• YO`LDOSHEV TOHIRNING TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Tabiiy resurslarning turlari va ulardan foydalanish”
  • TABIIY RESURSLARNING TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH REJA: KIRISH
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 3 KIRISH
  • .TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH TURLARI
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi




    Download 1.31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana31.03.2023
    Hajmi1.31 Mb.
    #47860
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tohir tabiat
    Nilufar, 1 amaliy, 11, Adabiyot, Tojibayeva Dilafruz 2, Elmira apa maǵlıwmat, Azizov Boburmirzo, Malumotlar Bazasi ish 1, AIP Conference Proceedings Template, Raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar reja Analogli, 1155673, analiz-sposobov-organizatsii-setey-peredachi-dannyh-dlya-postroeniya-sovremennyh-mfsb-v-ugolnyh-shahtah, kc66T4XT7WzfwrKW65UVERBQnZJryjUKKi5f9ADf, 16 mavzu graflarning berilish usullari Qo`shnilik va intsedentl



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
    TABIIY FANLAR FAKULTETI 
    GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 
    4-BOSQICH G219-GURUH TALABASI 
    YO`LDOSHEV TOHIRNING 
    TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI 
    FANIDAN “Tabiiy resurslarning turlari va ulardan foydalanish” 
    MAVZUSIDA YOZGAN 
    TerDU__2022-2023 
    Topshirdi: ______________ 
     
    Qabul qildi: ______________ 



    TABIIY RESURSLARNING TURLARI VA ULARDAN 
    FOYDALANISH
    REJA: 
    KIRISH 
    1.Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish turlari 
    2. Mineral resurslar geografiyasi 
    3. Agroiqlimiy va kosmik resurslar va ulardan foydalanish 
    4. Yer va suv resurslari va ulardan foydalanish 
    5. Biologik va geotermal resurslar va ulardan oqilona foydalanish geografik 
    asoslari 
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
     



    KIRISH 
    “Barchamizga ayonki, O`zbekistan boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli 
    iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega”[1] 
    Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy 
    ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda 
    insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning 
    barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari.
    Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, 
    mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi 
    kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan 
    (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik 
    elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi.[5] 
    Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal 
    rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada 
    dolzarblashib bormoqda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi 
    kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur 
    boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat 
    resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), 
    oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) 
    tuzishdan iborat.
    Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish 
    Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil, 15 
    dekabr)ga muvofiq olib boriladi. Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 
    3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash 
    ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti 
    hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari turlari ham 
    kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. 
    Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari 
    oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab chiqarilmoqda. Dunyo 
    okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi 



    yoʻlida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni 
    taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda.
    Tabiiy resurslarga: havo, suv, tuproq, turli xil rudalar, yoqilg’i va energiya manbalari 
    ko’mir, neft, gaz, turli xil yog’ochlar hamda yovvoyi o’simliklar va hayvonlar kiradi. 
    Bularning hammasi yer planetasida mavjud bo’lgan tabiiy resurslardir. Bundan 
    tashqari kosmik resurslar ham mavjud. Kosmik resurslarga quyoshdan kelayotgan 
    nur, meteoritlar va boshqalar kiradi.
    Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilishni to’g’ri 
    tushuntirish uchun ularni turlarga bo’lib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi: 
    1. Qazilma boyliklar; 
    2. Iqlim resurslari; 
    3. Suv va havo resurslari; 
    4. Tuproq resurslari; 
    5. O’simlik resurslari; 
    6. Fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo’lgan hamma 
    hayvonlar) resurslari; 
    7. Atom resurslari; 
    8. Biosfera resurslari; 
    9. Kosmik resurslar; 
    Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar: 
    a) Tugaydigan 
    b) Tugamaydiganlarga bo’linadi. 
    Tugaydigan resurslar. Bular o’z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta 
    tiklanadigan resurslarga bo’linadi.[13] 
    Xomashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq 
    muddatga yetishini taʼminlaydi. 
    Biz bu kurs ishida jahondagi tabiiy resurslarning turlari haqida, mineral 
    resurslar haqida tabiiy resurslardan foydalanishning geografik asoslari hamda 
    tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslar haqida ma`lumot beramiz. 



