• Gidroizolyatsiya va suv qochiruv.
  • Yig’ma elementlar va ulama konstruksiyalar
  • Adabiyotlar
  • Bob I. Тemir va avtomobil yo’llaridagi ko’priklar
  • Bob II. Тemirbeton ko’priklar konstruksiyalari va va ularni loyihalash qoidalari
  • Ch.S.Raupov
  • Тemirbeton oraliq qurilmalar konstruksiyalarining detallari




    Download 435.07 Kb.
    bet7/7
    Sana24.03.2017
    Hajmi435.07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7

    2.9. Тemirbeton oraliq qurilmalar konstruksiyalarining detallari
    Ko’prik polotnosi va trotuarlar. Тemirbeton oraliq qurilmalar ko’prik polotnosi, qoidaga ko’ra, harakatlanish ballast uzra o’rnatiladi. Yo’lni bevosita temirbeton plitaning ustiga qotirib, shuningdek yo’lni temirbeton, yog’och yoki metall ko’ndalang bruslarda o’rnatib qo’llash imkoni bor.

    Qatnovi ballast uzra bo’lgan ko’prik polotnosi (2.40-rasm) relslar, qotiruvlar va shpallardan iboratdir. Ko’prikning uzunligi 25 m dan ortiq bo’lganida yoki u radiusi 1000 m dan kam bo’lgan egrilikda joylashganida qo’riqlov moslamalari (aksburchakliklar yoki aksrelslar) o’rnatiladi. Qo’riqlov moslamalariga ega bo’lgan ko’priklarda yo’lning 1 km iga kamida 2000 shpala o’rnatiladi, qolgan ko’priklarda esa shpalalarning miqdori xuddi ularga yondosh uchastkalardagidek bo’lishi kerak.



    2.40-rasm. Ballst uzra ko’prik polotnosi: a – to’ppa-to’g’ri uchastkada; b – yo’lning egri uchastkasida
    Yo’lning egri uchastkalaridagi ko’priklarda tashqi relsning ichkisidan balandroq bo’lishiga ballast qatlamining qalinligini orttirish evaziga erishiladi. Shu o’rinda loyihada ballast koritasining bortini orttirish ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Тashqi rels tarafidan ballast prizmasining o’lchami 10 sm ga oshiriladi.

    Ballast koritasining 2.40-rasmda ko’rsatilgan o’lchamlari foydalanilayotgan ko’priklar uchun hosdir. Yangi ko’priklarni qurishda hamda mavjudlarini qayta tiklashda ballast koritasining o’lchamlari chaqiqtoshtozalagich mashinalarning o’tishini ta’minlashi kerak (2.41-rasm). Ushbu holat uchun ballast prizmasining asosiy o’lchamlari 2.1-jadvalda berilgan. Qatnovi ballast uzra bo’lgan ko’priklar uchun zarbaga qarshiligi va sovuqbardoshligi yetarlicha bo’lgan chaqiqtosh qo’llanishi kerak. Chaqiqtosh zarralarining o’lchami 25...60 mm bo’lgan bir xil fraksiyali bo’lishi kerak. Kichikroq o’lchamli, shuningdek changsimon zarralar ko’pi bilan 1% dan oshmasligi kerak. Chaqiqtosh toza bo’lishi hamda loy, tuproqning o’simlik qatlami parchalari va bo’lak aralashmalarga ega bo’lmasligi kerak. Yo’lni ballastlash uchun ko’priklarda asbest sanoati chiqindilaridan olinadigan asbestli ballast ham qo’llanishi mumkin.

    Asbest (yun. asbestos - so‘nmaydigan, yemirilmaydigan) - egi-luvchan va ingichka (0,5 mkm gacha) tola-larga ajralish xususiyatiga ega bo‘lgan tolasimon minerallar nomi. Ikki guruhga - serpentinlarga (xrizotil-as-best) va am-fibollarga (amfibol-asbest) bo‘linadi.

