar ibtidodi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy ahvoliga xolisona baho berish, o‘zbek davlatchiligi tarixining istiqlol qo‘lga kiritilgandan keyingi eng yangi davrini har taraflama yoritib berishdan iborat. Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlanganligini kuzatish mumkin. Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo bo‘lishi, hunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unumdorligini oshishiga olib keldi. Ayni paytda urug‘ jamoasi hududiy qo‘shni jamoasiga aylana bordi. Aholi joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashg‘ul vohalarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, miloddan avvalgi 4-ming yillikda Mesopotamiyada, mil. avvalgi 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk davlatlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekiston hududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi tarixiga 3 ming yil bo‘ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin. Mil. avv. 1-ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo‘la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo‘la boradi. Avestodagi ma’lumotlar, Gerodot va Gekatey asarlari (Katta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning, Qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish jarayonini Ahmoniylargacha bo‘lgan davrda deb hisoblaydilar va mil. avv. IX-VII asrlar deb belgilaydilar.
    Avesto, Baqtriya, Jarqo‘ton, Yerqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Xorazm va Sug‘diyona. Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqiy, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbiyda joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan (“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti). Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar yetarli. Ammo Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi: 1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi. 2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanishi. 3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi. 4. Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi. Arxeologik nuqtayi nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta: Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Xalqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning markazlari edi. Yuqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli xil ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (miloddan avvalgi 521-yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “...mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, xulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan. Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olinadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuvardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan. Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha, bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Ahamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Ahamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persapol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki o‘rkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Ahamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. A.Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador, Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo‘lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha, g‘arb tomondan Baqtriya tekisligiga boradigan yo‘lni tog‘lar to‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o‘tib borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho‘zilgan bo‘lib, Tanais uni Yevropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi. Gerodot o‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo‘yilgan “Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. Yana bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar o‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi. Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (Sho‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari, asosan, Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi. Shunday qilib, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib qadimgi O‘zbekistonning janubida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan vohalarning har biri ma’lum hududiy-siyosiy birlashmani tashkil etgan bo‘lib, o‘z nomiga, ma’muriy markazlariga, yirik shaharlariga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Misol uchun, Surxondaryodagi Qiziltepa ko‘hna shahri atrofida to‘rtburchak shaklda qurilgan qadimgi uyqo‘rg‘onlari (Qizilcha) 3-4 ta qo‘shni uylardan iborat bo‘lib, alohida joylashgan qishloq jamoasini tashkil etganlar. Har bir katta oila jamoasini ma’lum uy-joy, chorva va yerga egalik qilib, ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvdan tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Milloddan avvalgi VII-VI asrlar Baqtriya jamiyatida hududiy bo‘linish shakllanib, aholining o‘troqlashuv jarayonlari yanada kuchayadi. Ko‘hna shaharlar qishloq xo‘jalik atroflariga ega bo‘lib, qal’alar paydo bo‘ladi, muhim savdo yo‘llari bo‘ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati yetakchi o‘rin egallaydi.
    Miloddan awalgi VI asr o'rtalarida Axomaniylar davlatiga (mil. av. 558-330 yillar) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshiig'i Kir II asos solgan. Hind daryosidan Egey va O'rta dengizgacha bo'lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O'rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko'radi. Kirning O'rta Osiyoga birinchi harbiy yurishlari miloddan. awalgi. 545-539— yillarga to'g'ri keladi. Kir II ning O'rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan. awalgi. 539-530— yillarni o'z ichiga oladi. O'rta Osiyoning tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari Axomaniylarga bo'ysunmaslik uchun o'z ona zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa, Kir JI ni qayta-qayta bu hududga katta qo'shin bilan bostirib keiishga majbur etgan.
    Axomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma'lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko'p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To'maris o'rtasidagi munosabatlar, ularning o'zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma'lumotlari alohida e'tiborga loyiqdir.
    200 minglik katta jangovar qo'shin tuzib To'maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda tengsiz bo'lgan massaget qabilalarini ochiq jangda yengish qiyinligini his etib, turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko'radi. Shu maqsadda, To'maris huzuriga elchilar yuborib, go'yo o'zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoq-chiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz chiqadi. Kir II stiundari so'ng yana hiyla ishlatib, To'marisning mard, jasur o'g'li Spargalisni asirga oladi va oqibatda u o'zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo'lib o'rtangan onaning dushmanga bo'lgan o'tli nafrati o'n chandon ortadi. Buning ustiga el-u yurt erki, ozodligini har narsadan a'lo bilgan To'maris Kirqo'shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirhk ko'radi.
