• Mustaqil ish
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mustaqil ish Axborot texnologiyalari fanidan Mavzu: “Men yoqtirgan adib hayoti va ijodi” Bajardi: Komilova Shahlo Tekshirdi Toshkent 2023 Mavzu: Men yoqtirgan adib hayoti va ijodi




    Download 471.91 Kb.
    Sana15.05.2023
    Hajmi471.91 Kb.
    #59748
    Bog'liq
    Kamilova Shahlo Mustaqil ish (2)
    Dunyodagi eng yirik tillar katalogi, Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti, Raimova.B, Untitl 1, mus ish ro\'yxat, 10.1.1.420.4775, numbers, 12 1PowerPoint, Ergashev Behruz [Arab tili], ffffff, Pako va uning onasi bozorda edi, Global ta\'lim. Maqolalar to\'plami.05.05. 2023, 1-jadval (1), MD va BMI mavzulari

    O’zbekiston Respublikasi
    Oliy ta`lim , fan va innovatsiyalar vazirligi
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti
    Universiteti

    O’zbek tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 1- kurs 109-guruh talabasi


    Komilova Shahlobonuning

    Mustaqil ish
    Axborot texnologiyalari fanidan

    Mavzu: “Men yoqtirgan adib hayoti va ijodi”


    Bajardi:Komilova Shahlo
    Tekshirdi_______________________

    Toshkent 2023


    Mavzu: Men yoqtirgan adib hayoti va ijodi
    Reja:

    1. Alisher Navoiy hayoti va ijod yo`li

    2. Ulug` shoirning bizga qoldirgan badiiy adabiy merosi

    3. “ Emas oson bu gulshan ichra yurmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq”

    4. Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi sifatida

    Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulugʻlaganlar. “Nizomiddin” - din nizomi deganidir. Koʻpincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” - amir demakdir.


    Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.
    Hayot yoʻli
    Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afgʻoniston hududidagi Hirot shahrining Bogʻi Davlatxona mavzesida tugʻildi. Otasi Gʻiyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, oʻz davrining nufuzli kishilaridan biri, oʻgʻlining tarbiyasi va taʼlimiga jiddiy eʼtibor bergan. Onasi (ismi nomaʼlum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ota-onasi haqida maʼlumotlar kam, u oʻz asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtmagan. Navoiyning Darvesh-ali ismli ukasi boʻlgani haqida maʼlumotlar bor.
    XV asrning yetuk adabiyotshunos olimlaridan biri boʻlgan Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirot un-shuaro" ("Shoirlar tazkirasi")da Navoiyning otasi haqida “Navoiyning otasi Abdulqosim Boburning ishonchli kishisi Chigʻatoy ulusi ulugʻlaridan edi” deya qisqacha maʼlumot berib oʻtgan. Shu bilan birgalikda u Gʻiyosiddin Muhammadning harbiy boʻlganini ham taʼkidlagan.
    Boʻlajak shoirning sheʼriyatdagi birinchi ustozlari togʻasi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylar boʻlgan. Navoiy ular haqida “Majolis-un nafois”da, xususan, Qobuliy haqida: “Yaxshi tabʼi bor erdi, turkchada mayli koʻproq erdi…” deya, Gʻaribiy haqida esa: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xoʻb erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…”deya qisqacha toʻxtalib oʻtgan.
    1447 yilda Shohrux Mirzo vafot etadi. Temuriy shahzodalar oʻrtasida toj-taxt uchun urush ketib, yurtda talotoʻplar boshlanganda Alisher Navoiyning oilasi ham koʻp insonlar qatori yurtni tark etadi. Yoʻlda yosh Alisher buyuk tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyni uchratadi. Tarixchi Alisher bilan tanishadi, uning ilmi va farosatini olqishlaydi, duo qiladi. 1452 yili Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur Hirot taxtiga oʻtiradi. Gʻiyosiddin Muhammad Sabzavor shahriga hokim yetib saylanadi, biroq oradan koʻp oʻtmay vafot etadi. Bu vaqtda esa Alisher endigina 12 yoshga qadam qoʻyadi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh doʻsti Husayn Boyqaroni oʻz qaramogʻiga oladi. 1457-1463 yillarda Navoiy Mashhad madrasalarida taʼlim oladi.
    1463 yilda esa Hirotga qaytadi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said oʻz tartibini oʻrnatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvgʻin qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan togʻalari — Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok boʻlgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning oʻsha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi sheʼriy satrlarda nihoyatda taʼsirli va haqqoniy ifodalab berilgan.
    Bu vaqtda mamlakatda taniqli shoir boʻlib qolgan Alisher Navoiyni Abu Said taʼqib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur boʻladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida oʻqib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi.
    1500 yillarda shoirning hayot sharoiti qiyinlashadi. Salomatligi yomonlashadi, biroq u ijoddan toʻxtamaydi. 1501 yil 3 yanvarda Navoiy kasallikdan vafot etadi. Butun Hirot xalqi buyuk shoiri uchun 7 kun davomida motam tutadi.
    Shoir ijodiyoti
    Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qoʻllagan.
    Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga boʻlish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi sheʼriy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.
    Alisher Navoiyning oʻzbek tilida yaratgan sheʼriy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga "Gʻaroyib us-sigʻar" ("Bolalik gʻaroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoyeʼ ul-vasat" ("Oʻrta yosh badialari") va nihoyat, toʻrtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berildi. "Xazoyin ul-maoniy" inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuygʻulari bilan bogʻliq minglarcha sheʼr va oʻnlarcha sheʼr turlarini oʻz ichiga olgan majmua boʻlib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha sheʼrlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan boʻlib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bogʻlangan. Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoyeʼ ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" devonlarini tuzgan.
    "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan sheʼrlar asosida yuzaga kelgan.
    "Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 gʻazal, umuman 4 devonda 210 qitʼa, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarjeʼband, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud boʻlib, Sharq sheʼriyatining 16 turi namoyondir.
    1472-1476-yillarda birinchi devoni “Badoyeʼ ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”) devonini shoh amri va istagi bilan oʻzi kitob qiladi. Mazkur devon 777 gʻazal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 qitʼa, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lugʻz, 3 mustazod, 5 muxammas, 3 tarjeʼband, 2 musaddasdan tarkib topgan.
    Alisher Navoiy oilasining xohish-rag‘bati Husayn tomonda bo‘lib, bu avvalo ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O‘rtadagi bu vaziyat Alisher Navoiy hayotini murakkablashtirgan. Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha sifatida yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida o‘z yurtini sog‘inib yozgan g‘azallari talaygina. Orada, xususan, yoz fasllarida Hirotga borib-kelib ham turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi. Biroq bu yerda ahvol o‘zgargan, shahar xarobaga aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o‘z tartibini o‘rnatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvg‘in qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog‘alari — Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo‘lgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning o‘sha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi she’riy satrlarda nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo‘lib qolgan Alisher Navoiyni Abu Said ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Samarqandning ko‘zga ko‘ringan shoirlari — Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo‘y Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va boshqalar bilan hamsuhbat bo‘ldi va do‘stlashdi. Samarqand shahri hokimi Ahmad Hojibek asli hirotlik bo‘lib, Vafoiy taxallusi bilan she’rlar yozardi, u Alisher Navoiyga alohida hurmat va e’tibor bilan qaradi. Uning yordamida Alisher Navoiy davlat ishlari bilan ham shug‘ullana boshladi. U davlat ishlarini boshqarishda dastlabki tajribani shu yerda orttirdi va bu unga keyinchalik asqotdi. Alisher Navoiyning Samarqanddagi siyosiy va davlat faoliyati yuqori baholanib, unga «Chig‘atoy amiri» unvoni berilgan. 