• Proceedings of Global Technovation 5 th International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from Berlin, Germany
  • Proceedings of Global Technovation




    Download 207.06 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana30.11.2023
    Hajmi207.06 Kb.
    #108715
    Bog'liq
    852-Article Text-2673-1-10-20210331 (2)
    nitrobirikmalar , UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA, 649 20.10.2020, Murodillaeva Robiya, Mashinasozlik texnologiyasi, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, Qattiq jism lazerlar uchun materiallar, 1700916078, 3TM.Android, Gidravlika va gidravlik mashinalar, portal.guldu.uz-Ona tili va adabiyot


    Proceedings of Global Technovation 
    5
    th 
    International Multidisciplinary Scientific Conference 
    Hosted from Berlin, Germany
    https://conferencepublication.com 
     
    March 30
    th
     2021 
    245 
    QATTIR JISMLI LAZERLAR VA ULARNING AFZALLIGI 
    Yusupova Madinabonu A'zamjon qizi
    Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti o'qituvchisi 
    Alimova E'tiborxon A'zamjon qizi
    Namangan davlat universiteti magistranti. Andijon viloyati Baliqchi tumani 35 
    umumiy o'rta talim maktabi o'qituvchisi. 
    Ibragimova Dinora Ma'rufjon qizi 
    And tumani 54-umumiy òrta ta'lim maktabi 
    Ma’lumki optik diapazondagi elektromagnit to’lqinlarning manbai har qanday 
    moddaning tashkil etuvchi uning atom, ion yoki molekulalaridir. Bu zarralarni tashqi 
    elektromagnit maydon ta’siri ostida uyg’ongan holatga keltirish mumkin. Uyg’ongan 
    holatdagi atomning yashash davri 10
    -8
    s ga teng. Bunday holatdagi atomga tashqi ta’sir misol 
    uchun elektromagnit maydoni ta’sir etmasa u holda uyg’ongan holatni xarakterlovchi yuqori 
    energetik satxdan pastki energetik satxga o’tish o’z-o’zidan ya’ni tasodifiy ravishda amalga 
    oshadi. Bunday o’tish natijasida xosil bo’ladigan nurlanish jarayoniga spontan nurlanish 
    deyiladi.
    1916 yilda A.Eynshteyn jismlar nur chiqarishining kvant xarakterini tahlil qilib 
    nurlanishni ikki turi – spontan (o’z-o’zidan) va majburiy (induksion) nurlanishlar mavjud 
    ekanligini nazariy jixatdan asosladi. Spontan o’tish paytida uyg’ongan atomlarning yuqori 
    energetik satxdan pastki energetik satxga o’tishi tashqi ta’sirga ya’ni elektromagnit maydon 
    ta’siriga bog’liq bo’lmaydi, ya’ni bu holda hosil bo’ladigan nurlanish mustaqildir. 1939 yilda 
    V.A.Fabrikant birinchi marta yorug’likni kuchaytiradigan muhit hosil qilish mumkinligini va 
    shu muhitda nur majburiy nurlanish xisobiga kuchaytirilishi g’oyasini olg’a surdi. 1960 yilda 
    esa T. Meyman tomonidan qattiq jismli, optik diapazonda (λ = 6943 А ) ishlaydigan optik 
    generator yasaldi. Bunday generatorlar lazerlar deb ataladi.
    Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat : aktiv muxit, majburiy yig’ish (optik nakachka) 
    sistemasi, optik rezenator. 
    Aktiv muxitning agregat holatlariga ko’ra lazerlar quyidagi turlarga bo’linadi:
    a) Qattiq jism lazerlari 
    b) Bo’yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo’yoq lazer 
    v) Gaz lazeri
    g)Yarim o’tkazgichli va kimyoviy lazerlar. 
    Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) va shisha 
    lazеrlarini ko’rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar panjaralariga 
    aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari uch va to’rt enеrgеtik 
    satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati juda katta. Lazеrlarning 
    taraqqiyoti umuman qattiq jism lazеrlaridan bоshlangan. 


    Proceedings of Global Technovation 
    5
    th 
    International Multidisciplinary Scientific Conference 
    Hosted from Berlin, Germany
    https://conferencepublication.com 
     
    March 30
    th
     2021 
    246 
    1-rasm. Yoqut aktiv kristalida malburiy o’tish xisobiga lazer nurining hosil bo’lish 
    sxemasi 
    Qattiq jism lazеrlarida elektroaktiv kirishma atomlari mavjud bo’lsa, ularning ionlari 
    energetik satxlarda yorug’lik (optik) nurlari yordamida invers to’ldirish hosil qilinadi. Bunday 
    lazerlar samarali ishlashi uchun ular: 
    - Katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo’lishi; 
    - Optik jihatdan bir jinsli
    - Mexanik mustaxkam va issiqlikka chidamli; 
    - Texnologik ishlovlarga qulay; 
    - Katta o’lchamli aktiv qismlar tayyorlash imkoniga ega; 
    - Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishi kerak. 
    Bu talablarga javob beruvchi aktiv elementlar soni cheklangan bo’lgani uchun qattiq 
    jismli lazerlar turlari ham cheklangan. Amalda ko’proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli 
    granatdan yasalgan lazerlar ishlatiladi. Neodimli shisha asosidagi lazerlarda 4 satx ishlaydi. 
    Shisha matritsa asosidagi lazerlarning afzalligi, katta o’lchamli diametri 5-10 sm, uzunligi 2 
    m li aktiv elementlar tayyorlash mumkin. Bu esa katta energiyali nurlanish impulslari olish 
    imkonini beradi. Bu lazerlar nurlanish energiyasi diapazoni kengligi va arzonligi bilan 
    boshqa lazerlardan (rubinli) ustun turadi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Otaxo’jayev A.K., Jo’rayev B.S., Molekulyar optika. Samarqand, Universitet. 1992. 
    2. Фабелинский И.Л. Молекулярное рассеяние света. М. Наука. 1982. 
    3. Otajonov SH. Molekulyar optika. Toshkent. Universitet. 194. 
    4. Tursunоv А.T., Tuxlibоеv О. Kvаnt elеktrоnikаsigа kirish. 
    5. Lаndsbеrg G.S. Оptikа, Nаukа, M. 2005. 

    Download 207.06 Kb.




    Download 207.06 Kb.
    Pdf ko'rish