• MUTAXASSISLIK FANLARIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA D A S T U R I
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 345,14 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/17
    Sana23.11.2023
    Hajmi345,14 Kb.
    #104004
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    5112100-MEHNAT TALIMI



     
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
     
    PEDAGOGIKA FAKULTETI 
     
    KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI 
    5112100-MEHNAT TA’LIMI YO‘NALISHI
    BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN 
    MUTAXASSISLIK FANLARIDAN 
     YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA 
     
    D A S T U R I 
     
     
     
     
     
     
    Andijon-2022 
     


     
    Andijon davlat universiteti Kengashining 2022 yil 17-fevraldagi 8-sonli yig‘ilish 
    qaroriga muvofiq tasdiqlangan 
    Dastur Andijon davlat universitetida ishlab chiqilgan. 
     
     
     
     


    KIRISH 
    Mazkur dastur 5112300-Mehnat ta`limi yo‘nalishi bitiruvchilarining taxsil olish 
    mobaynida mutaxassislik va ixtisoslik fanlarini o‘qib o‘zlashtirganlik darajasini 
    aniqlash uchun o‘tkaziladigan Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha ishlab 
    chiqilgan. 
    2021-2022 o‘quv yili yakunida bitiruvlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
    o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustda №744-son bilan tasdiqlangan 
    namunaviy o‘quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o‘tkaziladi. 
     
    Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarida o‘tkaziladigan fanlar 
    tarkibi: 
     
    1. Texnologiya ta’limi praktikumi ; 
    2. Texnologiya o’qitish metodikasi
    3. Texnologiya va dizayn ; 
    4. Serviz xizmati; 
     
    1.
     Texnologiya ta’limi praktikumi
     . 
    1-modul. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish
    1-mavzu. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish
    texnologiyasi
    Texnika xavfsizlik qoidalari. Sanitariya-gigiyena qoidalari.
    Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘mini tashkil qilish. Qolda bajariladigan ishlar. Qo‘1 
    ishlari uchun ish o‘mini tashkil qilish. Qo‘1 choklarini tikishda asbob va moslamalar. 
    Mashina choklarini tikishda asbob va moslamalar. Tikuv mashinalari haqida umumiy
    ma’lumotlar. Kiyimlarni tikishga qoyiladigan talablar. Qaychi bilan ishlash. Dazmol
    bilan ishlash. Qo‘lda tikish. Mashinada ishlashda o’tirish qoidasi. Nina turlari.
    Gazlamaning o’ngini tanlash. Ip tanlash. Dekatirovka. Nina, ip, gazlamani bir-biriga
    moslash. Qo’l ishlari atamalari. Bichishda ishlatiladigan atamalar. Dazmolda
    ishlatiladigan atamalar. Mashinada bajariladigan ishlar atamalari.
    2 - modul. Choklar namunalari


