II.BOB.TARIXIY SHAXSLARNI YARATISHDA FOTODAN FOYDALANISH.
II.1. Portret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish yo‘llari, usullari, yutuq va kamchiliklari.
Badiiy fotografiya – tasviriy san’atning eng nafis sohalaridan biri hisoblanib bugungi kunda hayotimizda u juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib ijtimoiy madaniy hayotni u siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fotografiya XIX asarning juda muhim kashfiyoti bo‘lib bizning mamlakatimizda uning ilk paydo bo‘lishini 1879 – 1940 yillardagi Xudoyberdi Devonovning Xivadagi ilk ijodi bilan bog‘lanishini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa san’atlar qatori bu san’at kelgusi avlodlarga juda boy tarixiy meros qoldirgan bo‘lib oddiy xalq xayotiga ma’naviy – madaniy rivojlanishdagi muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Xorazm vohasidagi minoralarning salobatli, noyob va nodir ko‘rinishlari qiziqarli qilib xaqqoniy aks ettirish bilan, fotografiya o‘sha davrni muhrlagan. Voha tabiati, shaharlar ko‘rinishlariga etnografik hujjat sifatida fotografiya guvohlik bera oldi.
“O‘zbek fotografiyasi – 125-yil” antologiyasiga kiritilgan “dala ishlari” , “Islomho‘ja portreti” , “Kalta minor” kabi suratlarida Xudoyberdi Devonov hayot voqeligini fotografiyaning mo‘jizakor tili bilan ko‘rsatib bera olgan. Ushbu foto suratlar yaqin o‘tmishimizdagi tarix sahifalari muhrlangan noyob hujjatli man’ba xisoblanadi. Xudoyberdi Devonov boshlab bergan ishlarni keyinchalik M.Penson, G.Zelmanovich, R.Shamsiddinov kabi ijodkorlar davom ettirib o‘zbek fotografiyasi tarixiga munosib xissa qo‘shdilar.
Mustaqillik yillarida esa o‘zbek fotografiyasi taraqqiyotida yanada yangi sahifalar ochildi. 2002 yilda Badiiy Akademiya negizida Toshkent Fotosuratlari uyi tashkil etilishi, shuningdek Xalqaro badiiy fotografiya tashkilotiga a’zo bo‘lishlik tarixiy voqeaga aylandi.
Xulosa qilib aytganda fotografiya XIX asrning eng muhim kashfiyotlaridan xisoblanib u tasviriy san’atning yana bir mustaqil janr sifatida o‘zini namoyon qilib, keyinchalik u kinomatografiya san’atining paydo bo‘lishini ta’minladi.
O‘z navbatida kinomatografiya bugungi kunda jahonda san’atning eng hammabop ommaviy turiga aylanib u siz xayotingizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fotografiya bugungi kunda Rassomlar, Kinorejissyorlarning tarixiy – badiiy filmlar, xujjatli filmlar va uzoq moziydan xabar beruvchi polotnolar, dioramalar va kartinalar yaratishdagi juda muhim ijodkorning izlanishlaridagi ko‘makchi vositasini bajarib bera oladikim biz bunga quyidagicha izoh bera olamiz. Odatda biror bir tarixiy asar yaratish uchun ijodkorga tarixiy –xujjatli adabiyotlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Masalan : A. Temur davrida yashab ijod qilgan Alisher Navoiyning ustozi Sharafiddin Ali Yazdiyning fors tilida chop etilgan “Zafarnoma” asari to‘laligicha Sohibqironning avlodi va hayot faoliyatining eng muhim san’alaridan xabar beruvchi tarixiy asar bo‘lib u Temuriylar sulolasining tarixini tasvirlab bera olgan va badiiy asarlar yaratish uchun yetarli darajada to‘liq tarixiy – etnografik man’baa bo‘la oladi deb be’malol hisoblanishi mumkin. Bundan tashqari Ibn Arabshohning “Temur tarixi” kabi asari ham ana shunday muhim manbaabo‘lishi mumkin deb ayta olamiz.
O‘z – o‘zidan bunday obrazlarni yaratishdagi fotografiyaning qanday o‘rin egallashini biz quyidagicha taxlil qilib berishga harakat qilib ko‘ramiz. Azaldan O‘rta Osiyo xalqlari tabiiy – geografik joylashuvi jihatidan keskin – kontenental iqlim ta’siri ostida bo‘lgani uchun , bu yerlik xalqlarning rivojlanishi va taraqqiyotiga ijobiy shart – sharoit bo‘lgan. Madaniyat va san’at rivojlanish jarayonlari 5 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan. Shu sababdan islom dinining 8 asr o‘rtalarida xududimizga tarqalishi arab tiliga va fors tilining arab yozuvi asosiga qurilgan ko‘rinishi 8-9 asrlarda xududimizda ilm – fan va madaniyatni tez fursatlarda rivojlanib uyg‘onish davrigacha olib keldi. Islom dini asoslariga va uni xalqning turmush tarziga mos va xos ravishda fan, madaniyat hamda adabiyot va san’atning keskin ommaning savodliligini ta’minladi.
Xulosa qilib aytganda endi xudud xalqlarining hayotidagi har bir rivojlanish salnomalari olimlar, shoirlar, diniy – arboblar diqqat – e’tiborida bo‘lib ularning asarlarida turli ko‘rinishda muhrlanib bordi.
Demak endi xalq og‘zaki ijodida ham, san’at va madaniy hayotda ham, tarixni, ajdodlarning urf – odat va qadriyatlarni tarannum qiluvchi manbalarning vujudga kelishini ta’minladi.
Albatta adabiy tasavvur bo‘lgan muhitda ijodkor rassom uchun zaruriy man’ba bo‘lishi tabiiy hol.
O‘g‘zaki man’baning yorqin, tushunarli na’munalari mavjud bo‘lgani holda foto san’ati vositasi bilan tarixiy asarlarni yaratishda biz bilan bugungi kunda yashab turgan Osiyo irqiga man’sub prototiplarni izlab topish mumkin.
Prototip deganda biz ijod man’bai bo‘lgan qahramonlarning chexralariga o‘xshash chexralarni nazarda tutilgan man’ba xisoblanadi.
Prototip asosan portret janrida ijod qilayapgan rassomlar uchun ma’lum bir tarixiy qahramon timsolini yaratish uchun tanlangan tipaj xisoblanadi.
