• Tohtamirzayevna
  • Kalitli so‘zlar
  • Pedagogs” international research




    Download 80.38 Kb.
    bet1/5
    Sana07.02.2023
    Hajmi80.38 Kb.
    #41419
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    32-44 (1)
    Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 3D MODELLASHTIRISH, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.


    PEDAGOGS” international research journal

    ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995








    Abdullayeva Shahnoza Tohtamirzayevna
    Yangiyol shahar 1-son kasb xunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi
    shahnozaabdullayeva2020@gmail.com
    В стате рассматривается рол маркетингого анализа текстилной отрасли, возможност превлечения инностранных инвестиций и расшерние экспортного потенсиала в текстилной отрасли, и их совершенствования. Также разработаны практические рекомендатсии и предложения по привлечению инностранных инвестиций и увеличению объёма экспорта, в текстелной отрасли Республики Узбекистан.
    The article discusses the role of marketing analysis of the textile industry, the possibility of attracting a foreign-investment and export potential rasshernie in the textile sector, and to improve them. Also, practical recommendations and suggestions for attracting a foreign-investment and an increase in the volume of exports, tekstelnoy industry of Uzbekistan.
    Kalitli so‘zlar: yengil sanoati, marketing taxlili, eksport imkoniyatlari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, texnik va texnologik modernizatsiyalash, menejer dizaynerlar.
    O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati maxalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega: paxta tolasi, ipak, terichilik, kaolin kabilar mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi.Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston orqali o‘tishi, bu yerda ishlangan paxta va ipakli matolar xunarmandchiligi, o‘ziga xos xushbichim milliy ust bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan sopol idishlar dunyoning ko‘plab davlatlariga mashhur bo‘lgan.
    Xozirgi vaqtga kelib, dunyoda eksportni amalga oshiruvchi yengil sanoat, tarmoqlar orasida yuqori reytingga ega bo‘lib turibdi. Bu soha eksport tovarlar

    nomenklaturasida yigirilgan ip-kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan keng tarmoqni o‘z ichiga olgan. Shu nuqtai nazardan sohaning eksport potensiali salmoqli o‘ringa ega bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishi mavjud strategik investor, jaxon bozoridagi tovarlar kon’yunkturasi, biznes rejaning samaradorligi, kadrlarning eksport ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishiga bog‘liqdir.
    1991 yilgacha Respublikada paxta tolasini qayta ishlash 10 %, mahsulotni eksport qilish 7,7 mln.dollardan oshmagan.
    Yevropada paxta tolasini qayta ishlashda xarajatlarning doimiy oshib borishi va yerlarning qimmatligi, u yerda bunday sanoat korxonalarining kamayishi jarayoniga sabab bo‘lmoqda. Ushbu omillar sabab G‘arbiy Yevropalik investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish imkoniyatlari bir muncha kengdir.
    Ammo, rivojlangan mamlakatlarda yashash sharoitining rivojlanib borishi, aholining yuqori to‘lov qobiliyati uzluksiz ekologik toza to‘qimachilik va boshqa tovarlar xajmining o‘sishi zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuni hisobga olish kerakki, amerika, yaponiya, g‘arb kompaniyalari to‘qmachilik sohasida yuksak darajadagi maxoratga ega va ular o‘z faoliyatini O‘zbekistondagi kabi tarmoq rivoji uchun keng imkoniyatlarga ega hududlarda faoliyatni kengaytirishi mumkin.
    Yengil sanoati soxasi mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotimizning real sektorini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida to‘qimachilik sanoatining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushining o‘sish tendensiyasini kuzatish mumkin.
    “To‘qimachilik va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida ana shu paxta xomashyosini yanada chuqur qayta ishlashni ta’minlash, bo‘yalgan ip-kalava, trikotaj polotnosi va matolar kabi tayyor mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga eksport qilish, keyinchalik, zamonaviy texnologiya va dizaynni faol o‘zlashtirish asosida, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ulkan samaraga erisha olamiz.
    Mamlakatimizda ishga solinmagan yana ko‘plab rezerv va imkoniyatlar mavjudligiga birgina shu misol asosida ishonch hosil qilish mumkin. Bu o‘rinda gap,
    avvalo, dastlabki xomashyoni va yarim tayyor mahsulotlarni yanada chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, buning uchun neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, yengil sanoat va elektrotexnika tarmoqlarida yangi kompleks va korxonalar tashkil etish, shuningdek, jahon va mintaqa bozorlarida, ichki bozorimizda xaridorgir bo‘lgan tayyor to‘qimachilik, charmpoyabzal, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati, elektronika va maishiy elektr texnika mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari, qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida bormoqda”.
    Albatta, bu kabi ulkan maqsadlarga erishishda to‘qimachilik korxonalari faol marketing siyosatini yuritishi, samarali marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida xorijiy bozorlarda raqobatdosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni taqozo etadi.
    Korxonaning raqobatdoshlik imkoniyatlarini, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, uning faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini topish, korxonaning ishlab chiqarish sotuv imkoniyatlarini tahlil qilish va shu bilan bir paytda bozorda o‘xshash tovarlar bilan ish olib borayotgan raqobatchi korxonalarning tegishli ko‘rsatkichlarini ham baholab borishdan iborat.
    Korxonaning salohiyati to‘g‘risida ma’lumot to‘plashning eng maqbul usuli bu yo‘nalishlarning barchasini tizimli ravishda ko‘rib chiqishdir. Bunda miqdoriy ko‘rsatkichlarning manbai sifatida ish xujjatlari va statistika ma’lumotlaridan foydalaniladi.
    Mamlakatimizdagi to‘qimachilik korxonalarining eksport imkoniyatlarini tahlil qilish bugungi kundagi asosiy vazifalardandir. Shuning uchun xalqaro valyuta fondi ekspertlarining quyidagi ko‘rinishda tashkil qilingan marketing tadqiqotlaridan foydalanamiz:


    1. Download 80.38 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 80.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogs” international research

    Download 80.38 Kb.