    2-mavzu. Qo‘l choklaridan namunalar tayyorlash.
    Gazlamada ip yo’nalishlari. Qol’ choklari: yashirin chok, ko’klah, qiya chok, petlya
    chok, shim choki, janda choki, salqi choki.
    3-mavzu: Mashina choklaridan namuna tayyorlash
    Mashina choklari: ag’darma chok, bostirma chok, jinsi chok, moskovcha chok,
    tahlama, zaship, izmalar, to’r ulash.
    3 –modul. Bolalar kiyimini bichish va tikish
    4-mavzu: Bolalar kiyimi xususiyatlari va ularga qo‘yilgan talablar
    Bolalar gavdasi rivojlanishi va turlari. Bolalar kiyimi xaqida umumiy ma’lumot.
    Yosh bolalarning kiyimi va matolariga quyiladigan talablar
    5-mavzu. Chaqaloqlar kiyimini bichish va tikish
    Chaqaloq bolalar kiyimlari chizmasini chizish va andozasini tayyorlash.
    Chaqaloqlar ko‘ylakchasi – raspashonkasi va qalpoqchasini loyihalash Chaqaloq 
    bolalar kiyimlari chizmasini chizish va andozasini tayyorlash. Bolalar qalpoqchasini
    andozasini tayyorlash.
    6 – mavzu. Bolalar so‘lakchasini bichish va tikish
    Bolalar so‘lakchasini loyihasini tayyorlash . Bolalar so‘lakchasini bichish.
    Bolalar so‘lakchasini tikish.
    4-modul. Qiz bolalar yengil kiyimlarini bichish va tikish
    7-mavzu. Qiz bolalar fartugi va ro‘molini andozasini loyihalash.
    Qiz bolalar fartugini asos chizma yordamida modellashtirish. Qiz bolalar fartugi
    chizmasini qurish. Qiz bolalar ro‘molini loyihalash va chizish
    8-mavzu. Qiz bollar fartuk va ro’molni bichish va tikish. 
    Qiz bollar fartuk va ro‘moli uchun gazlama tanlash. Qiz bolalar fartugini bichish va 
    tikish. Qiz bolalalar fartugini bezash turlari.
    5-modul . Gavdadan o‘lchov olish q’oidasi
    9-mavzu. Kiyim tikish uchun inson gavdasidan o’lchov olish texnologiyasi.
    Odam gavdasi haqida ma’lumot. O’lchov olish qoidasi. Kiyimni balansini tuzishda
    ishlatiladigan o‘lchov turlari va ularni gavdadan olish yo‘llari. Kiyim tikish uchun
    inson gavdasidan o’lchov olish. O’lchov turlari va yozish qoidalari. Kiyim tikish 
    tartibi.
    6-modul . Ayollar kiyimi bo’limi
    10-mavzu. Qiz bolalar tungi ko‘ylagini loyihalash.
    Qiz bolalar tungi ko‘ylagini loyihalash. Qiz bolalar tungi ko‘ylagini bichish va tikish.
    11 –mavzu. Ayollar milliy ko‘ylagini bichish va tikish
    Ayollar milliy ko‘ylagini andozalarini tayyorlash. Ayollar milliy ko’ylaklarini 
    tayyorlash uchun gazlama tanlash. Ayollar milliy ko‘ylagini bichish va tikish. Ayollar 
    milliy ko‘ylagining old va orqa etak qismini tayyorlash.
    7-modul. Ko‘ylak yoqalari va yenglarini tayyorlash texnologiyasi


    12- mavzu. Ko‘ylak yoqalari va ularga ishlov berish
    Ko‘ylaklarning yoqalariga ishlov berish texnologiyasi.Yoqa tikish va o‘tkazish.
    Qaytarma yoqalar va ularga ishlov berish texnologiyasi.
    13- mavzu. Oddiy va ikki qavatli yoqalarni tikish va ularni bo‘yin o‘miziga
    o‘tqazish
    Oddiy yoqalarni tikish. Yoqalarga ishlov berish va ularni bo‘yin o‘miziga
    o‘tqazish texnologiyasi.
    14-mavzu. Yenglarga ishlov berish texnologiyasi
    Yenglarning turlari. Manjetli yeng turlari. Yenglarga ishlov berish usullari.
    Yenglarga ishlov berish usullarini amalda bajarish
    8-modul. Ayollar yupkasini tikish va bichish
    15-mavzu. Ayollar yupkasini loyihalash
    Yupkani andozasini loyihalash. Ayollar yubkasi uchun ip gazlamalar tanlash.
    To‘g‘ri yupkalar andozasini tayyorlash texnologiyasi.
    9-modul. Ko‘ylak detallarini tayyorlash va ularga ishlov berish texnologiyasi
    16-mavzu. Ko‘ylakning bel va etak qismlariga ishlov berish
    Ko‘ylakning bel qismiga ishlov berish turlari. Ko‘ylakning etak qisimiga ishlov berish 
    usullari. Ko‘ylakning bel va etak qisimini bezab tikish.
    17- mavzu. Tikuvchilik buyumlariga ishlov berish va namlab-isitib ishlash.
    Tikuvchilik buyumlarini namlab-isitib ishlov berish texnologiyasi. Namlab- 
    isitib ishlov berish jarayoni.
    10- modul. Pazandachilik asoslari
    18 –mavzu. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish
    Pazandachilikda ishlatiladigan idishlar, anjomlar va asbob uskunalardan
    foydalanish texnikasini o‘rganish. Sabzavotlarni saralash, tozalash va to‘g‘rash 
    usullari. Sabzavotlardan turli salatlar tayyorlash texnologiyasi. Sabzavotlarga va 
    dissiqlik ishlov berish va turli xil bo‘tqalar tayyorlash. Dukkakli mahsulotlarda 
    bo‘tqalar tayyorlash.
    19-mavzu. Go‘sht va baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasi
    Go‘sht maxsulotlari turlari va xususiyatlari. Go‘sht maxsulotlariga ishlov berish 
    texnologiyasi. Go‘sht maxsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasi (kotlet, 
    shpinatlangan go‘sht, teftelь, frikadelьka va h.k.) Baliq maxsulotlari turlari. Baliq 
    maxsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasi.
    11- modul. Xamir turlari va ulardan taom tayyorlash texnologiyasi
    20-mavzu. Xamirlarni turlari va ularni tayyorlash texnologiya
    Oddiy, oshirma, qatlama, qum-qum, biskvit xamirlarni tayyorlash. Xamirlarni 