Tipaj esa siz bilan bizning oramizda yashab turgan bugungi kundagi bir odam. Temuriylar zamoni tarixi O‘zbekiston tarixida juda muhim asr hisoblanadi. Sohibqiron nafaqat turon zaminida, sarxadlari Gurjiston, Xitoy, Eron kabi mamlakatlarga tutashib ketadigan buyuk imperiya yaratdi.
Chingizxondek bosqinchining hukumronligiga chek qo‘ydi.
Temuriyzodalar davridagi chop etilgan juda ko‘p risolalar o‘sha davr tarixi, etnografiyasi, adabiyoti va buyuk imperator vorislarining hukmronlik davrini bizning zamonamizgacha aks ettirgan bo‘lsa o‘sha kitoblarga ishlangan illyustratsiyalar Kamoliddin Bekzod va uning zamondosh rassomlari, qolaversa Behzodning shogirtlari tomonidan “Sharq Miniatyurasi uslubida ishlangan bo‘lib bizga davrning voqea – hodisalari, ko‘p tarixda muhim o‘rin tutgan shaxslarning obrazini realistik bo‘lmasada, miniatyura uslubida o‘ziga xos yondashuv bilan ifodalab bergan. Bu esa ijodkor uchun juda muhim va foydalanishga arziydigon faktor hisoblanadi.
Misol qilib iladigan bo‘lsaktasviriy san’at nasroniy diniga mansub bo‘lgan Yevropa mamlakatlarida o‘ziga xoslik va shu din salnomalaridan hikoya qiluvchi lavhalar asosida rivojlandi va o‘sha dinga payvand bo‘ldi. Islom dini esa nodir badiiy adabiyot rivojini quvvatladi. Dunyo olimlari Sharq mamlakatlari sheriyatini Yevropa sheriyatidan katta farq bilan ustunligini e’tirof etadilar. Temur tarixini yoritish yo‘lida izlanib uni bizni kunlarimizgacha yetib kelishiga xissa qo‘shgan olimlar, shoirlar va adabiyotchi arboblarning ko‘pchiligi jumladan : Sh. A. Yazdiy, Ibn Arabshox, Xondamirlar Saroymulkxonim ( Bibixonimga ) quyidagicha ta’rif berishgan : O‘rta bo‘yli, bodomqovoq, to‘la qomatli, ko‘zlarida donolik alomatlari sezilib turgan. So‘z san’ati bilan yoritilgan va bizga ana shu asosda izlanishlarga fotografiya yordamga keladi. U ifodadagi tipajni biz mushohada qilib olishimizga ko‘maklashadi.
Odatda, xayotda biron bir kishini izlayapgan xuquqni muhofaza qilish organlari oddiy bir rassomchilikdan mutlaqo xabarsiz kishining ta’riflashi bilan fotorobot vositasida qidirilayapgan shaxslarni tez topishga aksariyat murojat qilib muddaoga erishadilar.
Tasavvur dunyosi mukammal rassom esa manashu tajriba asosida fotosyomkalar natijasida Bibixonimning yuz tuzilishini tasvirlashda foydalanib muvaffaqiyatga erisha oladilar. O‘zbekona iffat va soddalik bilan, Yevropadan farqli o‘laroq o‘zlarida moziydagi juda go‘zal va qomatlarining navniholligini hali zamonning oqimidan asrab avaylagan ibratli qizlarimiz va juvonlarimiz orasidan Saroymulkxonimdek mukammallikka, o‘xshashlikka juda yaqin bo‘lgan ( tipdagi ) minglab chehralar bepoyon yurtimizdan bir talay Bibixonimlar oramizda borligidan dalolat berib turibdi. Bizni fotografiya yordamida besh asr burungi mashhur ajdodlarimizning obrazlarini bemalol ifodalash mumkin
Lekin shuni ham ta’kidlash zarurki kompozitsiya yaratishda fotodan foydalanish rassomni o‘z ustida ishlamaslikka ya’ni dangasalikka, tasavvur dunyosini torayishiga olib kelishi mumkin. Agar rassom biror tarixiy jarayonni o‘z asarida aks ettirmoqchi bo‘lsayu, o‘sha tarixiy jarayonni ko‘rmagan bo‘lsa, tarixiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlar u uchun kamlik qilsa, tassavvurida o‘sha jarayon aks etmasa fotodan foydalanishi mumkin. Fotodan foydalanganda to‘g‘ridan – to‘g‘ri fotodan ko‘chirma qilib ishlash kerak emas, balki fotodan tassavvur dunyosini kengaytirish uchun oqilona foydalanish zarur. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kompozitsiya yaratganda fotodan foydalanishning o‘ziga xos usullari, yo‘llari, yutuq va kamchiliklari bor .
II.2. Bibixonim timsoli.
Sohibqiron Amir Temur davri XIV- XV asrlarning juda suronli davrlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrlarda bilim olish u yo‘qda tursin, to‘qchilikda umr guzaronlik qilishning o‘zi bo‘lmas edi. Tinimsiz taxt talash, xududlarga hukmronlik qilish bilan ovvora bo‘lgan hukmdorlar xalqning, ulusning hayotiga befarq edilar.
Bahodir To‘rg‘ayning o‘g‘li Temurning bolaligi va xayoti haqida rus va g‘arb sharqshunoslari juda ko‘p tadqiqotlar olib borganlar
Muhtaram olimimiz Turg‘un Fayziyevning “Temuriylar shajarasi” kitobida Xazrat Amir Temurning otalari Amir Muhammad Tarag‘ay Shaxrisabz hokimi (Qadimgi Kesh) bo‘lgan , Amirzoda Temur 19 yoshiga qadar barcha o‘sha zamon shahzodalari egallashi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar: bilim olish, jang san’atidan xabardor bo‘lish, diniy ta’lim-tarbiya, davlatni boshqarish kabi fazilatlarga ega bo‘lgan.
O‘n to‘qqiz yoshida otasi uni Joku Barlosning qizi Turmush og‘oga uylantirib qo‘yadi, yana shu yilning o‘zida Amir Qozog‘onning nabirasi, amir Husaynning singlisi Kamoloyga ( uni O‘ljaoy Turkon og‘o deb ham atashgan) uylangan. 1356-yilda Turmush og‘odan Jahongir Mirzo, O‘ljaoy Turkon og‘odan Umarshayx Mirzo dunyoga keladi. 1360-yilda Temurning otasi Muhammad Tarag‘ay vafot etadi. Temur endi otasining o‘rniga amirlikni boshqaradi.
