“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-3, January - 2023
38
TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLARNI
QO’LLASH METODIKASI
Dalilboyeva Ra'no Erkinovna
Toshkent shahar Uchtepa tumani
44-maktabning texnologiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o`rta ta'lim
maktablarida texnologiya
fanini o`qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchi
yoshlarda texnik
ijodkorlikni shakllantirish, texnologiya fani darslarida interfaol
metodlardan biri grafikli organayzerlardan foydalanish metodikasi “Klaster”, “Venna
diagrammasi”, “Konseptual jadval” misolida ishlab chiqilgan.
Ushbu metodlarning
afzallik va kamchiliklari ham yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Grafikli organayzerlar, “Klaster”, “Venna diagrammasi”,
“Konseptual jadval”,
texnologiya fani, intellektual loyihalar,
ijodkorlik,
ratsionalizatorlik, ixtiro
SOME ASPECTS OF METHODOLOGY OF INTERACTIVE METHODS OF
LEARNING TECHNOLOGY
Abstract: This article has developed one of the interactive methods in
technology lessons using the method of graphic organizers using the example of
"Cluster", "Venn Diagram", "Conceptual Table". The advantages and disadvantages of
these methods are also highlighted.
Keywords: Graphic organizers, "Cluster", "Venn diagram", "Conceptual table".
KIRISH:
Bugungi kunda zamon shiddat
bilan rivojlanib borar ekan, bo‟lg‟usi
pedagoglardan yana ham yuksakroq marralarni ko`zlash, fan, texnika va texnologiyalar
borasidagi yangiliklardan xabardor bo‟lish talab etilmoqda. Qadim zamonlardan beri
ulig‟ ajdodlarimiz yangilikka ishtiyoqmand bo`lib kelganlari va sharqda renesans
davrini boshlab berganliklarini dunuo hamjamiyati tan olgan.
Hususan ilm olishga,
hunar o‟rganishga, biror bir kasb egasi bolishga intilish bizning bobokalonlarimizda
juda kuchli bo‟lgan va bu o‟z navbatida diyorimizda juda ko‟p dunyo ilm-fani rivojida
katta hissa qo‟shgan allomalar etishib chiqishiga sabab bo‟lgan.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo’nalish - pedagogik
innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g’oyalarining paydo bo’lishi
natijasida
o’qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo’nalish “o’qituvchining innovatsion
faoliyati” tushunchasi paydo bo’ldi. Innovatsion texnologiyalarning assosiy negizi - bu
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishishlari uchun oldindan ta’lim jarayonini loyihalashdir. Texnologiya
fanidan darslarni innovatsion pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etishda grafikli
organayzerlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o`quvchilarni
darslarda faol ishtirok etishini, ta`lim mazmuniga oid o`rganilayotgan tushunchalarni,