• Kirish va yashash tartibi
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qozogʼiston Respublikasiga kirish tartibi




    Download 24.68 Kb.
    bet1/6
    Sana04.04.2021
    Hajmi24.68 Kb.
      1   2   3   4   5   6

    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qozogʼiston Respublikasiga
    kirish tartibi

    Hujjatlar:

    1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti;

    2. Tugʼilganlik haqida guvoxnoma (16 yoshga toʼlmagan bolalar uchun);

    3. Ota-onalardan birining bola/bolalarni olib chiqish uchun notarial tasdiqlangan ijozati.

    Xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida ishlash uchun ketayotgan mamlakatga chiqish oldidan mehnat migrantlarga barcha hujjatlar nusxasini oʼzi bilan olib ketish tavsiya etiladi (kserokopiyalar, skaynerlangan hujjatlar).


    Kirish va yashash tartibi:

    Oʼzbekiston fuqarolari Qozogʼiston Respublikasiga amaldagi pasportlar va ularning oʼrnini bosuvchi hujjatlar (qaytish uchun sertifikat) bilan davlat chegarasi orqali kirishlari mumkin.Qozogʼiston Respublikasi hududiga muvofiq hujjatlarsiz, yoki qonuniy amalda boʼlmagan hujjatlar kirilganlik uchun jazo choralari qoʼllanilishi mumkin.

    Qozogʼiston Respublikasi davlat chegarasidan har qanday transport turida oʼtishda (samoliyot, avtomobil, poezd, avtobus) majburiy tartibda “Migratsiya kartasi” blankini BEPUL olish shart. Qozogʼiston Respublikasiga kirayotgan 16 yoshdan katta boʼlgan barcha chet el fuqarolari migratsiya kartasini toʼldirishlari kerak. Migratsiya kartasini pasorti yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatda koʼrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq ravishda kiril yoki lotin alfovitida toʼldirish mumkin.

    Аgar Qozogʼistonga kirishda davlat chegarasida migratsiya kartalari blanki boʼlmasa, bu xolda uni Qozogʼistonga kelib, migratsiya xizmati idorasida olish mumkin. Bu xolda migratsiya xizmati xodimlari mamlakatda yashashning qonuniyligini tekshirishlari kerak boʼladi. Migratsiya kartasini Qozogʼistondan ketgunga qadar saqlash kerak, chunki u Qozogʼistondan chiqishda chegarada topshiriladi.

    Аgar migrant yonida migratsiya kartasi boʼlmasa, u xolda Ichki ishlar organlariga keyingi muhokama uchun yuboriladi.

    Migratsiya kartasi yuqotilganda 3 kalendar kun ichida bu haqda yashash joyi boʼyicha migratsiya xizmatiga xabar berishi kerak, u yerda tekshiruvdan soʼng migrantlarga dublikat beriladi.

    Chegaradan oʼtish va kirish muxri: Qozogʼiston Respublikasiga kirganlik xolati chegara nazorati xodimi tomonidan pasport va migratsiya kartasiga qoʼyiladigan maxsus muxr bilan tasdiqlanadi. Ikkala hujjatga muxr qoʼyilishiga axamiyat berish qatʼiy tavsiya etiladi! Muhrda chegeradan oʼtish sanasi aniq koʼrinishi kerak, aks xolda noqonuniy koʼrinishganlikda gumon qilinishi mumkin.

    Chiqib ketgan migrant doim yonida pasport va hujjatlarni (migratsiya kartasi, istiqomat uchun guvoxnoma, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma) yoki ularning nusxalarini olib yurishi kerak. Аgar bu hujjatlar bor boʼlsa, demak u Qozogʼistonga qonuniy ravishda kelgan va yashayapti.

    Hujjatlaringizni faqat xizmat paytidagi politsiya xodimlari talab qilishi mumkin. Politsiya yoki ish beruvchi Sizning hujjatlaringizni olib qoʼyish va saqlashga haqqi yoʼq.



    Download 24.68 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 24.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qozogʼiston Respublikasiga kirish tartibi

    Download 24.68 Kb.