• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi




    Download 436.82 Kb.
    bet2/2
    Sana09.03.2023
    Hajmi436.82 Kb.
    #44714
    1   2
    Bog'liq
    KASBIY PSIXOLOGIYA
    daftar betligi, Мустакил таълим, Dunyoning ilmiy manzarasi va evolyutsiyasi 13 мавзу, 5Wh5ytJLMtYKUosyAfgH vANgDnPxyh0, 6c3db8e067d3ed5c5631bdb877d6be21 METALL KONSTRUKSIYALARI, 15, EVS lab1, \'10.04.2020y-C da funksiyalar, 0100-1 LANCASTER CITY 1W, 1-mustaqil ish, Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiya tejash muamm-hozir.org, oper 3, 3 sugurta bozorining profesanal ishtirokchilari
    Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi
    Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat - kishi 'faoliyati -ning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o'quv faoliyati samarador-ligining muhim va zarur sharti. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo'naltirilgan shakldaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko'plab ta'sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o'ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi xususiyati bilan o'zaro bogiiq, deb hisoblaydilar.
    Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi fabltigi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo 'naltirilganligi va hir narsaga qaratilganligidir.
    Diqqatni ma'lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g'ayrat sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo'lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to'siqlar mavjud bo'lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon boladi.
    Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat-ning ikkita asosiy tori mavjud:
    1) ixtiyorsiz diqqat;
    2) ixtiyoriy diqqat.


    Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil boiadi va qoilab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boiishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omiliar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega boigan qo'zg'atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo'zg'aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o'rni benihoya kattadir.
    Asosiy qism:  XX asrning eng muxim yutuklaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yo’lidagi urinishlarning natijasi bo’ldi. Asrimizning o’rtasida paydo bo’lgan bu vosita shiddatli rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bo’lgan bo’lsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyilmaqom qilib uddalaydi. EXM lar xam inson tafakkuriga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlarga, uning tobora ko’prok ega bo’lib borishi, EXM fikrlay oladimi, agar inson o’ziga xos xususiyatlarini ularga tobora ko’proq ko’chirib boraversa, oxir oqibatda, bir vakt kelib, u o’zi yaratgan ana shu qurolning quliga aylanib qolmaydimi, degan savollarning kun tartibiga qo’yilishiga olib keldi.
    Fanda bilish, axloqda tartibga solish, dinda dunyokarash, san’atda tarbiyaviy funksiyalar ana shunday sistema yaratuvchi funksiyalar sifatida chiqishini ko’rish mumkin.
    Bilishning moxiyati, shakllanish va rivojlanish konuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muxim o’rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borlik, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim axamiyatga ega. SHu bois xam falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus soxasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nixoyatda ko’p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug’ullanadi. Xar bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo’yadi.
    Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muxit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo’lib, xar qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. SHuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy extiyoj, xayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam o’zi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar kanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita xayotiy extiyojdan, farovon xayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial gurux vujudga keldi. Bular ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug’ullanadilar.
    Bilishning 2 shakli mavjud:
    1. kundalik (empirik) bilish;
    2. nazariy (ilmiy) bilish.
    Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Moxiyat xamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Xar bir xodisada moxiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. SHu boisdan xam xodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun moxiyatini ochib bera olmaydi.
    Tushuncha aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi. Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi.
    Analiz - obyektning u yoki bu tomonlarini, elementlarini, xossalarini, bog’lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o’rganilayotgan obyektni har xil komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo’lish demakdir. Analizning yordami bilan narsa va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir.
    Sintez - narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xoliga keltirishdir. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyatdir. Analiz va sintez o’zaro bevosita mustaxkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomoni bo’lib, agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.

    Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi  «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.[2]


    Qadimgi Yunonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi.
    Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi.
    Sharqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. K. Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. Shaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi.
    Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi.
    Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi . Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat  «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B.Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.
    Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf E.V. Ilenkovning yozishi bo‘yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
    Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko‘lami, E.A. Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
    Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». SHunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq»
    Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga  «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi.  A.N. Leontev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur.

    Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.


    Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
    Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to`planishi kuchli bo`ladi
     DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
    Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
    A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
    Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
    1. Ixtiyorsiz diqqat;
    2. Ixtiyoriy diqqat;
    3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
    Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
    Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab olib borishimiz kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib doimiy qiziqish hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi.

    Xulosa: Men xulosa qilib shuni aytamanki, Kasbiy psipologiya fanidan mustaqil ishlar to’plamini tayyorlab yozish davomida ko’pgina sohaga doir va hayotimiz davomida kerakli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldim. Jumladan Shaxsning bilish qobiliyatlari, bilish tushunchasi, diqqad va uning firiologik xolatlari haqida bilib oldim. Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lganligini faoliyatimiz davomida o’rgandim. Yuqorida keltirilgan tushunchalar haqida buyuk olimlar va ziyoli insonlarning aytgan fikirlari:( Ananev «shaxs»ga  «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi.  A.N. Leontev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir.) ni o’zim uchun bilib oldim.


    Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Islom Abdug’aniyevich Karimov “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin” 1998-yil. Toshkent sh. 2. Islom Abdug’aniyevich Karimov “Donishmand xalqimizning mustahkam idorasiga ishonaman” 2000-yil. Toshkent sh. 3. E.G.G’oziyev “O’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish asoslari” 1998-yil Toshkent sh. 4. E.G.G’oziyev “ Tafakkur pisixologiyasi” 1990-yil Toshkent sh. 5. Bojovich L. “Lichnost i yee formirovanie v detskom vozrastee.” Moskva.1988-yil.
    Download 436.82 Kb.
    1   2




    Download 436.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi

    Download 436.82 Kb.