    1.TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH TURLARI 
    Tabiat bilan jamiyatning o’zaro munosabati murakkab jarayon bo’lib, u 
    zamon va makonda tez o’zgaruvchandir. Inson tabiat boyliklaridan qancha ko’p 
    foydalansa, tabiat ham unga shuncha «tashvish» keltiradi Binobarin, tabiat 
    boyliklaridan ehtiyojga yarasha foydalanish va ularning o’rnini muntazam ravishda 
    to’ldirib, tabiatni doimo boyitib borish asosiy omil bo’lmog’i hamda unga so’zsiz 
    amal qilinmog’i lozim. Shundagina o’zaro munosabat ijobiy tusga ega bo’ladi, tabiat 
    insondan o’z saxovati va mehrini ayamaydi. Insonning tosh atsridan to shu vaqtga 
    qadar tabiatga bo’lgan ta’siri atsta sekin ortib borgan. [18] 
    Eng qadimgi odamlar — arxantroplarning— suyak qoldiqlari va tosh qurollari 
    ekvatorial va tropik mintavqalarda topilgan. Afrikada (Efiopiya) bundan 3 mln. yil 
    avval yasalgan tosh qurollar topilganki, bu hol o’sha vaqtlarda issiq va nam iqlimiy 
    sharoitda (Qadimgi odamlar yashash uchun tabiat bilan dastlabki munosabatda 
    bo’lganliklarini bildiradi, Eng sodda va oddiy tosh qurollardan foydalanila 
    boshlanishi ularning tabiat inom ehsoni meva chevani terib iste’mol qilishdan, 
    yeyish mumkin bo’lgan barcha narsalardan ovqat sifatida foydalanishga o’tishga 
    imkon bergan, Bu hol eng avvalo ovchilikning yuzaga kelishiga olib keldi.
    Ovchilik qadimgi odamlarni tropik o’rmonlarda ekologik jihatdan tabiatga 
    qaramligini kamaytirdi. Bundan taxminan million yil muqaddam arxantroplar 
    tropikekvatorial mintaqadan chiqib, mo’’tadil mintaqaga o’tdilar, Binobarin, 
    qadimgi odamlar Yer yuzida katta hududlarga "tarqalib hayot kechira boshladilar. 
    Bundan 300—400 ming yil avval qadimgi odamlar olovdan muntazam 
    foydalanadigan bo’ldilar.
    Olovning ixtiro qilinishi va undan foydalanish odamning turli joylarda 
    joylashib, hayot kechirishida yangi bosqichni boshlab berdi. Olov insonning ovqat 
    turlari xilma xilligini ko’paytiribgina qolmay, balki uni tayyorlashta ham imkoniyat 
    yaratdi. Olov yordamida ov qurollari yasash ancha takomillashdi. Bu hol muste 
    davrida ayniqsa keng rivojlandi. Bu vaqtlarda qadimgi odamlarning tabiat bilan 
    bo’lgan munosabatlarida unchalik zararli oqibatlar yuzaga kelmagan, balki turli ov 
    hayvonlarining miqdor jihatidan kamayishi yuz bergan. Bundan 12—15 ming yil 