Bir qarashda bizning tasavvurimiz va tarixiy manbalarga asoslangan Sohibqiron Temur davri juda keng yoritilgan bo‘lishiga qaramay, ulug‘ sarkarda va davlat arbobining olamshumul bunyodkorlik ishlari bugungi kunda ham dunyo ommasini o‘zining yirik me’morchilik obidalari bilan lolqoldirmoqda. Temuriyzodalarning dunyo tamadduniga qoldirgan san’at va qurilish durdonalari Turkiston zaminidan Hindistongacha butun sharq zaminini hozirgacha bezab turibdi.
Sohibqiron Amir Temur hayotini Bibixonimsiz tasavvur qilish juda qiyin bo‘lar edi. Saroymulkxonim Chig‘atoy ulusidan bo‘lgan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 – yil tavallud topgan. Otasi Qozonxon taxtdan ag‘darilib qatl etilganda u hali 5 yoshda edi. 14 yoshida Amir Husayn uni o‘z nikohiga olgandi. Saroymulkxonimni 29 yoshida Temur o‘z nikohiga oladi. O‘sha davr udumlariga asosanTemur Saroymulkxonimning xon avlodiga mansubligini inobatga olib, uni Bibixonim ( Katta xonim ) etib tayinladi. Yani endi u haramdagi barcha malikalardan ulug‘ hisoblanadigan bo‘ldi. Bunda uning aql-zakovat va fikrlash doirasi kengligi bosh omil bo‘ldi. Bibixonim Amir Temurning uchinchi xotini bo‘lib saroyga kelin bo‘lganda, saroyda Temurning to‘rt farzaandi : Jahongir mirzo, Umarshayx mirzo, O‘gibegim, Sulton Baxtbegim bor edi.1366 – yilda uning ikkinchi xotini O‘ljaoy Turkon og‘o kasallikdan vafot etadi. Temurning birinchi xotini Turmush og‘o haqida esa boshqa ma’lumotlar saqlanmagan.
Temur Saroymulkxonimga uylangach ko‘ragon ( “kuyov” ) bo‘ladi. Kuyovlik, Rasm- rusumlariga ko‘ra, rasman xon bo‘lmasa ham, hokimyatni boshqarish huquqini berardi.
Saroymulkxonim bejiz saroyda katta hurmat-e’tibor va sharafga sazovar bo‘lmagan. Chunki Saroymulkxonim juda aqlli, farosatli ayol edi. Siyosatdonlik, insonparvarlik, saxovat bobida ham tengsiz bo‘lib, hokimyatni boshqarish yo‘lida bemalol ishtirok etib, mamlakatning ijtimoiy va madaniy ishlarida faollik ko‘rsatishi yaqqol bilinib turardi.
Tarixchilarning yozmalaridan ma’lumki, Amir Temur Eronga yurish boshlaganda, Isfaxon qamali cho‘zilib ketib, Saroymulkxonimga maktub jo‘natadi. Bu maktubda “Qo‘shinning zaxirasi tugadi, xazinadan zar yuboring” degan mazmun aks etgandi. Bibixonim xatga javoban “Siyosatingiz ham tugadimi ?” qabilida javob qaytargan. Amir Temur bundan xulosa qilib, turli suyaklarni kestirib, orqasiga muhr urdirib, vaqtincha pul chiqartirgan, shahar qishloqlardan suyak-pullarga oziq-ovqat sotib olgan, Isfaxon taslim bo‘lgach, suyak pullarni zar pulga almashtirib berilgan.
Chet el elchilarini qabul qilishda ham Bibixonim bevosiyta ishtirok etgan. Temur saroyining dovrug‘i butun Yevropaga ham alohida izzat-hurmat bilan e’tirof etilgan. O‘sha paytda Temur saroyida bo‘lgan Ispan elchisi va tarixchi Klavixo Bibixonimga shunday ta’rif bergan : “ Xamma joy-joyini egallagandan keyin, chodirlar yaqiniga o‘rnatilgan g‘ovlarning biri ichidan bayramda qatnashish uchun sen’orning ( Temurning ) ulug‘ xotini Kan’o ( Bibixonim ) chiqib keldi. U oltin gulli qip-qizil libosda bo‘lib, libos yengsiz, yoqasi chuqur o‘yilmagan, faqat boshi chiqib turishiga loyiq va qo‘llarini tiqish uchun mo‘ljallangan o‘ymasi bor, etak tomonlari juda keng edi. Beliga ham hech qanday kesik-pesik qilinmagan, erkin yurishi uchun, etakni 15 tacha ayol ko‘tarib kelardi. Yuziga shuncha ko‘p upa surilgandiki, u qog‘ozdonga o‘xshardi. Bilsam, bu qadar ko‘p upa uni quyoshdan saqlash uchun ekan. Qishda ham, yozda ham uzoq yo‘lga chiqqan hamma oqsuyak xonimlar yuzlarini kundan shunday himoya qilisharkan. Kan’oning yuzi yengil oq to‘r bilan to‘silgan, boshida qizil matodan qilingan qalpoq bo‘lib, u turnirda savashadigan riyarlarning dubulg‘asiga o‘xshar edi. To‘r sal-sal yelkalariga tushib turardi. Ammo bu dubulg‘a juda uzun, uning ko‘pdan-ko‘p yirik, yiltir-yiltir qilgan dumaloq marvaridlari, yoqut- feruza va boshqa turli- tuman, juda chiroyli ishlov berilgan toshlari bor edi. Yelkasiga tushib turgan to‘r ham oltin gulli edi, ustidan juda chiroyli, ko‘p qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oltin toj bor edi. Uning eng tepasida uchta yoqutdan , ikki barmoqcha keladigan yorqin va favqulodda go‘zal, kuchli yiltiraydigan qurilma bor edi. Qurilmaning uchini bir tirsak balandligida katta jig‘a bezab turar, uning ayrim parqulalari pastga, boshqalari yuzigava ko‘zlarigacha egilib turardi. Bu parqulalar oltin tizimcha bilan bog‘langan, tizimchaning ohirgi uchi toshchali va marvaridli qo‘sh qanotlaridan qilingan oq qilqalamga o‘xshardi. Xonim odimlab kelayotganda bu jig‘a har tarafga hilpirardi. Qop-qora sochlari yelkalariga tushib yoyilib turardi. Boshidagi dubulg‘ani bir necha oqsuyak xonim ushlab olguday hushyor izidan kelardi. Xammasi bo‘lib uch yuzdan ortiq aslzoda Kan’oning ortidan kelardi.”
