• 6.1. Granitli pegmatitlar
  • Pegmatit konlarining hosil bo‘lish jarayonlari pegmatitlar




    Download 20.2 Kb.
    bet1/3
    Sana01.11.2023
    Hajmi20.2 Kb.
    #92902
      1   2   3
    Bog'liq
    PEGMATIT KONLARINING HOSIL BO
    41 dars. showmessage oynasi, pedagogika va psixologiya kafedrasi, Лекция 1, DTM 2019 Matematika kitobi, Amaliy yuzi, Kirish I. Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi, 10-sinf matematika 1-chorak test, avvalo ishlab chiqarish jamoai, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo`lib, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi qamda ma`lum bir turmush, 3-amaliy, 2-dars-Конденсаторлар, 1-Mavzu Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar. Pedagogika va ijtimoi-fayllar.org, 1labadsdasd, 1. Ekalogiya haqida umumiy tushuncha. Ekalogik madaniyat nima, 1403844393 47512

    PEGMATIT KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI
    Pegmatitlar (yunoncha pegmatos – bog‘lanish, aloqa) – otqindi, aksari er tomir
    nordon tog‘ jinslari. Pegmatitlar tarkibidagi ortoklaz va kvarslar o‘ziga xos o‘sishga
    ega, agar bu o‘simtalar juda ham ingichka bo‘lsa ular mikropegmatit deb ataladi.
    Pegmatitlar pnevmatolit bosqichida qoldiq magmalardan hosil bo‘ladi, ular
    magma temperaturasi pasayganda gaz va bug‘simon moddalar bilan to‘yinadi.
    “Pegmatit” terminini dastlab fransuz olimi R.J.Ayui (1801) xozirgi yozma granit,
    grafikali pegmatit yoki yaxudiy toshini belgilash uchun kiritgan.
    Magmatik jarayonning oxirgi etaplarida uchuvchi komponentlarga boy bo‘lgan
    qoldiq qotishmalarining shakllanishidan hosil bo‘ladigan birikmalar pegmatit deb
    yuritiladi.
    Pegmatitlardan nodir metallar – berilliy, litiy, niobiy, tantal, sirkoniy, qalay;
    siyrak elementlar – rubidiy, seziy, grafniy; qimmat toshlar – zumrad, sapfir, berill,
    topaz va ruda emas xom ashyolar – muskovit, dala shpati, kvars, korund kabilar qazib
    olinadi.
    Ko‘pchilik pegmatitlar yuqori temperaturada (A.E.Fersman bo‘yicha 700 –
    400oS oralig‘ida), bir necha 1000 atmosfera bosim ostida va sezilarli chuqurlikda
    (A.Ginzburg bo‘yicha 2 - 7 km) bo‘lib o‘tadigan magmatik jarayonning mahsulidir.
    Pegmatitlar intruziv jinslar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ulardan
    o‘lchamlarining kichikligi, shakllarining tomir va uyasimon, ichki tuzilishi, tog‘ jinsi

    hosil qiluvchi minerallarning kattaligi,
    bo‘lishligi bilan ajraladi.

    uchuvchan birikmali minerallarning

    Tabiatda eng ko‘p tarqalgan pegmatitlar nordon magmatik jinslar bilan bog‘liq
    bo‘lib, granit pegmatitlari deb nom olgan. Ishqoriy, asosiy va o‘ta asosiy jins
    pegmatitlari esa kamdan - kam uchraydi (1 - jadval).
    1 - jadval

    Struktura

    Bosqi
    ch

    Magmatik jins
    formatsiyasi

    Pegmatit
    tipi

    Tarqalish darajasi

    Geosinklinar

    Erta
    O‘rta
    Kech

    O‘rta asosiy va
    asosiy plagiogranit
    Senit granodiorit
    Granit
    Kichik intruzivlar