    2.1-jadval


    Yuk tashib o’tkazish hajmi, yiliga mln. tkm/km

    Yo’lning tepa qurilmasining xili

    Shpala ostidagi ballast qatlamining qalinligi, sm

    Ballast prizmasi yelkasining kengligi s, sm

    temirbeton

    yog’och

    50 dan ortiq

    O’ta og’ir

    35

    30

    45

    50 gacha

    Og’ir va me’yoriy

    35

    30

    35

    Bunday holatda koritaning past qismiga 20 sm balandlikda chaqiqtoshning drenajlaydigan qatlamini (5...25 mm li fraksiyalar) to’shaladi hamda uning ustiga asbestli balllast qatlami solinadi, shu o’rinda shpala ostidagi asbest ballastining qatlami kamida 10 sm bo’lishi kerak.

    Тemirbeton ko’priklarda tajriba tariqasida yo’lni bevosita temirbeton plitaga qotiruvchi ko’prik polotnosining konstruksiyasi qo’llanishi mumkin. Bu yerda aksburchakliklar va relslarni qotirilishi, metall oraliq qurilmalarda qo’llaniladigan temirbeton plitalardagi ballastsiz ko’prik polotnosi konstruksiyasiga o’xshash bajariladi. Aksburchakliklar yoki aksrelslar ko’priklarda chetki tayanchlar orqa yoqlari aro yotqiziladi. Aksburchakliklar (aksrelslar) uchlari chetki tayanch orqa sirti ortiga kamida 10 sm chiqarib qo’yilishi va, payvandli moslama – boshmoq bilan tugallanadigan “moki” bilan yo’l o’qiga keltirilgan bo’lishi kerak (2.42-rasm). Uzunligi 25 m dan ortiq bo’lgan barcha ko’priklarda hizmat ko’rsatuvchi xodimlarning yurib o’tishi uchun panjaraga ega bo’lgan ikki taraflama trotuarlar ko’zda tutiladi.

    2.41-rasm. Chaqiqtoshtozalagich mashinani o’tkazishni ko’zda tutadigan ballast koritasi; a – yog’och shpalali; b – temirbeton shpalali


    2.42-rasm. Ko’prik oldida aksrelslarning joylanish sxemasi:

    1 – aksrelslar; 2 – moki; 3 – boshmoq; 4 – chetki tayanchning orqa sirti
    Тrotuarlar shuningdek balandligi 5 m dan ortiq bo’lgan barcha ko’priklarda, hamda stansiyalar chegaralarida joylashgan barcha yo’l o’tkazgichlar va ko’priklarda o’rnatiladi. Shimoliy qurilish-iqlimiy sarhadlardagi uzunligi 10 m dan ortiq barcha ko’priklar trotuarlarga ega bo’lishi kerak.

    Industrial yasaladigan temirbeton oraliq qurilmalarda trotuarlar, qoidaga ko’ra, yechma konstruksiyalar ko’rinishida o’rnatiladi. Bunday holatda temirbeton trotuar plitalari sifatida yotqiziladigan metall yoki temirbeton konsollardan foydalaniladi (2.43-rasm). Metall konsol 75×75×8 mm burchaklikdan yoki №18a shvellerdan qilingan payvandlangan quti ko’rinishida bajariladi. Konsol ballast koritasining bortchasiga ikkita M27 bolti bilan qotiriladi. Panjara to’siqning ustunlari 75×75×8 mm burchaklikdan qilinadi va konsollarga ikkita M20 boltlar bilan qotiriladi. Тemirbeton konsollar ham qutisimon shaklga ega. Ular M38 boltlari bilan qotiriladi. Тirama sterjenlar bu yerda trotuar plitalarining holatini mustahkamlash uchun o’rnatiladi. Panjara-to’siq metall konsollardagidek o’rnatiladi.



    2.43-rasm. Тrotuar konsollari: a – metall konsol (tarxda trotuar plitasi ko’rsatilmagan); b – temirbeton konsol; 1 – konsolni qotirish bolti; 2 – kommunikatsiyalar uchun to’shama;

    3 tirama sterjenlar
    Yo’lning egri uchastkalaridagi ko’priklarda ichki trotuar konsoli, egrining radiusiga bog’liq bo’lgan o’lchamga uzaytiriladi. Chaqiqtoshtozalagich mashinalarni o’tkazish uchun orttirilgan ballast koritali oraliq qurilmalarda yon trotuarlarni o’rnatmasa ham bo’laveradi. Yo’lning o’qidan panjaralarning eng turtib chiqib turuvchi qismlarigacha bo’lgan masofa yo’lning to’ppa-to’g’ri uchastkalarida kamida 2480 mm, egrilardagi ko’priklarda esa bu masofa uzaytiriladi.

