• Antivirus skanerlari.
  • O`zgarish taftishchilari.
  • Immunizatorlar.
  • -Mavzu: Antivirus dasturlarni o`rganish




    Download 109.8 Kb.
    bet12/21
    Sana02.03.2022
    Hajmi109.8 Kb.
    #133
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
    10-Mavzu: Antivirus dasturlarni o`rganish
    Kompyuter viruslaridan himoyalanish uchun ikki shartni bajarish: kompyuter gigiyena talablariga rioya etish, antivirus dasturlaridan foydalanish kerak.
    Kompyuter gigiyena talablari.
    Notanish kishilardan elektron pochta orqali kelgan fayllarni hech kachon ochmang. Tanish manzil bo`yicha xat kelgan taqdirda ham juda eqtiyot bo`ling - tanishlaringiz va hamkasblaringiz kompyuterlarida virus borligidan bexabar virus ulardan o`z nusxasini yuborayotgan bo`lishi mumkin.
    Skanerli antivirusda hamma disketalar, kompakt-disklar va boshqa axborot tashuvchilarni, shuningdek Internet hamda boshqa tarmoqlardan olinadigan fayllarni har doim yaxshilab tekshiring.
    Begona foydalanuvchilarni kompyuteringizga qo`yishda ehtiyot bo`ling.
    Ma'lumotlaringizning saqlanish ishonchliligini oshirish uchun, vaqt-vaqti bilan axborot tashuvchilarda ma'lumotlarni zaxiraviy arxivlab turing.
    Bugungi kunda antivirus xavfsizligini ta'minlashni 5 asosiy tarmoqqa ajratish mumkin.
    Antivirus skanerlari. Skanerlarning ishlash tarzi hamma fayllar, yuklanuvchi sektorlar va xotirani virusning noyob dastur kodi bor-yo`sligini tekshirishga asoslangan.
    Antivirus monitorlari. U skanerlarning bir ko`rinishi bo`lib, monitorlar har doim kompyuter xotirasida aniq vaqt ko`lamida fayllar, yuklanuvchi sektor va xotirani fonli tekshiradi.
    O`zgarish taftishchilari. Bu turdagi antivirus dasturlarining vazifasi fayl va tizimli sektorlardan original tamra olishdan iborat. Bu tamralar ma'lumot omborida saqlanadi. Keyingi yuklanganda tekshiruvchi tamrani original bilan solishtiradi va foydalanuvchiga qodir bo`lgan o`zgarishlar qaqida xabar beradi.
    Immunizatorlar. Antivirusli immunizator dasturlari ikki turga bo`linadi: zararlanganlik qaqida xabar beruvchi immunizatorlar va zararlanishni virusning biron turi bilan blokirovkalovchi immunizatorlar.
    Birinchi turi, odatda, faylning oxiriga yozilib, faylning har bir yuklanishida uning o`zgargan-o`zgarmaganligini tekshiradi. Bunday immunizatorlar zararlangan faylda berkinib yotgan ko`rinmas viruslarni aniqlay olmaydi.
    Ikkinchi turi esa tizimni virusning aniq bir turi bilan zararlanishdan qimoya qiladi. Buning uchun fayllarga shunday bir shakl beriladiki, virus ularni zararlangan deb hisoblashi kerak bo`ladi. Rezident virusdan qimoyalanish uchun esa kompyuter xotirasiga virus nusxasiga o`xshatma dastur kiritiladi. Virus yuklanib, unga tuknashganda tizim zararlanganligini paysaydi.
    Albatta, fayllarni barcha viruslardan saqlash mumkin emas: ulardan xar birining zararlanganligini aniqlash usuli mavjud. Shuning uchun xam immunizatorlar keng tarqalmadi, hozirgi vaqtda ular deyarli qo`llanmaydi.

    Download 109.8 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Download 109.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Antivirus dasturlarni o`rganish

    Download 109.8 Kb.