1469 yil boshlarida Sulton Abu Said Qorabog‘da o‘z askarlari tomonidan o‘ldiriladi. Ko‘pdan buyon shunday vaziyatni kutib yurgan Husayn Boyqaro zudlik bilan kelib, Hirot taxtini egallaydi. Alisher Navoiy ham Hirotga yetib keladi. 1469 yil 14 aprel kuni, ramazon hayiti munosabati bilan uyushtirilgan qabul marosimida Alisher Navoiy o‘zining Husayn Boyqaroga yangi yozgan «Hiloliya» qasidasini taqdim etadi. Podshoh Alisher Navoiyni muhrdorlik mansabiga tayinlaydi. Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning eng xavfli siyosiy raqibi — Yodgor Muhammad Mirzoni tunda qo‘lga olishda shaxsiy jasorat ko‘rsatadi. Yangi hukumatning ortiqcha soliqlaridan norozi bo‘lib, qo‘zg‘olon ko‘targan xalq ommasini tinchitishda adolat va mardonavorlik bilan ish tutadi. Shu voqealardan so‘ng ma’lum vaqt o‘tgach, Husayn Boyqaro hukumatidagi muhrdorlik vazifasiga Alisher Navoiyning roziligi bilan uning samarqandlik do‘sti, shoir Shayxim Suhayliy tayinlanadi. Alisher Navoiyning maqsadi saroyda maslahatchi bo‘lib qolish, ko‘proq ijodiy ish bilan shug‘ullanish edi. Biroq Husayn Boyqaro 1472 yilning fevral oyida uni o‘z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga «Amiri kabir» unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qaratdi. Vaqf ishlarini tartibga solishga kirishdi. Shaharlarda savdo-sotiqni, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Alisher Navoiy sa’yi harakati bilan qishloqlarda dehqonchilik madaniyati o‘sib boradi. Shaharlar, xususan Hirot kun sayin obod bo‘la boshlaydi. Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini suiiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi.
    Sulton Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher Navoiy hukumatda bosh vazir vazifasini egallagan paytlarda hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib borilmadi. Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va san’atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida e’tibor berish oldingi o‘ringa chiqa boshladi. Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi «Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi, «Shifoiya» tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga mo‘ljallangan «Dorul-huffoz» binosi, Marvdagi «Xusraviya» madrasasi, Mashhaddagi «Dorul-huffoz» xayriya binosi va boshqa noyob me’morlik yodgorliklari bor. Bu davrda Hirotda adabiy hayot jo‘sh urgan. Alisher Navoiy atrofida Shayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o‘nlab shoirlar, Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhummad Udiy, Shohquli G‘ijjakiy kabi o‘nlab sozandalar, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy, Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur kotiblar, Behzod kabi musavvirlar qizg‘in ijodiy mehnat bilan band edilar. Hirotda, umuman Xuroson mulkida ma’naviy hayotning baquvvat ustunlaridan Abdurahmon Jomiy bilan Alisher Navoiy o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik — ustoz-shogirdlik ko‘p masalalarda hamfikrlilikka olib keldi. Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi dastlabki yirik asarlaridan «Hiloliya» qasidasi Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan bo‘lsa, forsiy tildagi birinchi yirik asari «Tuhfat ul-afkor» (1476) qasidasi Jomiyga bag‘ishlangan edi. 1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o‘zining o‘zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni — «Badoe’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi. Mazkur devonda 777 g‘azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 qit’a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug‘z, 3 mustazod, 5 muxammas, 3 tarje’band, 2 musaddas bo‘lib, bunday mukammal devonni tuzish Navoiygacha kamdan-kam o‘zbek shoiriga nasib bo‘lgan. Alisher Navoiy «Badoe’ ul-bidoya» tuzilgandan keyingi davrda yozilgan o‘zbekcha she’rlari asosida 1480 yillarning oxirida «Navodir un-nihoya» («Behad nodirliklar») devonini tuzdi. 1841 — 82 yillarda Alisher Navoiy «Chixl hadis» («Qirq hadis» yoki «Arbain») asarini yozadi. Bunda Muhammad payg‘ambar(sav) ning qirq hadisi to‘rtlik bilan she’riy ifodalab berilgan. Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she’riy janrlardan g‘azal, qasida, ayniqsa muammo yozishga qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devoniga 373 muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli 1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus «Mufradot» asarini yaratdi. Alisher Navoiyda o‘zbek tilida «Xamsa» — besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Bu maqsadini 1483—85 yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. «Xamsa»dan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar yaratdi. 1485 yil o‘zining mashhur «Nazm ul-javohir» asarini yozdi, bunda birinchi xalifalardan bo‘lmish Hazrat Alining 266 ta hikmatli gapi ruboyi tarona (to‘rt misrasi ham qofiyalangan) shaklida bayon etilgan. O‘sha davr kitobxonlari, shu jumladan, tarixchi Xondamir bu asarni g‘oyat yuksak baholagan. Alisher Navoiyning insonparvarlik faoliyati, ilg‘or qarashlari, uning obro‘-e’tibori xalq orasida tobora ortib borishi o‘z manfaatlarini ko‘zlagan saroy a’yonlari orasida norozilik tug‘dirdi. Ular shoir bilan podsho orasiga nifoq solishga urindilar. Natijada 1487 yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni vazifasidan bo‘shatadi, bosh vazir vazifasini Muhammad Majdiddin egallaydi. Navoiy esa Astrobodga hokim qilib tayinlanadi.
    Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrobod shahri va viloyati obodonlashib, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatiladi, savdo ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Alisher Navoiy Astrobodda ham ko‘p yangi she’rlar yozgan, Hirotdagi yor-do‘stlariga maktublar yo‘llab turgan. Uning Astroboddan Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li Badiuzzamonta yozgan maktubini davlatni boshqarish haqidagi risola, deyish mumkin. Alisher Navoiy doim Husayn Boyqaroni adolatli va ma’rifatli hukmdor qiyofasida ko‘rish orzusi bilan yashadi. Astroboddan Husayn Boyqaroga va boshqa amaldorlarga yozgan maktublarida ularni insof va adolatga chaqirar, davlat idora usulida mustahkam tartib o‘rnatish va ayrim islohotlar o‘tkazishga undar edi. Lekin Alisher Navoiyning istaklari to‘la amalga oshishi qiyin edi. Astrabodda Navoiy bilan Husayn Boyqaro munosabatlariga putur yetkazuvchi gaplar yuzaga kelgach, podshoh Alisher Navoiyning Hirotga qaytishiga ruxsat beradi. Husayn Boyqaro Navoiyga bir nechta yuksak lavozimlarni taklif qiladi. Alisher Navoiy rozi bo‘lmagach, unga «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan rasmiy unvon beriladi. Bu bilan u davlatning hamma ishlariga aralasha olar va podshoh bilan ko‘rishish imkoniga ham ega bo‘lar edi. Binobarin, saroy amaldorlari, shu jumladan, Muhammad Majdiddin ham har bir muhim masalani ko‘p vaqt u bilan kelishishga majbur edi. Lekin Alisher Navoiy bilan Majdiddin o‘rtasidagi nodo‘stona munosabatdan ko‘pchilik xabardor edi. Navoiyning Balxda hokim bo‘lib turgan ukasi Darveshali Majdiddindan ranjib, bosh hukumatga qarshi isyon ko‘targani ham ma’lum. Bu isyon Navoiyning aralashuvi bilan tinchitilgan. Aynan shu voqea 1490 yildan Majdiddinning siyosat maydonidan ketishiga asosiy sabab bo‘lgan. Alisher Navoiy hamisha ko‘proq ijodiy va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish, bu boradagi rejalarini amalga oshirish xayoli bilan yashardi. Hayot esa uning rejalariga o‘z tuzatishlarini kiritar edi. 1488 yil Sayyid Hasan Ardasher, 1492 yil Jomiy, 1493 yil olim va shoir Pahlavon Muhammad birin-ketin hayotdan ko‘z yumdilar. Navoiy o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan bu insonlar xotirasini abadiylashtirish, ularga o‘z hurmatini izhor etish uchun «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin» («Besh hayrat»), «Holoti Pahlavon Muhammad» nomli risolalarini yozdi. Astrobodda yoza boshlagan «Tarixi muluki Ajam» («Ajam podshohlari tarixi») asarini tug‘alladi (1489). 1490 yil u o‘ziga zamondosh shoirlar haqida Jomiyning «Bahoriston», Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» asarlari shaklida «Majolis un-nafois» («Nafislar majmuasi») tazkirasini tuzishga kirishib, 1492 yilda tugalladi. Shu vaqtning o‘zida Alisher Navoiy o‘zbek tilida she’riyat nazariyasi, aniqrog‘i, aruz vazni qoidalari haqida «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi») ilmiy qo‘llanmasini yaratdi. 1494 yilda turkiy tildagi maktublarini to‘plab «Munshaot» («Maktublar») majmuasini tuzdi. 1495 yil Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarini «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») nomi bilan tarjima qilib, uni qayta ishlab, turkiy mashoyixlar haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitdi. Shu boisdan «Nasoyim ul-muhabbat»ga Alisher Navoiyning mustaqil asari sifatida qarash mumkin. Alisher Navoiy 1491—92 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma she’rlaridan yangi, yig‘ma devon tuzishga kirishdi va bu ish 1498—99 yilda nihoyasiga yetdi. Devonning umumiy nomi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») bo‘lib, 4 qismdan iborat bo‘lganligi uchun «Chor devon» deb ham atalgan. Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiy ning barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalab berilgan. Taxminan shu yillarda Alisher Navoiy forsiy she’rlaridan tashkil topgan «Devoni Foniy» («Foniy devoni»)ni, forsiy tildagi 2 qasidalar majmualarini tuzib, forsiy she’riyat taraqqiyotiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
    Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko‘pchillikni tashkil etganligi inobatga olinsa, Alisher Navoiyning bu tilda ham samarali ijod qilgani mamlakat ma’naviy ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi. 1490 yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatda ijtimoiy-siyosiy tanglik kuchaya boshl
    +aydi. Temuriylar xonadonida hukmdor o‘g‘illari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar esa bu tanglikni yanada kuchaytiradi. Har bir shahzodaning o‘z tarafdorlari bo‘lib, ularni murosaga keltirish ko‘p vaqt Alisher Navoiy zimmasiga tushar edi. Bosh vazir Nizomulmulk esa 1496—97 yillarda bu oilaviy mojarolarda bir tomonlama harakat qilib, Muzaffar Mirzoning onasi — Xadicha begimga yon bosadi. Shu asosda Husayn Boyqaro bilan Astrobodda hokimlik qilayotgan Badiuzzamon o‘rtasida harbiy to‘qnashuv yuz berdi. Saroydagi fitna, jumladan, Nizomulmulkning qabihligi natijasida Badiuzzamonning o‘g‘li, Husayn Boyqaroning eng sevimli nabirasi, Navoiyning esa ixlos qo‘ygan shogirdi Mo‘min Mirzo fojiali o‘ldiriladi. Bular hammasi Alisher Navoiy hayoti va kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Alisher Navoiyning she’riy dahosi 15-asr oxirlariga kelib yana jo‘sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta yirik asar — «Lison ut-tayr» («Qushlar tili») dostonini va «Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») nomli ilmiy asarini yaratdi. Alisher Navoiyning so‘nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yusinida yozilgan «Mahbubul-qulub» («Qalblar sevgani»)dir. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx Sa’diyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma», Nizomiy Aruzi Samarqandiyning «Chor maqola» kabi asarlari qatorida turadi. Bu asarida Alisher Navoiy o‘zining hayot yo‘lini, boshidan kechirgan turmush mashaqqatlarini yorqin tasvirlab bergan. 