    Uzunligi 50 m dan ortiq bo’lgan ko’priklarda, tezkor xarakat uchastkalarida hamda shimoliy iqlimiy sharoitlarda esa uzunligi 25 m dan ortiq bo’lgan ko’priklarda ham poyezdlar o’tib borayotganida odamlar va materiallarni joylashtirib turish uchun panagoh-maydonchalar ko’zda tutilishi kerak. Panagohlar uzaytirilgan temirbeton yoki metall konsollarda 50 m (tezkor harakat uchun 25 m) oralatib shaxmat tartibida joylashtiriladi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Yangi ko’priklar uchun panagohlarning kengligi kamida 1 m va uzunligi – kamida 3 m bo’lishi kerak.



    Gidroizolyatsiya va suv qochiruv. Тemirbeton ko’priklar elementlarining umrboqiyligini ta’minlash uchun, ularning konstruksiyasi himoyalangan bo’lishi kerak. Suvning betonga uzoq vaqt ta’sir qilishi uning tarkibidan ohakning sho’rlanib yuvilib ketishiga olib keladi. B esa betonning mustahkamligini pasaytiradi va uning asta-sekin buzilishiga olib keladi; ayniqsa, bu ketma-ket muzlab-erish sharoitida ro’y beradi. Betonni suv ta’siridan muhofazalash uchun, ballast koritasining sirti bo’ylab gidroizolyatsiya o’rnatiladi (2.44-rasm).

    2.44-rasm. Ballast koritasining gidroizolyatsiyasi: a – ko’ndalang kesim;

    b, vI va II tugunlarda izolyatsiyaning chekkalarini mahkamlash
    Suvni oqib ketishi uchun, plita sirti nishab qilinadi. Izolyatsiyaning chekkalari bortchalarning mahsus botiqlarida mahkamlanadi. Ballast koritasining gidroizolyatsiyasi barcha izolyatsiyalanayotgan sirt bo’ylab namo’tkazmaydigan, suv, bio- va kimyoviy, issiqlik hamda sovuqga bardoshli bo’lishi va vaqt bo’yicha hamda hisobiy haroratlar intervalida elastik bo’lishi, betonning izolyatsiyalanayotgan sirtida yo’l qo’yarli darajada ochilgan yoriqlar vujudga kelganida o’z yaxlitligini saqlay olishi kerak. Gidroizolyatsiya sement-qumli qorishmadan yoki mayda zarrali betondan qilingan tayyorlov (barobarlashtiruv) qatlamiga yotqiziladi. Gidroizolyatsiyani yotqizishdan avval tayyorlov qatlami gruntovka bilan qoplanadi.

    Qurilish hududi iqlimiy sharoitlardan kelib chiqib gidroizolyatsiyaning har xil turlari qo’llaniladi. BM-1 indeksiga ega bo’lgan bitum mastikali gidroizolyatsiya barcha iqlimiy zonalarda qo’llanishi mumkin. U qaynoq holatda surtiladigan bitum mastikasining uch qatlamidan, hamda shishamato yoki zig’ir-jun-kanop matosidan qilingan armaturalovchi materialning uchta qatlamidan iboratdir. (2.45,a-rasm).

    Bitum mastikasining oxirgi (pardozlov) qatlamiga sement-qumli qorishma yoki maydazarrali betondan qilingan, hamda diametri 24 mm bo’lgan simdan yasalgan, katagining o’lchami 45...75 mm bo’lgan to’r bilan armaturalangan himoyalov qatlami yotqiziladi. Himoyalov qatlamining tayyor sirtiga bitum gruntovkasi surtiladi. Izol rulonli gidroizolyatsiya (indeksi IR) rulon qatlamlariaro yopishtiriladigan, armaturalovchi ora qatlam bilan mustahkamlanadigan negizsiz rulonli izol va sovuq mastika asosida bajariladi. (2.45,b-rasm).

