• Annatotsiya
  • Kalit so`zlar
  • Obligatsiyalarning yangi o’zbekistondagi istiqbollari eshtemirov To’lqin Jovli o’g’li




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana18.04.2024
    Hajmi0.65 Mb.
    #200028
      1   2
    Bog'liq
    775-Article Text-1228-1-10-20231005
    NGN, Free time, Motivation, aldayman seni, 1. iqtisodiyotga kirish, Tovarlar va ularning xususiyatlari, Tovar-pul munosabatlari, 2023-10-16-06-02-00 f88765ced724d1835989084cd0d8cda7


    499 
    OBLIGATSIYALARNING YANGI O’ZBEKISTONDAGI ISTIQBOLLARI 
    Eshtemirov To’lqin Jovli o’g’li 
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi 
    iamtulkinjovliyevic@gmail.com
     
    Annatotsiya 
    Obligatsiyalarning turlari, baxolash va ularning o’ziga xos xususiyatlari ko’rib 
    chiqildi. Mamlakatda obligatsiya chiqargan kompaniyalar tilga olindi. Qimmatli 
    qog’ozlarga oid qonunchiligimizdagi hujjatlar ustida fikr olib borildi. 
    Kalit so`zlar: Obligatsiya, davlat, iqtisodiyot, investor, emissiya, qimmatli 
    qog’ozlar, savdo maydonlari 
    Ma’lumki, mamlakatimiz o’zining o’sish su’ratlarini jadal davom ettirmoqda, 
    birgina iqtisodiyot tarmog’iga e’tibor qaratadigan bo’lsak, qator iqtisodiy indekslarda 
    sezilarli natija, samaradorlikni ko’rishimiz mumkin. 
    Erishilgan yutuqlarimiz zamirida esa oldimizga belgilab olgan oliy 
    maqsadlarimiz yotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-
    yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 
    farmonida “milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini 
    ta’minlash” deb belgilangan vazifalar bajarilishi ta’minlanayotganligini bilishimiz 
    mumkin. Milliy bozor shakllantirishda ham bu vazifa bajarilishi ta’minlanishi kerak 
    nazarimda. Mamlakatimizni rivojlantirishning Taraqqiyot strategiyasida eng ko’p 
    urg’u berilgan jihatlardan biri bu “inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik 
    jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” albatta 
    davlatimizning iqtisodiy salohiyati qudratli darajaga yetsa inson manfaatlariga xizmat 
    qiladi shubhasiz. 
    Mamlakatimizda iqtisodiyot, moliya va bank tarmoqlari doirasida qator 
    o’zgarishlar yangi qonun loyihalari, yangiliklar amalga oshirilmoqda, lekin 
    iqtisodiyotimizning eng og’riqli nuqtalaridan biri hisoblanadigan fond bozori, uning 
    savdo maydonchali bo’lib hisoblanadigan aksiya, obligatsiyalar ommabop ko’rinishga 
    kelib ulgurgani yo’q. Aslida fond bozori kabi tushunchalar yuqorida sanaganlarimiz 
    iqtisodiyot, moliya va banklar bir qatorda tilga olinishi kerak. 
    Mamlakatimizda fond bozori faoliyatini, savdo maydonlarini to’g’ri tashkil 
    etishda samarali chora tadbirlar, qonun loyihalari imzolanib amaliyotga joriy 
    etilayotganligi 
    jumladan 
    bildirgan 
    fikrimizni 
    isbotlovchi 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining ““Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
    Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonuni misol 
    sifatida keltirib o’tishimiz mumkin. Unga ko’ra korporativ va infratuzilma 
    obligatsiyalarini chiqarish “emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida 
    qaror qabul qilingan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ 
    obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan 
    summa uchun ta’minot berishi shart” kabi shartlarga amal qilishi kerak. Korporativ 
    obligatsiyalar chiqaruvchi emitent yuqoridagi shartga qo’shimcha tarzda 
    “investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov 