Xusn-latofatda Bibixonim tengsiz go‘zal bo‘lgan. O‘qimishli, farosatli, aql – zakovati benazr bu xonim tarix sahifalarida tarifu-tasifga molik emas.
Temuriyzodalarning ilm-ma’rifatga oshno bo‘lib, kelajakda ulardan buyuk olimlar, davlat arboblari yetishib chiqishiga ham Saroymulkxonimning hissasi behisob. Samarqandda va saltanatning barcha xududlarida madrasalar, masjidlar qurulishi, ilmu-toliblarning saroy tomonidan qo‘llab-quvatlab turulishida ham Saroymulkxonimning bevosita bo‘lmasada, juda katta ishtiroki borligi doimo boshqalar tomonidan o‘z isbotini topgan.
Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida Bibixonim ko‘pinchahamrohlik qilgan. Saltanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir Temur Bibixonimga oshkora bo‘ysunmasada, biroq uning oqilona maslahatlariga o‘zida qandaydir extiyoj sezib turgan. Bibixonim Sohibqironni doimo qo‘llab-quvatlab, yonida unga rahnomo va maslakdosh bo‘lgani o‘sha davr tarixchilari salnomalarida tilga olingan. Ibn Arabshohning “Temurnoma”sida ham bunday dalillar ko‘p tilga olinadi va ta’riflanadi.
Temurning kengash va qabul marosimlarida katta xotinlari, o‘g‘illari va nabiralari ham ishtirok etar edilar. Masalan : hijriy 806 ( 1403 yil ) dan beri Samarqandda mehmon bo‘lib turgan Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Klavixo 1404 yil yoz kunlarida Bog‘u Dilkushoda o‘tkan qabul marosimlaridagi ko‘rganlarini shunday tasvirlagan : “ Eshik og‘alari bizni ikki tarafi gulzor, ustiga qizil qum sepilgan yo‘lakdan bog‘ning qoq o‘rtasida joylashgan qasrga qarab yetaklab bordilar. Qasrga yaqinlashganimizda uning oldida turli-tuman rangda tovlanib turgan favvora va uning yonginasidagi barvasta chinor tagidagi tevaragi marmar panjarali katta suppada adras to‘shakka qo‘yilgan paryostiqqa yonboshlab yotgan Temurga ko‘zim tushdi. Egnida zarbof yaktak, boshida la’l va unjudan, duru-javohirdan qadalgan toqiya…7
Temurning yonida uning nabiralari ham bor edilar. Amirzoda Sulton Xusayn, Ulug‘bek, Ibrohim Sulton, Muhammad Sultonning o‘g‘li Johongirmirzo ham bor ekanliklari ta’rif etiladi.”
Yuqorida zikr etilgan amirzodalarning tarbiyasida ham Sohibqiron va Saroymulkxonimning hissalari beqiyosdir.
1405 yil fevral oyida Sohibqiron Xitoyga yurish oldidan o‘trorda to‘xtab o‘sha yerdagi beklar va hokimlarning mexmoni bo‘lib bir oy davomida turib qoladi. Sog‘ligi yomonlashib, og‘ir betob bo‘lib, mavlono Badriddinni huzuriga chaqiradi.
-Jadiy yulduzi Temurning toley yulduzi ekanligini ro‘kach qilib o‘zi yotgan habgohga tushgan yong‘inga ishora qilib buni tabirini so‘raydi. Lekin jo‘yali javob eshitmaydi. Tobora yomonlashib borayotgan sog‘ligidan xulosa chiqarib “Sizlarni tangri taalloning lutfu-marhamatiga topshirdim” – deb “Pirmuhammad ulug‘ farzandimni valiahd qilduk” – degan iborani ishlatadi. Bu bilan Samarqand taxtiga voris belgilanadi. 1405 – yil 18- fevral kuni shom bilan xufton oralig‘ida Sohibqiron Dorilbaqoga Rixlat qiladi.
Bibixonim uchun sinovli kunlar boshlanadi. Toju-taxt uchun nabiralar, o‘g‘illar orasida kurash avjiga chiqadi. Sohibqironning tobutini O‘trordan – Samarqandga ovoza qilmay, dushmanga bildirmay amirzodalar, Ibrohim Sulton, Shayx Nuriddin, Saroymulkxonim kuzatib boradilar. Xalil Sulton bek va amirlarning bevosita ko‘magida 18-fevral kuni Samarqandga kirib borib o‘zini valiahd deb e’lon qiladi.
Saltanat xazinasini qo‘lga kiritgach qolgan barcha jigarporalarini taqib ostiga olib, ulardan qutulish choralarini ko‘ra boshlaydi. Saltanatning barcha viloyatlariga o‘z gumashtalarini yuborib amirzodalarga hech qanday imkon qoldirmaydi.
Saroymulkxonim ana shunda o‘zi bevosita tarbiyalagan Ulug‘bekka quyidagi maktubni bitgan.( Do‘mla Bo‘riboy Ahmedov mashhur kishilar xayotidan kitobida) “ Ulug‘jon jigargo‘sham! – deb yozadi Saroymulkxonim – Mirzo Xalilning niyati buzuq ko‘rinadur. Va yana oning Buxoroda ham odamlari borg‘a o‘xshaydur. Har xolda o‘zingizga ehtiyot bo‘ling. Menga qolsa o‘sha yerdin tezroq ixroj bo‘lib, ulug‘ otang‘izning oldiga, Hiriga (Hirotga) shoshilganingiz ma’qul” – deb so‘zini yakunlagan.
Ular 7yil ko‘rishmagan otalari Shoxruxmirzo xuzuriga borib omon qolishadi.
Ziji ko‘ragoniyni dunyodagi ilmu fanga ko‘rsatgan ta’siri miqyosi qimmati juda katta . Ana shunday olimu – allomaning ham falakkiyot ilmiga bo‘lgan muhabbatining shakllanishida ham Bibixonimning xissasi va o‘rni bor albatta.
Farzand ko‘rmay temuriyzodalarga o‘z nabirasidek mehr ko‘rsatgan Bibixonim, nafaqat go‘zal, farosatli malika, balki g‘amxor ona va buvihamdir.
