• Foydalanilgan.Adabiyotlar
  • Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar




    Download 22.79 Kb.
    Sana11.03.2024
    Hajmi22.79 Kb.
    #170102
    Bog'liq
    Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
    Ma’lumotlarni diagramma ko’rinishida taqdim etish., murodillayev g 1, Introduction-to-Teacher-Psychology, 2-mustaqil ish, tda1, Умумий психология меж фак (1) (2), Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar., Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Vatanimiz odamzot ilk bor paydo bo‘lgan mintaqalardan biri, Mustaqil ish № 2, Kampyuter tarmoqlari mustaqil ish 1

    Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
    Reja:
    1.Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar
    2.Go‘daklik davrida psixik rivojlanish. Bir yosh inqirozi.
    3.Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari: nutqning rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi.

    Bola tug`ilganidan maktabgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixologik jihatdan juda tez o`sadi. Bu davrda bola ko`p jihatdan kattalarning doimiy va to`g`ri parvarishiga muhtoj bo`ladi. Bolaning kelgusida sog`lom bo`lishi va psixik jihatdan normal o`sishi uning shu davrda to`g`ri parvarish qilinishiga bog`liq.Yosh davrlari psixologiyasining maqsadi bola ta`lim-tarbiyasi bilan ish olib boruvchi har bir shaxs inson psixik taraqqiyotida har bir yosh davrining muhim xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan o`rganib,barkamol avlodni kamol toptirishda undan samarali foydalanishdir.
    Chaqaloqik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funksiyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyatsiya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo’ladi. Oyog`i va qo’llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi. Chaqaloq tug’ilganda uning ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan: asosan, so’rish, emish reflekslari o’z vazifasini ado etishga tayyor bo’ladi. Chaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga biror qo’zg’atuvchi tegishi bilan unda ixtiyorsiz ravishda so’lak ajrala boshlaydi. Ona ko’kragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo to’xtaydi.
    Psixologlar M.P.Denisova va N.L.Figurinlar chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib “ovqatga yo’nalish” reaksiyasi deb atadilar. I.P.Pavlov ta’biricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qo’zg’atuvchi eng qulay yo’nalishida aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatti-harakatlar qisman yoki butunlay tormozlanadi. Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o’zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg’ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. Chaqaloqning anatomik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo’lamiz. Shu sababli suyak funksiyasini ko’proq tog’ay to’qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bi­lan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi.
    Ye.A.Arkinning fikricha, chaqaloqlik davrining kuchli jihatlari ko’pincha uning o’sish quvvatida o’z ifodasini topadi. U har oyda ikki sm dan o’sadi, uning og’irligi har kuni 1,6–2 grammdan ortib boradi.
    Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko’pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush chiqarish oralig’i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. SHunga qaramay, mutaxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq – noxush his-tuyg’uning namoyon bo’lishidir. Qisilish tanglik (zo’riqish) tuyg’usini vujudga kelishidir. SHuning uchun chaqaloqdagi muskul reaksiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to’g’ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig’lashga aylanadi. Yig’lash bola jismoniy og’riqni, ruhiy qayg’uni, iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo’ladi, tashqi olam bilan aloqa o’rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush his-tuyg’ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.
    Bola bir oyga to’lgach o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo’ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan “o’z” kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin.
    Mazkur psixologik holatni N.L.Figurin va M.P.Denisovalar “jonlanish” deb ataganlar. Bu davrda bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg’usida esa atrof-muhitdan ta’sirlanish o’z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o’z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o’sishini belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi.
    “Jonlanish” bolaning kattalar bilan o’ziga xos ravishda munosabatga kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi qo’zg’atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo’ladigan “jonlanish”ning tabiati hali ochilgani yo’q. Ehtimol, bu holat bolaning kattalar bilan muloqotining maxsus ko’rinishi va ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog’liqdir, u balki bolada ijobiy his-tuyg’ularni qo’zg’atish omilidir. Ba’zan bolada o’zini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo’l va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish kabi tashqi ifodaga ega bo’lgan ichki psixik kechinmalarda o’z aksini topadi.
    Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning og’irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko’rinsa-da, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning organizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3–5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining og’irligi 300–350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi hujayralarining miqdori, “ariqchalar”ning yaqqol ko’zga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmog’i jihatdan katta odamlarning miyasidan farq qiladi.
    Sharq allomalarining fikricha, chaqaloqda tug’ma reaksiyalarning boshqa guruhi ham mavjud bo’lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig’idan to’xtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi.
    Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi. S.Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador o’yinchoqlar 9 sm masofadan ko’rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganida bolaning intilishi, qo’l cho’zishi, sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko’rsatilganda bolada intilishi, cho’zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so’ngan. U o’yinchoq bilan bir qatorda turgan kat­ta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin. M.Yu.Kistyakovskayaning ma’lumotiga ko’ra, 3–4 oylik go’dak unga yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5–6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o’giradi, hatto, qo’rqib yig’lab yuboradi.