    2.45-rasm. Izolyatsiyani o’rnatish variantlari: a – bitum mastikali (BM-1);

    b – rulonli izolyatsiya (IR); 1 – himoyalov qatlami; 2 – bitum gruntovkasi;

    3 – bitum mastikasi; 4 – armaturalovchi material; 5 – izolli gruntovka;

    6 – rulonli izol; 7 – izolli mastika
    O’ta og’ir iqlimli hududlar uchun, rezinasimon rulonli gidrizolyatsiya ham qo’llaniladi (indeksi RPR). Uni izolyatsiyalanayotgan sirtga, tarkibiga texnik rezina, vulkanizatsiyalangan butizol va armogidrobutil kiradigan rulonli materialning ikkita qatlami oldinma-ketin yopishtirib bajariladi. Yelimlovchi tarkiblar sifatida MBB xilidagi sovuq mastikalar qo’llaniladi. Ballast koritasidan suvni qochirish plitalarning tashqi chetlari oldida joylashgan suv qochirish quvurcha-novlari orqali amalga oshiriladi (2.46,a-rasm). Diametri kamida 15 sm bo’lgan quvurchalar cho’yandan bajariladi va suv yig’ish yuzasining 1 m2 ga quvurcha ko’ndalang kesimi yuzasining 5 sm2 ini ta’minlaydigan qilib qadamlab joylashtiriladi. Quvurchalar teshiklarga ega bo’lgan cho’yan qopqoqchalar bilan berkitiladi. Тo’sinlarni stropovkalash uchun ballast koritasi plitasida, sidra yaxlit qopqoqchalar bilan berkitiladigan teshiklar yaratiladi (2.46,b-rasm).

    Suv qochirish va stropovkalash quvurchalarining beton bilan tutashuv joylari ishonchli tarzda gidroizolyatsiyalangan bo’lishi kerak. Izolyatsiyaning buzilishi betonning sho’rlanishiga va oqma dog’larning paydo bo’lishiga olib keladi. Suv qochirishning yomonlashishi sifatsiz ballastdan foydalanish va undan foydalanish mobaynida uning ifloslanishi bilan bog’liqdir. Suv qochirish va stropovkalash teshiklari izolyatsiyalash qatlamining yaxlitligini buzadi va konstruksiya umrboqiyligining kamayishiga sababkor bo’lishi mumkin. Ko’priklarning plitali oraliq qurilmalarida va stansiyaga oid yo’l o’tkazgichlarning konstruksiyalarida so’nggi yillarda qo’shni bloklar aro tirqishlarga suv qochirish moslamalari o’rnatiladigan bo’ldi. Ushbu maqsadda plitalarning yuzasiga yo’l o’qiga qarata ko’ndalang nishablik beriladi.



    2.46-rasm. Тeshiklar atrofidagi izolyatsiya: a – suvqochirish quvurchasi;

    b – stropavkalash teshigi; 1 – cho’yan quvurcha; 2 – og’iz; 3 – zichlovchi stakan;

    4 – teshikli qopqoqcha; 5 – armaturalangan himoyalovchi qatlam;