O‘sha davr adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi habordor bo‘lgan, qolaversa o‘sha davrning o‘zida yashab Bibixonimga zamondosh bo‘lganlar Sohibqironning suyukli va ardoqli xotini Bibixonim to‘g‘risida juda ko‘p ashyolar va rivoyatlar bitib ketganlar. Millatning timsoli bo‘lgan Bibixonimni hozirgi zamonda ham faxr va g‘urur bilan tilga olinishi hammamizni quvontiradi va buyuk ajdodlarimizning chinakamiga biz o‘rnak oladigan darajada buyuk bo‘lishganini e’tirof etadi.
Bibixonim tushurilgan hech qanday manba bizgacha yetib kelmagan. Lekin Osiyo millatiga mansubligi, uning gavda tuzulishining mukammalligi chindan ham sarviqomatligi juda ko‘p e’tirof etilgan. Bizgacha yetib kelgan rivoyatlar ham talaygina .
Amerikalik shoir Edgar Po “Temur” nomli dostonida Sohibqironning birinchi muhabbati haqida o‘zgacha iliq ta’rif beradi. Demak butun dunyoga mashhur Edgar Po bu muhabbat haqida yozishi uchun qandaydir turtki albatta bo‘lgan.
Mashhur ijodkorlar odatda shunchaki ularga turtki bo‘ladigan biror manba bo‘lmasa bu darajadagi asarga qo‘l urishmaydi.
Buyuk Temur o‘lim to‘shagida yotarkan, bir umrlik piriga o‘zining birinchi muhabbatiga va bu muhabbat vido chog‘igacha o‘zini tark etmagani borasida so‘zlab beradi.
Sohibqiron Amir Temurdek dono va jasur dunyoni eng madaniyatli va rivojlangan qismini o‘ziga bo‘ysundira olgan buyuk sarkardaga suyukli mahbuba bo‘lish uchun faqat go‘zal ayol bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi.
Sohibqiron bilan 35 yil turmush qurib 64 yoshida ham unga suyukli bo‘lib qolish uchun, misli ko‘rilmagan iroda, qalban fidoyilik va juda ko‘p hamma odamlarda ham bo‘lavermaydigan insoniy fazilatlarning mujassamligi bo‘lmog‘i darkor.
II.3. Bibixonim siymosini yaratish.
Yetuk badiiy asar yaratishni o‘ziga maqsad qilib olgan yosh ijodkor uchun o‘zbek tasviriy san’at maktabi juda boy, amaliy va nazariy jihatdan mukammal mahorat maktabi hisoblanadi.
Sharq miniatyura maktabining asoschilaridan biri Bekzod, o‘zbek realistik san’atini shakllantirgan Benkov kabi o‘z zamonasining ilg‘or va yetuk san’at namoyondalari yaratgan asarlar va ularning izlanishlari asosida shakllangan bir talay ijodkorlarning o‘ziga xos, betakror asarlari dunyodagi eng ilg‘or akademiyalar va san’at maktablari tomonidan yuksak e’tiborga ega. Mana shu tajribalar asosida yosh ijodkorlar uchun bizda yetuk tarixiy, badiiy saviyasi yuksak asarlar yaratish uchun yetarli darajada ashyoviy hamda nazariy, badiiy tajribaga boy merosimiz bor.
Yuqoridagi imkoniyatlarni nazarda tutib, diplom ishi uchun tanlangan mavzu asosida samarali ijod qilish mumkin. Bibixonim timsolini yaratish uchun, avvalo bizning nazarimizda asarni yaratish uchun ijodkorga kerak bo‘ladigan nazariy va amaliy asoslarimizni rejalashtirib olishimiz lozim bo‘ladi.
Asar g‘oyasi, mazmun mohiyati juda dolzarblik asosiga qurilishini nazarda tutadigan bo‘lsak-u yoshlarni, ya’ni yangi avlodni vatanparvarlik, sadoqat, xalqparvarlik hamda insoniylik fazilatlarini yangi avlodga singdirish va ularni milliy qadryatlarimiz asosida yurtiga sodiq fuqarolar bo‘lib, kamol topishiga turtki bo‘luvchi fazilatlarni, ularning ongiga singdirishdek mas’uliyatli maqsadni o‘z oldiga qo‘yishni ilgari surdi.
Ijod jarayoni.
Odatda ijod jarayoni turli janrlarda o‘ziga xoslik xususiyatiga ega . Tarixiy portret yaratish jarayoni ham bundan mustasno emas.
Ijodkor o‘z ijod mahsulini muhlisga, undan so‘ng esa tomoshabinga beruvchi ya’ni taklif qiluvchi.
Oluvchi esa san’at shaydosi, muxlisi yoki oddiy tomoshabin.
Demak ijodkor asarni oluvchiga o‘ta mas’uliyat bilan namoyon qiluvchi shaxs. Bu shaxsdan o‘z kasb mahoratiga ega ijod na’munasi yaratish talab qilinadi. Ijodiy talab ham mahoratga asoslanadi. Bibixonim portretini yaratish o‘ta qiyin va mas’uliyatli mavzu hisoblanishi vajidan ijodkorlardan avvalo bilimdonlik, topqirlik va o‘z kasbiga nisbatan qalban va aqlan yondashishni talab qilinadi. Ijod jarayonida Bibixonim shaxsidan tasirlanmay turib, biz maqsadga erishish qutqusiga ega bo‘la olmaymiz.
Sarxadlari Turondan boshlanib, Eron, Xitoy, Avg‘aniston, Zakavkaz o‘lkasi sarhadlariga tutashgan buyuk imperatorining suyukli malikasi bo‘lgan Bibixonim Chingiz avlodidan bo‘lib, saroyda voyaga yetgan.
O‘rta bo‘yli, bodom qovoq, yuzi va gavdasi to‘lacha bo‘lgan Saroymulkxonimni Temur eng suyukli xotini deb bilgan. Xatto uzoq yurishlarda ham, o‘zi bilan olib yurgan. Saltanatda Temur yo‘qligi paytlarida, Saroymulkxonim Bog‘i Behishtda elchilarga, beklarga qabul marosimlari tashkil qilgan. Ayol kishi bo‘lishiga qaramay o‘z bilmi, farosati bilan saroy ahliga, imperatorning amaldor va maslahatchilariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan. Uning samimiy, juda oqila ayolligi uchun mulozimlar va davlat arboblari orasida obro‘si baland bo‘lgan.
