O’qitishning reproduktiv metodi.
Bu usullar o’quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o’quvchilarning o’quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladi.
Reproduktiv usullar - o’quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo’lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta’riflasa, o’quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo’q bo’lsa samarali qo’llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan. Reproduktiv usulda o’quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo’llaydi.
Muammoli ta’lim.Muammoli deb, o’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash, bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi.O’quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o’quvchining zerikmasligini, zo’riqmasligini ta’kidlagan.
Muammoli vaziyatda:
-
o’quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish;
-
o’quvchilarda bilishga qiziqish o’yg’otish;
-
tahlil jarayonida o’quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xosdir.
Muammoli vaziyat fanning mazmuni o’ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Ta’lim jarayonida o’qitishning induktiv va deduktiv usullari.
Ayniqsa deduktiv o’qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo’llash o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o’tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv usullar texnik qurilmalarni o’rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo’llaniladi.
Deduktiv usul o’quv materialini tezroq o’tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi.
Nazariy materialni o’rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo’llash ayniqsa foydalidir.
Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berish.O’quv jarayonini rag’batlantirish, o’qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
Rag’batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri o’qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir.
Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Rag’batlantirish: baho bilan, imo - ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
O’qishga doir tanbehlar dars paytida, og’zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo’yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko’rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda o’quvchiga tan jazosi berish, o’zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas.
Ta’limda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.
-
Ogzaki nzorat va o’z-o’zini nazorat qilish.
-
Yozma nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish .
-
Laborotoriya - amaliy nazorat va o’z-o’zini nazorat.
-
Test nazorati (kartochkalar tarqatiladi).
O’qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o’quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi.
Nazorat maktabdagi o’qitish jarayoniga xos bo’lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo’lamiz.
Og’zaki nazorat - yakka va guruhiy so’rash yo’li bilan amalga oshiriladi. Alohida so’rashda o’qituvchi ma’lum vaqt davrida o’quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O’quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to’la dars davomida yozma ishlar o’tkaziladi. Yozma nazoratda baholar ob’ektiv bo’lishi va o’quvchilarning tipik xatolari aniqlanib kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O’z - o’zini nazorat qilish o’quvchilarning o’quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o’tishi bilan ko’pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo’ladi, ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh - guruh qilib, to’plab o’qitishni taqazo qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullangan mutaxassislar - o’qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi.
Shu davrda dars va sinf - dars tizimi paydo bo’la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatadi. Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma - bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Forobiyning "Fan va aql zakovat" asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf - dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
A.Ya.Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
- Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratib, ta’lim ishlari darsdan tashqari to’garak, ekskursiyalar shaklida ham olib boriladi.
Dars talablarI,ularning mohiyati.Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9.Darsda prezidentimiz I.A.Karimovning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.
Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:
-
Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;
-
Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
-
Bolalarda o’qishga oid ijobiy motivlarni uyg’otish, bilish, o’qish-o’rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish;
-
Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:
-
Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish;
-
Darsning logikasiga (dars etaplarining o’zaro bog’liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar; o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga) rioya qilish;
-
Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;
-
Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;
-
Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari.Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi.
1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi.
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat.
-
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
-
O’quv materiallarini mustahkamlash.
-
Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
-
O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
-
Dars turlari uyg’unlashgan (aralash)darslar.
Yangi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’tish kerak ekan deb mashq qildirish yoki o’tgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari noto’g’ri. O’quvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin - asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
O’tilgan mavzuni qaytarish mashq qildirish darsi o’qitilgan bilimlarnigina emas o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan malakalarni o’tkazishdan iborat bo’lmog’i lozim.
O’quvchining bilimi, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda o’quv-chilarning olgan bilimi tekshirilib ular qanchalik o’zlashtirilganligiga qarab baho qo’yiladi.
Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qo’shimcha darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, o’quvchilarni o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shimcha darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’-shimcha darslarning maqsadga to’laroq javob bera oladigani tashkil qiladi qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.
Ta’lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko’p qo’llaniladi. O’qituvchi darsning ma’lum bir qismi, yirik mavzularni o’tib bo’lganidan so’ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o’rganish darkor. Shundan so’ng mahoratli pedagog fursatni qo’ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalg’itmay darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o’kuvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim.
Dars o’qituvchi va o’quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o’z yo’lini topa oladilar.
O’quv mashg’ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo’shimcha qator ta’lim shakllari mavjud bo’lib, bular amaliy - tajriba mashg’ulotlari, qo’shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni to’ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog’lash uchun uyushtirilgan qo’shimcha mashg’ulotlardir.
Bulardan tashqari o’quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o’yin shaklidagi mashg’ulotlardan ham foydalanmoqda. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Laboratoriya mashg’ulotlarida bolalar turli o’quv predmetlari bo’yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o’tkazishadi. Laboratoriya mashg’ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o’quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Seminar mashg’ulotlari nazariy muammolarni faol o’rganish shakli hisoblanadi. O’rta umumta’lim maktablarida seminarlar quyidagicha o’tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu buyicha reja, ko’rsatmalar beriladi; tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha o’quvchilar tayyorgarlik ko’rishadi. Seminarning oxirida o’qituvchi yakunlovchi suhbat o’tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi.
Oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini, fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri - o’qituvchilar bilan talabalar o’rtasidagi do’stona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.
Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o’quvchi talabalarning o’quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog’liq. Shunday ekan ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o’z fanini puxta bilishligi va o’quvchi - talabalar bilan umumiy til topa olishlari g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakllari. Mustaqil O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
An’anaviy metodlarning afzalliklari:
-
ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.
-
O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
-
Vaqtdan unumli foydalanish.
-
Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.
Kamchiliklari:
-
O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
-
O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.
-
O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.
-
Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin.
-
Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari:
-
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
-
O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
-
Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.
-
O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.
-
Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.
-
O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
-
Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
-
O’z-o’zini baholashning o’sishi.
-
O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.
-
Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi.
-
Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.
-
Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
-
Ko’p vaqt talab etilishi.
-
O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
-
Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
-
«Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababali «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.
- O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bulishining talab etilishi XULOSA: Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi.
An’anaviy dars- muayyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko’prok o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi.
An’anaviy dars o’tish modelida ko’prok ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi.
|