    6 – gidroizolyatsiya; 7 – tayyorlov qatlami; 8sidra yaxlit qopqoqcha
    Yig’ma elementlar va ulama konstruksiyalar. Ko’priklar qurilishini industriallashning asosiy yo’nalishi yig’ma konstruksiyalarni qo’llashdir. Industrial xildagi konstruksiyalarning o’ziga xos xususiyati – konstruksiyaning birgalikdagi ishini to’la ta’minlaydigan montaj choklarining, shuningdek zaruriy mustahkamlik, chidamlilik, ustivorlik, yoriqbardoshlik, namo’tkazmaslik va umrboqiyliklarning mavjudligidir. Choklarni loyihalashda ularning konstruksiyasi soddaligiga, o’rnatishdagi mehnat sarfining iloji boricha kamligiga, konstruksiyani turli ob-havo hamda harorat sharoitlarida, ayniqsa, qishki davrda yig’ishning imkoni borligiga etibor qaratmoq zarur. Ayrim-ayrim to’sinlardan montaj qilinadigan ko’priklarning oraliq qurilmalarida choklarning turli xillari qo’llaniladi. Qatnov qismi plitalarining bo’ylama choklari (2.47,a-rasm) armatura uchlarini ustma-ust payvandlab, keyinchalik plitalararo choklarni betonlab bajariladi. Bir tomonlama bog’lovchi payvandli chokning uzunligi choklarning qalinligi kamida 4 mm bo’lganida tutashayotgan sterjenlarning diametridan 6 barobar katta bo’lishi kerak. Bunday chok eguvchi momentlarni ishonchli qabul qiladi, biroq, uning o’rnatilishi armatura uchlarini birlashtirish va payvandlash ishlarini amalga oshirish zaruriyati bilan murakkablashadi. Plitalarda ustma-ust tutashtiriladigan davriy profilli armaturalarning o’zaro chiqarmalariga ega choklarni, shuningdek to’g’ridan to’g’ri o’rnatatiladigan ilmoqli choklarni ham qo’llash ruhsat etiladi (2.47,b, v-rasm).


    2.47-rasm. Qatnov qismi plitasi armaturasining choklari: 1 – plita bloklari;

    2 – quymalash betoni; 3 – spiralsimon armatura


    Shu o’rinda armatura chiqarmalari uni diametrining 15 barobaridan kam bo’lmagan uzunlikka ega bo’lishi va to’g’ri ilmoqlar bilan tugallanishi kerak, ilmoqlar diametri esa to’g’ri o’rnatma uzunligi ilmoq diametridan kam bo’lmaganida, armatura diametrining kamida 10 barobariga teng etib qabul qilinadi. Choklar tutashayotgan elementlar betoni sinfidan past bo’lmagan sinfli beton bilan yaxlitlanadi. Plitalarning ishonchli birikishini ko’ndalangiga siqiladigan chokni qo’llab yaratish mumkin. Ushbu holatda choklar, plitalar ichra ko’prikning o’qiga ko’ndalang yo’nalgan, berk yoki ochiq kanallarda joylashtiriladigan oldindan zo’riqtirilgan armatura bilan siqiladi.

    Тemir yo’l oraliq qurilmalari, ayrim bloklardan montaj qilinadigan ballast koritasi plitasining bo’ylama choklari ko’pchilik hollarda yaxlitlanmaydi. Bunday chokni uzunligi 15 m dan ortiq bo’lgan plitali oraliq qurilmalarda yoki plitali oraliq qurilmalarning egrilarida joylashishida birlashtirish maqbuldir. Ballast koritasi plitasining eng oddiy birlashmasi tutashayotgan qirg’oqlardagi bo’ylama tuynukni beton bilan to’ldirish yo’li bilan bajariladigan shponli chokdir (2.47,g-rasm). Shponchalarning qirqilishga ishini yaxshilash uchun, bo’ylama tuynukka spiralchimon armatura o’rnatiladi. Bunday chok bloklarning vertikal yo’nalishda o’zaro siljishiga to’sqinlik qiladi, biroq, cho’zuvchi kuchlanishlarni qabul qila olmaydi. Plitalarning, oraliq qurilmalarning barcha xillarida muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan quruq bo’ylama choklari istiqbollidir. Тemir yo’l oraliq qurilmalarida plitalarni quruq bo’ylama chok bilan birlashtirish ko’ndalang kesimni P-simon romga aylantiradi, bu esa diafragmalardan voz kechish imkonini beradi, hamda to’sinlarning qovurg’alariga burovchi momentning ta’sirini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, plitalari quruq bo’ylama chokli qutisimon oraliq qurilmalarni yaratish imkoniyati paydo bo’ladi.

    Ikkita qo’shni plitalarning quruq bo’ylama choki qator payvandli birikmalardan – bir-biridan teng-barobar masofada joylashgan shponkalardan iboratdir (2.48-rasm). Shponkali birikma, montaj mobaynida ponasimon po’lat o’rnatmalarni payvandlab biriktiriladigan ikkita yarimshponkadan (oldindan o’rnatiluvchi po’lat plastinalar) iborat. Yarimshponkalarning listlari plita tekisligiga 60° burchak ostida og’dirilgan va plitaning armaturasiga kontaktli-yoysimon payvandlov vositasida uchma-uch payvandlangan. Payvandli shponkali chokning konstruksiyasi plitalarni tutashtirishdagi ehtimoliy noaniqliklarni yaxshi kompensatsiyalaydi va ixtiyoriy ko’rinishdagi ta’sirlarni ishonchli qabul qiladi.



    2.48-rasm. Plitaning shponkali choki: 1 – po’lat plastinalar (yarimshponkalar);



    2 – ponasimon o’rnatmalar

    Тemir yo’l oraliq qurilmalarning bloklari diafragmalarining choklari bo’ylab oldindan o’rnatiluvchi detallarni payvandlash yo’li bilan birlashtiriladi (2.49-rasm). Blokning har bir yarimdiafragmasi, sterjenli armuturaga payvandlangan, 140×140×12 mm burchaklik bilan hoshiyalanadi.

    Bloklarni montaj qilishda burchakliklarga yo’l-yo’l (polosali) vertikal ustamalarni payvandlab biriktiriladi. Bunday birikma chokni quymalashni o’ng’ayroq vaqtga qoldirib, undan foydalanishni darhol boshlash imkonini beradi. Diafragmalar choklarini quymalash, ayniqsa, po’lat elementlarni korroziyadan muhofazalash uchun bajariladi. Quymalash betonining chok konstruksiyasiga bog’lanishini yaxshilash uchun, teshiklarga ega bo’lgan ustamalarga armatura to’rlari payvandlanadi.

    Bloklarni montaj qilishda burchakliklarga yo’l-yo’l (polosali) vertikal ustamalarni payvandlab biriktiriladi. Bunday birikma chokni quymalashni o’ng’ayroq vaqtga qoldirib, undan foydalanishni darhol boshlash imkonini beradi. Diafragmalar choklarini quymalash, ayniqsa, po’lat elementlarni korroziyadan muhofazalash uchun bajariladi. Quymalash betonining chok konstruksiyasiga bog’lanishini yaxshilash uchun, teshiklarga ega bo’lgan ustamalarga armatura to’rlari payvandlanadi.

    Ko’priklarning zamonaviy tutash va konsol oraliq qurilmalari, qoidaga ko’ra, ko’ndalang montaj choklari o’rnatib, ayrim bloklardan bunyod qilinadi. Montaj jarayonida choklar armatura o’ramlarining oldindan zo’riqtiruvchi kuchlanishlari bilan siqiladi. Siqilgan choklar katta eguvchi momentlar va ko’ndalang kuchlarni qabul qiladi. Qo’shni bloklar turli shakldagi choklarga ega bo’lishi mumkin: yassi vertikal hamda pog’onali qiya, shuningdek uchburchak va trapetsiyasimon tarhli, tishsimon.




    2.49-rasm. Diafragmaning montaj choki: 1 – qamrovchi okaymlyayuщiy) burchaklik; 2 – po’lat ustama (nakladka); 3 – armaturali to’r
    Montaj mobaynida choklarning sirti epoksid qatroni asosidagi yolimlar bilan qoplanadi. Qo’shni bloklarning uchlari bir-biriga mos tushishini ta’minlash uchun, ularni yasashda, navbatdagi blokning uchlaridan biri uchun oldinga blokning bosh va oxirgi sirti qolip sifatida hizmat qiladigan iz uslubi qo’llaniladi. Ko’ndalangiga bo’laklanadigan yig’ma konstruksiyalarning choklari quruq (yelimsiz) ham bajarilishi mumkin. Ba’zi hollarda keyinchalik quymalanadigan keng choklar (ho’l choklar) qo’llaniladi.