    burun (mezolit) O’zbekiston hududida ijtimoiy jamoa tuzumida yangi davr 
    boshlandi. Mehnat qurollarining takomillashishida katta yutuqlar yuz berdi: 
    nayzalarni uzoqqa otuvchi moslama ishlab chiqildi, kamon va yoy amalda qo’llanila 
    boshlandi, bu voqea insoniyat tarixida katta yutuqlardan biri edi. o,v qurollarining 
    takomillashishi natijasida tez yuguradigan va uchuvchi qushlarni ov qilishga ham 
    imkon yaratildi. Sopol idishlar ishlab chiqish ham shu davrga to’g’ri keladi.
    Neolit (yanpi tosh asri) da loydan ishlangan idishlarni olovda kuydirishga 
    o’tildi. Bu qadimgi odam hayotida yangilik edi. Xuddi shu davrdan boshlab sodda 
    dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanila boshlangan. Shuningdek
    eramizdan avvalgi III minginchi yillarda rudadan mis eritib olinib, umdan turli 
    mehnat qurollari Yasash boshlandi. Dehqonchilikda donli ekinlar ekishga kirishildi, 
    liman usulida (erlarli pol qilib bostirib) sug’orish (Nurota tizmasining shimoliy yon 
    bag’ri etaklarida) boshlandi, uy hayvonlarini boqish va «ko’paytirish bilan (Janubiy 
    Orolbo’yi) shug’ullaniladigan bo’ldi. Bronza metalini quyib, turli xo’jalik qurollari 
    ishlab chiqarilishi natijasida (bu davr bronza davri deb yuritiladi) dehqonchilik va 
    hunarmayadchilikda katta yutuqlarga erishila boshlandi.
    Metall omochniing qo’llanila boshlanishi dehqonchilikning tez rivojlanishiga 
    ta’sir ko’rsatdi. Eramizdan avvalgi II minginchi yillarda Amudaryo, Sirdaryo, 
    Zarafshyun, Qashqadaryo etaklarida taqirlar liman usulida sug’orila boshlandi 
    (Zamonbobo ko’li atrofida, Quyi Zarafshon, Suyargan o’zani, Jonbos qal’a, Quyi 
    Amudaryo va b.). Unchalik uzun bo’lmagan oddiy ariqlar ishga tushirildi. 
    Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda tog’li hududlarda temur rudasi eritilib, undan 
    ilk bor temir olina boshlangan.[18] 
    Mis, bryunza, temir va boshqa metallarni quyish avvallari «pista ko’mir» 
    asosida amalga oshirilgan, keyinchalik qo’ng’ir ko’mirdan foydalanishga o’tilgan. 
    Mezolit, neolit, bronza va eramizdan avvalgi II—I miyaginchi yillarda O’zbekiston 
    hududida tabiat bilan. ibtidoiy jamoa o’rtasidagi munosabatlar joylarda umuman 
    kuchsiz va o’rtacha o’zgarishlarga sabab bo’lgan. Albatta, tabiatdagi bu o’zgarishlar 
    to’la tiklanish kobiliyatiga ega edi. Tabiatga, ayrim juda kichik maydonlar (metallar 
    huyilgan joylar) ni hisobga olmasa, unchalik kuchli ta’sir ko’rsatilmagan. 



