• O ’ rmonova Mohinur Mohirjon qizining «PORTRET KOMPOZITSIYSINI YARATISHDA FOTODAN FOYDALANISH»
  • «Himoyaga tavsiya etildi» Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kаfеdrа mudiri: _______ ___ __ dots . O‘ .
  • I BOB. Portret janrida tarixiy shaxslar obrazi………………………...9-32
  • II. BOB. Tarixiy shaxslarni yaratishda fotodan foidalanish……….33-47
  • MAVZU: PORTRET KOMPOZITSIYASINI YARATISHDA FOTODAN FOYDALANISH. REJA: KIRISH. ASOSIY QISM: I BOB.PORTRET JANRIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI.
  • II. BOB. TARIXIY SHAXSLARNI YARATISHDA FOTODAN FOIDALANISH.
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
  • Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti.
  • Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy yangiligi.
  • Birituv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati
  • Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi.
  • I.BOB. PORTRET JANRIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI. I.1.portret janri va tarixi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»




    Download 3.63 Mb.
    bet1/6
    Sana02.11.2020
    Hajmi3.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6

    OZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    «Himoyaga ruxsat etildi»

    Pedagogika fakulteti dekani,

    dotsent: ____________ X.Mavlyanov

    «___» _____________ 2017 y.

    5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

    yo‘nalishi TS-54 – 2013 guruh bitiruvchisi

    Ormonova Mohinur Mohirjon qizining

    «PORTRET KOMPOZITSIYSINI YARATISHDA

    FOTODAN FOYDALANISH»

    MAVZUSIDAGI



    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    «Himoyaga tavsiya etildi»

    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kаfеdrа mudiri:

    ____________dots. O‘.Abdullayev

    «___» _____________ 2017 y





    BMI rahbari: v.b. dotsent

    H.I Rizayev


    Namangan - 2017

    MUNDARIJA

          1. KIRISH. ………………………………………………………………………3

          2. I BOB. Portret janrida tarixiy shaxslar obrazi………………………...9-32

          3. Portret janri va tarixi………………………………………………………….9

          4. Portret kompozitsiyasini yaratish…………………………………………...18

          5. Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazi…………………………………….26




          1. II. BOB. Tarixiy shaxslarni yaratishda fotodan foidalanish……….33-47

          2. Portret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish usullari, yo‘llari, yutuq va kamchiliklari……………………………………………………………33

          3. Bibixonim timsoli………………………………………………………….37

          4. Bibixonim siymosini yaratish………………………………………………42




          1. XULOSA…………………………………………………………………….48

          2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI………………………51

          3. ILOVALAR………………………………………………………………….53

    MAVZU: PORTRET KOMPOZITSIYASINI YARATISHDA FOTODAN FOYDALANISH.

    REJA:
    KIRISH.
    ASOSIY QISM:
    I BOB.PORTRET JANRIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI.

    1.1-&. Portret janri va tarixi.

    1.2-&. Portret kompozitsiyasini yaratish.

    1.3-&. Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazi.


    II. BOB. TARIXIY SHAXSLARNI YARATISHDA FOTODAN FOIDALANISH.

    2.1-&. Portret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish usullari, yo‘llari, yutuq va kamchiliklari.

    2.2-&. Bibixonim timsoli.

    2.3-&. Bibixonim siymosini yaratish.


    XULOSA.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.

    ILOVALAR.


    KIRISH.

    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillaridayoq “Dunyoni ma’rifat va madaniyat turli taxdidlardan qutqarib qoladi” – degan shior ostida birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita ko‘rsatmasi asosida yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk bilimli, sog‘lom va O‘zbek diyorining milliy an’analariga sodiq “Barkamol avlod” – qilib tarbiyalashga bel bog‘landi.

    Davlatimiz va hukumatimiz iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklardan o‘tish chog‘ida ham yoshlar tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratib o‘quv muassasalarining juda eskirgan ashyoviy tizimida misli ko‘rilmagan tubdan yangilanish strategiyasini ishlab chiqib bunyodkorlik ishlarini boshlab yubordi.

    Barcha viloyatlarda, tumanlarda zamonaviy maktab va kollejlar va akademik litseylar barpo etildi. Zamonaviy orgtexnika, sport anjomlari va maxsus texnik jihozlar bilan ta’minlandi.

    O‘zbekiston mustaqil rivojlangan respublika sifatida o‘z taraqqiyot yo‘lidan odimlab borayotganligi boshqa sohalarda bo‘lgani kabi san’at va madaniyat sohasiga ham o‘z ta’sirinni o‘tkazmoqda. Bu o‘zgarishlar bevosita tasviriy san’at o‘quv fanida ham sekin-asta ro‘y bermoqda.

    Mamlakatimizda san’at va madaniyatga katta e’tibor berilib, jamiyatda vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida juda ko‘plab e’tiborli ishlar amalga oshirilmoqda.