    Asosiy
    Ishkoriy
    Granit
    Granit
    Granit

    Juda kam
    Kam
    Kam
    Juda ko‘p
    tarqalgan
    Kam

    Platforma

    - - -

    Granit
    Asosiy
    Ishqoriy

    Granit
    Asosiy
    Ishqoriy

    Kam
    Kam
    Keng tarqalgan

    6.1. Granitli pegmatitlar
    Granit pegmatitlari nordon jinsli massivlarning ichida hosil bo‘lganligi uchun,
    ularning mineralogik tarkibi ona jinslar – granit, granodioritnikiga to‘g‘ri keladi. Bu
    pegmatitlarning asosiy qismi kvars, dala shpati va slyudadan tuziladi.
    Pegmatit qotishmalarida H2O, HCI, HF, H3BO3, H3PO4 kabi uchuvchan
    komponentlarning ko‘payishi, nodir va siyrak elementlarning yig‘ilishi tufayli,
    shunday komponent va elementlardan tuzilgan yangi minerallar paydo bo‘lib, ular
    pegmatitlarda aksessor qo‘shimchalar sifatida uchraydi. Bu minerallar gruppasiga
    muskovit, topaz, turmalin, berill, litiy lipidolit, spodumen, siyrak er elementli – ortit,
    sirkon, monatsit, kolumbit, tantalit, samarskit, uranitit va boshqalar kiradi.
    Pegmatitlarni ona jinslardan ajratib turadigan belgilardan biri minerallarning
    yirik kristallanishidir. Granit pegmatitlarining tarkibi ona jinslarning tarkibiga
    bog‘liq. Agar pegmatit hosil qiluvchi qotishma-eritmalar ona jinsi granit yoki tarkibi
    granitga yaqin granit-gneys, kristalli slanets jinslari orasida shakllansa, bu holda
    granitning tarkibiga mos keladigan toza chiziqli pegmatitlar vujudga keladi. Pegmatit
    hosil qiluvchi qotishma eritma-granitdan farqlanuvchi tog‘ jinslari bo‘lsa, chalkash
    chiziqli pegmatitlar hosil bo‘ladi.
    Granit pegmatitlari tarkiblari va ichki tuzilishlariga ko‘ra oddiy
    (differensiyalanmagan) va murakkab (differensiyalangan) pegmatitlarga bo‘linadi.
    Oddiy pegmatitlar dala shpatlari va kvarsdan tuzilgan bo‘lsa, murakkablari turli
    minerallardan tashkil topadi va ko‘pincha zonal tuzillishga ega bo‘ladi.
    Pegmatitlar o‘zlari hosil bo‘ladigan manbaga qarab, ikkiga bo‘linadi.
    (A.I.Ginzburg, 1952), singenetik va epigenetik. Singenetik yoki shlir pegmatitlar
    qoldiq-pegmatit hosil qiluvchi qotishmalarning yig‘ilgan joyini o‘zida shakllanishidan
    hosil bo‘ladi. Tinch tektonik sharoitda vujudga keluvchi tomchi, oval shakllaridagi
    kontaktlari sezilarsiz bunday pegmatitlar ona jinsning bag‘rida uchraydi.
    Epigenetik pegmatitlar tektonik sharoitga qarab ona jinsning orasida yoki
    cho‘kindi-metamorfik jinslar ichida tomir shaklida uchraydi. Tomirlarning kontakti
    keskin bo‘ladi. Murakkab (differensiyalangan) pegmatitlar shu gruppaga kiradi.
    Pegmatit konlarini o‘rganish borasida A.E.Fersman katta ishlar olib borgan.
    O‘rta Osiyo pegmatitlarini har taraflama o‘rganishda H.M. Abdullaev,
    Q.L.Boboev, H.N.Boymuhamedov, S.M.Bobojumaev, N.K.Djamolitdinov,
    I.X.Hamroboev va boshqalarning hizmatlari katta.

    Download 20.2 Kb.
      1   2   3




    Download 20.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pegmatit konlarining hosil bo‘lish jarayonlari pegmatitlar

    Download 20.2 Kb.