    O’zgarishlar, ko’proq o’simlik, hayvonot dunyosi, ba’zi joylarda tuproq bilan 
    byug’liq bo’lib, vaqt o’tishi bilan ularning avvalgi tabiiy holati to’liq tiklanib turgan. 
    Umuman olganda, tabiat bilan jamiyat o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlar sodir 
    bo’lmagan. tabiatda faqat ayrim hududlarda hayvonot dunyosining miqdor jihatidan 
    kamayishi ro’y bergan, ammo bironta ham hayvon turi qadimgi odam tomonidan 
    qirib yuborilmagan. Ayrim turlarning yo’qolishiga esa tabiiy sharoitning keskin 
    o’zgarishi (tog’larda muzlik maydonining bir necha barobar ortib ketishi va 
    iqlimning sovib ketishi) sabab bo’lgan.
    Eramizdan avvalgi VI—IV asrlarda Quyi Amudaryo, Quyi Sirdaryo, 
    Zarafshon daryosining etaklarida, Farg’ona vodiysining yoyilmalarida katta 
    maydonlarda sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanilgan. Eramizdan avvalgi 
    minginchi yillarning o’rtalarida Turkiston o’lkasi hududi inirigatsiyasi tarixida 
    yangi bosqich boshlandi: katta ariqlar (janallar) qazilib, ularning bosh qurilma 
    inshootlari yaratildi, daryo deltalarida katta maydonlarda muntazam sug’orishga 
    o’gildi. Ko’pgina hozirgi yirik sug’orish kanallari o’sha vaqtlarda, ya’ni kushoniylar 
    davrida (eramizning I— IV asrlarida) qurilgan yoki (qaytadan tiklangan. Masalan, 
    Toshkent vohasidagi Bo’z suv, Salor, Samarqand vohasida Eski Angor, Tuyatortar, 
    Buxoro vohasida Shohrud, Romitonrud, Xorazm vohasida Qirqqiz, Chermenyob va 
    b. I asrda Zarafshon va Qashqadaryoning quyi qismlaridagi sug’oriladigan 
    yerlarning jami maydoni taxminan 600 ming ga atrofida bo’lgan. Amudaryo va 
    Sirdaryoning quyi oqimlarida jami bo’lib, 3,5—3,8 mln. ga yer sug’orilgan. Lekin 
    aslida yerdan foydalanish joeffytsienti yiliga 10—15% dan oshmagan. Chunki o’sha 
    vaqtlarda odamlar hali yerning sho’rlanishi, qum bosishi, botqoqlanish kabi 
    hodisalar bilan kurasha olmaganlar. [5] 
    Yer sho’rlana boshlagandan so’ng uni tashlab, yangi yerni o’zlashtirganlar, u 
    ham yo sho’r, yo qum boyishi, yo botqoqlanishi natijasida tashlanib, yangi yerlarga 
    o’tilgan. Shu tariqa katta maydonlarni sug’orishga erishilgan. Urug’qabila 
    tuzumining inqirozga yuz tutishi va feodal jamiyatning boshlanishida, ayniqsa, VII 
    asrdan e’tiboran Turkiston hududida irrigatsiya va sug’orma dexkonchilik tez 
    sur’atlarda taraqqiy «ila boshlagan va IX—XIII asrlarda ayniqsa keng maydonlarga 



    yoyilgan. Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimlarida muntazam sug’oriladigan 
    yerlarning maydoni 1,4 mln. ga atrofida bo’lgan. Bu hozirgi vaqtda o’sha yerlardagi 
    sug’oriladigan yerlar maydonidan ham ko’p. 1914 yilga kelib jami foydalanishda 
    bo’lgan sug’oriladigan yerlar maydoni O’zbekiston hududidan 1817,5 ming ga ni 
    tashkil etgan. Yuqorida aytilganidek, sug’oriladigan dehqonchilik ibtidoiyjamoa 
    tuzumidan to XX asr boshlariga qadar (1914 yil) Turkiston hududida katta 
    maydonlarda amalga oshiriladi. Biroq bu yerlarning hammasi ham sug’orma 
    dehqonchilikda muntazam foydalanib kelinmagan.
    Buning asosiy sababi tabiat qonuniyatlarini yaxshi bilmaslik, tabiat 
    komlonentlari orasidagi o’zaro bog’liqliklarvi yaxshi anglamaslik bilan bog’liq 
    bo’lgan. Dehqon va miroblar taqirli yerlar va taqirlarniig. o’ziga xos xususiyatlarini 
    to’liq hisobga olmagan holda sug’organlar. Buning okibatida sug’orilgan yerlarda 
    2—3 yildan so’ng sho’rlanish, ba’zan botqoqlanish boshlangan, natijada ular partov 
    va tashlandiq yer sifatida foydalanishdan chiqib qola bergan. Hozirda 
    Amudaryoning Oqchadaryo, Sariqamisholdi deltalarldagi yaylovdan iborat sho’rtob 
    taqirli yerlar, taqirlar va sho’rtoblar, kumliklar o’sha hodisalarning guvohi 
    hisoblanadi. Ularda turli asrlarda qurilgan sug’orish kanallarining izlari va hatto 
    sug’orilgan yerlarning o’rinlari yaxshi saqlanib qolgan.
    Chunonchi, hozirgi quruq Daryoliq, Dovdan, Uzboy, Oqchadaryo o’zanlari 
    atrofidagi, shuningdek, Amudaryoning hozirgi deltasining shar)qiy qismidagi quruq 
    o’zanlar atrofidagi taqirli yerlar va taqirlarning bir vaqtlar sug’yurilganligi yaxshi 
    sezilib turadi. Oqchadaryo deltaeining janubiy qismi va Qizilqum bilan o’zaro 
    tutashgan joyda Ayozqal’a, Qirqqiz, Oqchako’l oralig’idagi bir necha o’nlab tuproq 
    qal’alar birbirlaridan hozirda qumliklar va ko’chib yuruvchi qumlari bilan ajralib 
    turadi. Odam bu yerlarni o’zlashtirishga kirishishidan oldin shu joylarda harakatdagi 
    qumlar bo’lmagan, ularning vujudga kelishi qadimda yerlarni sug’orishda ularni 
    eroziyaga beriluvchanligini e’tiborga olmaslik, yaylovlardan noto’g’ri foydalanish 
    bilan bog’liq. Xuddi shu sabab tufayli Buxoro va Qorako’l vohalarining atroflarida, 
    shuyaingdek, Paykend hududida katta maydonlarda sho’rxoklar va ko’chib yuruvchi 
    qumlar vujudga kelgan. Tog’ etaklari va yonbag’irlari ibtidoiy, keyinchalik feodal 