    tayyorlash tartibi va texnologiyasi. Xamirlardan taomlar tayyorlash texnologiyasi. 
    Turli xil pishiriqlar tayyorlash texnologiyasi.
    TEXNOLOGIYA TA’LIMI PRAKTIKUMI (Texnologiyada dizayn)
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq
    turmushidagi roli va vazifasi
    21-mavzu. Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi
    Duradgorlik ustaxonasida ish o‘rni va jihozlari. Yog‘och va uning tuzilishi.
    Duradgorlik o‘quv ustaxonasida ish o‘rni va jihozlari. Yog‘och va uning tuzilishi.
    22-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari.
    Duradgorlik ustaxonasining ichki tartib qoidalari. Texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish 
    tozaligi va gigiena qoidalari.
    13-modul. Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash
    texnologiyasi
    23-mavzu. Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash
    texnologiyasi.
    Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi o’rganib 
    chiqish va amaliy ish bajarish. Yog‘och materiallarini kesish to‘g‘risida umumiy 
    tushunchalarni aytib berish.Yog'och kubik tayyorlash texnologiyasi.
    24-mavzu Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari.
    Yog‘och materiallarini rejalash, yo‘nish, arralash, randalash. Ish usullarini o‘rganish 
    va malaka hosil qilish. Yasash uchun buyumlar: Plakat taxtachasi; chizma uchun 
    chorcho‘p; yo‘nalish ko‘rsatkich taxtachasi; supurgi dastasi, kurak dastasi, bolta 
    dastasi. Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
    14-modul. Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash
    texnologiyasi
    25-mavzu Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash
    texnologiyasi. Yog‘och materiallarni oyish va parmalash, pardozlash (silliqlash). 
    Kesuvchi asboblarni ishga sozlash. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini 
    o‘rganish va malaka hosil qilish. Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda 
    xavfsizlik texnikasi qoidalari.
    26-mavzu Kesuvchi asboblarni ishga sozlash texnologiyasi.
    Ish turiga qarab qirquvchi, yo‘nuvchi, uyuvchi uskunalar tanlash. Uskunalarni 
    charxlash va o‘tkirlik burchaklarini tekshirish. Ish turiga qarab qirquvchi, yo‘nuvchi, 
    oyuvchi uskunalar tanlash. Amaliy ishlar: Uskanalar bilan yog‘ochni boyiga, eniga, 
    ko‘ndalangiga yo‘nish. Parma va drel bilan tik va yotiq holatlarda parmalash. 
    Yasaladigan buyumlar: oshxona taxtachalari, bolalar kursichasi. Mix va burama mixlar 