Demak bizga ma’lumotlarning bunday yo‘nalishdagi yig‘indisiga asoslanib, o‘rta yoshlardagi ayollardan foto protatip ( o‘xshash nusxa ) topish uchun yetarlicha ma’lumot to‘plab, izlanib tipaj ( o‘xshashlik ) topish mumkinligini xulosa qilsa bo‘ladi.
Badiiy tasavvur.
Ijod jarayonining boshidan ohirigacha ishtirok etadigan ruhiy quvvat bu – tasavvur. Badiiy tasavvur, qidiruvchan xissiyot, - biror bir obrazni ko‘z oldiga keltirish uchun sayyi xarakatlarning tasavvur qilishga qaratilgan va ijodkorni o‘ziga chaqirib turgan extirosning mavhum shakli. Tasavvurni ta’riflashning, nima ekanini anglashning qiyinchiligi, uning o‘zi aql – idrokni inkor etgani holda, aqlga mos estetik ko‘rinish topish, u mo‘jizaviylik, xayolilik va karomat unsurlarini o‘ziga mujassam etgani holda, aql – idrokni shartlilik bilan aldaydi.
Tushunarli qilib gapirganda ijodkor ya’ni muallif hali hayotda o‘zi ko‘rmagan tarixiy shaxsni ko‘ruvchini o‘z asari bilan o‘sha odam ekanligiga ishontiradi.
Muallif sifatida ijod jarayonini boshlar ekanmiz biz ana shu asar bilan yashab, katta bir imtixondan o‘tamiz.
Biz Bibixonim bilan o‘sha davr nafasini tushunishimiz kerak bo‘ladi.
Biz o‘zimiz uchun shunchaki bir qahramonimizga o‘xshash nusxa ishlamaymiz, balki mashxur tarixiy obraz yaratamiz. Zero bizni minglab san’at shaydolari va tomoshabin imtixon qiladi.
Xulosa qilib aytganda matoda aks etadigan Bibixonimning moziydan bizga qarab turgan nigohidan tomoshabin xayratlana olsa bu ijodkorning asari o‘z maqsad muddaosiga erisha oldi degan ma’noni kashf etadi.
Asar kompozitsiyasiga murojat etarkanmiz Bibixonimning obrazi kartinaning qoq markaziga joylashtirish kerakligini maqsad qilamiz.
Albatta ikkinchi va uchinchi plandagi personajlar hamda manzarada aks etgan xudud Bog‘i bexisht bo‘lishini ko‘zga tutgan holda daraxtlar va moviy osmon ham, 2 – plandagi mulozim kanizalar ham bir butun ritmga bog‘langan bo‘lishi kerak.
Kartinaning tarixiyligini xisobga olgan holda kompozitsion muvozanat o‘ta qonuniyat asosiga qurilgan bo‘lishi kerak.
Perspektiva esa bosh qahramon asosiga qurilgan bo‘lib qahramonning yanada obrazliroq bo‘lishiga halaqit qilmay aksincha yordam berishi kerak.
Albatta asarning yetilishi va soyalarning ham qorong’i bo‘lmay yorug‘ bo‘lishi, soyalarni qorong‘i bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Mazmun mohiyatini xisobga olganda kartinadagi tantanavor qabul marosimi tamoshabinga o‘sha bayramona kayfiyatni yetkazib ko‘rsatib berishi uchun ranglar ekspressiyasidan badiiy tashbeh sifatida improvizatsiya qilishni qo‘llash mumkin.
Kartinadagi ranglar yaxlitligi albatta umumiy gammada aks etishi kerak.
Uchta tanlab olingan asosiy ranglar bir biriga mutanosib bo‘lib, issiq ranglar kartinadagi holat – kayfiyatni bizga iliq ranglarning soya va yarim soya tarzidagi jo‘shqinlikni ko‘rsatib berishi uni mazmuniga daxldor bo‘lishi ijodkor oldidagi maqsad muddao hisoblanadi.
Men Bibixonim obrazini o‘zimga mavzu qilib tanlashdan avval juda ko‘p san’at asarlarini XIV – XV asrlarga oid na’munalari bilan tanishganman. Zotan bizga Kamolliddin Bexzod miniatyuralari o‘sha davr nafasi va maishiy hayotdan ma’lum darajada so‘zlab bera olsada asar mavzuda bu tahlillarning yetishmasligidan qoniqmay Yevropa san’atining uyg‘onish davri XIV – XV asrdagi ayollar obrazlari bilan ham tanishdim. Botichelli, Mikelanjelo, Pizanello, Leonardo da Vinchi kabi ijodkorlarning ayollar obrazi talqinini ham o‘rgandim va o‘zimga kerakli xulosalar chiqardim. Bizning estetik qarashlarimizdagi ideal bo‘la oladigan Osiyo irqiga mansub bo‘lgan ayollarning foto tasvirlarini ham o‘rgandim. Tarixiy manbalarning mavjudlari bilan tanishdim.
Asarning g‘oyasi bilan tanishib yetarli darajadagi ilhom taradudini o‘zimda xis qildim. Turli eskizlar tayyorladim.
Portretning eskiz loixasini boshlashdan oldin g‘oya haqida ikki og‘iz so‘z.
Klavixoning 1404 yil yoz oyidagi Sohibqiron Amir Temurning Samarqanddagi “Bog‘u Dilkushoda” – bo‘lgan qabul marosimini esdalik qilib yozganida – Qasrga kirishdagi marmar suppa va uning yonidagi favvora, ya’na azim chinor xaqida ma’lumot berilgan, Men ana shu tevarak atrofni bo‘lajak ijodiy ishim uchun kompozitsion muhit sifatida tanlab oldim.