    jamiyatlarida oziqovqat va yemxashak yig’ish, qurilish uchun yog’och, yoqilg’i 
    uchun o’tin, metall eritish uchun «pista ko’mir» tayyorlash, ovchilik qilish makoni 
    bo’lib xizmat qilgan. Hususan, tog’larning hozirgi manzarasi feodalizm jamiyati 
    davrida shakllangan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Gap shundaki, Turkiston 
    hududidagi tog’lar bundan oldingi jamiyatlar davrida sezilarli darajada zarar 
    ko’rmagan. Balki urug’qabila tuzumi davrida tog’larning kuyi qismlaridagi 
    daraxtlaryaing qirqilishi, daryo yoqalaridagi to’qayzorlarning ayrim hududlaridagi 
    dovdaraxtlari va butalari zarar ko’rgan bo’lishi mumkin.
    Turkiston hududida VII asrdan boshlab feodal tuzumning tobora kuchayishi, 
    ayniqsa, IX asrdan e’tiboran kuchli davlatlarning tarkib topishi (somoniylar —IX—
    X asrlar, qoraxoniylar—XI—XII asrlar, xorazmshohlar—XII— XIII asrlar, keyingi 
    asrlarda temuriylar va b.), yangi shaharlarning bunyod etilishiga, ko’plab 
    qurolaslaha 
    ishlab 
    chiqarishga, 
    mehnat 
    qurollarini 
    tayyorlashga, 
    hunarmandchilikning taraqqiy qilishiga, sug’orma va lalmi dexkonchilikning 
    rivojlanishiga katta miqyosda ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Albatta, o’sha vaktlarda 
    ko’pgina sohalarning asosiy xom ashyosi yog’och bo’lgan, u yokilg’i, qurilish, 
    hunarmandchilik, «pista ko’mir» tayyorlash va boshqa ko’pgina yumushlarda keng 
    foydalanilgan. Shuning uchun bo’lsa kerak G’arbiy Tyanshan tizmalari, Zarafshon, 
    Nurota, Turkiston, Hisor, Oloy va boshqa tog’larning yon bag’irlaridagi o’rmonlar 
    ayni o’sha kezlarda ko’plab kesilgan. Archa daraxtiga hammadan ham ko’p qiran 
    keltirilgan, chunki archa yog’ochiga ishlov berish oson, chirishga juda ham 
    chidamli, bo’yi 10—12 m va undan ham ortiq. Archa ko’proq binokorlikda, ko’prik 
    qurilishida, asov daryolarning qirg’oqlarida yuvilishga qarshi to’siqlar yaratishda, 
    hunarmandchilikda ko’plab ishlatilgan.
    Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent, Uratepa, Xo’jand, Qarshi, 
    Farg’ona vodiysi shaharlari, Quyi Amudaryodagi shaharlar va boshqa ko’plab 
    tarixiy ahamiyatla ega bo’lgan o’rta asr shaharlaridagi (deyarli barcha) imarotlarning 
    yog’ochi tog’lardan keltirilgan archadan iborat. Mutahassislarning XIX asr 
    oxirlarida yozgan tassurotlariga ko’ra, Zarafshon daryosida har yili Turkiston va 
    Zarafshon tog’ yon bag’irlaridan Samarqandga qarab 120 tasol oqizilgan, har bir 