    yordamida oddiy birikma tayyorlash texnologiyasi. 
    15-modul. Mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash
    texnologiyasi.
    27-mavzu Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish.
    Birikmani bajarishda qo‘llaniladigan moslamalar, asboblar va materiallar. Mix va 
    burama mix,yog‘och mixlarni tanlash. Detallarni biriktirishda sifat talabi. Sifatsizlik 
    turlari va ularni bartaraf qilish. Mix va burama mix,yog‘och mixlarni biriktirishda 
    mehnat havfsizligi qoidalari.
    28-mavzu. Mix, burama mix, yog‘och mixlarni tanlash
    Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Detallarni qalinligiga qarab
    mixlarni tanlash. Yog‘ochlarni qattiq va yumshoqligiga qarab mixlarni qoqish. 
    Biriktiriladigan detalning qalinligiga qarab burama mixlarni tanlash va mahkamlab 
    biriktirish. Amaliy ish: biriktiriladigan qattiq yog‘ochlarga mix va burma mix 
    qoqishdan oldin uni parmalab olish.
    Yasaladigan buyumlar: Burchak chizg‘ich, mixlar uchun quti, gul tuvagi, shaxmat 
    qutisi.
    16-modul. Yelimlar yordamida murakkab birikma tayyorlash texnologiyasi
    29-mavzu. Yelimlar, biriktiriladigan detal yuzasini Yelimlashga tayyorlash.
    Yelim tanlash. Yelimlarni eritish. Qisuvchi moslamalarni tayyorlash. Detallarni Yelim 
    yordamida yig‘ish. Yelimning turiga qarab yig‘ilgan buyumni Yelim ketguncha saqlab 
    turish.
    30-mavzu. Yelimlangan choklarni tozalash.
    Yelimlangan choklarning sifatini tekshirib ko‘rish. Fanerlash va shpon
    yopishtirish uchun yog‘och yuzani tayyorlash. Shponlarni rangiga qarab tanlash. 
    Fanerlashda, shpon yopishtirishda Yelimlash usulini tanlash.
    31-mavzu. Smola va kazein yelimlarini tayyorlash va ulardan foydalanish
    Smola va kazein Yelimlarini tayyorlash va sifatini tekshirish. Biriktiriladigan yuzalar 
    sifatini tekshirish. Yelimlanadigan yuzaga silliq qilib Yelim eritmasini popuk bilan 
    surtish. Shpon va fanerlarni mayda tishli arra, qo‘l arra yoki o‘tkir pichoq bilan kesish. 
    Shiplarni fanerlashda kesuvchi vintlarni va moslamalarni tayyorlash.
    17-modul. Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash
    texnologiyasi
    32-mavzu. Tirnoqli birikmalar tasnifi va texnologiyasi.
    Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash texnologiyasi
    Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ish usullarini tushuntirish va 
    ko‘rsatish. Tirnokli birikmalar sifatini tekshirish va birikmalar yaroqsizligining oldini 
    olish. Mehnat xavfsizligi qoidalari.
    33-mavzu. Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan material
    Ishlatiladigan o‘rniga qarab oyuvchi asboblarni tanlash. Ochiq teshiklar hosil qilish. 


    Biriktiriladigan detallarni qalinligiga qarab quloqlar o‘lchamlarini aniqlash. Turum 
    ishlash uchun detal tayyorlash. Bir tirnoqli ochiq va ikki tirnoqli turumlar tayyorlash 
    va bajarish. Quloqcha va turumli birikmalar sifatini tekshirish. Oyuvchi va
    qirkuvchi uskunalarni charxlash va qirovini to‘qish. O‘rganish uchun amaliy mashqlar: 
    oyuvchi uskuna bilan oyishda moslama tanlash.
    34-mavzu. Tayyor buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
    O`tirib va tik turib teshiklar o`yish. Quloqcha va turumlar uchun yasalgan
    detallarni randalash va rejalash ishlari sifatini tekshirish, quloqcha va turumlarni 
    arralash, o`yish. Quloq va turum shaklidagi burmalarni yig‘ish, bir-biriga moslash. 
    To‘rtburchak va yumaloq mixlar tayyorlash. Mix cho‘plarni Yelim yordamida 
    o‘rnatish. Buyumlar tayyorlash: ramka, kiyim ilgich, eshik va deraza kesakilari.
    18-modul. Burchakli o‘rtalik birikmalar tayyorlash texnologiyasi
    35-mavzu. Quloqcha va turumli o‘rtalik birikmalarni tayyorlash
    texnologiyasi. Ish uslubini ko‘rsatish, tushuntirish. Yaroqsizlik turlari va ularning 
    oldini olish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. 
    Bajariladigan ishning turiga qarab oyuvchi asboblarni tanlash. Berk tishlarni oyish. 
    Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloq va turumlar o‘lchamini olish, o‘rtalik 
    birikmalarni bir tirnoqli berk va qaldirg‘och quyruq shaklidagi berk birikmalar ishlash.
    36-mavzu. O‘rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar
    O‘rganish uchun amaliy mashqlar: berk teshiklar oyish, quloqcha va turumlarni 
    rejalash, o‘rtalik birikmalarni bir-biriga moslash. Yasaladigan buyumlar: shvabra, 
    taburetka, rom va tumbochka
    19-modul. Murakkab ko‘p tirnoqli birikmalar tayyorlash texnologiyasi
    37-mavzu. Burchakli murakkab ko‘p tirnoqli birikmalar tayyorlash
    texnologiyasi
    Burchakli ko‘p tirnoqli birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar va
    asboblar. Moslamalar tavsifi. Ish uslubini ko‘rsatish va tushuntirish. Mehnat 
    havfsizligi qoidalari.
    38-mavzu. Ochiq qaldirg‘och dumli va ochiq to‘g‘ri burchakli ko‘p tirnoqli
    birikmalarni tayyorlash texnologiyasi Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloqcha 
    va turumlar o‘lchamini belgilash. Ochiq qaldirg‘och va ochiq to‘g‘ri burchakli ko‘p 
    tirnoqli birikmalarni bajarish. O‘rganish uchun amaliy mashqlar: burchakli ko‘p 
    tirnoqli birikmalarni rejalash va bir-biriga moslash. Yasaladigan buyumlar: kitob 
    javoni, quticha, mix yashigi, oshxona yoki yotoqxona stoli.
    20-modul. Yog‘ochlarga kuydirib ishlov berish texnologiyasi
    39-mavzu. Yog‘ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan materiallar va 
    asboblar. Moslamalarning tavsifi. Ish uslubini ko‘rsatish va tushuntirish. Mehnat 
    havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. Ishning turiga qarab 
    kuydiruvchi asbob va moslamalar. xavfsizlik texnikasi qoidalari 


