• Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni Bajardi: (
  • Kirish........................................................................................................................3
  • Xulosa.....................................................................................................................31
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




    Download 81.27 Kb.
    bet1/10
    Sana22.04.2023
    Hajmi81.27 Kb.
    #53173
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ahmedov Kurs ishi(to\'liq)777
    100 таавв, Презентация Microsoft PowerPoint (2), 100Ювы, Classic Shell (1), Ingliz tili mystaqil ish, Akhmedov Humoyun, KURS ISHI, Hujjat (19)[1] (1)ssssssss[1]qosim, INSON SOG’LIGINI SAQLASH BIOXAVFSIZLIKNI TAMINLASH. BIOXAVFSIZLIKDA ZAMONAVIY USULLARNI QO\'LLASH, Sharq Falsafasi-2023-IYUL-1 qism-4-8 2, E. H. Carr - The Twenty Years\' Crisis, 1919-1939 An Introduction to the Study of International Relations -MacMillan and Co. Ltd. (1946), Mundarija I. O’quv materiallar, Rasm va matn-fayllar.org, Veb-multimedia asoslari

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
    O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTITETI MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI
    MEHNAT IQTISODIYOTI fanidan
    Kurs ishi
    Mavzu: Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni


    Bajardi: (5520100)Ijtimoiy ish(tarmoqning turli sohalari bo’yicha)
    2-kurs talabasi Ahmedov Qosimxo’ja
    Qabul qildi: katta o’qtuvchi Xajibakiev Sh.


    Toshkent-2022
    Mundarija:
    Kirish........................................................................................................................3
    1.Mehnat tushunchasi paydo bo’lishi va uning omillari.................................6
    2.Mehnatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni…………………………..9
    3.Ijtimoiy mehnat munosabatlarini tashkil etish...........................................21
    Xulosa.....................................................................................................................31
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.....................................................................33


    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi: Mehnat jamiyat yoki alohida individ talab va ehtiyojlarini qondirish uchun bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida koʻriladi.
    Mehnat — insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng avvalo tabiat predmetlarini oʻzgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratiladi.
    Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning akliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini oʻz maqsadiga boʻysundiradi.
    Jamiyat taraqqiy etishi bilan Mehnat taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, Mehnatning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega boʻladi. Mehnatdagi ixtisoslashuv tufayli tabiat sirlari chuqur oʻrganiladi, tabiiy narsalar toʻlaroq ishlatiladi, hatto, ularning xossalari oʻzgartiriladi. Mehnat taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajaga ekanligini ifodalaydi. Mehnat turlari yuzaga kelishi bilan Mehnat faoliyati natijalarini ayirboshlash, har xil mehnatni bir-biriga moslashtirish ehtiyoji tugʻiladi. Bu esa mehnatga ijtimoiy tus beradi. Kurs ishini yozish jarayonida mehnat migratsiyasi va ijtimoiy mehnat munosabatlarini o’rganishga alohida e’tibor berilgan.
    2022-2026-yilgacha mo’ljallangan Yangi O’zbekiston strategiyasining 85- maqsadi ham aynan mehnat va mehnat bozori munosabatlarini tartibga solish va aholiga munosib ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan. Dastur ijrosini taminlash maqsdida quyidagi maqsadlar belgilab qo’yilgan:1

    • Norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirishga yordam berish orqali ularda ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish.

    • Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish. Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    • Davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

    • Hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‘al toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarni yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambag‘allikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish.

    • Ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha ehtiyojmand aholining kamida 85 %foizini ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va aholi qatlamlariga, shuningdek, vaqtinchalik og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat ijtimoiy yordamini ko‘rsatish.2

    Mehnat va mehnat bozorini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 apreldagi “2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori, “Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida”gi 187-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.3

    Download 81.27 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 81.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

    Download 81.27 Kb.