    500 
    agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi” bo’ysunishi 
    lozim. 
    Amaliyotga tatbiq etilgan qonun va hujjatlardan yana bir misol keltiradigan 
    bo’lsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Emissiyaviy qimmatli 
    qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, avval davlat ro‘yxatidan 
    o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar 
    kiritish, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor 
    qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash 
    to‘g‘risida” qarori ham qimmatli qog’ozlar, fond bozoriga bag’ishlangan normativ 
    hujjat hisoblanadi. Uning maqsadi “Mazkur Ma’muriy reglament O‘zbekiston 
    Respublikasi hududida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat 
    ro‘yxatidan o‘tkazish, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar 
    chiqarilishiga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish hamda avval davlat 
    ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish bo‘yicha davlat 
    xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi” 
    hamda “Ushbu Ma’muriy reglament talablari davlat qimmatli qog‘ozlariga nisbatan 
    tatbiq qilinmaydi” quyidagichadir. 
    Mavzu yuzasidan xalqaro adabiyotlar ustidan tahlil amalga oshirildi, natijada 
    xorij Artur J. Keoun, Jon D. Martin, J. Uilliyam Petty professor-olimlari ham 
    muallifligida chop etilgan “Moliya asoslari-Moliyaviy menejment mantiqi va 
    amaliyoti” kitobida yuqorida tilga olingan olimlar obligatsiyalarni turlarga bo’lishgan 
    va ajratilgan barcha turlarinini izohlar orqali yoritilgan ushbu qo’llanmada, binobarin, 
    subardinatsiya qilingan qarzlar, ipoteka obligatsiyalari, yevroobligatsiyalar va 
    konvertatsiya qilingan obligatsiyalar kabilarga ajratilgan. Unda yuritilgan 
    “subardinatsiyalangan obligatsiya talablari faqat da’volardan kiyin qanoatlantiriladi”, 
    “Ipoteka obligatsiyasi - ko'chmas mulk garovi bilan ta'minlangan obligatsiya”, 
    “Yevroobligatsiyalar boshqa turdagi qimmmatli qog’ozlar emas. Bu oddiy qimmatli 
    qog’ozlar, obligatsiya valyutasi denominatsiya qilingan. Bir mamlakatdan boshqa bir 
    mamlakatda chiqarilgan obligatsiyalardir. Masalan, AQSh kompaniyasi tomonidan 
    Yevropa yoki Osiyoda chiqarilgan obligatsiya hisoblanadi. Kreditorga asosiy qismi va 
    foizlar AQSh dollarida to’lanadigan bo’lsa yevroobligatsiya hisoblanadi.”, 
    “Konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar - bu oldindan belgilangan narxda firmaning 
    aktsiyalariga aylantirilishi mumkin bo'lgan qarz qimmatli qog'ozlari.” ushbu kitob 
    mualliflari shu tarzda fikr yuritishadi. 
    Iqtisodiyotimiz rivojlanishi jadalligini ta’minlash, davlatimizning asosiy 
    vazifasi sifatida qaraladi. Iqtisodiyot mamlakatning yuragi, banklar esa, uning qon 
    tomiridir qabilada fikr yuritishadi. Agar shunday tasavurda fikr yuritsak, qimmatli 
    qog’ozlar bozori, aksiya va obligatsiya savdo maydonlari haqida ham huddi shu kabi 
    mulohaza yuritilishi kerak. Iqtisodiyotimizda muhim pozitsiyaga ega bo’lishi kerak. 
    Hozirgi kunda buni amalga oshirish uchun sohada juda ko’p yangiliklar amalga 
    oshirildi. Jumladan, Respublika Fond bozori raisligiga sobiq Gruziya Markaziy 
    qimmatli qog‘ozlar depozitariysi Kuzatuv Kengashining raisi Georgi Otarovich 
    Paresishvilini tayinlashdi. Ko’zlangan maqsad milliy bozorimizning chet tajribasi bilan 
    uyg’unlashuvi, kadrlar malakasini oshirish kabilarga xizmat qiladi. Undan tashqari 
    Respublika Fond Birjasining egalik ulushining 25 foizi Koreyaga tegishli ekanligiga 


    501 
    e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2012 yil qabul qilingan ushbu qaror milliy fond birjamiz 
    uchun zomonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlanishiga xizmat qilgan. 
    Mamlakatimizda “Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat” shaklida faoliyat yurituvchi 
    subyektlar ham obligatsiya joylashtirish imkoniyatiga ega. Qonunchiligimiz bunga 
    monelik qilmaydi. Hozirgi kunda Respublika fond birjasida obligatsiyalar 
    joylashtirgan kompaniyalar mavjud ulardan “artel” va “biznes finans mikromoliya 
    tashkiloti” M.CH.J lardir.
    Qonunchiligimizda imzolangan normativ hujjatlar obligatsiya savdo 
    maydonlari, umuman emitentlar uchun tor doirada erkinlarga ega ekanliklari. Ushbu 
    tarmoq iqtisodiyotda eng muhim ro’l o’ynashi faol pozitsiyaga ega bo’lish davri yetib 
    kelganligini anglatmoqda. Qonunlar orqali imkon qadar erkinlik berilsa, ushbu tarmoq 
    aytish mumkin bo’lsa “gullashiga guvoh bo’lamiz. Obligatsiya kompaniyaning 
    foaliyati uchun ayniqsa, inqiroz yoqasiga kelib qolgan kompaniyalar faoliyati uchun 
    muhim ahamiyat kasb etadi. O’zini inqirozdan qutqaradi, sodda qilib aytadigan bo’lsak 
    faoliyat yurituvchi sohasi qamrovini kengaytiradi. 

    Download 0.65 Mb.
      1   2




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Obligatsiyalarning yangi o’zbekistondagi istiqbollari eshtemirov To’lqin Jovli o’g’li

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish