§. O‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped




Download 47.51 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi47.51 Kb.
#41037
1   2
Bog'liq
393-сонли буйруқ илова
Elektrotexnika va elektronika asoslari labor, Mustahkam iroda kuchli ma’naviyat kafolati, autoref-metody-i-modeli-organizatsii-informatsionnoi-podderzhki-dlya-effektivnogo-formirovaniya-besk, Mikrokredit bank, Doc11, Doc11, hajshajs, 1-mavzu, Chilangarlik ishi, 2 5197428049028581881, 2 5197428049028581883, 2 5197428049028581884, Ma\'lumotlar ba\'zasi m№3, 2-amaliy ish

§. O‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped
lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


2717
2718

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2330
2330

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni tuzatishga qaratilgan ishlarni olib borish, ularni tekshirish orqali mavjud bo‘lgan nuqson tarkibi va ifodalanish darajasini aniqlash;
b) ularning ruhiy-jismoniy holatini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun guruhlar tashkil qilish, guruhlar bilan va individual tartibda ularning rivojlanishidagi muammolarni tuzatish, nosoz funksiyalarni tuzatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
v) o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, mashg‘ulot va darslarida ishtirok etish, pedagog xodimlar va ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga rivojlanishida muammosi mavjud bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatishning maxsus metodlari va usullarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berish hamda ular faoliyati bilan bog‘liq zaruriy hujjatlarni yuritish;
g) shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishda, uning ijtimoiylashishida kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va o‘zlashtirishda ko‘maklashish, davlat standartlari doirasida ta’lim berishning turli shakllari, metodlari va vositalarini qo‘llash, ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
d) o‘quvchilarni Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan huquqlarga rioya qilish va erkinliklarini ta’minlash;
ye) o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish, metodik uyushmalar faoliyatida va boshqa ko‘rinishdagi metodik ishlarda qatnashish;
j) ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayotini va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
z) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
i) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) maxsus va yoshlar pedagogikasi hamda psixologiyasini;
v) defektologiyaning anatomik-fiziologik va klinik asoslarini;
g) o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarini oldini olish va tuzatishning metodlari hamda usullarini, ular bilan ishlashda qo‘llaniladigan dasturiy-metodik adabiyotlarni;
d) defektologiya fanining eng yangi yutuqlarini;
ye) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli defektolog (logoped) yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha defektologiya (logopediya) yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

§. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


154

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
3320

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tegishli fan bo‘yicha darslar, mashg‘ulotlarga tayyorgarlikni va ularni o‘tkazishni ta’minlash;
b) o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga tayyorlash, ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlarini xolisona muntazam baholanishini ta’minlash;
v) davlat ta’lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlash, bilimlarni o‘zlashtirishda muammolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan guruhlar bo‘yicha va individual ish olib borish;
g) o‘quvchilarning davomat va o‘zlashtirish hisobini olib borish, ularning maktab ustavi talablariga rioya qilishlarini ta’minlash;
d) o‘quvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
ye) joriy va nazorat so‘rovi o‘tkazish, o‘quvchilarning yozma ishlarini hamda daftarlarini tekshirish;
j) mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan didaktik tarqatma va ko‘rgazma materiallarni ishlab chiqish;
z) o‘ziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan o‘quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlash;
i) pedagogik va metodik kengash, seminar, trening, majlislarda, ochiq darslarda, hisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
k) o‘quv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
l) pedagogik axloq normalariga rioya qilish, ota-onalar bilan ish olib borish, ularning farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha individual uchrashuvlar hamda suhbatlar o‘tkazish;
m) kasb mahoratlarini oshirib borish, o‘z faoliyatiga oid ilg‘or ta’lim metodlarini o‘rganish, mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qilish;
n) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) o‘zi o‘qitadigan o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo‘llanilishini;
v) o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini;
g) o‘qitayotgan fan bo‘yicha dars o‘tkazish metodikasi va tashkil qilish tartibini;
d) o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy va samarali shakllarini hamda nazorat usullarini;
ye) o‘quvchilarni test sinovlaridan o‘tkazish va baholash mezonlarini;
j) pedagogika, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, o‘quv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qo‘llashni;
z) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot.

§. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisining lavozim malaka tavsiflari


Tartib raqami


1548¹

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2330

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasasida Yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosini ta’minlash;
b) yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni singdirish;
v) ta’lim muassasasi o‘quvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va o‘qituvchilardan zarur axborot va ma’lumotlarni olish;
g) ta’lim muassasasida o‘quvchilar muammolarini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rovlar olib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
d) maktab tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofiq o‘qituvchilar, jumladan sinf rahbarlari, tarbiyachilar va boshqa pedagog xodimlar bilan birgalikda g‘oyaviy-axloqiy tarbiya, sport-ommaviy va madaniy tadbirlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
ye) o‘z vazifalarini bajarishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari, sport maktablari va boshqa maktabdan tashqari muassasalar xodimlari bilan hamkorlik qilish; j) iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
z) imkoniyati cheklangan hamda alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilarga ta’lim olishi uchun ta’lim muassasasi tomonidan qulay sharoit yaratishini ta’minlash;
i) darslarni muntazam qoldirib kelayotgan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlarni sinf rahbari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan amalga oshirish;
k) o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, axborot hurujlari va ekstremestik g‘oyalarga qarshi qaratilgan profilaktik ishlarni amalga oshirish;
l) o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng yoyish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlik klublarini tashkil etishga ko‘maklashish;
m) o‘quvchilar o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish;
n) o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga ko‘maklashish;
o) yoshlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni shakllantirish;
p) o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan ta’lim muassasasidagi 5 ta tashabbus doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan madaniyat, san’at, sport, AKT, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyatini tashkil etilishini nazorat qilish;
r) yoshlarning intellektual va shaxsiy rivojlantirishga qaratilgan klublar tashkil etish va ularni yuritish;
s) ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan yoshlar yetakchisining ish rejasida va ta’lim muassasasi rejasida belgilangan tegishli topshiriq hamda chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash;
t) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) yoshlarga oid davlat siyosati va bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarni;
b) ta’lim tizimiga doir meyoriy hujjatlarni;
v) maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablarining mazmunini;
g) tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, o‘qitish metodlarini, gigiyena, pedagogika, psixologiyani;
d) ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini;
ye) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot (pedagog, psixolog, sotsiolog, ijtimoiy ish, menejment ixtisosligiga ega mutaxassis);
b) 35 yoshdan oshmagan;
v) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

bob. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari xodimlarining


malaka tavsiflari

§. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) direktori lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


688

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1319

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
b) maktab-internat ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
v) maktab-internatning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda pedagogik hodimlar tomonidan ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
g) ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning qo‘llanishini nazorat qilish;
d) maktab-internat faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik masalalarini hal qilish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning shakllanishi, ulardan samarali foydalanishini amalga oshirish;
ye) korxona, muassasa va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishda maktab-internat nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish;
j) o‘quv jihozlari, maxsus texnika va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini ta’minlash, maktab-internatning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
z) maktab-internatning pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
i) maktab-internat qoshidagi maxsus komissiyaga rahbarlik qilish, o‘quvchilarning bilimlari sifatini tegishli davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish;
k) pedagog xodimlarni rag‘batlantirish uchun tegishli davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;
l) o‘quvchilarni maktab-internatga qabul qilish va sinfdan sinfga o‘tkazish hamda bir maktab-internatdan boshqasiga o‘tkazish ishlarini tashkil qilish;
m) o‘quvchilarni darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash ishlarini tashkil etish;
n) ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish;
o) bolalikni himoya qilish bo‘yicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta’minlash;
p) kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi bilan bepul ta’minlashni tashkil etish;
r) o‘quvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
s) o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
t) maktab-internat xodimlari vazifalari, lavozim majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng faollarini rag‘batlantirish, o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
u) maktab-internat ixtisosligi bo‘yicha o‘quvchilardagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida sog‘lomlashtirish va korreksion ishlarni tashkil qilish;
f) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
x) o‘quvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
ch) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini, umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;
b) maktab-internat faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini;
v) o‘quv va tarbiya sifati, tegishli davlat ta’lim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bog‘liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) maxsus pedagogika, psixologiya, metodika sohasida qo‘llaniladigan metod va pedagogik texnologiyalarini;
ye) ta’lim muassasasi va pedagog xodimlar faoliyatini tahlil qila olishni, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
j) maktab-internatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish, shartnomalar tuzishni;
z) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
i) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.

§. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari


lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


914

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1210

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim jarayonini tashkil qilish, tegishli davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
b) pedagogik xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning o‘quv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;
v) pedagogik xodimlarga metodik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qilish va amalga oshirish;
g) o‘qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan
rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali hamda boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqish;
d) maktab-internatda nazorat ishlarini tashkil etish, tegishli ta’lim standartlari talablari bajarilishining, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, korreksion mashg‘ulotlar va fanlar to‘garaklarining ishlashini tashkil qilish;
ye) o‘quv xonalarini texnik ta’lim vositalari bilan, kutubxonalarni tegishli axborot manbalari bilan jihozlanishiga rahbarlik qilish;
j) o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqish, yosh mutaxassislarga metodik yordam berish, o‘qituvchilar malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasini takomillashtirish;
z) sinf jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlash, sinf rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quv ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlarni tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish;
i) korreksion yo‘nalishga mos ravishda ta’lim tarbiya jarayonini yangi zamonaviy talablar asosida tashkil qilish;
k) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
l) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini, umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;
b) pedagogika fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;
v) maktab-internat faoliyatini rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
g) maxsus pedagogika, psixologiya, metodika sohasida qo‘llaniladigan metod va vositalarini;
d) tegishli davlat ta’lim standartlari talablari va mazmunini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini;
ye) jamoani boshqarishning samarali usullarini, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish metodlarini;
j) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
z) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
i) ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashni;
k) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan differensial va individual tarzda korreksion pedagogik ishlar olib borishning usullarini;
l) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
m) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) ta’lim muassasa yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki oliy pedagogik ma’lumot va ta’lim muassasa yo‘nalishi bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligi;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.

§. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha


o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


913

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1210

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
b) tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish, sinf rahbarlari va tarbiyachilari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
v) “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” majmuasiga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, shu fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish, o‘quvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
g) maktab-internatda to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash;
d) milliy an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar va buyuk ajdodlar misoli asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish; ye) o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlar,
ekskursiya va madaniy ommaviy ishlarni muvofiqlashtirish;
j) pedagogik jamoaning ta’til paytidagi faoliyati bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish;
z) maktab-internatning o‘quv, yotoq va boshqa xonalarini ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish;
i) maktab-internatning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish, sinf rahbarlari va tarbiyachilarining ishlarini tashkil qilish;
k) ilg‘or pedagogik tajriba almashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
l) pedagogik xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, yuqori malakali o‘qituvchilarning va tarbiyachilarning ilg‘or pedagogik tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;
m) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqishni, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish, tarbiyachilarning kasb mahoratini, malakasini oshirish ishlarini olib borish;
n) sinf rahbarlarining va tarbiyachilarning sinfdan va maktab-internatdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta’lim muassasasi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlar tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qilish;
o) o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligi nazoratini amalga oshirish;
p) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilishini tashkil qilish;
r) korreksion yo‘nalishga mos ravishda ta’lim tarbiya jarayonini yangi zamonaviy talablar asosida tashkil qilish;
s) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
t) sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
u) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini, umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;
b) pedagogika fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikalarini;
v) maktab-internat faoliyatini rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
g) tegishli davlat ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini;
d) jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish metodlarini;
ye) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullarini;
j) xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
z) ta’lim muassasasi va tarbiyachilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini hamda o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashni;
i) maktab-internatning tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqishni;
k) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashni;
l) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan differensial va individual tarzda korreksion pedagogik ishlar olib borishning usullarini;
m) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) ta’lim muassasa yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki oliy pedagogik ma’lumot va ta’lim muassasa yo‘nalishi bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligi;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.

§. Ta’lim muassasasi (maktablar, maktab-internatlar) uslubchisi lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


1718

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2341

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasalari, metodik ishlarni tashkil qilish, muassasalardagi o‘quv- metodik va tarbiyaviy ishlarning holatini va ularning davlat ta’lim standartlariga mosligini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
b) ta’lim muassasalarida to‘garaklar shakllantirishda ishtirok etish, pedagog xodimlarga o‘qitish mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini aniqlashda yordam berish;
v) metodik va axborot materiallarini ishlab chiqishda, ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini rejalashtirishda ishtirok etish;
g) ta’lim muassasalari pedagog xodimlariga tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish;
d) o‘quv, o‘quv-mavzu rejalar, fanlar va o‘quv kurslari bo‘yicha dasturlar tuzish;
ye) o‘quv-metodik hujjatlar, qo‘llanmalar (o‘quv fanlari, qurilmalar namunaviy ro‘yxati, didaktik materiallar va hokazo) ishlab chiqishni, ularga taqriz berishni va tasdiqlashga tayyorlashni tashkillashtirish;
j) muassasaning tajribaviy ishlari natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, ta’lim muassasasi rahbari va mutaxassislarining eng samarali tajribalarini umumlashtirish va uni ommalashtirish ishlarini amalga oshirish;
z) pedagog xodimlarning metodik uyushmalari ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar, olimpiadalar, musobaqalar va hokazolarni o‘tkazish bo‘yicha zarur hujjatlarni ishlab chiqish;
i) ta’lim mazmunini ekspertiza qilish va ilmiy-metodik ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, istiqbolda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik materiallarni nashr qilish rejalarini tuzishda, mualliflarni tanlashda ishtirok etish;
k) nashr etilayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, videomateriallar, audiovizual va boshqa o‘qitish vositalari xususida ta’lim muassasalarini xabardor qilish hamda ta’lim muassasalarning ularga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
l) ilg‘or pedagogik texnologiyalar tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish, o‘qitish va tarbiyalashning samarali texnologiyalarini amalga oshirishni tashkil qilish;
m) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
n) bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
o) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) didaktika tamoyillari pedagogika asoslari va yosh psixologiyasi, o‘qitishning umumiy va xususiy texnologiyalari, o‘zlashtirish metodikasi va o‘quv fanini metodik ta’minlash tamoyillarini;
v) ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil qilish tizimini, uning faoliyat yo‘nalishlarini;
g) ta’lim muassasalaridagi pedagogik ishlarning samarali faoliyat yuritishining shakl va metodlarini aniqlash, umumlashtirish va ularni ommalashtirish metodikasini;
d) ta’lim muassasalari pedagog xodimlari metodik uyushmalari ishi mazmuni va uni tashkil ettirish tamoyillarini;
ye) o‘quv-dasturiy hujjatlar, ixtisosliklar bo‘yicha o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari, o‘quv qurilmalarining namunaviy ro‘yxati va boshqa o‘quv metodik hujjatlarni ishlab chiqish tamoyillari va tartibini;
j) nashriyotlar bilan ishlash asoslarini, metodik va axborot materiallarini tartibga solish tamoyillarini, o‘quv qo‘llanmalari majmuasini yuritish, o‘qitishning audiovizual va interaktiv vositalariga asosiy talablarni;
z) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) pedagogika va defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi qayta tayyorlov kursini tugatganligi va dars berish huquqiga ega ekanligi (kasbiy qayta tayyorlov);
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
§. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) o‘qituvchisi lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