    10 
    solda 220 ta archa xodasi bo’lgan. Panjikentdan Samarqanddagi qurilishlar uchun 
    har yili 30 ming archa xodasi yuborib turilgan. Agarda Zarafshon daryosi orqali 
    Samarqand, Buxoro shaharlaridagi qurilishlarga XIII—XIX asrlar mobaynida 
    o’rtacha 20—30 ming archa xodasi yuborilganligi e’tiborga olinsa,, Qanchadan 
    qancha daraxtlarning ayovsiz qirqilganligi va tog’ o’rmonlarining asrdan asrga 
    tobora siyraklashib borgani ayon bo’ladi. Daraxtlarning juda ham katta qismi 
    ayniqsa, pista daraxti ko’plab «pista ko’mir» tayyorlash uchun kesib olingan. «Pista 
    ko’mir» tayyorlash uchun boshqa xil daraxtlar ham ko’plab yoqilgan. Hozirgacha 
    tog’li joylarda «ko’ra» (ko’mir tayyorlangan joy) larning o’rni yaxshi saqlanib 
    qolgan. «Pista ko’mir» bilan temir, cho’yan, mis va boshqa metallar eritilgan va 
    kerakli qurolaslaha, xo’jalik asboblari va boshqa buyumlar tayyorlangan. Shu 
    boisdan bo’lsa kerak Turkiston o’lkasi tog’larida odatda 500—600 m daya 1700 m 
    gacha balandlik orasida bir vaqtlar bir tekisda o’sgan pista daraxti endilikda 
    «anqoning urug’i», faqat Bobotog’ tizmasi yon bag’irlarida, Samarqand, atrofidagi 
    tog’liklarda va boshqa joylarda kichik maydonlarda saqlanib qolgan. 
    Fan-texnika inqilobi va texnikaning rivojlanishi davrida tabiiy resurslardan 
    foydalanish.Xo’sh, dovdaraxtlarning asrlar mobaynida ayovsiz yo’q qilinishi 
    qanday oqibatlarga olib keldi? Avvalo, tog’ oldi prolyuvial tekisliklar, adirlar, past 
    tog’lar va so’ngra o’rtacha . balandlikdagi tog’ yon bag’irlari quyidan yuqoriga 
    tomon yalang’ochlanib bordi. O’rmonzor va daraxtzorlarning yo’q qilinishi tufayli 
    qurg’oqchilik kuchayib, undan pastda o’suvchi buta, yarim buta va o’tlanlarning 
    ham ancha siyraklashishiga olib keldi.[12]
    Eroziya qalqoni — o’simliklarning yo’qolib borishi oqibatida tog’ yon 
    bag’irlarida yog’in -sochin, qor erishi va ayniqsa jala Prolyuvial tog’ jinslari — 
    tog’li o’lkalarda vaqtli oqar suvlar keltirgan nuroq tog’ jinslarining to’planishidan, 
    vodiylar, soylar, tog’ etaklarida hosil bo’lgan g’ovak tog’ jinslari yotqiziqlaridir. 
    Eroziyasi ta’sirida tuproq, grunt yuvilishi kuchaydi Tog’ relefining o’ydim-
    chuqurlik darajasi orta bordi, jarlar o’rni keyinchalik soyliklarga, surilmalar 
    botiqlarga aylandi, yuzaki va chuqurlatma eroziya natijasida tuproq qatlami katta 
    qalinlikda yuvilib ketdi, shuning uchun bo’lsa kerak past tog’lar va adirlar yon 


