• Namangan – 201 8
  • Tuzuvchi: ____________
  • O’quv fanining maqsadi va vazifalari
  • Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
  • Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
  • Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
  • Fanni o’qitishda zamonaviy axborat va pedagogik taxnologiyalar
  • Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
  • Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
  • Laboratoriya mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
  • Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
  • Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
  • Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti
  • Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
  • Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»




    Download 71 Kb.
    Sana29.12.2019
    Hajmi71 Kb.
    #6248

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    «TASDIQLAYMAN»

    O’quv ishlar bo’yicha prorektor _______________ M.X.Esanov

    «_____»__________2018 yil


    ELEKTROTEXNIKA QO’SHIMCHA FANIDAN
    MUVAQQAT FAN DASTURI

    Bilim sohasi: 100000 –Gumanitar

    Ta’lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar

    Ta’lim yo’nalishi: 5140200-Fizika



    Namangan – 2018

    Ushbu muvaqqat fan dasturi 5140200 – Fizika yo’nalishi uchun 2018-yil 18-iyulda tasdiqlangan ishchi o’quv rejaning 5.02. va 5.03. Elektrotexnika fani bo’yicha tuzib chiqilgan bo’lib, NamDU Fizika kafedrasining 2018-yil 28.08 dagi 1 - sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.

    Ushbu muvaqqat fan dasturi “Fizika-matematika” fakultetining 2018-yil 29- avgustda bo’lib o’tgan №1–sonli kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.

    Fizika-matematika

    fakulteti dekani

    Kengash raisi: _________________ D.Boytillaev

    Ushbu muvaqqat fan dasturi “Fizika” kafedrasining 2018-yil 28-avgustda bo’lib o’tgan №1–sonli kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.

    Fizika kafedrasi mudiri: ______________ PhD(f.-m.f.n) B.Abdulazizov


    O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i: ______________ D.Dehqonov

    Tuzuvchi: ____________I.O.Zaxidov NamDU Fizika kafedrasi dots., p.f.n.


    Taqrizchilar: __________X.Qo’chqorov NamDU Fizika kafedrasi dots., f.-m.f.n.
    __________ R.Ikramov NamMTI Fizika kafedrasi dots., f.-m.f.d.
    Kirish

    Elektrotexnika fani elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok qonunlarini amalda qo’llashni o’rgatuvchi fandir.
    O’quv fanining maqsadi va vazifalari

    Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok qonunlarini amalda qo’llash va ularga mos turli masalalarning yechimlariga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.

    Fanning vazifasi – elektr toki, elektr kuchlanish, elektr quvvat, elektr energiyasi, elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok qonunlarini amalda qo’llash xaqida talabalarga bilim berishdir.
    Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

    «Elektrotexnika» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

    – elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok qonunlarini, R, L, C larni tuzilishini, kattaliklarini, turlarini, ishlatish joyini bilish kerak;

    – aktiv elementlar: yarim o’tkazgichli diod, tranzistor, maydon tranzistorlaraning turlari, tuzilishlari xarakteristikalarini, ularni farqlay olishi, xizmat joylarini bilishi kerak;

    – har xil sxemali kuchaytirgichlarni hisoblash, ishlash prinsipi, sxemasini o’qiy bilishi kerak;

    – mavzularga oid texnik masalalarni yechish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


    Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

    Elektrotexnika fani oliy o’quv yurtlarida o’tiladigan fanlardan biri bo’lib, «Fizika» fanidan keyin o’qitilib, barcha texnika qurilma va asboblarining elektr qismlari uchun xilma-xil va murakkab texnik masalalar yechishda, hisoblash va loyixalashda nazariy asos sifatida qo’llaniladi.


    Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

    Mazkur fan ishlab chiqarish bilan bevosita aloqada bo’lib, vatanimizning texnika soxalarida elektr texnikasidan unumli foydalanish va yanada rivojlantirish kabi masalalarni ishlab chiqarish bilan qo’shib olib borish yaxshi natijalarni beradi.



    Fanni o’qitishda zamonaviy axborat va

    pedagogik taxnologiyalar

    Talabalarning Elektrotexnika fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’qitishda plakatlar, chizmalar, ko’rgazmali texnik vositalar (kompyuter texnikasi va elektron versiyalar), yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish, bilim ko’nikma va malakalarni hosil qilish ko’zda tutiladi.



    Asosiy qism

    Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

    O’zgarmas tok qonunlari. O’zgaruvchan tok, uni hosil qilish, uzatish va taqsimlash. O’zgaruvchan tokning effektiv va o’rtacha qiymatlari. O’zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv, induktiv va sig’im qarshiliklar. Vektor diagrammalar. O’zgaruvchan tok zanjirlari uchun Om qonunlari. Ketma-ket va parallel ulangan elementlar uchun qarshiliklar va quvvatlar uchburchaklari. Tok va kuchlanishlar rezonansi. Ketma-ket va parallel rezonans ularga tegishli ifodalar. Elektromagnit to’lqinlarining qabul qilishdagi rezonans hodisasining ahamiyati. Quvvat koeffitsenti va uning ahamiyati.

    Uch fazali tok. Uch fazali tok, uni hosil qilish. Uch fazali tok generatorining tuzilishi va ishlash printsipi. Tok va EYuK larning tenglamalari, grafiklari va vektor diagrammalari. Uch fazali tokning aylanuvchan magnit maydonini tuzilishi va belgilanishi. Magnit maydon induktsiyasi, magnit oqimlar ifodalari. Natijaviy magnit maydon oqimini hosil qilish. Generator cho’lg’amlarini yulduz va uchburchak usullarida ulash. Liniya va faza kuchlanishlari ular orasidagi munosabatlar. Uch fazali tokning quvvati. Generator cho’lg’amlarining yulduz va uchburchak usullarida aktiv, reaktiv va to’la quvvatlarning ifodalari.

    Transformatorlar. Bir fazali transformatorning tuzilishi va ishlash printsipi. Bir fazali transformatorning sxematik tuzilishi, oniy va haqiqiy EYuK qiymatlari, transformatsiya koeffitsienti, magnit induktsiya vektori va magnit oqimi ifodalari. Transformatorning salt ishlashi. Iste’molchisiz (nagruzkasiz) transformatorning ulanish sxemasi. Transformator salt ishlaganda iste’mol qiladigan aktiv quvvat isroflari. Transformatorning iste’molchi bilan ishlashi, ulanish sxemasi. Transformatorlarda energiya isroflari va ularning foydali ish koeffitsienti. Uch fazali transformatorlar va avtotransformatorlar, ularning tuzilishi va ulanish sxemalari. O’lchash transformatorlari.

    Elektr o’lchash asboblari. Umumiy ma’lumotlar va elektr o’lchashlar. Elektr o’lchash haqida tushunchalar, namuna asboblari. Absolyut xatoliklar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Elektr o’lchov asboblari va ularning shartli belgilari, asboblarning ishlash printsipi, o’lchash vaqtidagi vaziyatlari, guruhlari, o’lchanishi lozim bo’lgan kattalik turlari, o’lchanadigan tok, kuchlanish va qarshiliklar kattaliklari bo’yicha klassifikatsiyalanish to’g’risidagi ma’lumotlar. Magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik va induksion tizimli asboblari. Elektrodinamik vattmetr, uning ulanish sxemasi. Detektorli va termoelektrik asboblar. Bir yarim davrli va ikki yarim davrli detektorli asboblarning sxematik tuzilishlari. Magnitelektrik, Ommetr, Logometr va Fazometr.

    O’zgaruvchan tok elektr mashinalari. Asinxron elektr dvigatellar. Dvigatel, generator mashinaning qaytuvchanligi, elektr mashina o’tkazgichlar haqidagi ma’lumotlar. Elektr mashinaning ishlash printsipini tushuntirish sxemasi. Asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti. Sirpanish. Asinxron dvigatelda quvvat isrofi. Asinxron dvigatelning mexanik va ish xarakteristikalari. Quvvat koeffitsientini foydali quvvat bilan bog’lanish egri chizig’i, F.I.K foydali quvvat bilan bog’lanishi.

    O’zgarmas tok elektr mashinalari, ularning tuzilishi va ishlash printsipi. Stator, yakor va kollektor, cho’tka va chutka tutqichlari tuzilishi va ishlash printsipi. O’zgarmas tok generatorining elektromagnit momenti. Yakor reaktsiyasi. Tok kommutatsiyasi. Induktsiyalangan EYuK, elektromagnit moment, elektromagnit quvvat ifodalari. Yakor reaktsiyasi va uni bartaraf qilishga oid sxemalar. O’zgarmas tok dvigatellari va ularning tavsiflari.

    Elektr energiyasini uzatish. Maktab, litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv kabinetlarini elektr energiya bilan ta’minlash yo’llari. Elektr energiya uzatish va taqsimlash sxemalari. Energiyaning radial va magistral taqsimlanishi, transformator magistral blokining sxemasi, maktab transformator podstantsiyasi. Maktab o’quv xonalari va ustaxonalari elektr jihozlari va dastgohlari. Umumiy elektr xavfsizlik qoidalari, elektrdan shikastlanishni oldini olish va shikastlangan kishiga birinchi yordam ko’rsatish.


    Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

    Amaliy mashg’ulotlarda talabalar Elektrotexnika fani ma’ruzalarida o’tilgan mavzulardan foydalanib texnik masalalarni yechishni o’rganadilar.

    Amaliy mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari:


    1. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok qonunlari.

    2. Uch fazali tok.

    3. Transformatorlar.

    4. Elektr o’lchash asboblari.

    5. O’zgaruvchan tok mashinalari.

    6. O’zgarmas tok mashinalari.

    7. Elektr energiyasini uzatish.

    Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.


    Laboratoriya mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

    Laboratoriya ishlari talabalar kelgusi amaliyotida, ko’plab uchraydigan, elektrotexnikaga oid ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikma va malaka hosil qiladilar.



    1. Bir fazali zanjir aktiv energiyasini o’lchash.

    2. O’zgaruvchan tok zanjirlarini o’rganish.

    3. Bir fazali transformatorini sinash.

    4. Uch fazali asinxron dvigatelini o’rganish.

    5. Magnitli ishga tushirgichni sinash.

    6. Bir fazali asinxron dvigatelini o’rganish.

    7. Kislotali va ishqorli akkumuliyatorlarini zaryadlash va razryadlash usullarini o’rganish.

    8. O’zgarmas tok to’g’rilagichlarini sxemalarini o’rganish.

    9. O’zgaruvchan tok quvvatini ossillograf yordamida o’rganish.

    10. O’zgaruvchan tok chastotasini aniqlash.



    Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni

    Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



    • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish.

    • tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismlarini o’zlashtirish.

    • avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash.

    • maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash.

    • yangi texnikalarni, asboblarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish.

    • talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish.

    • faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari.

    • masofaviy (distantsion) ta’lim.


    Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

    1. O’zgarmas tok qonunlari

    2. O’zgaruvchan tok qonunlari

    3. O’zgaruvchan tok zanjirlari

    4. Uch fazali tok, uning parametrlari va qo’llanish sohalari

    5. Bir fazali transformatorlar, ularning parametrlari, qo’llanish sohalari

    6. Uch fazali transformatorlar, ularning parametrlari, qo’llanish sohalari

    7. Elektromexanik elektr o’lchov asboblari.

    8. Elektr o’lchashlar va ulash metodlari.

    9. Uch fazali asinxron dvigatellari

    10. Bir fazali asinxron dvigatellari

    11. O’zgarmas tok elektr mashinalari

    12. O’zgaruvchan tok mashinalari

    13. Avtomatika elementlari

    14. Elektr energiyani hosil qilish, taqsimlash va uzatish

    15. Elektr yoritish qurilmalari



    Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti

    Elektrotexnika fanini o’qitishda zamonaviy (xususan interfaol) metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (media ta’lim, amaliy dastur, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalarni qo’llanilish nazarda tutiladi.




    Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
    Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

          1. A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy elekrotexnika va elektronika asoslari», T., O’zbekiston, 2000 yil.

          2. F.E.Evdokimov, «Umumiy elektrotexnika» T., O’qituvchi, 1995.

          3. A.S.Karimov va boshqalar. «Elektrotexnika va elektronika asoslari», T., O’qituvchi, 1995 yil.

          4. U.Ibrohimov «Elektr mashinalar» T., O’qituvchi, 2001.

          5. A.E.Kitaev «Elekrotexnika va sanoat elektrotexnika asoslari» T., O’qituvchi, 1996 yil.

          6. Sh.A.Sharipov, U.A.Bozorov Elektrotexnika va radiotexnika fanidan o’quv metodik majmua. T., TDPU, 2011 yil.



    Qo’shimcha adabiyotlar

    1. X. Rixsitillayev Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlar. O’quv qo’llanma, Toshkent – 2007.

    2. A.Raximov «Elektrotexnika va elektronika asoslari» Namangan 2003

    3. A.S.Karimov, M.M.Mirxaydarov, S.G.Blexman. “Elektrotexnika va elektronika asoslari” (masalalar to’plami va laboratoriya ishlari), Toshkent, O’qituvchi, 1989 yil.

    4. www.ziyonet.uz

    5. www.edu.uz

    Katalog: Ishchi%20dasturlar -> Fizika%20kafedrasi -> Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020
    Ishchi%20dasturlar -> Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi
    Ishchi%20dasturlar -> Namangan davlat universiteti
    Ishchi%20dasturlar -> O’zbekiston respublikasi
    Ishchi%20dasturlar -> Namangan davlat universiteti
    Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> O`zbekiston respublikasi
    Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
    Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> Fizik a fani bo`yicha ishchi o’quv dasturi 2019/2020 O’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun
    Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 71 Kb.




    Download 71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»

    Download 71 Kb.