    San’at tushunchasi juda keng ma’noni o‘z ichiga olib, inson jasoratining go‘zalligini, uning oliyjanobligini, fidoiyligini aks ettiradi. San’atkor san’at obrazida ma’lum voqelikni aks ettiribgina qolmay, balki o‘z davri ijtimoiy g‘oyalarining ifodachisi, targ‘ibotchisi bo‘lib ham maydonga chiqadi.

    Bizga ma’lumki bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimovning, “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ta’limining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi , madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir” 1 degan so‘zlari bilan ma’naviyat cho‘qqisiga intilishga chorlaganlar. Buning uchun ta’lim olayotgan har bir talabaning san’atga munosabatini, mavjud iqtidorlik va ijodiy qobilyatini boyitib uni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta’limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi.

    San’at turlaridan biri bo‘lmish tasviriy san’at esa ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, xalqlar tarixini o‘rganishga xizmat qiladi. Ayni paytda tasviriy san’at asarlari kishilarning his tuyg‘ulariga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham egadir. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali, ularda ifodalangan go‘zallikni ko‘rish orqali o‘z hayotlariga ana shunday go‘zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonlarni ko‘rib esa ularga o‘xshashga intiladilar.

    Tasviriy san’at bir nechta janrlarga bo‘lingan bo’lib, portret janri eng asosiy janrlardan hisoblanadi. XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O‘rta Osiyo badiiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Portret janri san’ati rivoj topadi.

    Xonlar portretlari ishlana boshladi. Abdullaxon, (Imomalixon), Imomqulxon portretlari shular jumlasidandir.

    Shayboniylar davrining mashxur musavvirlari Abdullo Buxoriy Manuchexr, Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari ham tarix saxifalaridan munosib o‘rin egalladilar.

    Ularning bizgacha yetib kelgan ayrim na’munalari yuksak did va ijodiy barkamol asarlardir.

    Ashtarxoniylar davridagi notinchlik va ko‘tarilishlar natijasida ko‘pgina san’atkorlar, jumladan, miniatyurachilar o‘zga yurtlarga Boburiylar hukmronligidagi Hindistonga ko‘chib keta boshladilar. Muhammad Murod va Nodir Murod Samarqandiylar ana shular jumlasidandir.

    XIX asr ohiri XX asr boshlarida tasviriy san’at tarixida yana jonlanish ro‘y berdi. Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari bu san’at rivojiga e’tibor berib uning imkoniyatlaridan targ‘ib va ma’rifat ishlarida foydalanishga intildilar.

    XX asr o‘zbek tasviriy san’atining shakllanish va rivojlanish davri bo‘ldi. Milliy uslub rivojlanib bordi. O‘zbek zamonaviy san’at uslubi Yevropa realistik san’at uslubi, yangi shakllanib kelayotgan avangard ko‘rinishlariga tayangan holda shakllandi.

    U yoki bu uslubni qaytarib va takrorlab emas balki davr talabi, g‘oyaviy yuksalish va ijodkorning shaxsiy qarashi hamda professional mahorati asosida ishlanib, o‘ziga xos qaytarilmas joziba kasb eta boshladi.

    Tasviriy san’at juda ko‘plab sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ularga qarab, faqat maftun bo‘lish, xayratlanish mumkin. Ulardan biri shubhasiz badiiy fotografiya san’atidir. Fotografiya – bu olamga fotograf nigohi bilan qarashdir. Fotografiya xotira, xis- hayajon, tomoshabin bilan tez muloqotga kiruvchi va san’at boshqa turlarining qurbi yetmaydigan rangtasvirga xos hujjatlilik hamdir. Hozirgi shiddatli zamonda fotografiya, keng ma’noda, jamiyat hayotining ko‘zgusi sifatida qadrlidir. Badiiy fotoning muhim jihati shundaki, tasvirlar silsilasi tomoshabinda fikr uyg‘otadi, uni xarakatga undaydi. Fotografiya “vaqt lahzalari”ni osongina orqaga qaytara olishi bilan kishilarni xayratga solidi.

    Ba’zan esa fotolar yordamida rassom tasviriy san’at asari yaratishi ham mumkin. Bu jarayon ba’zan rassomning fotodan ilhomlanishiorqali sodir bo‘lsa, ba’zan esa biror tarixiy jarayon yoki tarixiy shaxs aks etgan foto orqali turli kompozitsiyalarni yaratish imkonini beradi. Bizning mamlakatimizda ijodkorlar uchun yetuk tarixiy, badiiy saviyasi yuksak asarlar yaratish uchun yetarli darajada ashyoviy hamda, nazariy , badiiy tajribaga boy merosimiz bor.

    Insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikr-o'ylarini aks ettiruvchi ko'zgu hamdir. Jahon va Vatanimiz san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini o'rganish g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so'zsiz kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi.