    R.Ya.Abramovich – Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4–5 haftalikkacha; b) sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5–3 oylikkacha; v) harakatoldi – 2,5–3 oylikdan 4–4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat – 10–11 oylikdan 12–13 oy­likkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan. D.B.Elkoninning fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o’sishining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki so’zlarni mustaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg’unlashtirib, ish–harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro’y berishi; 4) xatti-harakatni so’z bilan boshqara olish; 5) so’z bilan go’dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar.
    Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.
    O.Bryune ma’lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat’iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan qat’iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.
    1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bo`lib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy maniqulyasiya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.
    R.Ya.Abramovich – Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4–5 haftalikkacha; b) sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5–3 oylikkacha; v) harakatoldi – 2,5–3 oylikdan 4–4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat – 10–11 oylikdan 12–13 oy­likkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.
    Go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o’z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o’sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tayotganini ifodalaydi. Go’dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib, ko’lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go’dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning o’sishini ta’minlovchi ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlar yaratilishi – bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo’ladi.
    Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi
    Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi. 1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so’zni o’zlashtiradi.
    Tilning grammatik tuzilishini o’zlashtirish bir necha bosqichga bo’linadi.
    Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorf so’z o’zaklardan iborat.
    3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o’zlashtira boshlaydi.
    Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.
    Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi.Jismlar bilan turli harakatlarni o’zlashtirishda ulardagi muhim va o’zgarmas alomatlarni ajratish ko’nikmasi hosil bo’ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni ro’y beradi. Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi. O’z xatti-harakatini kattalarning harakati bilan solishtirish va uning o’xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
    Aqliy o’sishni to’g’ri yo’naltirish uchun bola bilan maxsus reja asosida mashg’ulotlar o’tkazish maqsadga muvofiq. Achchiqlanish, jahl qo’zg’alishi, qahru g’azab tuyg’ularining xususiyatini tadqiq qilgan T.E.Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko’pincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi “portlash”, qahri qattiqlik yuzaga keladi. Olimaning fikricha, uning psixikasida paydo bo’layotgan xulq hosilasi tirishqoqlikning o’ziga xos ko’rinishidan iborat bo’lib, u o’zi yoqtirgan narsani tezroq qo’liga olish xohishi bilan uzviy bog’liqdir.
    Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sirlanishni bola kattalar bilan muloqotda psi­xik jihatdan qoniqmasligi hosil qiladi.
    Psixolo­gik ma’lumotlarga ko’ra, “portlash”, “lov etish” xususiyatiga ega bo’lgan affekt quyidagi sabablar bilan vujudga keladi: 1) kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imo-ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo’shilishi) e’tiborsizligi; 2) bolaning ixtiyorsiz xatti–harakatiga batamom qarshilik ko’rsatishi, shuningdek, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi; 3) boladagi o’zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu o’zgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar.
    Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o’zim” konsepsiyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma’lum darajada mustaqillikka ehtiyojning paydo bo’lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.
    Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350g-gacha yetadi, ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situasiyasi o’zgaradi.
    Rolli o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rolli o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir. Bolalarning o’yin faoliyati D.B.Elqonun, A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o’rganishgan. O’yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi.
    Ilk bolalik yosh davrida bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, u o’z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi.
    Tadqiqotchi Ye.K.Kaverinaning tajribasida tasdiqlaganidek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin: a) bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini; b) katta yoshli odamlar va o’yinchoqlarning nomlari va rasmlarini; v) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo’laklari va hokazolarni tushunadi.
    Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalarni o’rganadi.
    E.K.Kaverinaning fikricha, bolaga beriladigan topshiriqlar, harakat nomlari va ularni bajarish bo’yicha yo’llanmalarni tushunish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: a) ta’sirlanishning yo’qligi yoki mutlaqo noto’g’ri ta’sirlanish; b) harakatni to’g’ri ijro etish; v) harakatning murakkablashuvi va boshqa ko’rinishlarining xususiyatlari. Bolaning kattalar yo’naltiruvchi nutqini tushunishi xatti-harakatlarni amalga oshirishda yetaklovchi vazifani o’taydi.
    Tadqiqotchi N.X.SHvachkin mulohazasiga ko’ra, bo­lada avval unli harflarni, keyin undosh harflarni farqlash ko’nikmasi vujudga keladi.
    Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, ikki yoshga to’lgan bola tilning barcha tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi, bu hodisa shaxslararo munosabatni vujudga keltiradi.
    Bolaning shaxsiy xulq-atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la

    Foydalanilgan.Adabiyotlar

    1. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

    2. Umarov dilmirod “Psixalogiya fan texnikasi”kitobi ;2015

    3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Psixologiya



    Download 22.79 Kb.




    Download 22.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar

    Download 22.79 Kb.