    11 
    bag’irlarida endilikda tuproq qatlami nihoyatda yupqalashib ketgan, ko’p joylarda 
    tub tog’ jinslari yer betiga chiqib qolgan, tuproqning mexanik tarkibi nihoyatda 
    dag’al, chunki mayda tuproq donachalari yuvilib ketgan. Yalang’ochlanib qolgan 
    tog’ etaklari va tog’ yon bag’irlarida sel hodisalari kuchayib borgan, tog’ oldi 
    tekisliklarida jarlar ko’paygan. Bu eroziya hodisalarining uzoq vaqtlar mobaynida 
    muntazam ta’siri oqibatida tog’ etaklari va yon bag’irlarining hozirgi sizga tanish 
    bo’lgan landshaftlari shakllanib borgan. XX asrning 60 yillaridan e’tiboran fan-
    texnika taraqqiyotining jadallashuvi tufayli ishlab chiqarish kuchlarining 
    rivojlanishi kuchayib, sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, transport
    qurilish tez sur’atlarda o’sib bordi.
    Buning natijasida yangi yerlarni o’zlashtirish, daryolarning suvlaridan 
    sug’orish uchun foydalanish, katta hajmda mineral xom ashyolarni xalq xo’jaligi 
    ishlab chiqarishiga kiritish, ko’plab transport vositalarini ishlab chiqarish bosqichiga 
    qadam qo’yildi. Buning natijasida tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro 
    munosabatlar sezilarli darajada o’zgardi, insonning tabiiy boyliklarni ishlab 
    chiqarish jarayoniga jalb qilish borasida tabiat qonuniyatlari, boyliklaridan ehtiyojga 
    yarasha foydalanish, ularni muntazam tiklab borish va boshqa tamoyillarga to’liq 
    amal qilmaslik tufayli joylarda ekologik vaziyat chigallasha bordi, ba’zan buhron 
    holatlar sodir bo’lishi yuz bera boshladi. Chunki tabiatning o’zi tozalash, 
    barqarorlik, yetkazilgan ziyonlarni tiklab olish xususiyatlari 60—70 yillar, xususan 
    80 yillarda, eng yuqori chegarasiga yetib qolgan va joylarda hatto o’tib ham ketgan 
    edi. Buning oqibatida ekologik muvozanat ham inson ta’siri kuchaygan joylarda 
    asriy turg’unlikdan chiqib, o’zgarish tomoniga burildi. 
    Xa, inson tabiatni ming yillar davomida jiddiy o’zgartira olmagan bo’lsa 
    ham, lekin keyingi 30 yil mobaynida unga «erishdi». Tabiat bilan inson o’rtasida 
    munosabatlar jiddiylashmoqda. Buning yorqin misoli bo’lib, Turkistonda Orol 
    dengizi sathining tushib ketishi natijasida Orol bo’yida ekologik sharoitning 
    nihoyatda tez sur’atlarda buzilishi va buning salbiy ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarini 
    keng miqyoslarda kuzatish mumkin. Nafaqat Orol muammosi, vohalarning 
    meliorativ ahvolining yomonlashayotgani, tekislik yaylovlarda cho’llashishning 


    12 
    xuruji, tog’ etaklari va yon bag’irlarida yaylovlar mahsuldorligining pasayib 
    borayotganligi va boshqa ekologik muammolarni ham ko’rsatib o’tish joizdir. 
    Xulosa qilib aytganda, qeyingi vaqtlarda O’zbekistonda tabiat bilan jamiyat 
    o’rtasidagi o’zaro ta’sirning keskinlashib borayotganligani vaqtinchalik oddiy tabiat 
    «voqeasi» deb ta’riflamoq xatodir. Chunki tabiat boyliklaridan, uning chegaralangan 
    turlaridan behisob foydalanib bo’lmaydi, dunyoda hamma moddiy narsa o’lchovli 
    bo’lgani kabi yer kurasi boyliklari ham xuddi shunday aniq o’lchovlidir, undan 
    rasamadiga yarasha foydalanish darkor.[6] 


    13 

    Download 1.31 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi

    Download 1.31 Mb.
    Pdf ko'rish