    Biz Mustaqillik davrlari tasviriy san’ati haqida gapirar ekanmiz, albatta vatanimiz san’ati o’tmishi va kechagi kunini ham eslab o’tishimiz, tarixiy manbalar asosida ular haqida ham holisona fikr-mulohazalar bildirishimiz lozim bo‘ladi. O’zbеkistonning har bir fuqarosi o’z tarixini bilishi va uni asrab avaylashi lozim.

    Bu borada biz bugungi kunda berilayotgan imkoniyatlarni nazarda tutib, dimlom ishi uchun tanlangan mavzu asosida tarixiy shaxs obrazini yaratishni maqsad qilib oldik. Bibixonim timsolini yaratish uchun esa Osiyo irqiga mansub ayollar fotosidan, o‘sha davr liboslariga o‘xshash liboslar fotolaridan foydalanishga harakat qildik.



    Mavzuning dolzarbligi. Rivojlangan davlatlarning qatorida bo‘lmish, ozod va obod yurtimizni istedod mafkurasidan batamom xalos etish uchun olim va ziyolilarning sayi harakati, keng jamoatchilikni buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga safarbar qilinib milliy tiklanish va dunyoga o‘zbek diyorida yashab ijod qilgan juda ko‘p qatog‘on qurbonlarining pok nomlari tiklandi.

    San’atning barcha barcha turlari qatori tasviriy san’at rivoji – uning dunyo yuzini ko‘rishi uchun ham salmoqli ishlar olib borildi. O‘zbekiston badiiy akademiyasi tashkil qilinib, juda ko‘p yetukli san’at namoyondalari unga a'zo bo‘ldilar. Faxriy akademiya vakillari ham o‘tmishda va hozirda ijod qilgan munosib nomzodlar bilan boyitildi.

    Vatanimiz O‘zbekiston o‘zining buyuk shaxslari va siymolariga ega bo‘lib, bu siymolar insoniyat ma’naviyatining nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda hayrat uyg‘otadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, insoniyat va millat takomili tarixni bilmaslik va o‘rganmaslik evaziga amalga oshirilmaydi. Har bir yosh avlod bizning tarixiy buyuk shaxslarimiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi va ular amalga oshirgan buyuk ishlar bilan tanishib, ulardan o‘zlari uchun ma’naviy ozuqa olishlari lozim. Yoshlarning ongi, ruhiyatini poklash , hozirgi kundagi ma’naviy – tarbiyaviy ishlarimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu esa avvalo tarixni yaxshi bilish va tarixiy shaxslar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishni taqazo etadi.

    Bibixonim – Amir Temurning turmush o‘rtog‘i, o‘z zamonasining yuksak irodali, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek husn-latofat bobida ham benazr ayol bo‘lgan. Bu buyuk ayol tarixda o‘zining insonparvarligi, vatanparvarligi, mamlakatning siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lganligi, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turganligi bilan tarixda yaxshi nom qoldirgan. Har bir inson bu tarixiy shaxsni bilish orqali o‘ziga juda ko‘plab ma’naviy ozuqa oladi. Biz ham shuning uchun Bibixonim timsolini yaratish orqali yosh avlodga shunday go‘zalva oqila ayolni tanitish va ularda yetarlicha tushuncha paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishini nazarda tutdik.



    Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.Mazkur bitiruv malakaviy ishida portret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish orqali Bibixonim timsolini yaratishni maqsad qilib olindi. Shu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:

    • Portret kompozitsiyasini yaratishni o‘rganish.

    • Portret kompozitsiyasini yatatishda fotodan foydalanish usullarini o‘rganish.

    • Bibixonim timsoli haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish.

    • Bibixonim obrazini yaratishda fotodan foydalanish borasida izlanishlar olib borish.

    Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. 1341 – 1408 yillarda yashab o‘tgan temuriy malika Bibixonim tadqiqotning ob’ekti sifatida qaraladi va shunga tayanib Saroymulkxonimni timsoli o‘rganib, yaratiladi.

    Mazkur tadqiqotda Amir Temur davriga va Bibixonim shaxsiga oid ma’lumotlar o‘rganiladi.



    Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy yangiligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi tasviriy san’atning yangi sohalaridan bo‘lmish badiiy fotografiya orqali portret kompozitsiyasini yaratish , Bibixonim timsolini yaratish uchun Osiyo irqiga mansub ayolni foto protatip qilib olish va bu orqali tarixiy shaxs siymosini yaratilishi tadqiqotning yangiligidir.

    Birituv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, fotodan foydalanish orqalitarixiy shaxs bo‘lmish Bibixonim portreti kompozitsiyasini yaratish, o‘zbek xalqi qalbiga shunday jasoratli, oqila va go‘zal ajdodimiz borligidan faxr hissini tuyish barobarida, tarixiy shaxslarimizga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish bilan estetik tarbiya berishning nazariy ahamiyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, uni turli xil qarashlar, tarixiy ma’lumotlar, hamda izlanishlar samarasi o‘laroq moybo‘yoq orqali tasvirlash ishning amaliy ahamiyatini tashkil etadi.

    Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi.Mazkur bitiruv malakaviy ishi – kirish, ikki bob, xulosa, ilovalar va adabiyotlar ro‘yhatidan iborat tarkibiy tuzulishga ega. Kirish qismida Mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ishning ob’ekti, tadqiqotning ilmiy yangiligi hamda tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati asoslangan. Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishidan ko‘zlangan maqsad vazifalar bo‘yicha erishilgan natijalar umumlashtirilgan. Tadqiqot bo‘yicha yakuniy xulosalar berilgan. Shuningdek, ushbu bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tegishli ilovalar hamda adabiyotlar ro‘yhati bilan ish oxiriga yetkazilgan.

    I.BOB. PORTRET JANRIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI.

    I.1.portret janri va tarixi.

    Inson tabiatan ijtimoiy munosabatlar ta`sirida shakllanib, faoliyat ko`rsatgani uchun uning obrazini yaratish ham shunchalik murakkablikni talab qiladi. Tasviriy san`atda bir qancha janrlar mavjuddir.

    Janr deganda odatda, badiiy asarning ma`lum bir turi tushuniladi. Tasviriy san`atda turli-tuman janrlar mavjud bo`lib, ularni bir-biridan farqi mazmun yoki tasvirlash uslubida ko`rinadi.

    Tasviriy san`atning asosiy janrlari quyidagilardan iborat:



    1. Portret

    2. Tarixiy

    3. Maishiy

    4. Manzara

    5. Animalistik

    6. Natyurmort

    7. Marina

    8. Botal kabi janrlardan iborat.

    Shulardan portret janri haqida so`z yuritamiz.

    Portret janri – tasviriy san’atda eng murakkab janr hisoblanib, fransuzcha “portrait”, eski fransuzchada portraire – “chiziq yoki chegarani aks ettirmoq” , lotincha persona – “ shaxs, kishi “ – so‘zlaridan olingan bo‘lib , kishilarning chexrasini huddi o‘ziga o‘xshatib tasvirlash ma’nosini anglatadi.

    Portret janrida real hayotda mavjud bo‘lgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar yoki rassom tasavvurida paydo bo‘lgan xayoliy qiyofalarning tasviri aks ettiriladi. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika , shuningdek, foto san’atining muhim janrlaridan biri hisoblanadi. Portret janrida insonning ichki va tashqi go`zalligi, uning xarakteri ochib beriladi. Portret bilan haykaltaroshlikdagi portret bir-biriga yaqindek tuyuladi. Ularning birida tekis, kul rangli tasvir bo`lsa, ikkinchisida boshning butun xajmiy shakli tasvirlanadi. Lekin buturdagi san`atlarga aloqador bo`lgan portretlar mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi.

    Portretda jonli ko`zning jozibasining, yuzga tushayotgan soya va nurlar farqini ranglar jilvasini, insonlarning ichki dunyosini, xarakatini ko`rsatishga qodirdir. Bundan tashqari portretda kolorit ham muhim o`rin egallaydi. Qadimiy Rus tasviriy san`atida XVIII-XIX asrlarda portret janri bir oqimda emas, balki bir necha tarmoqlarda amalga oshirila boradi.2

    Partret insonning shunday tasviridirki, unda nafaqat tashqi qiyofa, balki ichki dunyo va psixologik xususiyatlar ham ochib beriladi.

    Portret biror shaxsga xos bo’lgan tashqi qiyofani, uning ichki dunyosi, xarakterini aks ettirish bilan birga, ma’lum tarixiy davrga xos fazilatlarini ham siymolarda haqqoniy ifodalab beradi. Insonning ichki kechilmalarini uning yuz tuzilishi, nigohi, yurish-turishi va kiyimida ko’rish mumkin.

    Portretni turli ko`rinishlari mavjud:

    Samimiy, mussavir tor doirada ma’lum bo’lgan insonga hos xususiyatlarni yanada bo’rttirib, oshkora ifodalaydi.

    Tantanavor, ommaviy joylarga mo’ljallangan mashhur kishilar portretlari. Ulardan tasvirlangan insonning ko’rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi o’rni, unga monant libos, interyer, buyumlar ifodalanadi;

    Itimoiy, keng doiradagi hamjamiyat sinfining turmush tarzi;

    Psixologik, unda xarakter yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etiladi.

    Portretda bosh va qo`lning bilakdan pastki qismi muhim ahamiyatga ega, surat chizayotgan kishi tomoshabin nigohini birinchi navbatda shu omillarga jalb qilmog`i kerak.

