• Tayanch so’z va iboralar
  • 10-mavzu. Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadval protsessorlaridan foydalanish reja




    Download 3,3 Mb.
    bet1/9
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,3 Mb.
    #141595
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    10-mavzu. Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadval protse


    10-MAVZU. IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA ELEKTRON JADVAL PROTSESSORLARIDAN FOYDALANISH
    Reja:
    1. Elektron jadval protsessorlarining asosiy tushunchalari va ishlash tamoyillari
    2. Ma’lumotlarni ko‘rish, qayta ishlash va umumlashtirish vositalari
    3. Ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari

    Tayanch so’z va iboralar: Elektron jadval, Microsoft Excel, dasturiy vositalar, jadval protsessori, jadval yacheykalari, ma'lumotlar tahlili.
    10.1. Elektron jadval protsessorlarining asosiy tushunchalari va rivojlanish dastlabki yillari.
    Elektron jadvallar hayotning har hil sohasida uchraydigan hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlashda kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan o’ta quvvatli vosita hisoblanadi.
    Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Vikicalk (Vikiblencalculatork – ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Artk firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yil IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Vikicalk va Kupercalk dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birga Microsoft – Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining erkin yulduziga aylandi.
    Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarning paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o’z sinfida eng quvvatli dastur hisoblanadi.
    Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingizni natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Win Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. Excelning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas ammo, dasturning murakkabligi va imkoniyatlarning juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq vaqt davom etishi mumkin, binobarin aynan ish jarayonida uning yangi – yangi imkoniyatlarini ko’chirish mumkin.

    Download 3,3 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu. Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadval protsessorlaridan foydalanish reja

    Download 3,3 Mb.