    40-mavzu. Detallar o‘lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallarni tanlash.
    Kuydiruvchi asbob bilan detallarni bir-biriga ishqalash natijasida kuydirish. O‘rganish 
    uchun amaliy mashqlar: Tesha dastasi, yog‘och to‘qmoqlari, qattiq yog‘ochlarni 
    kuydirib ishlash. Bolalar stol-stulchalariga kuydirish asbobi bilan rasm chizish, 
    kuydirib ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari
    21-modul. Yog ‘och materiallariga pardoz berish va pardozlovchi asboblar
    41-mavzu. Duradgorlik polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi.
    Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish, mehnat havfsizligi qoidalari.
    Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun tampon tayyorlash.. Duradgorlik 
    polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi. Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish, 
    mehnat havfsizligi qoidalari. Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun tampon 
    tayyorlash
    42-mavzu. Yog‘ochlarga lak bilan pardoz berish texnologiyasi
    Lakli materiallar tavsifi va uni yuzaga surtish uslubi O‘rganish uchun amaliy 
    mashqlar: buyum yuzasini gruntlash, zamazka qilish. Lak surtish. Tampon tayyorlash. 
    Birinchi, ikkinchi, uchinchi polirovka qilishda tamponning yo‘nalishini o‘rganish. 
    Yasaladigan buyumlar: bolg‘a, dasta, bog‘bonlik anjomlari.
    22-modul. Yog‘och materiallariga mexanik ishlov berish texnologiyasi
    43-mavzu. Dastgohni tuzilishi, konstruktiv elementlari, asosiy va yordamchi qismlari 
    Stanina, support, shpindel, stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, 
    gidravlik va pnevmatik yuritmalar.Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning 
    konstruktiv va texnologik alomatlariga ko‘ra tasnifi, qirqish, uzatish va yordamchi 
    mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash 
    sharoiti.
    44-mavzu. Yog‘och materiallariga yumaloq arrali dastgohlarda ishlov
    berish texnologiyasi. Yog‘ochlarga ishlov beruvchi yumaloq arrali dastgohlar turlari. 
    Ularning kinematik sxemasi, vazifasi va tuzilishi. Yog‘och materiallariga ishlov 
    beruvchi o‘quv ustaxonasi jihozlari. Asbob-uskunalar bilan tanishish va ish joyini 
    tashkil qilish.
    45-mavzu. Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarda bajariladigan ishlar turlari va 
    dastgohdan foydalanish qoidalari 
    Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarga texnik qarov qoidalari.Ustaxonada, ichki 
    havfsizlik texnologiyasi, yong‘in havfsizligi va shaxsiy gigiena qoidalari.

    Download 345,14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 345,14 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 345,14 Kb.
    Pdf ko'rish