    Insonga xos xarakterni ifodalashda qo`l katta ahamiyatga ega. Ko`pchilik odamlar qo`l imo-ishoralari ko`magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham xarakterni yoritishda yordam beradi

    Portert, inson qiyofasini tasvirlash uchun juda murakkab jarayondir. Portret inson obrazini yaratish tasviriy san`atda eng murakkab janr hisoblanadi. Har bir rassom portret ishlaganda uning kompozitsion yechimi, g`oyasi va mazmunini ochib berishga xarakat qiladi. Asarni ishlash jarayonida har biri ijodkor uning koloritiga, rang nisbatlariga va qo`shimcha detallarga e’tibor bergan holda, uning kompozitsion yechimini topdi.

    Portret asosida aniq shaxsning qiyofasini abadiylashtirish yotadi. Portretning muhim tomoni tasvirning tasvirlanuvchi (model, asli) ga aynan o‘xshashligidir. Ijodkor portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning ma’naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o‘rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy - iqtisodiy ahvol haqida ma’lumot bera oladi. Rassomning kasbiy mahorati, Portret ishlash uchun tanlangan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas o‘ziga xoslik baxsh etadi. Tarixan portretning xilma – xil tur va ko‘rinishlari shakllangan: ishlanish usuli, bajaradigan vazifasi, shakli, mazmuniga ko‘ra, dastgoh ( kartina, byust, grafika varag‘i) va monumental ( monu-mental xaykal, freska, mozaika), miniaturali, ishqiy, tan-tanavor parad va intim, hajviy, satirik portret tarzida tasvirlanuvchining faqat bosh qismi , beligacha, butun bo‘y-basti bilan old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek , turli tarixiy davrlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash san’ati) ishlangan, gemma (gliptika), medalyonlardan miniatura portret keng tarqalgan.

    Portret janridagi bir asarda ko‘pincha bir necha janrlar qo‘shilishi mumkin. Portretda tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, ya’ni atrof- muhitni aks ettirmasdan) , tinch holatda yoki biror faoliyati bilan ma’lum muxitda ishlanishi mumkin. Shu tufayli shartli ravishda Portretni portret va portret – kartina ( janrli portret) ga ajratiladi. Portretning keng tarqalgan turlaridan biri – avtoportretdir. Avtoportret bu- rassom o‘zini o‘zi oynaga qarab yoki o‘zining fotosidan foydalanib chizishidir. Tasvirlanayotgan kishilar soniga ko‘ra portret, yakka qo‘shaloq va guruh portretlarga bo‘linadi.

    Portret san’ati bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lib, qadimda paydo bo‘lgan. Misrda haykaltaroshlar odamning ichki hissiyotlariga chuqur kirib bormasalarda, uning tashqi qiyofasini yetarli aniqlik bilan o‘xshatganlar. Grek ustalari esa xudolar va afsonaviy qahramonlarning, shoir, faylasuf va jamoat arboblarining siymolarini ideallashtirilgan holda tasvirlab o‘zlarining go‘zallik olamiga munosabatlarini plastik yechim bilan ifodalaganlar. Keskin psixologik harakterlilikni hayron qolarli darajada haqqoniyligi bilan qadimiy rim portret-haykallari ham alohida ajralib turadi. O‘zining paydo bo‘lishi bilan buyuk yangilik bo‘lgan timsoliy-ramziy ahamiyatga molik bo‘lgan portretlar Misrda eramizdan avvalgi IV asrlarda yaratilgan rangtasvir portretlari ishlanganligi ma’lum bo‘ldi. Keyinroq bu portretlar ular topilgan joyni nomi bilan “fayum portretlari” deb ataldi.Qadimgi Misrda portretning noyob na’munalari (haykaltaroshlikda – Exnaton, Nefertiti va boshqa haykallar) yaratiladi. Yunonistonda shoir , faylasuf va davlat arboblarining umumlashma, ideallashtirilgan haykal portretlari ishlanadi (haykaltarosh Alopekli Demetriy, Lisipp va boshqalar) , ellinizm davrida dramatik obrazlar yaratishga intilish kuchaydi. Antik davr xaykaltaroshlik portreti qadimgi Rim san’atida yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi, aniq shaxsga e’tibor oshdi. Portretda shaxsning individual fazilatlarini aniq ko‘rsatish, ruhiy kechinmalarini ochish jarayoni sezilarli o‘rin egalladi, haykal va byustlar bilan bir qatorda tanga va medallar, gemmalarga portret , shuningdek, rangtasvir portret ishlash keng tarqaldi. Dastgoh portretning rangtasvir na’munalari bo‘lgan fayyum portretlari ( Misr, 1 - 4- asrlar) ham antik san’at an’analari tasirida rivojlandi.

    O‘rta asrlarda qat’iy diniy qonunlar bilan cheklangan portret cherkov- me’moriy ansamblining ajralmas qismiga aylandi. Ijodkorlar portretda podsho, din ahllarining obrazlarini yaratdilar, diniy mazmundagi portretlarda aniq shaxslarning fazilatlari, xususiyatlarini ifodalaydilar. O‘rta asrlar xitoy ustalari asarlarida aniq shaxslar ko‘pincha o‘ziga xos fazilatlari bilan,Yapon rassom va haykaltaroshlarining ayrim portretlarida o‘tkir psixologik holat aks ettirildi.

