• Tekshirdi
  • Shaxning bilish qobiliyatlari. Shaxning diqqati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti




    Download 436.82 Kb.
    bet1/2
    Sana09.03.2023
    Hajmi436.82 Kb.
    #44714
      1   2
    Bog'liq
    KASBIY PSIXOLOGIYA
    daftar betligi, Мустакил таълим, Dunyoning ilmiy manzarasi va evolyutsiyasi 13 мавзу, 5Wh5ytJLMtYKUosyAfgH vANgDnPxyh0, 6c3db8e067d3ed5c5631bdb877d6be21 METALL KONSTRUKSIYALARI, 15, EVS lab1, \'10.04.2020y-C da funksiyalar, 0100-1 LANCASTER CITY 1W, 1-mustaqil ish, Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiya tejash muamm-hozir.org, oper 3, 3 sugurta bozorining profesanal ishtirokchilari

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

    Ijtimoiy- Gumanitar Fanlar Kafedrasi
    Kasbiy Psixologiya Fanidan
    Mustaqil ishlar to’plami
    Mavzu:________________________________________________________________________________________________
    Guruh:__________________
    Tekshirdi:__________________
    Tayyorladi:__________________
    Navoiy-2023
    Mavzu: Shaxsning bilish faoliyati.
    REJA:
    Kirish: Bilishning faoliyatiga umumiy tasnif.
    Asosiy qism: Bilish jarayonlari va uning moxiyatlari.

    1. Shaxs haqida tushuncha.

    2. Shaxning bilish qobiliyatlari.

    3. Shaxning diqqati.

    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish: Bilish muammosi qadim zamonlardan beri kishilik dunyosini qiziqtirib keladi, ammo u bugungi kunda fan va texnikaning ri~ vojlanishi tufayli yanada dolzarb masalaga aylanib qoldi. Shu boisdan, bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, kibernetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlarning tadqiqot predmetiga aylanib, ularning har qaysisi o'zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u yoki bu jabhalarini o'rganadi.


    Boshqa fanlardan farqli o'laroq, psixologiya fani insonning onto-genezida bilishning vujudga kelishi, uning o'ziga xos psixologik mexanizmlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya va irodaning o'rni, tanishish zarurat hisoblangan obyektning notanishligi, ko'rinishi hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi.
    Bizningcha, obyektiv dunyo to'g'risidagi ma'lumotlar, fan asos-lari bo'yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo munosabat va muomala o'rnatish, muayyan faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o'zini o'zi anglashga taalluqli tarkibiy qismlar bilan qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga qaratilgan murakkab, iyerarxik hamda integral xususiyatli, faqat insoniyatgagina xos bo'l-gan, aqliy va jismoniy negizga quriluvchi intilish va faollikning majmuasi bilish deb ataladi.
    Bilishning psixologik bosqichlari, darajalari, ko'lami, kengligi, chuqurligi, to'liqligi, aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish shakllari va vositalari, barqarorligi, mustaqilligi va uning ijtimoiy psixologik mexanizmlari to'g'risida ma'lumotlar sharhlanadi.
    Bizni qurshab turgan obyektiv borliqni bilish xususiyatiga oid jahon psixologiyasi fanida ko'plab ilmiy nazariyalar, mustaqil kon-sepsiyalar, o'xshash qarashlar, puxta pozitsiyalar, xilma-xil yonda shishlar mavjud, ammo shunga qaramasdan, bu asnoda bilishning filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor mexanizmlari, muayyan o'ziga xoslik, ulardagi barqarorlikni ta'min-lovchi shart-sharoitlar, harakatlantiruvchi kuchlar, obyektiv va subyektiv omillarning ta'sirchanlik imkoniyati rang-barangligi tufayli onitogenetik davrning xususiyatlari to'g'risida mulohaza yuritishning o'zi yetarlidir.
    Inson shaxs bo'lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayonlari asosiy funksiyani bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat markazida boigan muammolardan biri bo'lib kelgan. Insonning ontogenezida bilish jarayonini amalga oshiruvchi, uni yuzaga keitiruvchi asosiy manbalar mavjud bo'lib, bizningcha, ular taxminan quyidagilardan iborat:
    1) tug'ma instinktlar;
    2) shartsiz reflekslar;
    3) shartli reflekslar;
    4) ideomotor harakatlar;
    5) predmetli harakatlar;
    6) taqlid yoki imitatsiya;
    7) tajriba;
    8) mashq;

    9) ko'nikma, malaka, odat (ularni o'zlashtirish imkoniyati va egallash vaziyati);


    10)refleksiya (xulq va ongli boshqarish).
    Bilish jarayonining mohiyati va o'ziga xosligini vujudga keitiruvchi asosiy psixologik negizlari tariqasida:
    1) ehtiyoj;
    2) motiv (motivatsiya);
    3) mayl; 4)moyilIik;

    5) qiziqish;


    6) ustanovka;
    7) tug'ma, tabiiy alomatlar;
    8) faollik;
    9) ruhiy holatlarning barqarorligi;
    10)obyektiv va subyektiv xususiyatli funksiyalar xizmat qilishi mumkin.

    Download 436.82 Kb.
      1   2




    Download 436.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

    Download 436.82 Kb.