• Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari
  • Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsipi




    Download 139.9 Kb.
    bet1/2
    Sana26.11.2022
    Hajmi139.9 Kb.
    #31953
      1   2
    Bog'liq
    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsipi


    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsipi.
    Reja:

    1. Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari.

    2. Tolali optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi.

    3. Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etish usullari


    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari
    OAT da axborotlarni yorug‘lik, ya’ni optik signallar ko‘rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. OAT uchun yorug‘lik nurlanishi va to‘lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteriga, shuningdek nurlanish hosil qilish imkoniyatlariga, undan signal shakllanishiga, yorug‘lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlashga va nihoyat, axborotga ega signalni qabul qilishga bog‘liq.
    Sxema OAT ning turlari TOAT va OOAT ga xos standart qurilmalardan (elementlardan) tashkil topgan.
    Uzatishdagi KHQU, MvQ, OUz va qabul qilishdagi KHQU, MvQ, OQq mos ravishda uzatish va qabul qilish traktlarini tashkil etadi. Oraliq stansiyalarda OR o‘rnatiladi. Tolali optik liniya traktiga OUz, OUM, OR, OQq kiradi.
    OATning umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi texnik vositalar kiradi:
    1 ) uzatish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), u standart o‘tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanallar yoki tipli guruhli traktlar sonini shakllanishini ta’minlaydi.

    1 – rasm. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi


    2) traktning muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u KHQU chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatgich parametrlari bilan muvofiqlashtirish uchun zarur;
    3) optik uzatgich (OUz), elektr signalini optik signalga o‘zgartirishni ta’minlaydi; OUz tarkibiga quyidagilar kiradi:
    - optik nurlanish manbai (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib, optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‘p kanalli elektr signali bilan modulyatsiyalanadi;
    - moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan kiritish vazifasini bajaradi;
    Optik nurlanish manbai va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi;
    4) optik uzatish muhiti (OUM), optik nurlanishni uzatish vazifasini bajaradi; OOATda bu atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin, TOAT esa optik toladir;
    5) optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsatadigan va xizmat ko‘rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retranslyatsiya uchastkalari deb ataladigan ma’lum masofalar oralig‘ida o‘rnatiladi; optik retraslyatorlarda optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.q.) amalga oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik signalga o‘zgartiriladi; optik retranslyatorlarda shuningdek optik signallar ham qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi;
    6) optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr signalga aylantirishni ta’minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQq) dan iborat; moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal yo‘qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni tashkil etadi;
    7) qabul qilish traktining muvofiqlashtiruvchi kurilmasi (MvQ), u QqOM chiqishidan berilayotgan signalni mos keluvchi KHQUning ko‘p kanalli signalga o‘zgartiradi;
    8) qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), uzatishga teskari jarayon, ko‘p kanalli signalni alohida tipli kanallar va traktlar signallariga ajratishni amalga oshiradi.
    OAT da optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan modulyatsiyalash uchun chastotali modulyatsiyasi (ChM), fazali modulyatsiyasi (FM), amplitudali modulyatsiyasi (AM), qutblanishli modulyatsiya (QM), intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash va modulyatsiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash turi ko‘proq qo‘llaniladi. Bunga sabab, modulyatsiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarim o‘tkazgich nurlanish manbalari (yorug‘lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarim o‘tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyatsiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o‘zgartirish yetarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyatsiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga o‘zgartirish masalasini yengillashtiradi. Darxaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional.
    Intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr signaliga o‘zgartirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli bevosita fotodetektorlash usuli deyiladi.


    Download 139.9 Kb.
      1   2




    Download 139.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsipi

    Download 139.9 Kb.