    Portret san’ati o‘zining eng gullagan davrini Uyg‘onish davrida oldi. Bu davrda oliy-yuqori yangilikning boshlanish sifatida inson shaxsining ulug‘lanishi san’atdagi olamshumul boylik va qahramonlik deb sanaldi. Uyg‘onish davrida portretning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlari yuksak taraqqiy etdi. Faol , o‘z qadr- qimmatini biladigan qo‘rqmas, jasur inson qiyofasi bu davrning bosh qahramoniga aylandi . Borliqni ilmiy asosda o‘rganish va shu bilimlarni amaliyotda qo‘llashga intilishlar portretning yangi tizimini yuzaga keltirdi. Endilikda tasvirlanuvchi noreal makon va muhitda emas, balki insonga yaqin bo‘lgan tabiat qo‘ynida aks ettildi.

    Monumental rangtasvir asarlarining personajlar orasida rassom o‘zining qiyofasini ham ishlay boshlaydi. Bu jarayon keyingi davr san’atida yanada rivojlantirildi ( rassom Jotto, Mazachcho, A. del Kastano, D. Girlandayo, S.Bottichelli, Pyero dela Francheska, J. Bellini, haykaltarosh N. Pizano, Donatello, A. Verrokko, dastgoh haykaltaroshligidaDeziderio da Settinyano, Antonio Rossellino, medallarda A. Pizanello).

    Yuksak Uyg‘onish davri buyuk ijodkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Ya.van Eyk, Rogir van der Veyden, A. Dyurer, Katta Lukas Kranax, Kichik Xolbeyn va boshqalar Portret janridagi obrazlar mazmunini chuqurlashtirdilar, XVII – asrga kelib demokratik qarashlarning ortib borishi insonga chuqur muhabbat bilan sug‘orilgan, nozik his-tuyg‘ularni anglash va tasvirlashga qaratilgan to‘loqonli va harakatga boy portretlarni maydonga keltirishdi. Rembrandt, Xale va boshqalar ijodida guruh portretlar yaratila boshlandi. Avtoportret shu izlanishlar mahsulidir. Rassom inson ruhida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z qiyofasida, qarash, yuzdagi mimik o‘zgarishlarda ifodalashga harakat qildi. XVIII – asr portretlarida shaxsning ijtimoiy mavqei, jamiyatdagi o‘rni haqqoniy aks eta boshladi. ( Fransiyada – J.B.S. Sharden, J.A ijodlarida)

    XIX asr Portret san’ati uslublarga boy va rang-barang bo‘lgan. Klassitsizm, romantizm, tanqidiy realizm shu davrda ishlangan portretlarga ta’sir etdi. Inqilobiy ruh bilan sug‘orilgan ( J.L. David ijodida ) , ko‘tarinki romantik ruhda ishlangan( T. Je-riko, E.Delakrua. O.A.Kipenskiy, K.P. Bryullov ijodlarida ), kinoyaga boy (F. Goyya ijodida ) asarlar Portret san’atini va uning rang-barangligini namoyon qildi. XIX asrning oxiri choragida Portret janrida tasvirlanuvchining ruhiy holatlarini tabiat bilan bog‘lay boshladilar. Portret janrida ham impressionistlar E.Mone, O.Renuar, O.Roden va boshqalar, postimpressionistlar P.Sezan, Van Gog va boshqalar ijodida tasvirlanuvchining o‘zgarmas shakli orqali uning to‘laqonli obrazini yaratishga, shakllar harakatida dramatik holatlarni ko‘rsatishga intildilar. XX asr Portret san’ati murakkab va ziddiyatlidir. Bir tomonda realistik portret o‘z imkoniyatlarini yanada chuqurlashtirib, inson fe’lidagi butun nozik o‘zgarishlarni to‘liq ochishga, uning falsafiy dunyoviy o‘y – xayollarini, tasavvur va taxminlarini aks ettirishga, uning plastik tomonlarini kuchaytirishga intilsa ( Germaniyada – K. Kol-vist, E. Barlax, Fransiyada – Sh. Despo, Pikasso, A. Matiss, Italiyada Modilyani, R. Guttuzo, Meksikada – D. Rivera, D. Sikeyros, AQSH da – E. Uayet, Yaponiyada – Seyson Maeda, Rossiyada – I.D. Shadr, M. V. Nesterov, P.D. Korin va boshqalar ijodida ), ikkinchi tomonda shu davrda keng yoyila boshlagan modernizm uslubi portret janriga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu yo‘nalish tarafdorlari shu borada tajriba ishlarini olib borib shakl, chiziq, rang, faktura imkoniyatlaridan foydalangan holda obraz yaratishga harakat qildilar.