2712

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2310

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) tegishli davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
b) o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga tayyorlash, ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishlarini xolisona muntazam baholanishini ta’minlash;
v) tegishli davlat ta’lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlash, bilimlarni o‘zlashtirishda nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan guruhlar bo‘yicha va individual ish olib borish;
g) qo‘shimcha dars mashg‘ulotlar o‘tkazish, fan to‘garaklarida ishlash, fanlar olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga o‘quvchilarni tayyorlashni amalga oshirish, o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshirish;
d) o‘quvchilar foydalanadigan darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanishni va ularning saqlanishini nazorat qilish;
ye) o‘quvchilarning davomat va o‘zlashtirish hisobini olib borish, ularning maktab- internat nizomi talablariga rioya qilishlarini ta’minlash;
j) o‘quvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
z) joriy, oraliq va yakuniy testlar (nazorat so‘rovi), imtihonlar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;
i) har bir dars rejalarini, dars o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan didaktik tarqatma va ko‘rgazmali materiallarni ishlab chiqish;
k) o‘ziga biriktirilgan sinf xonalari, kabinetlar, laboratoriyalardagi qurilmalar, texnik vositalarning saqlanishini va ulardan o‘quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlash, unga topshirilgan mulk, o‘quv qurilmalari, inventar va ta’lim texnik vositalarini o‘rnatilgan tartibda ishga yaroqli holatda tutish;
l) pedagogik axloq normalariga rioya qilish, ota-onalar bilan ishlash, ularning farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha individual uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazish;
m) korreksion yo‘nalishga mos ravishda ta’lim tarbiya jarayonini yangi zamonaviy talablar asosida tashkil qilish;
n) o‘quvchilar shaxsini rivojlantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;
o) bitiruvchi sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichlariga jalb qilish;
p) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
r) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) o‘zi o‘qitadigan o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo‘llanilishini;
v) o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini;
g) didaktik tamoyillarni, o‘qitayotgan fan bo‘yicha dars o‘tish metodikasi va uni tashkil qilish tartibini;
d) o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini;
ye) o‘quvchilarning faolligi va o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimini;
j) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan differensial va individual tarzda korreksion pedagogik ishlar olib borish usullarini;
z) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik psixologik usullarini;
i) defektologiyaning anatomik-fiziologik va klinik asoslarini;
k) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) korreksion pedagogika, defektologiya sohasi bo‘yicha kamida bakalvr darajasidagi oliy ma’lumot, shuningdek oliy pedagogik ma’lumot va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat sohasi bo‘yicha qayta tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganlik;
b) ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, matematika va musiqadan ta’lim berishi mumkin;
v) zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, musiqadan ta’lim berishi mumkin.
g) sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab- internatlar) uchun - o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalvr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
d) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi (ko‘zi ojiz o‘qituvchilardan tashqari).

§. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)


psixologi lavozimining malakaviy tavsiflari

Tartib raqami


2292

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2444

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning muassasalarda tarbiyalash va o‘qitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
b) ta’lim muassasasi ijtimoiy sohasini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashish va ijtimoiy jihatdan ko‘nika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
v) o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli ko‘rinishdagi psixologik yordam berish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ota-onalar va pedagogik jamoaga muammolarni hal qilishda yordam berish;
g) turli yo‘nalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikani o‘tkazish, ruhiy, jismoniy va aql, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar o‘tkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash;
d) o‘qituvchilar jamoasi va ota-onalarga o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari bo‘yicha yo‘nalish berish maqsadida o‘rganish natijalariga ko‘ra psixologik-pedagogik xulosa tuzish;
ye) o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) shaxsining individual va yoshi, jinsini hisobga olib ta’lim faoliyatini rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarni rejalashtirish hamda ishlab chiqishda ishtirok etish;
j) iqtidorli o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ni psixologik jihatdan qo‘llab- quvvatlash, ularning rivojlanishi va izlanishlariga ko‘maklashish;
z) o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish;
i) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) Bola huquqlari to‘g‘risidadgi Konvensiya, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini, umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;
b) jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
v) umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tibbiy psixologiya, maktab- internatgacha va maktab-internat yoshidagi bolalar psixologiyasi xususiyatlarini;
g) bolalar neyropsixologiyasini, psixodiagnostika yutuqlarini, individual farq psixologiyasini;
d) defektologiya asoslarini, psixoterapiya, psixogigiyena, kasbga yo‘naltirish va mehnat psixologiyasini;
ye) tashxislash metodologiyasi va metodikasini, psixopatologiya, individual va guruhlar bo‘yicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlarini;
j) bolaning meyoriy va noto‘g‘ri rivojlanishini tashxislashni, xulq etikasi va madaniyatini;
z) o‘quvchilarning (tarbiyalanuvchilar) mehnat muhofazasi, sog‘lig‘ini saqlashni;
i) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi psixologik yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganlik;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

§. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) pedagog tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


153¹

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
3320

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) tarbiyalanuvchilarning kundalik hayoti va faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish;
b) tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasi, ijtimoiy va mehnat adaptatsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash;
v) tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy moslashuvi, jamiyatga integratsiyasi va mustaqil hayotga tayyorlash, bolalar reabilitatsiyasi va korreksiyasi sohasida samarali ish metodlari, shakllari va vositalarini qo‘llash;
g) korreksion yo‘nalishga mos ravishda ta’lim tarbiya jarayonini yangi zamonaviy talablar asosida tashkil qilish;
d) maktab-internatda ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuv xizmati tavsiyalari asosida, individual yoki guruh bilan xulq-atvorning meyordan chiqishi, salbiy odatlar profilaktikasi yuzasidan korreksion-rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
ye) ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni vatanparvarlik ruhida, milliy an’ana va qadriyatlar, buyuk ajdodlarimiz ibratli hayoti namunalari asosida tashkil etish;
j) direktor o‘rinbosari bilan birga tarbiyalanuvchilarning davomati, o‘quv fanlarining o‘zlashtirish monitoringini olib borish, maktab-internat bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, tarbiyalanuvchilarning kundalik uy vazifasini bajarilishini nazorat qilish va ko‘maklashish.
z) tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarning xayoti va salomatligi himoyalanishini ta’minlash;
i) tarbiyalanuvchilar tomonidan shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinishi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishining ozodaligi, o‘quv jihozlari va xo‘jalik buyumlarini saqlanishi ta’minlash;
k) tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga ko‘maklashuvchi tadbirlarni amalga oshirish;
l) tarbiyalanuvchilar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha ta’lim olishiga yordam berish;
m) tarbiyalanuvchilar yoshiga mos ravishda va shifokor tavsiyalariga ko‘ra o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, mehnat muhofazasi, mehnat havfsizligiga rioya etilishini ta’minlash, ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish;
n) maktab-internat ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuvi xizmati bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni biror bir kasbga qiziqishlarini shakllantirish, ularni ongli ravishda kasb tanlashiga yordam berish, ta’limni davom ettirishlariga ko‘maklashish, bolalarni oilaga qaytarish yoki oilaviy vasiylik masalasida ish olib borish;
o) tarbiyalanuvchilarning alohida xususiyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini, oilaviy sharoitlarini o‘rganish;
p) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
r) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
Bilishi lozim:
a) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini, umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;
b) yoshga oid umumiy, ijtimoiy, maxsus pedagogikani, pedagogik, ijtimoiy va bolalar psixologiyasini;
v) yosh fiziologiyasi va ijtimoiy gigiyenani, birinchi tibbiy yordam asoslarini, tarbiyaviy va ijtimoiy ishining nazariyasi hamda metodikasini;
g) ijtimoiy-pedagogik va diagnostik metodikalarini, pedagogik fan va amaliyot sohasida, boshqaruv psixologiyasi sohasida mamlakatimizda erishilgan yutuqlarini;
d) bolalarni vatanparvarlik ruhida, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash metodikalarini;
ye) tegishli davlat ta’lim standarti talablari va mazmunini, jamoa boshqaruvining samarali metodlarini, ilg‘or pedagogik texnologiya va ularni joriy etishni;
j) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan differensial va individual tarzda korreksion pedagogik ishlar olib borishning usullarini;
z) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli defektolog (oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog) yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganlik;
b) sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab- internatlar) uchun kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot.

