• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • -jadval O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi 2019 yil bo‘yicha eksportining strukturasi




    Download 80.38 Kb.
    bet5/5
    Sana07.02.2023
    Hajmi80.38 Kb.
    #41419
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    32-44 (1)
    Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 3D MODELLASHTIRISH, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.

    1-jadval O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi 2019 yil bo‘yicha eksportining strukturasi


    Importyor mamlakatlar

    Eksport qilingan mahsulot xajmi, ming AQSh dollari

    Nisbiy xajmi, %

    1

    2

    3

    Yevropa mamlakatlari

    8201

    10

    Turkiya

    98412

    12

    Janubiy Koreya

    41005

    5

    MDX

    61507,5

    7,5

    Rossiya

    442854

    54

    Xitoy

    65608

    8

    Boshqa davlatlar

    36949,6

    4,5

    Jami:

    820100

    100

    Manba: « O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi ma’lumotlari.
    «O‘zbekengilsanoat» mahsuloti eksportining bozor segmentatsiyasi 2018 yilda eksport qilingan mahsulotning ko‘proq hajmini, ya’ni 54 %i Rossiya mamlakati, nisbatan kamroq hajmini esa, ya’ni 5 %ini, Janubiy Koreya tashkil qilganligini ko‘rsatmoqda.
    Chet el investorlarni jalb etish va investitsiya muhitini shakllantirish uchun respublikada bir qancha ishlar amalga oshirildi. Shuni aytishimiz mumkinki, ijtimoiy sohaga, kichik biznesga investitsiyalarning asosiy qismi kirib kelyapti, ta’kidlashimiz lozimki, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalariga ham jalb qilinayotgan investitsiyalar miqdori yildan yilga oshib bormoqda.
    Buni biz DAK "O‘zbekengilsanoat" korxonalari misolida xam ko‘rishimiz mumkin. Ularning miqdori 2018 yil 820,1 mln. AQSh dollaridan ortiq (2-rasm).



      1. rasm. «O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi korxonalariga kiritilgan chet el investitsiyalari (mln. AQSh dollari)


    1999 yilda tarmoqga 37,37 mln. AQSh dollari mikdorida investitsiyalash amalga oshirilgan, 2000 yili bu ko‘rsatkich 119,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bu esa 3,19 marta oshgan.
    2011 yilida esa bu ko‘rsatkich 385,1 mln. AQSh dollariga oshgan; 2014 va 2018 yillarda esa oldingi davrga nisbatan bu ko‘rstatkich 118,97% va 107,53%larni mos ravishda tashkil etgan. 2020 yil natijalariga ko‘ra tarmoqqa 705,3 mln. AQSh dollari qiymatli investitsiyalar jalb kilingan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 1,4 marta ortgan. 2021 yili investitsiyalar mikdori 326,28%ga oshgan va 820,1 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 15 dekabrdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi №PQ-1442-sonli qarori qabul qilindi.Bugungi kunda « O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan qo‘yidagi loyihalarni amalga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda:

    1. tayyor gazlamalarni ishlab chiqarish (djinsi gazlamasi, tukli sochiqbop matolar, ko‘ylakbop gazlamalar);

    2. tayyor trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish; 3) to‘qimachilik aksessuarlari:

    - zontiklar, tugmachalar, molniyalar va boshqalarni ishlab chiqarish;
    4) to‘qimachilik dastgohlari: to‘quv dastgohlari, yigiruv ishlab chiarishi uchun ehtiyot qismlar.
    2017-2021 yillarda «Jizzax» MIZsida amalga oshiriladigan 5 ta yirik investitsion loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Ushbu loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik, muhim ishlardan deb qarashimiz mumkin. Undan tashqari jinsi gazlamasi va jinsidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish, paypoq mahsulotlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish, tukli mato va sochiq mahsulotlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish, aralash tolali gazlama va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish, uyro‘zg‘or uchun to‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish kabilardir.
    Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida yiliga dona tikuvchilik va trikotaj mahsulotlarini tayyorlash, tarmoq eksport salohiyatini oshirish imkoni yaratiladi. Investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishi yengil sanoat tarmog‘ida eksport hajmi oshishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Qisqacha qilib aytganda, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari eksportining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun mazkur sanoatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarishni, iloji boricha tayyor mahsulot ishlab chiqarishiga yo‘naltirishimiz lozim.
    Olib borilgan ilmiy tadqiqotni tahlil qilish hamda natijalarini umumlashtirish asosida quyidagi xulosa va takliflarni ishlab chiqdik:
    Tarmoq korxonalarini marketing tadqiqot ma’lumotlari bilan ta’minlash, ta’minotchi va iste’molchilarni tanlashda tavsiyalar berish, xalqaro narxlar va iste’molchi talabining o‘zgarish tendenesiyalariga asoslanish; yangi tur mahsulotlarni va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish strategiyasini ishlab chiqish, marketing tadqiqotlariga asoslangan xolda ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish
    va xom-ashyo bazalarini rivojlantirish masalasi yechimini topish; mavjud moliyaviy resurslardan unumli foydalanish uchun tadbirkorlarga xom-ashyo resurslari, extiyot qismlar, texnologiyalarni yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi marketing tadqiqoti materiallarini taqdim etish; Ichki va tashqi bozor kon’yunkturasini o‘rganish asosida o‘zaro manfaatli ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliyaviy va tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi rivojlanish takliflarini taqdim etish; reklama faoliyatini tashkil etish, yengil sanoat bo‘yicha tashqi va ichki axborotlar taxlilini amalga oshirish;
    Biz ilmiy iznanishlarimiz natijasida shunday xulosaga keldikki, tayyor to‘qimachilik mahsulotlarimizni Yevropa bozorlarida sotilishini ta’minlash juda ham murakkab hisoblanadi. Chunki, biz o‘zbek gazlamalarini va tayyor mahsulotlarni sifat jihatdan yuqori darajaga chiqara olganimizcha yo‘q. Shuning uchun O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining eksport sohasi bo‘yicha strategik vazifalaridan biri Rossiya va MDH davlatlari bozorida o‘z faoliyatini kengaytirishi lozim. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri tarmoqni texnologik jihatdan yangilash hisobiga harajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish va uning assortimentini kengaytirish hamda tayyor mahsulotlar eksportini rivojlantirish masalalarini chuqur tahlil qilish va zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqishdir.
    Bozor konyunkturasidan kelib chiqib to‘qimachilik sanoati tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy ta’minot mexanizmlarini ham doimo takomillashtirib borish talab qilinadi. Keskin raqobat sharoitida raqobatlasha olish uchun har bir tashkilot bozorga o‘zining tabiiy, sifatli mahsuloti bilan chiqishi, ularni ishlab chiqarishi uchun esa tegishli texnologik jarayonlarni yaratishi lozim.
    Bugungi kunda shunday tendensiyalar kuzatilmoqdaki, yaqin kelajakda faqat sifat va dizayn bo‘yicha bozordagi joriy talablarga javob bera oladigan to‘qimachilik mahsulotlarini qisqa muddatlarda va nisbatan kichik miqdorlarda ishlab chiqara oladigan korxonalargina raqobatbardosh bo‘lishi mumkin. Tarmoqdagi korxonalar imkoniyatlarining bozor talablariga mos bo‘lishini ta’minlaydigan ilmiy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tezda joriy qilishni faqat shu kompaniyalarda ishlaydigan va ishlab chiqarishning barcha xususiyatlarini yaxshi biladigan mutaxassislargina uddalay oladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2017- yilda ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021yilga mo‘ljallangan iktisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

    2. « O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi ma’lumotlari

    3. www.engilsanoat.uz O‘zbekengilsanoat OAJning rasmiy sayti

    4. http://tuqimachi.titli.uz- Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti To’qimachi gazetasi


    www.pedagoglar.uz

    Volume-14, Issue-2, July - 2022




    Download 80.38 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 80.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval O‘zto’gimachiliksanoat» uyushmasi 2019 yil bo‘yicha eksportining strukturasi

    Download 80.38 Kb.