1500 yilning dekabrda Husayn Boyqaro isyon ko‘targan o‘g‘li — Muhammad Husayn bilan sulh tuzib, Hirotga qaytar ekan, Alisher Navoiyni ham uni kutib olishi lozimligiga ishorat qiladi. Orada 2—3 kunlik yo‘l bor edi. Alisher Navoiy o‘zining so‘nggi she’rini Poyob rabotida yozgan va undan nusxa ko‘chirtirib, kelayotgan Husayn Boyqaroga yuborgan. Uchinchi kuni Alisher Navoiy hukmdor istiqboliga yaqinlashayotganida o‘zini yomon his etgan, u bilan ko‘rishayotganda hushidan ketib, qaytib o‘ziga kelmagan va hayotdan ko‘z yumgan. Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari. Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan «Xazoyin ul-maoniy» devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga «G‘aroyib us-sig‘ar» («Bolalik g‘aroyibotlari»), ikkinchi qismiga «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirotlari»), uchinchi qismiga «Badoe’ ul-vasat» («O‘rta yosh badialari») va nihoyat, to‘rtinchi qismiga «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») degan nomlar berildi. «Xazoyin ul-maoniy» inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she’rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan. Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» ga qadar «Ilk devon», «Badoe’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlarini tuzgan. «Xazoyin ul-maoniy» ana shu 3 devonga kirgan hamda «Navodir ul-nihoya» tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan. Alisher Navoiyda keksalik chog‘larida barcha she’rlarini yig‘ib, xronologik tartibda 4 devon tuzish g‘oyasi bo‘lgan. Biroq «Xazoyin ul-maoniy»ni tuzishda muharrirlik vazifasini bajargan Husayn Boyqaro bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan ko‘rinadi.
    Uning «G‘aroyib us-sig‘ar» devoni bolalik mashqlaridan, «Navodir ush-shabob» yigitlik she’rlaridangina iborat bo‘lmay, bu boshlang‘ich devonlarda shoirning keyingi davr she’riy mo‘‘jizalaridan ham namunalar borki, Husayn Boyqaro shuni ma’qul ko‘rgan. Shu sababdan «Xazoyin ul-maoniy» tarkibidagi 4 devon nomining mazmunini shartli ma’noda tushunish, bunda she’rlar ko‘p holda aralash holda joylashtirilganini nazardan qochirmaslik zarur. «Xazoyin ul-maoniy»dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir. Alisher Navoiyning muhabbat va bu bilan bog‘liq tug‘yonlari, xususan g‘azallari uning yigitlik davrida yozilgan. Bunga uning «Ilk devoni»ga kiritilgan, xalq orasida «Qaro ko‘zum», «Kelmadi» («Munojot») nomlari bilan mashhur bo‘lgan va kuylanadigan g‘azallari yaxshi misol bo‘la oladi. Bu kabi she’rlarida shoir pok va yuksak ishqiy kechinmalarni baland ehtiros va falsafiylik bilan ifodalab bera olgan. Uning «Topmadim» radifli g‘azali ham shu davrda, aniqrog‘i, Mashhaddan Hirotga qaytib, shaxsiy turmushini izga solish taraddudida yurganda, lekin uning moddiy jihatdan nochor ahvoldaligi tufayli oila qurishi qiyinlashgan, Sulton Abu Said esa uni ta’qib qilgan paytda yozilgan bo‘lib, uning har bayti yurakni tirnaydi. Alisher Navoiyning ishqiy she’rlarini faqat bir sub’ektga qaratilgan, deyish qiyin. U hayotga keng nigoh bilan qarab, barcha go‘zalliklarni nazokatli tuyg‘ularni qadrlagan, noyob so‘z va iboralar bilan qalbdan ifodalay bilgan. Lekin hayot qiyinchiliklari va ziddiyatlari orqasida o‘z orzu-umidlariga yetisha olmagan shoir o‘zining insoniy norozilik tuyg‘ularini olovli she’riy satrlarda bayon etadi. Alisher Navoiyning ishq bilan bog‘liq tasvirlari rang-barang va boy bo‘lib, biz unda inson hayoti va holatining cheksiz ko‘p qirralarini — shodlikni ham, xafachilikni ham, takrorlanmaydigan lahzalarni ham, har kun, har soatda yuz beruvchi ko‘ngilsizliklarni ham ko‘ramiz. Zotan o‘zbek she’riyatida inson dardi va hasratlarini, o‘z sevgilisiga talpinishlarini Navoiydan o‘tkazib ifodalagan shoirni topish qiyin. Alisher Navoiyning ishqiy mavzuda yozgan she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ulardagi ko‘p g‘oya va timsollar, tasviriy detallar an’anaviy xarakterga ega. Shu bilan birga ishq va ishqiy obrazlar talqinida ham boshqa mumtoz ijodkorlar kabi Alisher Navoiy ramziylikka ko‘p o‘rin beradi. «Yor» — bu dunyo go‘zaligina emas, uningcha, bu — butun borliqni yaratgan va hamma narsani harakatga keltirib turgan Alloh hamdir. Shoir o‘zining tasavvufiy she’rlarida yorning qoshi, ko‘zi, zulfi, sochi (va h.k.) deganda Allohning kuch-qudrati, mehri, oliy darajadagi go‘zalliklarini ko‘zda tutadi. Alisher Navoiyning barcha lirik janrlarga oid she’rlari yuksak mahorat bilan yozilgan bo‘lib, inson manfaatlariga, uning e’tiqodini mustahkamlashga, ruhini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Uning falsafiy, axloqiy mazmundagi hayot nafasi ufurib turgan har bir she’ri bu janrning o‘lmas namunalaridir. Ulug‘ shoir ijodining shoh asari «Xamsa» 5 dostondan iborat. Bular «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati»), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor» («Yetti sayyora»), «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori») dostonlaridir. Fors adabiyotidagi xamsachilikka javob sifatida o‘zbek tilida birinchi marotaba yaratilgan Alisher Navoiy «Xamsa»si bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi. Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav, Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan chulg‘angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar hayotidan oldi. Ularga yangi mazmun berdi, turkona ruh kiritdi. Davrning dardli masalalarini, avlodlarning orzu va armonlarini ko‘tarib chiqdi.
    Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yoʻnalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda qalam tebratgan.
    Ushbu asarlar mutafakkirning yirik asarlaridir. Ular turli yillarda, turli yoʻnalishlarda yozilgan. Navoiyning bu qadar keng qamrovda qalam tebratganidan shuni bilish mumkinki, u nafaqat shoir, balki olim, yaʼni tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf sifatida jahon maʼnaviyatiga ulkan hissa qoʻshgan.
