Xalq ta’limi vazirining 2019 yil «7» dekabrdagi 393-sonli buyrug‘i ilovasidan ko‘chirma




Download 47.51 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi47.51 Kb.
#41037
  1   2
Bog'liq
393-сонли буйруқ илова
Elektrotexnika va elektronika asoslari labor, Mustahkam iroda kuchli ma’naviyat kafolati, autoref-metody-i-modeli-organizatsii-informatsionnoi-podderzhki-dlya-effektivnogo-formirovaniya-besk, Mikrokredit bank, Doc11, Doc11, hajshajs, 1-mavzu, Chilangarlik ishi, 2 5197428049028581881, 2 5197428049028581883, 2 5197428049028581884, Ma\'lumotlar ba\'zasi m№3, 2-amaliy ish

Xalq ta’limi vazirining 2019 yil «7» dekabrdagi 393-sonli buyrug‘i ilovasidan ko‘chirma
XALQ TA’LIMI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI

Mazkur malaka tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi PQ–4306-son, “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 30 sentabrdagi PQ–4467-son, Vazirlar Mahkamasining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 4 oktabrdagi 795-son, “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 7 iyundagi 472-son, “O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019 yil 12 iyuldagi 577-son, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 21 avgustdagi 702-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilaydi.


1-bob. Umumiy qoidalar


Ushbu malaka tavsiflari xalq ta’limi xodimlari lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ma’lumoti darajasiga qo‘yiladigan eng kam talablar yuzasidan qo‘llanilishi majburiydir.


bob. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining malaka tavsiflari


§. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktori lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


686 (688)

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1319

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat)ning (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
b) maktab o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
v) maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda o‘qituvchilar tomonidan o‘quv rejasining bajarilishini nazorat qilish;
g) o‘quv jarayoniga innovatsion va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga sharoit yaratish, zamonaviy ta’lim usullari va resurslarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
d) maktab faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik masalalarini hal qilish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, maktabni rivojlantirish uchun budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘ topish va moddiy resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, maktabning investitsion jozibadorligini ta’minlash, shuningdek, ta’limiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini va xodimlarning safarbarligini ta’minlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, moliyaviy-xo‘jalik natijalariga shaxsan javob berish;
ye) korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish, Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, maktabning yuksak vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
j) strategik reja asosida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, strategik rivojlanish, harakatlar rejasi ijrosini ta’minlash, maktab faoliyati samaradorligini oshirish uchun baholash va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;
z) o‘quv jihozlari, qurilmalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini ta’minlash, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish, mol-mulkdan samarali foydalanish va ularning saqlanishiga javobgar bo‘lish;
i) pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ehtiyojlarni qoplash choralarini o‘quvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash va ijrosini ta’minlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va joylashtirish, ularning vazifa va majburiyatlarini oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
k) o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va rag‘batlantiruvchi muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish jadvali va maktab ehtiyojlariga mos ravishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish hamda malaka oshirish ishlarini tashkillashtirish, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish uchun davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;
l) jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy, xavfsiz va rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish, maktab qoshidagi Maxsus komissiya faoliyatida obektivlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash uchun sharoit yaratish;
m) o‘quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli ta’lim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini ko‘rish;
n) o‘quvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan sinfga o‘tkazish va bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish ishlarini tashkil qilish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishini yaxshilashga va har birining imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, shuningdek, o‘quvchilar extiyojiga asosan sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish choralarini ko‘rish;
o) o‘quvchilarni darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, darsliklar bilan ta’minlashning ijara tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, darsliklar ijara tizimidan tushgan mablag‘larning jamg‘arilishini nazorat qilish hamda ularning maqsadga muvofiq sarflanishini ta’minlash;
p) ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish;
r) bolalikni himoya qilish bo‘yicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta’minlash;
s) kam ta’minlangan oilalarning 1-11 sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul ta’minlashni tashkil etish;
t) internat turidagi umumta’lim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj o‘quvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
u) o‘quvchilarni milliy an’analar, urf-odatlar bo‘yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
f) maktab xodimlari orasidagi eng faollarini rag‘batlantirish, lavozim vazifalarini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
x) o‘quvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
ch) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish;
sh) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq, qonunchilikda nazarda tutilgan oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan sifatli ish yuritish tizimini shakllantirish;
e) maktabning mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida himoya qilish;
yu) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini;
v) o‘quv va tarbiya sifati, davlat ta’lim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bog‘liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
ye) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish, shartnomalar tuzishni;
j) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
z) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun);
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) umumiy o‘rta (boshlang‘ich) ta’lim maktablari uchun – ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 2 yil ish staji, 5 yil harbiy staj;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun - ta’lim sohasida kamida 5 yil pedagoglik va 10 yil umumiy ish staji mavjudligi;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun
- ta’lim sohasida kamida 10 yil pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 5 yil ish staji.

§. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


914

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1210

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) o‘quv jarayonini tashkil qilish, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv- tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
b) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning o‘quv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;
v) pedagog xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qilish va amalga oshirish;
g) o‘qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqish;
d) maktabda ta’lim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashg‘ulotlar va fanlar to‘garaklarining ishlashini tashkil qilish;
ye) o‘quv xonalarini namoyish va texnik ta’lim vositalari bilan, kutubxonalarni kitoblar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, gazetalar, jurnallar va boshqa axborot manbalari bilan jihozlanishiga rahbarlik qilish;
j) o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqilishini, yosh mutaxassislarga metodik yordam berishni, o‘qituvchilar malakasini, kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasini takomillashtirish;
z) sinf jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlash, sinf rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quv ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlarni tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish;
i) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
k) bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
l) direktor yo‘qligida uning lavozim vazifalarini bajarish.
m) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) pedagogika fanlari va amaliyoti, jamoani boshqarishning samarali usullarini hamda boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;
v) maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
g) davlat ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini;
d) xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
ye) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
j) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
z) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishni;
i) metodik tavsiyalar, o‘quv rejalari va dasturlar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishni;
k) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni;
l) pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasini hamda pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
m) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik staj.
§. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


914

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1210

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
18.Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
b) tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish, sinf rahbarlari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
v) “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” majmuasiga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, shu fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish, o‘quvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
g) maktabda to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash; d) milliy an’analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar misoli asosida
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
ye) o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari, ekskursiya va madaniy ommaviy ishlarni muvofiqlashtirib borish;
j) pedagogik jamoaning ta’til paytidagi faoliyatini, jumladan yozgi o‘quv ta’tili davrida o‘quvchilarning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish;
z) maktabning o‘quv va boshqa xonalarini o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish;
i) maktabning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish;
k) maktabning ilg‘or pedagogik tajriba almashish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
l) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, yuqori malakali o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish;
m) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqishni, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish, o‘qituvchilarning kasb mahoratini, malakasini oshirish ishlarini olib borish;
n) sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta’lim muassasasi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlar tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qilish;
o) o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshirish;
p) san’atkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilishini tashkil qilish;
r) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
s) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
t) bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
u) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) jamoani boshqarishning samarali usullarini hamda boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;
v) bolalarni vatanparvarlik ruhida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash usullarini;
g) o‘z xalqi tarixini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
d) ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini;
ye) xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
j) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
z) pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini;
i) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
k) maktabning tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqishni;
l) metodik tavsiyalar, o‘quv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishni;
m) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni;
n) pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
o) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar (umumiy o‘rta ta’lim maktablari yoki harbiylashtirilgan sinflari bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun);
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik yoki harbiy staj.

§. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) o‘qituvchisi lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


