• Tayanch so‘z va iboralar
  • 10.1. Yuklar haqida umumiy tushunchalar va ular bilan birga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
  • [Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 Selection and calculation of truck vehicles. Basic requirements for the selection of trucks. Mavzu-10: Yuk mashinalarini tanlash va hisoblash




    Download 42,37 Kb.
    bet1/6
    Sana04.09.2024
    Hajmi42,37 Kb.
    #270240
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    [Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 - Selection and calculation


    [Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 - Selection and calculation of truck vehicles. Basic requirements for the selection of trucks.


    MAVZU-10: Yuk mashinalarini tanlash va hisoblash. Yuklarning transport tavsiflari va ularning xususiyatlari.
    Rеja:
    10.1. Yuklar haqida umumiy tushunchalar va ular bilan birga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
    10.2. Yuklarning tasnifi.
    10.3. Yuklarning transport tavsiflari va ularning xususiyatlari.


    Tayanch so‘z va iboralar: sof og‘irlik, brutto og‘irlik, qadoqlash, tara, xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi talabi, tez buziladigan yuklar, antisanitar, yuklarni tashishga tayyorlash, yuklarni tamg‘alash, yuklarning transport xususiyatlari, gigroskoplik, namlik, muzlash qobilyati, sovuqqa chidamlilik, pishirish qobilyati, issiqqa chidamlilik, korroziya, atomizatsiya, abrazivlik, yopishqoqlik, mo‘rtlik, radioaktivlik.


    10.1. Yuklar haqida umumiy tushunchalar va ular bilan birga amalga oshiriladigan operatsiyalar.

    Yuk tashish ob’ektlariga kon qazish va ishlov berish sanoatlari, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlarning mahsulotlari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi. Egasiga yetkazib berish maqsadida qabul qilinib, tashilayotgan predmetlar yuk deb ataladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bo‘lishi mumkin. Tashilgan barcha yuklar tonnada ifodalanuvchi og‘irlik o‘lchamida bo‘lishi shart.


    Boshqa o‘lchamlar (litr, dona, kub metr) tonnaga o‘tkaziladi. Aksariyat yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi. Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, yukning tara bilan og‘irligi brutto, taraning o‘z og‘irligi tara deb ataladi.
    Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda o‘lchanuvchi brutto bilan hisoblab boriladi. Transport va ortish-tushirish vositalari yuklar xususiyatlariga va o‘z navbatida yuklar ma’lum transport va ortish-tushirish vositalari talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.
    Ko‘pchilik yuklar atrof-muhit ta’siriga moyil bo‘ladi. Ba’zi yuklar havoning namligi ta’sirida korroziya (zanglash)ga uchraydi; ayrim yuklar (tez buziluvchi oziq-ovqat buyumlari)ga yuqori darajali harorat, sabzavot va ho‘l meva hamda boshqa ba’zi yuklarga esa sovuq havo ta’sir etadi.
    Tashish jarayonida barcha yuklar turli xususiyatlariga ko‘ra guruhlanadi: masalan, zarur bo‘lgan transport vositasi turi, joylashtirish (upakovkalash) xarakteri, omborlarda saqlash sharoiti, yuklar klassi va h.k.
    Turlariga ko‘ra sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, savdo va kommunal xo‘jalik yuklari bo‘lishi mumkin.
    Ortish-tushirish ishlariga kura yuklar: donali, uyub tashiluvchi va quyuluvchi yuklarga bo‘linadi. Tarali yuklar, odatda, donali yuklarga kiritiladi. Uyub tashiluvchi yuklarga sochiluvchan yuklar (qum, shag‘al, toshko‘mir, o‘tin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga o‘xshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori bilan hisoblab boriladi.
    Og‘irligiga ko‘ra yuklar me’yoriy og‘irlikdagi va og‘ir massali yuklarga bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning joiz me’yoriy og‘irligi — 250 kg, dumalatiladigan yuklar uchun — 400 kg. Ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir bo‘lgan yuklar og‘ir massali yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4-5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinadi.
    O‘lchamlariga ko‘ra yuklar: gabaritdagi, ya’ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar va nogabarit yuklarga bo‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5 m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5 m (uzun o‘lchovli yuklardan tashqari) dan ortiqo‘lchamli yuklar kiradi. Uzun o‘lchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qo‘shimcha uning uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi.
    Nogabarit yuklar faqatgina davlat yo`l xarakati havfsizligi (DYXH) ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) o‘rnatilgan holda tashilishi mumkin.
    Tashishdagi xavfsizlik darajasiga ko‘ra yuklar MDH davlatlarida 7 guruhga bo‘linadi:
    1-guruh — xavfliligi kam (qum, shag‘al, tuproq, g‘isht va h.k.);
    2-guruh — tez alangalanuvchi yuklar (benzin, aseton, kinoplyonka va h.k);
    3-guruh — issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfalt, ohak va h.k.);
    4-guruh — kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);
    5-guruh — ballonda tashiluvchi siqilgan va suyultirilgan gazlar;
    6-guruh — nogabarit (o‘lchamiga ko‘ra xavfli yuklar);
    7-guruh — portlovchi, zaharli va radioaktiv moddalar.
    Xalqaro yuk tashish qoidalariga binoan Yevropa davlatlari xavflilik darajasiga ko‘ra Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlar qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra yuklarni tashish uchun ADR kelishuvi nomi bilan tashiluvchi buyum va tovarlarni tashish uchun xalqaro konvensiya qabul qilingan bo‘lib, unda yuklar xavflilik darajasiga binoan quyidagi 9 ta sinfga bo‘linadi:
    1-sinf — portlovchi modda va tovarlar;
    2-sinf — gazlar: siqilgan yoki yuqori bosim bilan suyultirilgan;
    3-sinf — suyuq yonilg‘ilar;
    4.1.-sinf — yonuvchi qattiq jismlar;
    4.2.-sinf — o‘zi yonib ketish xususiyatli moddalar;
    4.3.-sinf — suv tegishi natijasida gaz chiqaruvchi moddalar;
    5.1.-sinf — oksidlovchi moddalar;
    5.2.-sinf — organik pereoksid (o‘ta oksid)lar;
    6.1.-sinf — zaharli moddalar:
    6.2.-sinf — yuqumli (infeksion) moddalar;
    7-sinf — radioaktiv moddalar;
    8-sinf — korroziyalanuvchi moddalar;
    9-sinf — har xil xavfli modda va tovarlar (yuqoridagi sinflarga kiritilmagan).
    Avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish.
    Bu ko‘rsatkich yukning (nisbiy og‘irligi) hajmiy og‘irligi va tashishga tayyorlanganligi (joylashtirish, bog‘lash, presslash va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, yuklar 4 ta sinfga bo‘linadi:
    1-sinf — avtomobilning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish darajasi —1;
    2-sinf — avtomobilning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish darajasi -0,9-0,71 (0,8);
    3-sinf — avtomobilning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish darajasi -0,70-0,51 (0,6);
    4-sinf — avtomobilning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish darajasi — 0,5 va undan kam.
    Yuklarni bu xilda tasniflash 1 tonna yuk tashish tarifi (haqi)ni belgilash uchun kerak.
    Yuklarni har xil sinflarga kiritish uchun maxsus tasnifnoma ishlab chiqilgan.
    Ba’zi yuklar tashishga tayyorligiga ko‘ra har xil sinfga mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, presslangan xashak (somon) 2-sinfga, presslanmagani esa — 4-sinfga tegishli. Yuklar tashishdagi xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi talablariga ko‘ra ham tasniflanadi.
    Tashish shartlariga ko‘ra yuklar quyidagicha tasniflanishi mumkin:
    — oddiy, ya’ni hech qanday maxsus moslama talab etmaydigan;
    — tez buziluvchi (oziq-ovqat mahsulotlari), ularni tashish uchun maxsus sanitariya va harorat shart-sharoitlari zarur;
    — o‘tkir va yoqimsiz hidli;
    — tirik jonzotlar (mol va qushlar). Bunday mollarni tashish uchun transport vositalari tashiluvchi mollarni yo‘lda oziqlantirish va ular axlatini tozalash va h.k.larga moslangan bo‘lishi zarur.
    Omborlarda saqlash shart-sharoitlariga ko‘ra yuklar 4 guruhga bo‘linadi:
    — yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarib turishidan buzilmaydigan (qum, shag‘al, maydalangan tosh, toshko‘mir va h.k.). Bunday yuklarni usti ochiq maydonchalarda saqlash mumkin.
    — yog‘ingarchilik ta’sirida buziladigan (metall va metal buyumlar, g‘isht va h.k). Bunday yuklar usti berk ayvonchalarda sakdanishi zarur.
    — yog‘ingarchilik va haroratning o‘zgarishi natijasida buziluvchi yuklar. Bunday yuklarni berkitilgan va issiq (sovuq) ni izolyatsiyalovchi va mo‘tadil haroratli xonalarda saqlash talab etiladi (tez buziluvchi tovarlar muzlatgichlarda, muzlashi mumkin bo‘lmagan suyuqliklar esa isitiluvchi omborlarda va h.k);
    — maxsus rezervuar (idish) larda saqlanuvchi yuklar (suyuq yonilg‘i, moylar va shu kabilar).
    Joylab saranjomlash (upakovkalash) xarakteriga ko‘ra yuklar tarali va tarasiz xillarga bo‘linadi.
    Yuklarni tasniflash transport vositasi, tashish usullaridan yaxshiroq foydalanish, ortish-tushirish ishlarida mexanizatsiyadan foydalanish uchun zarurdir.


    Download 42,37 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 42,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    [Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 Selection and calculation of truck vehicles. Basic requirements for the selection of trucks. Mavzu-10: Yuk mashinalarini tanlash va hisoblash

    Download 42,37 Kb.