    Alisher Navoiy fors tilida ham 12 ming misradan ortiq sheʼr, muammo janri haqida "Mufradot" risolasi, "Sittayi zaruriya", "Fusuli arbaa" turkum qissalarini yaratgan, “Devoni Foniy” devonini tuzgan. Bu asarlar shoirning Hoqoniy, Saʼdiy, Abdurahmon Jomiy kabi fors adabiyotining yetuk namoyondalari bilan kechgan ijodiy bahslarida tugʻilgan. Mazmunda, badiiy ifodada Navoiyning asarlari ustozlarinikidan qolishmaydi. Jumladan, Navoiy Abdurahmon Jomiyni oʻzining ustozi, hammaslagi sifatida chuqur hurmat qilgan. Jomiy “Bahoriston” asarida shogirdi Navoiy haqida jumladan shunday deydi: “…turkiy tilda hech kim Navoiydek koʻp va xoʻp sheʼr aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi”.
    “Xamsa” haqida qisqacha
    Shubhasiz, Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asaridir. Uning yaratilishi turkiy xalqlar adabiyotida muhim voqelik boʻlgan. Shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va shu bilan turkiy tilda koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” yaʼni “Besh doston” asarini yaratish - mumtoz sharq adabiyotining eng mukammal anʼanalaridan biri boʻlgan. Shu sabab ham tarixda “Xamsa” asarini yaratgan shoirlar barmoq bilan sanarli. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus toʻxtalib, “Xamsa” ning har bir dostoni yozilishini kunning maʼlum vaqtlarida oʻqiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlariga oʻxshatadi.
    Navoiy yoshligidanoq turkiy tilda besh doston yaratishni maqsad qilgan. Va u boshqa “Hamsa” yaratgan shoirlarga nisbatan juda qisqa muddatda, yaʼni 1483-1485 yillarda yozib tugatgan. Bu davr mobaynida shoir boshqa traktatlarni ham yaratadi.
    Navoiyning “Xamsa” asari “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabaiʼ sayyor” va “Saddi Iskandariy” kabi yirik dostonlardan iborat.
    52 ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi oʻziga xos qomusi edi. Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav, Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan chulgʻangan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar hayotidan olgan. Davrning dardli masalalarini, avlodlarning orzu va armonlarini koʻtarib chiqdi. "Xamsa" zamondoshlariga nihoyatda zoʻr taʼsir koʻrsatgan. Uning ustozi Abdurahmon Jomiy uni hayajon bilan olqishladi. Sulton Husayn esa shoirni oʻzining oq otiga mindirib, jilovdorlik qildi.
    Davlat va jamoat arbobi
    Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir boʻlib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobod shahriga hokimlik qiladi.
    Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida yuksak vakolatli kishilardan boʻlgan. Boyqaro bolalikdagi doʻstini oʻziga bosh vazir etib tayinlaydi. Podshoh Boyqaro doimo Navoiyning maslahatlariga amal qilgan, shu sababli, u boshqargan yillar, nisbatan tinchlikda, shaharsozlik, sanʼat rivoj topgan davrlar boʻlgan. Navoiy vazir boʻlgan yillarida Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat rivojlangan. Shoir oʻzi bosh boʻlib, suvsiz yerlarga suv chiqargan, eski ariqlarni tozalattirgan, yangi kanallar qazdirgan. Eski binolarni taʼmirlatib, yangilarini qurdirgan. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirgan.
    Jumladan “Vaqfiya” asarida Navoiy vaqf yerlari, mulklari, miqdori, foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritgan va oʻz mablagʻlari evaziga qurdirgan xayriya muassalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtgan. Asar Navoiyning davlab arbobi sifatida va Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini oʻrganish uchun muhim manba hisoblanadi.
    Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy oʻz mablagʻlari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki taʼmirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi "Ixlosiya", "Nizomiya" madrasalari, "Xalosiya" xonaqohi, "Shifoiya" tibgohi, Qurʼon tilovat qiluvchilarga moʻljallangan "Dorul-huffoz" binosi, Marvdagi "Xusraviya" madrasasi, Mashhaddagi "Dorul-huffoz" xayriya binosi va boshqa noyob meʼmorlik yodgorliklari bor.
    Alisher Navoiy hikmatlaridan
    Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz.
    Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir.
    Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi.
    Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul boʻlib chiqsa — tilning ofatidir.
    Kimki, yolgʻon soʻzni birovga toʻnkagay, oʻz qora yuzini yogʻga bulaydi. Ozgina yolgʻon ham ulugʻ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.
    Nafʼing agar xalqqa beshakdurur
    Bilki, bu nafʼ oʻzungga koʻprakdurur.
    Odami ersang demagil odami,
    Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami.
    Onalar oyogʻi ostidadur
    Ravzayi jannatu jinon bogʻi.
    Ravza bogʻi visolin istar esang,
    Boʻl onaning oyogʻin tuprogʻi.
    Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
    Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani.
    Qaro koʻzum
    Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil,
    Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil.
    Yuzung guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan,
    Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
    Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
    Itinggʻa gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.
    Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx,
    Xamir etib, yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
    Yuzung visoligʻa yetsun desang koʻngullarni,
    Sochingni boshtin ayogʻ chin ila shikan qilgʻil.
    Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas moneʼ,
    Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
    Yuzida terni koʻrub oʻlsam, ey rafiq, meni
    Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgʻil.
    Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
    Aning boshogʻligʻ oʻqin shamʼi anjuman qilgʻil.
    Mubtalo boʻldim sanga

    Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldum sanga,


    Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.
    Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin koʻngul,
    Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.
    Men qachon dedim: "Vafo qilgʻil manga" zulm aylading,
    Sen qachon deding: "Fido boʻlgʻil manga" boʻldim sanga.
    Qay pari paykarga dersen telba boʻldung bu sifat,
    Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, boʻldum sanga.
    Ey koʻngul, tarki nasihat aylading ovora boʻl,
    Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.
    Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
    Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.
    Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
    To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.
    Kelmadi
    Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi,
    Koʻzlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadii.

    Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yoʻlida intizor,


    Keldi jon ogʻzimgʻavu ul shoʻxi badhoʻ kelmadi.

    Ul parivash hajridinkim yigʻladim devanavor,


    Kimsa bormukim anga koʻrgannda kulgu kelmadi.

    Tolibi sodiq topilmas yoʻqsakim qoʻydi qadam


    Yoʻlgʻakim avval qadam maʼshuqqa oʻtru kelmadi.

    Ey Navoiy, boda birla hurram et koʻngul uyin,


    Ne uchunkim boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi.
    Koʻrgali husnungni zoru…
    Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
    Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.

    Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,


    Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.

    Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,


    Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.

    Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,


    Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.

    Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,


    Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.

    Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,


    To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.
    Orazin yopqach koʻzimdin
    Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
    Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
    Qut bir bodomu yerim goʻshan mehrob edi,
    Gʻorati din etti nogah bir baloliq koʻzu qosh.
    Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
    Subhnung bot-bot dami andogʻki aylar mehr fosh.
    Boʻsae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
    Desam ogʻzi ichra aytur laʼl ham bor navʼ tosh.
    Novaking koʻnglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
    Kim qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh.
    Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur,
    Sarvkim daʼb ayladi ozodaliq birla maosh.
    Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
    Gar budur mehrob, bir-bir qoʻygusidir barcha bosh.
    Oʻn sakkiz yosh hayratlari
    Oʻn sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
    Ne ajab, chun sarvinozim oʻn sakkiz yoshindadur.
    Desa boʻlgʻaykim, yana ham oʻn sakkiz yil husni bor,
    Oʻn sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
    Oʻn sakkiz yil dema, yuz sakson yil oʻlsa, uldurur,
    Husn shohi, ul balolarkim, koʻzu qoshinadur.
    Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
    Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
    Tan anga siymu ichina tosh muzmar koʻnglidin,
    Aqlgʻa yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
    May ketur, ey mugʻki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
    Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
    To Navoiy toʻkti ul oy furqatidin bahri ashk,
    Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur
    Ruboiylar
    Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
    El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.
    Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
    Bulbulgʻa tikondek oshyon boʻlmas emish.