    Butun vujudlari ila g'animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo'shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadt. Nihoyat, massagetlar g'alaba qozonadilar. Fors qo'shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida halok bo'ladi. Bu miloddan awalgi 530—yilga to'g'ri keladi.
    Axomaniylar shohi Doro I (522-486) davrida O'rta Osiyo hu-dudlari bosib olinadi.
    Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518— yillardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini yengib, itoatga keltirishga musharraf bo'ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emas. Loaqal, bu yurtning oddiy cho'poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo'la oladi.
    Eron Axomaniylariga qarshi O'rta Osiyoning Parfiya, Marg'iyona hududlarida, Saklar o'lkasida ko'plab xalq qo'zg'olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522—yilda Marg'iyonada ko'tarilgan kuchli xalq qo'zg'oloniga Frada degan shaxs yetakchilik qilgan. Doro I qo'shini qo'zg'olonchilardan qonli o'ch oladi. 55 ming qo'zg'olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo'lga olinib, qiynab o'ldiriladi.
    Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo'yin egmay, o'z erki, ozodligi yo'lida tinimsiz kurash olib borganligini ko'rsatadi.
    Mil.av. Vi-IV asrlarda ham O'rta Osiyoning Baqtriya, So'g'diyona, Marg'iyona va Xorazm vohasi hududlarida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati to'xtovsi? rivojlanishda davom etgan.
    O'Meaning o'sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand (Afrosiyob), Marv, Baqtra, Yerqo'rg'on, Qiziltepa, Ko'zaliqir singari shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlars sifatida qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining o'sganligidan guvohlik bcradi.
    O'rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo'lida olib borgan kurashlari pirovard oqibatda o'z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to'rtinchi asrga kelib Eron Axomaniylari hokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda birinchi bo'lib Xorazm o'z mustaqiltigini tiklashga muvaffaq bo'ladi. Ustadiplomat, rnohir siyosalchi Farasman mil.av. IVasrda Xorazm mustaqilligini qo'iga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O'lkaning boshqa hududlarida ham mahalliy xalqlarning Eron Axomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qat'iy kurash harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski. o'lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og'ir sinovlari kutmoqda edi.
    Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Alek-sandriya, Makedoniya podshosi Filipp П ning o'g'li) olamga dovrug' taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo. Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o'shajoylarda o'z hukmronligini o'rnatgan Iskandar mil. av. 331— yil oktabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotamiya) bo'lgan jangda Eron qo'shinlarini yengadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan uzil-kesil yengilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U yerda esa, Baqtriya satrapi Bess tomonidan oidiriladi. Tez orada Iskandar qo'shini ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari mustahkam qaraiarni egallaydi. Ko;p оЧтау, Bess qo'lga olinib, qati etiladi. Mil. av. 328—yiida Xorazm shohi Farasman Baqtradagi Iskandar qarorgohiga o'z elchisini jo'natadi va ittifoqehilik bitimi imzolanadi. Shu botsdan Iskandar Xorazmga yurish qilrnaydi. Mil. av. 329—yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga yetib kelgan Yunon qo'shinlari daryodan o'tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning bCesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradi. Endigi harakat yo'nalishi So'g'diyona poytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi. Rim olimi rCursiy Rufning ma'lumot berishicha. Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynaimasdan va kam talofat bilan ishg'ol etgan va «shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. U Sirdaryoning chap sohiliga Aleksandriya Esxata (Xo'jand) qal'asini qurdiradi.
    Biroq Marokandadan so'ng yunon-makedon qo'shinlarining yurishlari nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning kuchli qarshiligiga duch keldi. Iskandar bosqinidan, uning yurtga soiayotgan qirg:ini-yu zulm asoratidan ko'zi g'aftat uyqusidan ochilgan, erk, ozodlik qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishiiari bir yoqadan bosh chiqarib, ajnabiy istilochilarga qarshi harakatga keladi. Mil. av. 329—yil kuzida So'g'diyonada boshlanib, O'rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq qo'zg'oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi sahifa yozgan.
    Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko'tarilgan bu ommaviy harakatga so'g'd xalqining mard o'g'loni Spitamen boshchilik qildi. So'g'diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar yerli aholiga katta ruhiy quwat bag'ishlab, ajnabiylarga qarshi faol kurashga turtki beradi. Iskandar o'z qo'shinining bir qismini sarkarda Menedem boshchiligida qo'zg'olonchilarga qarshi Marokandaga yo'llaydi. Bu davrda Iskandarning o'zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turarjoylarini bo'ysundirish uchun og'ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo'llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So'ngra bu yerdagi dashtli ko'chmanchilarning otiiq askarlari bilan qo'shilib, kutilmaganda qarshi hujumga o'tadi. Bundan sarosimaga tushgan yunon qo'shini katta taiofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo'yidagi hujum harakatlarini vaqtincha to'xtatib, o'zi qo'shinga bosh bo'lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U Marokandaga yetib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, So'g'diyonaning cho'llik qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o'ch ololmagach, butun qahri-u zahrini Zarafshon aholisiga qaratadi. U Spitamen kuchlarini ta'qib qilib, Marokandadan cho'lli hududlar tomon borar ekan, yo'I-yo'Iakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda uchraydi. Biroq mahalliy xalqlarni o'ziga uzil-kesil bo'ysindira olmaydi.
    Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib borishdan ko'ra, Spitamen boshchiligidagi qo'zg'olonchilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib yetadi. Negaki, yerli aholi o'zining har bir qarich tuprog'i, daryo-ko'li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan beayov kurashgan. Iskandar lashkarining yengil-masligi to'g'risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham topdi.
    Oxiri shunday bo'lib chiqdiki, O'rta Osiyo yerlarini kuch, qurol bilan yenga olmasligiga kolzi yetgan Iskandar aql-u zakovat, hiyla yo'li bilan mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan umumiy til topishishga, yerli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini qabul qilishga majbur bo'ladi. Shu tariqa, So'g'diyona ulug'laridan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar u tomonga o'tadi. Iskandarning Oksiartninggo'zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qahramoni Spitamenni qo'Iga tushirib, uni jismonan yo'q qilishda ham mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanadi.
    Spitamenning tez orada o'ldirilib, boshi Yunon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham qo'zg'olonchi kuchlar o'rtasida birlik bo'lmagan-ligining alomatidir. Shunga qaramay, ajnabiy bosqinchilarga qarshi xalq g'alayonlari 327— yil boshlariga qadar davom etdi. Garchand, Spitamen boshchiligidagi keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa~da, ulug' ajdodlarimizning mardlik jasoratini, el-u yurt hurligi, ozodligi yo'lidagi fidoyiligini yorqin namoyon etdi.
    Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli jang-u jadalfardan so'ng Iskandar Baqtriya, So'g'diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o'z ishonchli odamlarini, o'ziga sodiq so'g'dlik zodagon Oropiyni So'g'diyona hokimi etib tayinlab, o'zi mil. av. 327— yilda Hindiston tomon qo'shin tortadi.
    Yunon-Makedon qo'shinlari O'rta Osiyo yerlarida shu qadar holdan toyib, o'zining jangovarlik qobiliyatini yo'qotdiki, buning oqibatida ularshimoliy Hind yerlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig'idagi Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta'kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug'i ruhan cho'kkan butun qo'shinda katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan.
    Shunday qilib, t butun yer yuzini egallab, dunyo hukmdori bo'lishga davo qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko'zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o'zi mil. av. 323—yilda Bobilda hayotdan ko'z yumadi. Ayniqsa, uning ko'p sonli lashkar-larining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlarberishi pirovardida uningjahongirlik da'vosini puchga chiqardi.
    O'zgalar yurtini zo'rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o'z irodasini majburan o'tqazish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog'ini hech mahal unutmaslik kerak.

    Foydalanilgan Adabiyotlar:
    1. www.ziyonet. uz. 2. www.edu. uz. 3. www.google. uz. 4. www.fvat. uz. 5. www.turklib. uz. 6. www.mirknig. u
    Download 60.58 Kb.




    Download 60.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi fileali

    Download 60.58 Kb.