4-bob. Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasi xodimlarining malaka tavsiflari


16-§. Mehribonlik uyi, bolalar shaharchasi direktori lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


589

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1210

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) mehribonlik uyining umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
b) mehribonlik uyining yillik, choraklik va oylik ish rejalarini, ta’lim- tarbiyaviy, ijtimoiy-pedagogik va davolash dasturlarini tasdiqlash hamda bajarilishini nazorat qilish;
v) tarbiyalanuvchilar olayotgan bilim sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar natijasini, tarbiyalanuvchilar bilan olib borilgan ishlarni muntazam ravishda nazoratini amalga oshirish;
g) mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot hodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalari, lavozim majburiyatlarini belgilash hamda ular orasidagi eng faollarini rag‘batlantirish va o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqish;
d) ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan samarali pedagogik va ijtimoiy texnologiyalarning qo‘llanishiga rahbarlik qilish;
ye) mehribonlik uyi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga solish, ajratilgan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan hamda boshqa homiylikdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish;
j) tarbiyalanuvchilarni mehribonlik uyiga qabul qilish va zarurat bo‘lganda boshqa muassasaga o‘tkazishni, ish yuritishni, bitiruvchilarga ta’lim to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlar to‘plamini berishni tashkil qilish;
z) tarbiyalanuvchilarni sifatli kiyim-bosh, oziq-ovqat, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
i) maktab, ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini, jamoat tashkilotlari va homiylikka oluvchi tashkilotlar bilan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish;
k) tarbiyalanuvchilarning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalash, vasiy yoki homiy sifatida majburiyatlarini bajarish;
l) tarbiyalanuvchilarning tarbiyalanishi, o‘sishi, qo‘llab-quvvatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash;
m) tarbiyalanuvchilarning to‘laqonli psixologik reabilitatsiyasi, jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyasi va integratsiyasiga ko‘maklashuvchi, uy sharoitiga yaqin bo‘lgan shart-sharoitni yaratish, sifatli ta’lim va tarbiya olishini, ijodiy va aqliy qobiliyatlarining o‘sishini, hayot va salomatligini muhofaza qilinishini, psixologik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
n) tarbiyalanuvchilarni eng yaxshi milliy an’analar, urf-odatlar bo‘yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni, vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qilish;
o) pedagogik va tibbiyot xodimlarining mehnat qilishi va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
p) korxona, muassasa, tashkilotlar, turli xorijiy firmalar bilan shartnomalar tuzish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish;
r) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
s) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) mehribonlik uyi faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalar tuzish tartibini;
v) jamoani boshqarishning samarali usullarini, ta’lim va tarbiya sifati, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) pedagogika, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, bolalar fiziologiyasini;
ye) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
j) mehribonlik uyi pedagog va tibbiyot hodimlari faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarni aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini;
z) mehribonlik uyini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim-tarbiya muassasasini boshqaruv tarkibini tuzishni;
i) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
g) kamida besh yillik pedagogik ish staji.

17-§. Mehribonlik uyi, bolalar shaharchasi direktorining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


915¹

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1319

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) tarbiyalanuvchilar, pedagog-tarbiyachilar, ota-onalarga ijtimoiy psixologik pedagogik yordam va kuzatuvni olib borish, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy himoyalanishiga rahbarlik qilish;
b) mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha yillik, choraklik istiqbolli rejalarini tuzish, ijtimoiy-pedagogik faoliyatining maqsad, vazifa va metodlarini belgilash, ijtimoiy-pedagogik, psixologik kuzatuvi xizmatini boshqarish;
v) tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, psixologiya profilaktika, korreksion, konsultativ va reabilitatsiya ishlarini olib borish hamda ularning har biri uchun pedagog tarbiyachi, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda bolaning himoya dasturini ishlab chiqish;
g) mehribonlik uyida qulay psixologik muhit yaratilishini, ma’naviy sog‘lom va insonparvarlik munosabatlarining o‘rnatilishini, tarbiyalanuvchilarning havfsizligi va salomatlik muhofazasini ta’minlash;
d) tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hamda ijtimoiy muammolarini hal qilish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, vasiy sifatida barcha tashkilotlarda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
ye) pedagogik jamoa ishlariga ijtimoiy, psixologik yo‘nalish bo‘yicha metodik rahbarlik qilish, mehribonlik uyi hodimlari, tarbiyalanuvchilari bilan psixologik- profilaktik, konsultativ, ta’limiy (seminar, trening) faoliyatni olib borish;
j) tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va farzandlikka oluvchi shaxslar bilan olib boriladigan konsultativ hamda reabilitatsiya ishlarga rahbarlik qilish;
z) vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasalari, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, ijtimoiy muhofaza qilish mutaxassislari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish;
i) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi bolalar huquqlarini muhofaza qilishga va umumiy o‘rta ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) yoshga oid umumiy, ijtimoiy, maxsus pedagogikani, pedagogik, ijtimoiy va bolalar psixologiyasini, yosh fiziologiyasi va ijtimoiy gigiyenani;
v) birinchi tibbiy yordam asoslari, tarbiyaviy va ijtimoiy ishining nazariyasi va metodikasini, ijtimoiy-pedagogik va diagnostik metodikalarini;
g) pedagogik fan va amaliyot hamda boshqaruv psixologiyasi sohasida mamlakatimizda xalqaro tajribalarda erishilgan yutuqlarni, bolalarni ma’naviy- ahloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullarini;
d) xalqimizning tarixini, muassasa faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini, davlat ta’lim standartlari talablari mazmunini;
ye) jamoa boshqaruvining samarali usullarini, xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizim va metodlarni;
j) ilg‘or pedagogik, ijtimoiy texnologiya va ularni joriy etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish metodlarini, malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
z) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
i) pedagog xodimlar faoliyatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal qilish yo‘llarini;
k) tadbirlar, seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha ijtimoiy-psexologik va pedagogik dasturlarni ishlab chiqishni;
l) mehribonlik uyida ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyat monitoringini olib borish, pedagogik jamoada ijobiy psixologik muhitni yaratishni.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik yoki ijtimoiy ish yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) kamida uch yillik pedagogik yoki ijtimoiy ish staji.