2714
2715

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
3310
2330

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tegishli fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlikni va ularni o‘tkazishni ta’minlash;
b) o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga tayyorlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishlarini xolisona, muntazam baholanishini ta’minlash;
v) davlat ta’lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlash, bilimlarni o‘zlashtirishda nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan guruhlar bo‘yicha va individual ishlash;
g) fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazish, fan to‘garaklarida ishlash, fanlar olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga o‘quvchilarni tayyorlash, o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshirish;
d) o‘quvchilarning darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanishini va ularning saqlanishini nazorat qilish;
ye) o‘quvchilarning davomat va o‘zlashtirish hisobini olib borish, ularning maktab ustavi talablariga rioya qilishlarini ta’minlash;
j) o‘quvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
z) joriy, oraliq va yakuniy testlar (nazorat so‘rovi), imtihonlar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;
i) har bir dars rejalarini, dars o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan didaktik tarqatma va ko‘rgazmali materiallarni ishlab chiqish;
k) o‘ziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, mulk va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini hamda ulardan o‘quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlash;
l) pedagogik kengash, metodik kengash, seminar, trening, majlislarda, ochiq darslarda, hisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
m) o‘quv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
n) pedagogik axloq normalariga rioya qilish, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash, ularning farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha individual uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazish;
o) maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilar shaxsini rivojlantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va kasbgacha tayyorlash masalalari bo‘yicha tegishli ishlar olib borish;
p) mahalla faollari bilan hamkorlikda bolalarni o‘qishga to‘liq qamrab olish, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichlariga jalb qilish masalalari bilan shug‘ullanish;
r) kasb mahoratini muttasil oshirib borish, o‘z faoliyatida ilg‘or ta’lim metodlarini o‘rganish va amalga oshirish, mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qilish;
s) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) davlat ta’lim standartlarini;
v) o‘zi o‘qitadigan o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo‘llanilishi, o‘qitayotgan fan bo‘yicha dars o‘tish metodikasi va tashkil qilish tartibini;
g) o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini;
d) o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini;
ye) o‘quvchilarni faolligini rag‘barlantirib borish va o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimini;
j) pedagogika, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, o‘quv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qo‘llashni;
z) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
13 Malaka talablari:
a) boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
b) fan o‘qituvchisi uchun - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot
va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
v) ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab- internatlarning ixtisoslashtirilgan fan o‘qituvchisi uchun – kamida birinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
g) Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlarini tamomlagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar. Bunda nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi;
d) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

§. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) psixologi lavozimining malakaviy tavsiflari


Tartib raqami


2292

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2444

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchilarni muassasalarda tarbiyalash va o‘qitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
b) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga, ta’lim muassasasi ijtimoiy sohasini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashish va ijtimoiy jihatdan ko‘nika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
v) o‘quvchilar rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli ko‘rinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va maslahat) berish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam berish;
g) turli yo‘nalish va maqsadlarda psixologik tashxis o‘tkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar o‘tkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash;
d) bola ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ish olib borish;
ye) turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
j) o‘quvchilar shaxsining individual yosh xususiyatlari, jinsini hisobga olib ta’lim faoliyatining rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda hayotiy va kasbga yo‘nalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
z) iqtidorli o‘quvchilarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishi va izlanishlariga ko‘maklashish;
i) o‘quvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli ko‘rinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik- pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish;
k) o‘quvchilar, pedagogik jamoa, ota-onalarning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) psixologik va jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantirish;
l) pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
m) o‘quvchilarning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun sharoit yaratish;
n) axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
o) pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash;
p) o‘qituvchilar jamoasi va ota-onalarga o‘quvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari bo‘yicha yo‘nalish berish maqsadida o‘rganish natijalariga ko‘ra psixologik-pedagogik xulosa tuzish;
r) ta’lim muassasasi xodimlarini o‘quvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan psixologiyani amalda qo‘llash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish;
s) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlari va psixologik xizmatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
v) umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh davrlar psixologiyasi, tibbiy psixologiya, maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi xususiyatlarini, bolalar neyropsixologiyasini;
g) psixodiagnostika yutuqlarini, individual farq psixologiyasini, defektologiya asoslarini, psixoterapiya, psixogigiyena, kasbga yo‘naltirish va mehnat psixologiyasini;
d) tashxistlash metodologiyasi va metodikasini, psixopatologiya, individual va guruhlar bo‘yicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlarini, bolaning meyoriy va noto‘g‘ri rivojlanishini tashxislash va tuzatishni, xulq etikasi va madaniyatini;
ye) tadqiqot ishlarini o‘tkazish texnologiyasini, tadqiqot natijalarini kompyuterda qayta ishlashni, psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy ma’lumotlarini;
j) o‘quvchilarning mehnati muhofazasi, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga yo‘naltirish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijtimoiy muhofazasini;
z) eng muhim muammolarni aniqlay olishi va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
i) lavozim majburiyatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha majlislar, suhbatlar o‘tkazish, maslahatlar berishni;
k) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi psixologik yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganlik;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Download 47.51 Kb.
  1   2




Download 47.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ta’limi vazirining 2019 yil «7» dekabrdagi 393-sonli buyrug‘i ilovasidan ko‘chirma

Download 47.51 Kb.