    Sharq ( O‘rta Osiyo, Afg‘aniston, Eron, Hindiston va boshqalar) miniatyura san’atida portretning nodir na’munalari yaratilgan ( Masalan: Rizo Abbosiy va boshqalar ijodida ). Jumladan, o‘zbek portret san’ati ham boy tarixga ega. Bu san’at na’munalari qadimgi va o‘rta asrlar san’atida uchraydi ( masalan Yunon – Baqtriya, Xorazm, Kushon podsholarining haykal va tanga yuzalariga ishlangan bo‘rtma tasvirlari) , Amir Temur va Temuriylar, Shayboniylar hamda Boburiylar davri san’ati ( komoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Muhammasi Murod Samarqandiy va boshqalar ) dagi miniaturalarda ma’lum darajada taraqqiy etgan. Nafis ( mo‘jaz rasm ) miniature taraqqiyoti davomida bir asar ustida bir necha san’atkorlar ijodiy hamkorlik qilgan, kishilar qiyofasi, yuzini tasvirlovchi musavvir nomiga Chehrakushoy ( yuzni ochuvchi ) yoki chexra so‘zi qoshilgan. Ayniqsa, Boburiylardan Akbar va Jahongir davrida ayrim shaxslar tasviri bilan bir guruh ( ko‘plab ayonlar ishtirokidagi ) portret yaratiish taraqqiy etgan. Ushbu portretlardan keyinchalik Yevropalik rassomlar ( Rembrand, J. Reynolds va boshqalar ) ma’lum darajada o‘rgangan, ilhomlangan.

    XX asrning 30-50 – yillarida zamonaviy rang – tasvirdagi Portret rivojlandi. Shu davrda portretning hamma ko‘rinishlari ( portret, avtoportret, guruh portret, portret – kartina , tarixiy portret va hokozo )da asarlar yaratildi. L. Nasriddinov, Shamsiro‘y Hasanova, Abdulxaq Abdullayev, O‘rol Tansiqboyev, Malik Nabiyev va boshqalar portret san’atining dastlabki na’munalarini yaratdilar va O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib portret janrida ijod qilgan o‘zbek rassomlari bo‘ldilar. 50- 60 – yillardan Portretning diqqatga sazovor na’munalari yaratildi. Misol uchun : 1927-yili O‘rol Tansiqboyevning “Uzbek portreta”, 1940 va 1947 – yillarida V. Kaydalovning “Alisher Navoiy”, 1950- 1972 – yillari Malik Nabiyevning “Abu Rayhon Beruniy , 1951- yili Chingiz Ahmarovning “ Mukarrama Turg‘unboyeva”, 1954- yilda N. Qo‘ziboyevning “Yunus Rajabiy”, 1956-yili Rahim Ahmedovning “Keksa kolxozchi portreti”, 1968-yili M.Saidovning “Hamza” va boshqa ko‘plab portretlar bugungi kunda o‘zbek portretchiligi jahon san’ati rivoji fonida o‘z mavqei va o‘rniga ega bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bahodir Jalalov, A. Ikromov, Sobir Rahmetov va boshqalarning asarlarida zamon ruhi Sharq va G‘arb san’ati an’analari sil-silasida o‘z aksini topgan.

    Badiiy adabiyotda – personaj tashqi qiyofasining tavsifi, tasviri, badiiy obraz yaratish vositalaridan biri Portret harakteri asar janriga hamda yozuvchining ijodiy metodi va individual uslubi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, personaj xarakterining yozuvchi eng muhim deb hisoblagan jihatlarini ochib beradi. Portret adabiyotda qadimdan mavjud. Tasvir vositasi sifatida o‘zgarib takomillashgan. Xalq og‘zaki ijodida inson individuallashgan shaxs sifatida tasvirlanmaganligi uchun uning portreti ham ko‘pincha mavhum, umumiy harakterga ega. Folklorda portret mifalogik, fantastik yoki an’anaviy tarzda yaratiladi. Shuning uchun aniq ijtimoiy, tarixiy, milliy, individual belgilardan mahrum bo‘ladi. Masalan, “Alpomish” dostonida devlar portreti mubolag‘a bilan berilgan. To‘qson qarich edi. Uning hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi.

    Qadimgi g‘arb va sharq adabiyotlarida ham portret ko‘pincha mavhum, an’anaviy harakterda bo‘lgan. Masalan, g‘azallarda yorning tashqi qiyofasi oy, quyosh, yulduz, tun va kun kabi narsalarga nisbatan ko‘rsatilgan. Realist yozuvchilar tashqi qiyofani batafsil tavsiflaydilar, unda davr va hayot tarzi bilan bog‘liq holda ro‘y bergan o‘zgarishlarni aynan aks ettiradilar. Masalan Abdulla Qodiriy va Oybek. XIX asrda Portretning ichki yoki psixologik (ruhiy) portret deb atalgan turi tarqalib, unda personajning harakteri – belgilari va ruhiy kechinmalari majmui ochib beriladi ( Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov ) . Adabiy portret – atoqli shaxs, ya’ni yozuvchi, rassom, jamoat arbobining hayoti va ijodi haqidagi ocherk alohida janr hisoblanadi ( Ne’mat Abdullayev, Abdumajid Madraimov).

    Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarning go‘zal qiyofasini obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan. Uyg‘onish davrining buyuk namoyondasi Leonardo da Vinchining “Avtoportret” , “Jokonda” asari, Velaskesning “Papa Inokenti X” portreti shular jumlasidandir.

    Gollandiyalik rassom Rembrandt kabi ko‘pgina Yevropa rassomlari ham ajoyib portretlarni yaratib nom qoldirdi. XIX asrning 1-yarmida yashab ijod qilgan buyuk rus rassomlari O.Kiprenskiy, V. Tropinin, A. Venetsianovlar rus portret san’atining asoschilari bo‘ladilar. Ular XVIII asr portretchilik an’anasini davom ettirib insonni tasvirlashga yanaham zo‘r e’tibor bilan qaradilar, portretlar psixologiyasigakatta ahamiyat berdilar, rassomchilik mahoratini oshirdilar.

    O. A. Kiprenskiy portret san’atining muvaffaqiyati shundaki, rassom o‘z zamondoshlarini portretlarida dastavval insonning go‘zal ma’naviy dunyosini, qadr-qiymatini, uning orzu-o‘ylarini, kechinmalarini tasvirladi. U qator asarlarni, shu jumladan ijodning cho‘qqisi bo‘lgan Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1827) portretini yaratdi. Taniqli shoir siymosi bu portretda har jihatdan juda mukammal ochib berilgan. Asarda shoirning tashqi qiyofasi bilan birga, undagi ruhiy ko‘tarinkilik, bitmas – tuganmas ijodiy ilhom sohibi ekanligi juda mohirona tasvirlangan. Uning zamondoshlaridan biri V. Troponin bizlarga asosan “Pushkin”, “Gitarachi” , “Bagration” portretlari muallifi sifatida tanilgan. Uning 1823-yilda yaratgan “To‘r to‘quvchi qiz” portreti istarasi issiq, yoqimli, shahlo ko‘z qiz qiyofasini aks ettirdi. Ularning izdoshlaridan biri A. Venitsianovdir. U birinchi bo‘lib san’atga dehqon obrazlarini olib kirdi va birinchi bo‘lib tabiatning poetik obrazini yaratdi.

    20 yillarda yaratgan “ Yoz “ , “ Ekinzorda “ asarida – tabiat va inson obrazini, dexqonlarni mehnat jarayonini ifodalab, uyg‘unlashtirib bergan. U “Zaxarka” portretida mehnatkash bolani ichki dunyosini ochib bergan.

    XIX asrda realistik portret sohasida Kramskoy, Repin, N. Vasnetsov, V. Serov kabi ulug‘ rus rassomlari ijod qildilar.

    N. Kramskoyning N. Nekrasov, P. Tretyakov, L. Tolstoy portretlari va I.Repinning V. Stasov, M. Musogorskiy portretlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.

    XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret sohasida Lutfilla Abdullayev, Abdulxaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Malik Nabiyevlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfilla Abdullayevning “ Mulla To‘ychi Toshmuhammedov” , “Y. Ahunboboyev” portretlari realistik an’analarda mohirona tasvirlangan. Abdulxaq Abdullayev 1- o‘zbek portretchi rassomlaridan biri bo‘lib, portret sohasida salmoqli ijod qiladi. U o‘z zamondoshlari ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini portret galleriyasini yaratib katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

    “Abror Xidoyatov Otello rolida” , yozuvchi “Oybek” portreti muallifining shox asarlaridan bo‘lib, Otelloni o‘ychan boqishi, gavda harakati prtretga romantik ko‘tarinkilik ruxini baxsh etgan. Unda yuz ifodasi psixologik xolati moxirona tasvirlangan. Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur vamukammal ochib berilgan. Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb xayajonva tashvishga to‘la buyuk yozuvchining jonli portretini yaratdi.

    Rahim Ahmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondashdi. Inson ichki kechinmalarini, xis-tuyg‘ularini, orzularini, insonning go‘zallik qalbini o‘z asarida ochib beradi. Uning “Ona o‘ylari” , “Surxandaryolik ayol” , “Dehqon portreti” yorqin misol bo‘la oladi.

    Malik Nabiyev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini ham yaratish ustida ko‘p mehnat qiladi. U 1952-yili “Beruniy” obrazini yaratdi. 1993-yili buyuk sarkarda “Amir Temur portreti”ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning o‘ziga xos uslubi mavjud, u adabiy qo‘lyozma, etnografik hujjatlardan unumli foydalanadi.



    Download 3.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 3.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»

    Download 3.63 Mb.