Bibixonimni esa ana shu qabul marosimidagi ishtiroki tasviri asarning ta’sirchan bo‘lishiga yordam beradi. Tantanavor holatdagi Bibixonim qabul marosimida taxtiravonda viqor bilan o‘tiribdi. Taxtiravoq ortida esa ayol mulozimlar diqqat bilan xonimlarining rayiga qarab farmon kutib o‘tirishibdi. Rasmning uchinchi plani esa kun oqqan ya’ni oqshomga yaqin paytni eslatadi. Daraxtning tanasi va shoxlari orasidan saroy onda sonda ko‘zga tashlangan qismlari bilan gavdalansa bahaybat chinor tanasi ulug‘vorlik, qudrat va qadimiy mustahkam ildizli zaminning ramzi hisoblanadi. Portretning markaziy qismidagi Bibixonim esa insonning bu foniy dunyodagi eng mukammal ramzlaridan xisoblanadi.Portret uchun tanlangan kompozitsiya markazidagi qahramonni o‘zbek millatidan tashqari barcha millat vakillari ham taniydi yoki u xaqida ko‘p eshitishgan. Endilikda idrok etuvchiga xayotda real yashab o‘tgan Bibixonim emas balki mushoxada, rangtasvir yordamida yaratilgan qahramon obrazi tasvirlangan.
Estetik idrok etuvchi tamoshabin uchun bu tasvir nimalarni hikoya qilishi kerak. Oxir oqibat bu rasm qanday taasurot qoldirishi kerak. Tasviriy san’at qonunlariga rioya qilgan holda badiiy obraz yaratishdan – badiiy adabiyot janridagi esse, roman, poveet kabi ijod na’munasini yaratish ancha osonroq.
Bunga sabab shuki qahramonimiz obrazini batafsil, mukammal tasvirlash uchun mujazgina bitta palatno kamlik qiladiganday. To‘g‘rirog‘i bitta tasvirda “Mana shu Bibixonim bo‘ladilar” deb idrok etuvchini ishontirish kerak. Ijodkor uchun biz yuqorida bibixonim haqidagi tafsilotlarimiz asosida fikr yuritib qahramonimiz bilan u bosib o‘tgan hayot yo‘lini mulohazaviy tahlil qilib ko‘rishimiz lozim bo‘ladi.
Mulohaza : Ijodkorning badiiy farazi.
Go‘dakligida ya’ni besh yoshida otasi qatl qilingan. O‘n to‘rt yoshida turmushga chiqqan. Hali balog‘atga yetmay turib, boshidan shuncha kechinmalar o‘tgan ayolni bir tasavvur qilib ko‘ramiz. Taqdirning bu ayolning boshiga slogan sinovlarini yengib yigirma to‘qqiz yoshida yana bir sinov: u bo‘lajak jahongir Amir Temurga turmushga chiqadi. O‘ttiz besh yillik temuriylar sulolasining siyosiy hayotida muhim ahamiyatga molik buyuk Temurga umr yo‘ldosh bo‘lish. Bir umr yashab ayol uchun buyuk saodat va burch bo‘lgan onalik baxtidan maxrumlik. Tinimsiz jangu – jadallar, ko‘chib yurishlar, dashtu – sahrolarda Sohibqironni qo‘llab quvatlab unga xamroh bo‘lib, dalda bo‘lib muvaffaqiyat va muvafaqqiyatsizliklarga sherik bo‘lish. Qolaversa Temurning so‘nggi nafasigacha uning suyukli mahbubasi bo‘lish. Va nihoyat Temurning suyukli nabiralariga katta ona bo‘lib, ularni tarbiyalash.
Buyuk Ulug‘bek atigi ikki oy onasini sutidan baxramand bo‘lib Bibixonim qo‘lida, uning mexr – muhabbatga to‘la bag‘rida voyaga yetib falakiyot ilmi va mamlakatni odilona boshqargan buyuk olim va shox maqomiga erishish.
Bu fazilatlarning bir odam timsolida ko‘rish aql bovar qilmas qaxramonlik emasmi?
Badiiy asarni unga shaydo va asar tilini yaxshi tushuna oladigan tomoshabin uzog‘i bilan shu asarni 10 – 15 daqiqa maroq bilan, xayrat bilan tamosha qiladi. Lekin yetuk asar yaratishga yillar ham pisand emas.
Bunday mavzuga yondoshishning o‘zi ijodkorga ilhombaxsh tuyg‘ularni hadya qilib uni sharafli va o‘z paytida juda mas’ulyatli bir ijod bo‘sag‘asida turganligini unga doim eslatib turadi.
XULOSA.
Bizning ajdodlarimiz tarixiga nazar tashlasak dunyodagi barcha mamlakatlar va elatlar ichida juda boy tarixga ega, dunyo tamadduniga eng buyuk allomalari, diniy arboblari, xassos ijodkorlari hamda Osiyo va Yevropaga (svilizatsiyaning) yuksak ijodiy na’munalari yaratgan millat sifatida namoyon bo‘lamiz.
Rus bosqinidan so‘ng bizni boy tarixiy manbalarimiz, boyliklarimiz, san’atning barcha turlariga oid ijod na’munalarimiz talon taroj qilib mamlakatdan olib chiqib ketilgan yoki arxitektura va me’morchilik san’ati obidalari ataylab yaroqsiz holga keltirilganini guvohi bo‘lamiz.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizning birinchi prezidenti muxtaram I. Karimov komunistik mafkuradan, mustamlakachilik zulmidan chetga surib qo‘yilgan milliy qadryatlarimizni tiklash yo‘lida tinmay bosh qotirib tariximiz, o‘zbeklarga xos milliy urf-odatlarimizni tiklash uchun xormay tolmay xukumatimiz va ko‘zga ko‘ringan olim va ziyolilar bilan xamjixatlikda ulkan izlanishlar va bunyodkorlik ishlarini olib borib chorak asrlik qisqa davr ichida 100 yillarga teng ishlarni amalga oshirdilar.
Yoshlarimiz tarbiyasi, salomatligi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ularning bevosita ishtirokini ta’minlovchi amaliy ishlar qilib taraqqiyotga sari bo‘lgan intilishlarimiz uchun puxta zamin yaratildi desam hech mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ozod va obod diyorimiz qisqa fursatlar ichida borgan sari go‘zallashib, sayqal topib bormoqda.
Sanoatning barcha turlarida, qishloq xo‘jaligida, shaharsozlik, kommunikatsiya, yo‘l qurilish infrotuzilmasi, konlarni o‘zlashtirish kabi barcha sohalarda ijodiy izlanishlar va dunyo xamjamiyatida o‘zining salohiyatiga ega yuksakliklarga erishish xalqimizning ezgu maqsadi hisoblanadi.