    * * *
    Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,


    Jannat — sanga boʻlsun, manga — mayxona kerak.
    Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
    Paymona necha boʻlsa toʻla, yona kerak.
    * * *
    Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz,
    Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
    Har neniki sevmak ondin ortuq boʻlmas,
    Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
    * * *
    Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
    Dard istayu dafʼigʻa davo qilma havas.
    Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
    Dildoringdan gʻayri rizo qilma havas.
    * * *
    Jonimdagi "jim" ikki dolinggʻa fido,
    Andin soʻng "alif" toza niholinggʻa fido,
    "Nun"i dogʻi anbarin hilolinggʻa fido,
    Qolgʻon iki nuqta ikki xolinggʻa fido.
    * * *
    Koʻz birla qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi,
    Yuz birla soʻzing yaxshi, dudogʻing yaxshi.
    Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
    Bir-bir ne deyin boshtin-ayogʻing yaxshi.
    Dunyo tan olgan mutafakkir
    Navoiy ijodi nafaqat Oʻzbekistonda, balki Yevropa, okeanorti mamlakatlarida ham yuksak qiziqish bilan oʻrganiladi. Shu sabab, adabiyotshunoslik fanidan mustaqil “Navoiyshunoslik” fani vujudga keldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Navoiy ijodi u yashab oʻtgan davrdayoq mukammal oʻrganila boshlagan va hamon oʻrganilmoqda. Uning ijodi va hayotiga bagʻishlab butun dunyoda minglab ilmiy ishlar, maqolalar, traktatlar, asarlar, filmlar, spektakllar, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, oʻzbek adabiyotida yozuvchi Oybekning “Navoiy” romani, (bu roman bilan Oybek oʻzbek adabiyotida tarixiy shaxslar haqida badiiy asar yaratish anʼanasiga asos soladi) Mirkarim Osimning turkum hikoyalari mashhur. Yevropada Navoiy asarlariga qiziqish katta. Bu borada koʻplab sharqshunos olimlarning ishlari misol boʻla oladi. Chunki, uning asarlari shunchaki badiiy xayolot mahsuli boʻlib qolmasdan, sharq xalqlari tarixi va falsafasini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
    Alisher Navoiy asarlaridagi uslub, yoʻnalishlar keyinchalik adabiyotda koʻplab oqimlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Buyuk sharqshunos olim Armeniy Vamberi Navoiy haqida: “hammaga maʼlum va mashhur buyuk oʻzbek shoiri” deya eʼtirof etgan. Yana bir buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy haqida “Boburnoma” asarida: “Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytubturlar, hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas”deya toʻxtalib oʻtgan.
    Har yili 9 fevral - Navoiy tavallud topgan kun respublika boʻylab keng miqyosda nishonlanadi.
    Oʻzbekistonning har bir burchagida Navoiy nomi bilan nomlangan maskanlar va manzillar bor. Jumladan: bir viloyat (Navoiy viloyati), shahar, (Navoiy shahri), oliy oʻquv yurti (Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti instituti), Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Adabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, Sanʼat saroyi, Toshkentdagi metro bekati, oʻnlab koʻchalar va jamoa xoʻjaliklariga Alisher Navoiy nomi berilgan. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti hamda talabalar uchun davlat stipendiyasi ham mavjud.
    Respublika hududlaridan tashqari Alisher Navoiy haykallari dunyoning Moskva, Minsk, Vashington, Tokio, Boku, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida oʻrnatilgan.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Alisher Navoiy “ G`azallar” Yangi asr avlodi nashiryoti 2019

    2. Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov va b. “ Alisher Navoiy g`azallariga sharhlar” Toshkent 2011

    3. Mamatqul Jo`rayev “ El desa Navoiyni” “ Cho`lpon “ nashiryoti 2008

    4. https://oz.sputniknews.uz/amp/20190208/alisher-navoiy-hayoti-va-ijod-yoli-22240204.html

    5. "Alisher Navoiy Hayoti va Ijodi" https://tafakkur.net/alisher-navoiy.haqida

    Download 471.91 Kb.




    Download 471.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Axborot texnologiyalari fanidan Mavzu: “Men yoqtirgan adib hayoti va ijodi” Bajardi: Komilova Shahlo Tekshirdi Toshkent 2023 Mavzu: Men yoqtirgan adib hayoti va ijodi

    Download 471.91 Kb.