18-§. Mehribonlik uyi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, bolalar shaharchasi direktorining


tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


913

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
1210

Xodimlar toifasi


Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
a) ma’naviy-ahloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish, guruh tarbiyachilari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
b) ta’lim-tarbiyaviy dastur va rejalarning tarbiyachi-pedagog va boshqa pedagog hodimlar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
v) ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini, tarbiyalanuvchilarning mustaqil dars tayyorlash natijalarining xolisona baholanishini doimiy ravishda sistemali nazorat qilish, rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar va boshqa ta’lim-tarbiya ish turlari sohasida tarbiyachilarga maslahatlar berish, shu sohada amalga oshirilgan ishlarning shakli va mazmunini nazorat qilish;
g) mehribonlik uyi, bolalar shaharchasida o‘quvchilarning davomati, hulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligini, to‘garaklar, klub va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash;
d) milliy an’analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, ekskursiya va madaniy tadbirlarni amalga oshirish;
ye) tarbiyachilar bilan birga tarbiyalanuvchilarning o‘quv fanlar o‘zlashtirishi, darslar davomatini monitoring qilish, maktablar bilan hamkorlik qilish;
j) tarbiyalanuvchilarning kun tartibini tashkil etish, mehribonlik uyi bitiruvchilari va ular ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilish;
z) pedagog hodimlarning ishini, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni monitoringini olib borish hamda tajriba almashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, zarur ta’lim- tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik metodikalar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, kutubxona faoliyatni nazorat qilish;
i) pedagog hodimlarga innovatsion dastur va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasida yordam ko‘rsatish;
k) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yilishida ishtirok etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;
l) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi bolalar huquqlarini muhofaza qilishga va umumiy o‘rta ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) pedagogik fanlari va amaliyotini, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikalarini;
v) davlat ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini;
g) jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
d) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
ye) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
j) mehribonlik uyi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashni;
z) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) kamida uch yillik pedagogik ish staji;

19-§. Mehribonlik uyi, bolalar shaharchasi pedagog tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


156

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2349

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) tarbiyalanuvchilarning kundalik hayoti va faoliyatini rejalashtirish;
b) tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasi, ijtimoiy va mehnat adaptatsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash;
v) tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi, jamiyatga integratsiyasi va mustaqil hayotga tayyorlash, deviantli (meyordan chiqib ketgan xulq-atvorli) bolalar reabilitatsiyasi sohasida samarali ish metodlari, shakllari va vositalarini qo‘llash;
g) mehribonlik uyida ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuv xizmati tavsiyalari asosida, alohida yoki guruh bilan xulq-atvorning meyordan chiqishi, salbiy odatlar profilaktikasi yuzasidan korreksion-rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
d) ta’lim-tarbiya jarayoni ma’naviy-ma’rifiy ishlarini barkamol, yuksak ma’naviyatli, jismonan baquvvat, tashabbuskor, ijodiy fikrlovchi, erkin, mustaqil shaxsni vatanparvarlik ruhida, milliy an’ana va qadriyatlar, buyuk ajdodlarimiz ibratli hayoti namunalari asosida tashkil etish;
ye) direktor o‘rinbosari bilan birga tarbiyalanuvchilarning davomati, o‘quv fanlarining o‘zlashtirish monitoringini olib borish, maktab bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, tarbiyalanuvchilarning kundalik uy vazifasini bajarilishini nazorat qilish va ko‘maklashish, umumta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs sifatida ota-onalar majlisida qatnashish;
j) tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarning xayoti va salomatligi himoyalanishi va mustahkamlanishini ta’minlash;
z) tarbiyalanuvchilar tomonidan shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinishi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishining ozodaligi, o‘quv jihozlari va xo‘jalik buyumlarining saqlanishini ta’minlash;
i) tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga ko‘maklashuvchi tadbirlarni amalga oshirish;
k) tarbiyalanuvchilar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha ta’lim olishiga, badiiy faoliyatiga, texnika ijodiga, sport seksiyalariga, to‘garaklarga hamda bolalar qiziqishlariga muvofiq, boshqa uyushmalarga jalb etgan holda yordam berish;
l) tarbiyalanuvchilar yoshiga mos ravishda va shifokor tavsiyalariga ko‘ra o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, mehnat muhofazasi, mehnat havfsizligiga rioya etilishini ta’minlash;
m) mehribonlik uyi ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuvi xizmati bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni biror bir kasbga qiziqishlarini shakllantirish, ularni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish va ongli ravishda kasb tanlashiga yordam berish, ta’limni davom ettirishlariga ko‘maklashish, bolalarni oilaga qaytarish yoki oilaviy vasiylik masalasida ish olib borish;
n) tarbiyalanuvchilarning alohida xususiyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini, oilaviy sharoitlarini o‘rganish, ota-onalar va tarbiyalanuvchilarga yaqin bo‘lgan shaxslar bilan aloqa o‘rnatish;
o) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi bolalar huquqlarini muhofaza qilishga va umumiy o‘rta ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) yoshga oid umumiy, ijtimoiy, maxsus pedagogikani, pedagogik, ijtimoiy va bolalar psixologiyasini;
v) yosh fiziologiyasi va ijtimoiy gigiyenani, birinchi tibbiy yordam asoslarini;
g) ijtimoiy-pedagogik va diagnostik metodikalarini, pedagogik fan va amaliyot sohasida, boshqaruv psixologiyasi sohasida mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni;
d) bolalarni vatanparvarlik ruhida, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash metodikalarini;
ye) davlat ta’lim standarti talablari va mazmunini, jamoani boshqarishning samarali metodlarini, ilg‘or pedagogik texnologiya va ularni joriy etishni;
j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot.