Bugungi kunda yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bо‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O’tmishda yashab o’tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug’ allomalar siymosini tasviriy san’at asarlarida aks ettirish ijod ahli oldiga ham ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Shu sababli ham ular o’rganishni , tahlil qilishni taqozo etadi. Bu uz navbatida xalqimiz ichidan yetishib chiqqan buyuk davlat va fan arboblari, buyuk vatandoshlarimiz haqida yaratilgan va yaratilayotgan tasviriy san'at asarlarini o’qishni o’rganishda , badiiy saviyasi va qiymatini anglashimizda bеnixoya katta ahamiyat kasb etadi , dеb o’ylaymiz. О‘zbekistonda ham yangi ma’naviy-g‘oyaviy yо‘nalishlarning shakllanishi о‘z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida, musiqa va tomosha san’atlarida, badiiy va xujjatli kino hamda, televideniye tizimida yaqqol namoyon bо‘lmoqda.
Bundan tashqari bugungi kunda badiiy fotografiya yaratgan san’at asarlarini ham tasviriy san’atda foydalansh keng tus olib bormoqda.
Suvratda muayyan yangitikning bo’lishi yoki asarning original va betakror bo’lishi esa masalaga ijodiy yondashish lozimligini bildiradi. Ya’niyaratilgan asarda rassom kompozisiya, mazmun, g’oya, rang, elementlarining joylashuvi jihatidan yangicha yondashuvlarga erishmog’i kerak. Suvrat yuqorida qayd qilingan jihatlari bilan avval yaratilgan asarlardan tubdan farq qilsa, ya'ni orginal va betakror bo’lsagina u yuqori baholanadi, alohida e'tirofga sazovor bo’ladi.
Asarning bosh g’oyasi tabiat go’zagligini tarannum etish bo’lsa, unda rassom suvratdagi barcha detallarni o’z g’oyasiga mos ravishda tuzishi, shunga muvofiq shakl, rang va boshqa jihatlarni tanlashikerak bo’ladi. Suvratdagi hayvonlar, daraxtlar, tog’u toshlar, uylar, soylar, hattoki osmondagi bulutlar ham shakl va rang jihatidan mazmunga mos tarzda tasvirlanishi kerak bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishining mazmuniportret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish,fotografiya va tasviriy san’atdagi yaqinlik, o’xshashlik, dinamika, statika, perspektiva, kompozitsiya, komponovka, rangtasvir asoslarining qo’llanilishidan iborat.
Xulosa qilish kerak portret yaratishda kompozitsiya asoslarining o’rni va ahamiyati eng muhim bo’lim hisoblanadi. Kompozitsiya asoslari tasviriy san’atning barcha tur va janrlarida ishtirok etadi. Bugungi kunda portret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish mumkin. Bu aynan fotodan nusxa ko‘chirish orqali emas, balki fotodan foydalanib turli kompozitsiyalar yaratilganda yahshi samara beradi.
Barkamol avlodni tarbiyalashda tasviriy san’at va uning tur hamda janrlarining xozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, ayniqsa portret janridagi ilg’or g’oyalarning yuksalishida bitiruv malakaviy ishining mavzusida keltirilgan izlanish va fikrlar ijodning yangicha g’oyalarini oldinga suradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib men shuni tavsiya qilgan bo’lardimki, bo’lajak soha mutaxassislari kelajak avlodni yuksak saviyali yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalashda tasviriy san’at asarlarini kuzatish, taxlil qilish, fotodan shunchaki ko‘chirma sifatida emas, balki ilhom manbai sifatida o‘rinli foydalanishni tavsiya qilgan bo‘lar edim.
Tasviriy san’atda buyuk tarixiy siymolarning aks ettirilishi- bu yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar, vatanga va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.1.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:”O‘zbekiston”,2000 y.
1.2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.:”Ma’naviyat”,2010 y.
1.2. Karimov I.A. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992 y.
2.1. Abdullayev N. San’at tarixi. 2 t. – Toshkent: O‘qituvchi, 1986 y.
2.2. Abdullayev N. San’at tarixi. 2 t. – Toshkent: San’at. T. 2001 y.
2.3. Abdullayev N. San’at tarixi elektron o‘quv qo‘llanma T. 2005 y.
2.4. Abdurahmanov G‘. Kompozitsiya o‘quv qo‘llanma. T. 2007 y.
2.5. AbdurahmonovB. Художественная культура Узбекистана. ХХ век. – ташкент: Узбекистанб 2000 г.
2.6. ApuxtinO.K. Tasviriysan’athaqidasuhbatlar. – Toshkent.: “O‘qituvchi”, 1965 y.
2.7. Ahmedov B. Ulug’bek(ESSE). Toshkent 1989.(20-21 bet).
2.8. Hasanov R.Tasviriy san’at asoslari. T. 2009. ( 73 b ).
2.9. Egamov A. Kompozitsiya asoslari. T.: “San’at” , 2005 y.
2.10. Maxmudov T., Olimov Y. O‘zbekiston san’atida inson omili. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1988 y.
2.11. Nabiyev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979 y.
2.12. Oydinov N. “O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavxalar”, Toshkent. O‘qituvchi. 1997.
2.13. Oripov B. Tasviriy san’at asoslari. – Namangan, 1994 y.
2.14. Oripov B. San’at nazariyasi. – Namangan, 2000 y.
2.15. Raxmetov S. Dastgohli rangtasvirda kompozitsiya asoslari. T.:”Sharq”, 2007 y.
2.16. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining San’at jurnali. 4.2014.
III. Xorijiy manbalar
3.1. Группа авторов. История искусств зарубежных стран. Т. 1-3. М. 1963-1964 г.
3.2. Группа авторов. История зарубежного искусства. М. 1983.
3.3. Гуренко Е. Г. Проблемы художественной интерпретации (философский анализ). – Новосибирск: Наука сибирское отделение, 1982 г.
3.4. Искусство стран и народов мира. Краткая художественная энциклопедия. Т. 1-5. М. 1962-1981г.
3.5. N.A.Dmitriyev. Kratkaya istoriya iskusstv. M.: 1985 g.
3.6. Yu. B. Rotenberg. Zapadno Еvropeyskogo iskusstva17 veka. М.: 1972g
IV. Internet saytlari
4.1. www.google.uz
4.2. www.Ziyo-Net.Uz.
4.3. www. Artsait.ru.
4.4. www.arxiv.uz
Ilovalar.
O. Muinov. Bibixonim portreti.
“ Uvaysiy”
Malik Nabiyev. “Amir Temur”
|