Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha




Download 0.64 Mb.
bet1/154
Sana21.12.2023
Hajmi0.64 Mb.
#125798
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org
Mustaqil ish mavzulari (2), Mustaqil ish1

Psixodiagnostika

PSIXODIAGNOSTIKA


I bob

PSIXODIAGNOSTIKA VA

AMALIY PSIXOLOGIYA

HAQIDA TUSHUNCHA

Bobning qisqacha mazmuni



Psixodiagnostika nima? “Psixodiagnostika” tushunchasi mazmuni. Uning mohiyati nimadan iborat.
Psixodiagnostikaning predmeti va vazifalari. Uning predmeti va vazifalari. “Psixologik tashxis qo’yish” yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilish.
Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari. Ilmiy va amaliy psixodiagnostik holatlarning o’ziga xos vazifalari. Amaliy jarayonda psixodiagnostik usullardan foydalanishda mumkin bo’lgan psixologik bilimlar doirasiga daxldor masalalar. Psixodiagnostikani tashkillashtirish va uni amalga oshirishga aloqador bo’lgan amaliy masalalar.
Amaliy psixologiya va uning sohalari. Amaliy psixologiya nima? Amaliy psixologiyadagi “samara” tushunchasi va uni o’lchash mezonlari bilan nazariy psixologiyadagi “samara mezonlari”ning bir-biridan farqi. Amaliy psixologiyaning asosiy aspektlari va yo’nalishlari.
Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida. Psixodiagnostik faoliyat natijalaridan amaliy foydalanishda qo’llaniladigan sohalar.
Psixodiagnostika va differensial psixologiya. Differensial psixologiyaning predmeti va vazifalari.


1.1. Psixodiagnostika nima?

Psixodiagnostika so’zini asl mohiyati “psixologik tashxis qo’yish” yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi.


Psixodiagnostika – amaliy jihatdan deyarli psixologning barcha faoliyat doiralarida, ya’ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo’llanadi. Ammo ko’pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo’ladi. Uning maqsadi psixologik tashxis qo’yish, ya’ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi.

Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, dif-ferensial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asosla-nadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlar-ni o’rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo’l-yo’riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy metodik ishlarning




yo’nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.


Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobasiyasi, talablar yo’riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o’tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.
Diagnostik faoliyat o’z maqsadiga ko’ra tashxis (diagnoz) yo’nalishishining turli ko’rinishlariga egadir. Qo’yilgan tashxis o’rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar orqali ifodalanadi.



Download 0.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Download 0.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha

Download 0.64 Mb.