• ASOSIY QISM
  • “PEDAGOGS”   international research journal ISSN




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana03.09.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #80095
    1   2   3   4
    Bog'liq
    38-41
    111, 2-lab, Тест 2, Kirish differensial tenglamalar, aziz, Ayolmisan ayol bo`l, 2-синф, mustaqil ish--2, iqtisodiy matemdan savollar bazasi, Qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va un, 5 tashabbus, ҚУРИЛИШДА БАҲОНИ ШАКИЛЛАНТИРИШ ВА СМЕТА 2017 ЎУМ 8, 13-laboratoriya ishi, geometrik loyihalash 9 mavzu
    “PEDAGOGS” 
     international research journal ISSN: 
    2181-4027
    _SJIF: 
    4.995
     
    www.pedagoglar.uz
     


    Volume-26, Issue-3, January - 2023
     
    39 
    murakkablik darajalari turlicha bo`lgan mavzularni, fanlararo amalga oshirilayotgan 
    aloqadorlik va o`zaro bog’liqlik o`rnatishni, tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash
    topshiriqli muammolarni aniqlash, ularni hal etish va berilgan amaliy topshiriqlarni 
    rejalashtirish, tafakkur qilish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
    Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko`rgazmali taqdim etish 
    vositasi hisoblanadi.
    ASOSIY QISM: 
    Texnologiya fanidan darslarda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim 
    ahamiyatga ega bo`lib, mavzuga oid ma`lumotlarni og’zaki ravishda o`zlashtirish 
    ko`rsatkichi 10% bo`lgan sharoitda dars o`tish samarasiz bo`ladi. Darslar davomida 
    o`quvchilarga o`quv materialni ko`rgazmali shaklda taqdim etish lozim. O`quv 
    materialini ko`rgazmali taqdim etish orqali o`qitish samaradorligi natijaviyligiga 
    erishish mumkin. Chunki, xalqimizda bir naql bor «Ming marta eshitgandan ko`ra, bir 
    marta ko`rgan yaxshi». Shunday ekan, yuqorida keltirilgan fikrlardan foydalanib, 
    grafikli organayzerlardan “Tikuvchilik materialshunosligi” darslarida qo’llanilishini 
    “Tabiiy tollalar” mavzusida ko’rib chiqamiz: 1. Tabiiy tola turlarini klasterda 
    tasvirlang. Klaster - (tutam, bog’lam) - axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha 
    tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil 
    atrofida g’oyalarni yig’ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga 
    mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga 
    yordam beradi. Klaster interfaol metodi - ta’lim oluvchini mantiqiy fikrlashga, umumiy 
    fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni 
    o‘rgatishga asoslangan. Fikrlashning tarmoqlanishi pedagogik strategiya bo‘lib, u 
    ta’lim oluvchilarning bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni 
    mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va aniq ravishda ma’lum ketma-
    ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlanishlariga o‘rgatadi. Mazkur interfaol 
    metod bir mavzuni chuqur o‘rganishdan avval ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini 
    jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni 
    mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda ta’lim oluvchilarning 
    ushbu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. «Klaster» 
    metodi yordamida o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash quyidagicha amalga 
    oshiriladi: ta’lim oluvchilar guruhlarga bo‘linadilar va ularga belgilangan vaqt ichida 
    mavzu bo‘yicha qanday tushunchalarni o‘zlashtirgan bo‘lsalar, ularni qog‘ozga yozish 
    vazifasi topshiriladi. Vazifani bajarish jarayonida fikrlarning to‘g‘ri yoki 
    noto‘g‘riligiga ahamiyat bermaslik, nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni yozib berish talab 
    etiladi. Yozuvning texnik (orfografik, mantiqiy va h.k.) jihatlariga e’tibor berilmaydi. 
    Fikrlar tugagandan keyin guruh a’zolari tushunchalarni mantiqiy jihatdan bir-birlariga 
    bog‘lab chiqadilar. Tabiiy tolalar O’simlik tolalari Organik Anorganik Hayvonot 
    tolalari Sellyulozali Oqsilli zig’ir kapok koyr kanop paxta jut manilla sizal jun ipak 
    jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish, taqqoslash yoki qarama-qarshi 
    qo’yish uchun faoliyatni tashkil etish jarayonida qo’llaniladi. Diagrammani tuzish uch 
    bosqichni o‘z ichiga oladi.
    1-bosqich: Talabalar ushbu diagrammani tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi.



    Download 0.58 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “PEDAGOGS”   international research journal ISSN

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish