№
|
CHora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Ijro uchun mas’ullar
|
I. Voyaga yetmaganlar va ularning oilalari bilan ishlashga doir tadbirlar
|
1
|
Kasb-xunar maktabining tanglik vaziyatiga tushib qolgan voyaga yetmagan o’quvchilari bilan ishlash va ularga yordam ko’rsatish borasida namunaviy yagona ishchi guruxi tuzish.
|
1. Kasb-xunar maktabining tanglik vaziyatiga tushib qolgan voyaga yetmagan o’quvchilari bilan ishlash va ularga yordam ko’rsatish borasida namunaviy yagona malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruxi tuzish.
|
2022 yil iyun
|
2022 yil iyun oyida kasb-xunar maktabining tanglik vaziyatiga tushib qolgan voyaga yetmagan o’quvchilari bilan ishlash va ularga yordam ko’rsatish borasida namunaviy yagona malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruxi tuzildi.
|
2
|
Kasb-xunar maktabining psixologiga metodik yordam beruvchi mobil metodik gurux tashkil etish.
|
1. Kasb-xunar maktabida malakali va tajribali psixolog yordamida o’zaro yordam berish metodik guruxini tashkil etish.
2. Mobil metodik gurux tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq o’quvchilar o’rtasida individual so’rovnomalar o’tkazish orqali o’quvchilarning joriy psixologik xolati va moyilliklarini aniqlash.
|
2022 yil iyun
Muntazam ravishda
|
2022 yil iyun oyida kasb-xunar maktabi malakali va tajribali psixolog yordamida o’zaro yordam berish metodik guruxi tashkil etildi. Mobil metodik gurux tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq o’quvchilar o’rtasida individual so’rovnomalar o’tkazish orqali o’quvchilarning joriy psixologik xolati va moyilliklarini aniqlash ishlari o’tkazilmoqda.
|
3
|
Kasb-xunar maktabining tanglik vaziyatiga tushib qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ular to’g’risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish xamda tahlil qilib borish.
|
1. Ta’lim muassasasidagi tanglik vaziyatiga tushib qolgan voyaga yetmagan o’quvchilar xaqidagi ma’lumotlarni to’plash, elektron bazasini shakllantirish, bunda axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish.
2. Ruxiyatida o’zgarish kuzatilgan o’quvchilarga tibbiy va psixologik ko’mak ko’rsatish bo’yicha manzilli ishlarni tashkil etish.
|
2022 yil may oyidan boshlab muntazam ravishda
Muntazam ravishda
|
2022 yil 31 dekabr xolatiga kasb-xunar maktabida tanglik vaziyatiga tushib qolgan voyaga yetmagan o’quvchilar mavjud emas.
|
4
|
Ruxiy xolatida o’zgarishlar yuz berib, suitsidga moyilligi bo’lgan o’quvchilarning ruxiy xolatiga ta’sir qiluvchi salbiy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etib borish.
|
1. Ta’lim muassasasi psixolog va pedagoglari tomonidan “xavf guruxi” xamda xulq-atvorida o’zgarishi mavjud bo’lgan o’quvchilarni doimiy kuzatib borish, ulardagi xolatlarni o’z vaqtida aniqlash, ota-onalari bilan birgalikda ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish, zarur xollarda reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga yo’llash choralarini ko’rish.
|
2022 yil davomida muntazam ravishda
|
2022 yil 31 dekabr xolatiga kasb-xunar maktabida “xavf guruxi” xamda xulq-atvorida o’zgarishi bor 3 nafar o’quvchilar aniqlanib, ular bilan psixolog va pedagoglar tomonidan doimiy kuzatilib, ulardagi xolatlarni o’z vaqtida aniqlash, ota-onalari bilan birgalikda ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish maqsadida muntazam ravishda suxbatlar uyushtirilmoqda.
|
5
|
Ruhiyatida o’zgarish sodir bo’lgan, o’z joniga qasd (suiqasd) qilish xollari qayd etilgan yoki tanglik vaziyatiga tushib qolgan oilalar a’zolari (ayniqsa, oiladagi voyaga yetmagan bolalar)ga psixologik yordam berish va qo’llab-quvvatlash.
|
1. Ruxiyatida o’zgarish yuz bergan yoki tanglik vaziyatiga tushib qolgan oilalarning xar bir a’zosi bilan yakka tartibda ishlash, suxbatlashish, kuzatib borish.
2. Mazkur toifadagi oilalarning a’zolari (ayniqsa, oiladagi voyaga yetmagan bolalar)da suitsidal va emotsional xolatlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.
3. Xayot quvonchlaridan baxra olmayotganlar aniqlangan xollarda zudlik bilan psixokorrektsion va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish.
4. Og’ir va emotsional xolat aniqlanganda maxsus mutaxassislarni jalb etish.
|
Muntazam ravishda
Muntazam ravishda
Xar bir xolat bo’yicha
Darxol
|
2022 yil 31 dekabr xolatiga kasb-xunar maktabi o’quvchilari orasida ruxiy xolatida o’zgarish sodir etilgan yoki tanglik vaziyatiga tushib qolgan oilalarning farzandllari mavjud emas.
|
|