Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining




Download 181.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2024
Hajmi181.59 Kb.
#206727
  1   2   3
Bog'liq
87 буйруқ 2024 йил ЯДА
1, G NAZIROVA-XOR KONFEREN-2-2023, Matlab-Mustaqil-ish, 2-mavzu barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikannng o’rni., 46233 UMK, Ergashev Javohirbek Allayev quvonchbekning, 1 mavzu-RAT-2022, 4-mavzu Microsoft Office dasturlari, EPCHILLAR, MILLIY MA\'NAVIY AXLOQIY (3), Yusubjonova Sadoqatxon, НАМУНА слайт


 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
 MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING
 BUYRUGʻI
2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida
oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish
toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
2008-yil 4-martdagi (Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat
attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” nizomi asosida umumiy oʻrta
taʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilida oʻquvchilarning yakuniy
attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida buyuraman:
1. Quyidagilar:
yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon
oʻtkazish shakllari 1-ilovaga muvofiq;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar
roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
2. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik
mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova) 2024-yilning
25-martiga qadar:
yakuniy 
attestatsiya 
oʻtkaziladigan 
fanlar 
boʻyicha 
topshiriqlar
spetsifikatsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
ishlab chiqilgan fanlar spetsifikatsiyasi asosida yakuniy attestatsiya
oʻtkaziladigan fanlar (ogʻzaki va yozma) savollarini ishlab chiqish, ekspertizadan
oʻtkazish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari
agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari
uchun imtihon materiallarini bazasini hamda baholash mezonlarini tayyorlash; 
imtihon materiallaring bazasini taʼlim beriladigan barcha tillarga tarjima
qilish uchun Respublika taʼlim markaziga taqdim etish;
ishlab chiqilgan nazorat materiallari asosida imtihon variantlarini
shakllantirish vazifalari yuklansin.
3. Respublika taʼlim markazi (Sh.Xudaykulov) 2024-yilning 5-apreliga
qadar:
taqdim etilgan imtihon materiallari bazasini taʼlim beriladigan barcha tillarga
tarjima qilish va ekspertizadan oʻtkazish;
koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi, kar, zaif eshituvchi hamda aqli zaif bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari


uchun taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihon materiallarining bazasini hamda
baholash mezonlarini tayyorlash; 
aqli 
zaif 
bolalar 
uchun 
ixtisoslashtirilgan 
maktablar
va maktab-internatlarining bitiruvchi sinflari oʻquvchilari uchun Texnologiya
fanidan imtihon oʻtkazish boʻyicha tegishli tavsiya va mezonlar ishlab chiqish
vazifalari yuklatilsin.
4. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik
mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova), Respublika
taʼlim markazi (Sh.Xudaykulov) yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon
materiallarining bazasini tayyorlashda kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan
topshiriqlar kiritilishini inobatga olsin.
5. Belgilansinki:
umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat
hamda 2-ilovada keltirilgan chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy
yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega
boʻlgan oʻquvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi;
tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan
kundan bir kun oldin, Ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma
shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan
2 ta variant tanlanadi;
tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon
qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar
yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
6. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining davlat taʼlim
standartlari asosida egallashi lozim boʻlgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini
sinovdan oʻtkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat
imtihonlari (keyingi oʻrinlarda — imtihonlar) 1-ilovada keltirilgan fanlardan tashkil
etiladi.
7. Imtihonlar 2024-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilishi belgilab
qoʻyilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
8. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy
tarbiya fanidan imtihonlar 2024-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot
xodimlarining
nazorati ostida oʻtkazilsin (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan
kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar bundan mustasno).
9. Koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar
umumtaʼlim muassasalariga qoʻyilgan talablar asosida oʻtkazilsin (Jismoniy tarbiya
fani bundan mustasno).
10. Kar, zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
va maktab-internatlarida imtihonlar Ona tili va adabiyot fanidan bayon
va Matematika fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshirilsin.
11. Aqli 
zaif 
bolalar 
uchun 
ixtisoslashtirilgan 
maktab
va maktab-internatlarda faqat Texnologiya fani boʻyicha imtihonlar oʻtkazilsin


hamda imtihonlarni oʻtkazish muddati maktabning Pedagogik kengashi tomonidan
belgilansin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari
boshliqlariga:
imtihonlarga puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun sharoitlar yaratish;
imtihonlari shaffof, adolatli, xolis oʻtkazilishini taʼminlash, imtihonlarning
oʻz muddatlarida oʻtkazilishini nazoratga olish.
tabiiy va texnogen sabablarga koʻra belgilangan muddatlarda imtihon
oʻtkazilishining imkoniyati boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida
imtihonlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab boʻlimlari bilan kelishgan
holda boshqa kunda oʻtkazishga ruxsat berilganligini maʼlumot va ijro uchun qabul
qilish; 
imtihonlarning natijalari, ularni oʻtkazish yuzasidan taklif va mulohazalarni
umumlashtirib, 2024-yilning 3-iyuliga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari
agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy
markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
13. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik
mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova) 2024-yilning
1-avgustiga qadar bitiruv sinflarida yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha
tahliliy maʼlumotni Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash
departamentiga taqdim etsin.
14. Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti
2024-yil 8-aprelga qadar bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasiga
tayyorlanishlari 
uchun 
ishlab 
chiqilgan 
fanlar 
spetsifikatsiyasini
va imtihon materiallari hamda baholash mezonlarini Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun Axborot xizmatiga taqdim
etsin.
15. Axborot 
xizmati 
(D.Sobirova) 
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi (R.Musurmonov) bilan
birgalikda taqdim etilgan fanlar spetsifikatsiyasini va imtihon materiallari hamda
baholash mezonlarini
2024-yil 10-aprelga qadar
vazirlikning rasmiy veb-saytida
eʼlon qilsin va joylashtirsin.
16. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi
oʻrinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin.

Download 181.59 Kb.
  1   2   3




Download 181.59 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining

Download 181.59 Kb.
Pdf ko'rish