20-§. Mehribonlik uyi psixologi lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami


2292

Mashg‘ulotlarning milliy standart


klassifikatori bo‘yicha kodi
2444

Xodimlar toifasi


Mutaxassis
Lavozim vazifalari:
a) tarbiyalanuvchilar, pedagog-tarbiyachilar, ota-onalarga ijtimoiy psixologik pedagogik yordam va kuzatuvni olib borish, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy himoyalanishiga rahbarlik qilish;
b) mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha yillik rejalarini tuzish, ijtimoiy-pedagogik faoliyatining maqsad, vazifa va metodlarini belgilash, ijtimoiy-pedagogik, psixologik kuzatuvi xizmatini boshqarish;
v) tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, psixologiya profilaktika, korreksion, konsultativ va reabilitatsiya ishlarini olib borish hamda ularning har biri uchun pedagog tarbiyachi, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda bolaning himoya dasturini ishlab chiqish;
g) mehribonlik uyida qulay psixologik muhit yaratilishini, ma’naviy sog‘lom va insonparvarlik munosabatlarining urnatilishini, tarbiyalanuvchilarning havfsizligi va salomatlik muhofazasini ta’minlash;
d) tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hamda ijtimoiy muammolarini hal qilish, ijtimoiy jihatdan qullab-quvvatlash, vasiy sifatida barcha tashkilotlarda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
ye) pedagogik jamoa ishlariga ijtimoiy, psixologik yunalish buyicha metodik rahbarlik qilish, mehribonlik uyi hodimlari, tarbiyalanuvchilari bilan psixologik- profilaktik, konsultativ, ta’limiy (seminar, trening) faoliyatni olib borish;
j) tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va farzandlikka oluvchi shaxslar bilan olib boriladigan konsultativ hamda reabilitatsiya ishlarga rahbarlik qilish;
z) vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasalari, tarbiyalanuvchilarning ota- onalari, ijtimoiy muhofaza qilish mutaxassislari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish;
i) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi bolalar huquqlarini muhofaza qilishga va umumiy urta ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) yoshga oid umumiy, ijtimoiy, maxsus pedagogikani, pedagogik, ijtimoiy va bolalar psixologiyasini, yosh fiziologiyasi va ijtimoiy gigiyenani;
v) birinchi tibbiy yordam asoslari, tarbiyaviy va ijtimoiy ishining nazariyasi va metodikasini, ijtimoiy-pedagogik va diagnostik metodikalarini;
g) pedagogik fan va amaliyot hamda boshqaruv psixologiyasi sohasida mamlakatimizda xalqaro tajribalarda erishilgan yutuqlarni, bolalarni ma’naviy- ahloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullarini;
d) xalqimizning tarixini, muassasa faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini, davlat ta’lim standartlari talablari mazmunini;
ye) jamoa boshqaruvining samarali usullarini, xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizim va metodlarini;
j) ilg‘or pedagogik, ijtimoiy texnologiya va ularni joriy etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga quyish metodlarini, malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
z) pedagog xodimlar faoliyatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal qilish yullarini;
i) tadbirlar, seminar-treninglar o‘tkazish buyicha ijtimoiy-psexologik va pedagogik dasturlarni ishlab chiqishni;
k) mehribonlik uyida ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyat monitoringini olib borish, pedagogik jamoada ijobiy psixologik muhitni yaratishni;
l) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
60. Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi psixologik yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganlik;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Download 47.51 Kb.
1   2




Download 47.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. O‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped

Download 47.51 Kb.