    Adabiyotlar
    1. Мосты и тоннели. Учебник для вузов ж.д. транспорта. С.А. Попов, В.О. Осипов и др. -М.: Транспорт, 1977. - 526 с.

    2. Содержание и реконструкция мостов.В.О. Осипов, Ю.Г. Козьмин, B.C. Анциперовский, А.А. Кирста. Под ред. В.О. Осипова: Учебник для вузов ж.д. транспорта - М.: Транспорт, 1986. - 327 с.

    3. Мосты и тоннели на железных дорогах. Учебник для вузов. В.О. Осипов, В.Г. Храпов, Б.В. Бобриков и др.: Под ред. В.О. Осипова. - М.: Транспорт, 1988. - 367 с.

    4. Колоколов Н.М., Копац Л.П., Файнштейн И.С. Искусственные сооружения. Учебник для техникумов транспортного строительства. /Под ред. Н.М. Колоколова. 3-е изд. Переработ. и доп.- М.: Транспорт, 1988. - 440 с.

    5. Руководство по определению грузоподъёмности железобетонных пролетных строений железнодорожных мостов. МПС. М: Транспорт, 1989 - 125с.

    6. Указания по устройству и конструкции мостового полотна на железнодорожных мостах. М: Транспорт. 1989. - 120с.

    7. Гидрология и гидротехнические сооружения. Под ред. Г.II. Смирнова. М: Высшая школа. 1988. - 472 с.

    8. Клипов С.И. Железнодорожный путь на искусственных сооружениях. М: Транс­порт, 1990. - 144 с.

    9. Красин Н. А. Мамажанов Р.К. Примеры определения грузоподъемности железобетонных пролетных строений железнодорожных мостов с учетом влияния дефектов и повреждений. Учебное пособие. ТашИИТ, 1996 - 45 с.

    10. Москвин В.М. Трещина в железобетоне и коррозия арматуры. М: Стройиздат. 1971. - 143 с.

    11. Проектирование мостовых переходов на железных дорогих. Под ред. И.И. Канто­ра. М: Транспорт, 1990. - 287с.

    12. Содержание и реконструкция мостов. Под ред. В.О. Осипова. Учебник для ВУЗов ж. д. транспорта. М: Транспорт, 1986. – 327 с.



    Mundarija

    Bo’limlar va ularning mazmuni

    Beti

    Bob I. Тemir va avtomobil yo’llaridagi ko’priklar

    3

    1.1. Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va materiallari

    3

    1.2. Yuk va ta’sirlar

    6

    1.3. Ko’prik konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallar va ularning xossalari

    7

    Bob II. Тemirbeton ko’priklar konstruksiyalari va va ularni loyihalash qoidalari

    19

    2.1. Тo’sinli temirbeton ko’priklar oraliq qurilmalarining konstruksiyalari

    19

    2.2. Oddiy armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar

    30

    2.3. Ko’priklarning oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari

    37

    2.4. Armaturadagi olindan zo’riqishlarning yo’qolishi

    45

    2.5. Egiladigan temirbeton elementlarning kuchlanganlik holati bosqichlari

    49

    2.6. Konsol va tutash oraliq qurilmalar

    52

    2.7. Yig’ma temirbeton ko’priklar

    56

    2.8. Romli va arkli temirbeton ko’priklar

    61

    2.9. Тemirbeton oraliq qurilmalar konstruksiyalarining

    detallari



    67

    Adabiyotlar

    76


    Ch.S.Raupov

    texnika fanlari nomzodi, dotsent;



    I.A.Saminov

    o’qituvchi



    Ko’prik va quvurlarni loyihalash va qurish

    O’quv qo’llanma



    I qism
    Muharrir Х.Т.Qayumova
    Nashrga ruxsat etildi. Hajmi 4.8 bosma taboq.

    Format 60x84 1/16, Buyurtma № ___ Adadi 10 nus.

    Тoshkent temir yo’l muhandislari instituti

    Manzil: 700167, Тoshkent167, Odilxo’jayev ko’ch, 1, ТoshТYMI





    Download 435.07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 435.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тemirbeton oraliq qurilmalar konstruksiyalarining detallari

    Download 435.07 Kb.