O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Qo’l yozma huquqida
UDK 595. 132. 631. 46
NOSIROVA MUXAYYO
TUGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
5A 110401- BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI MUTAXASSISLIGI
MAGISTR
darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: dots. G.D.Shamsidinova
Navoiy -2013 yil.
Navoiy davlat pedagogika instituti Biologiya o'qitish metodikasi mutaxassisligi magistranti Nosirova Muxayyoning " Tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasi " mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozgan
dessertatsiyasiga
Taqriz
O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi va Milliy O’zbek modelining yaratilishi, o’qitish tizimiga yangicha yondoshishni,zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi orqali, JAMIYATNING BARQAROR TARAQQIYOTINI ta’minlaydigan yoshlarni tarbiyalashni nazarda tutadi.”Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi”da –“Har bir kishi bilim olish huquqiga ega” deb yozib qo’yilgan.1990 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi,YUNESKO,YUNISEF, va Butunjahon banki tailandda Umumiy ta’lim bo’yicha butunjahon konferensiyasini o’tkazdi.
Nosirova Muxayyoning " Tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasi" mavzusidagi tayyorlagan magistrlik dssertatsiyasida Tashqi muhitning tozaligi, ekologik muvozanatning barqarorligi, tirik jonzotlarning salomatligi uchun eng muhim omil ekanligi, ekologik muammolar allaqachon hududiy doiradan chiqib,umumbashariy muammoga aylanganligini, sanoat korxonalari,transport vositalari, maishiy chiqindilarni organik dunyoga salbiy ta’sirini o`rganishni inobatga olib, mazkur ma’lumotlarni ta’lim oluvchilarga yetkazishda turlicha o’qitish uslublaridan foydalanishni tavsiya qilish vazifalarini bajarishni maqsad qilib qo`yilgan.
Nosirova Muxayyoning dssertatsiya ishida kirish, 3-bob, xulosa va adabiyotlar ro'yxati mavjud bo'lib, ishning asosiy mazmuni 1-2 -3 boblarda yoritgan.
Nosirova Muxayyoning " Tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasi " mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi, magistrlik dissertatsiya ishlariga qo'yilgan talablarga to'liq javob beradi.Ishning yuqori saviyada yozilganligini hisobga olib ijobiy baholayman.
|