• Pythonning o‘ziga xosligi
  • Python tili tarixi




    Download 18.88 Kb.
    bet1/3
    Sana07.03.2023
    Hajmi18.88 Kb.
    #44534
      1   2   3
    Bog'liq
    PYTHON TILI TARIXI
    hkTnSqfa9LEIqiaGdTcTzx0mT3WJmU38e4ibDLtq, matematika AXMEDOVA GULNOZA, Документ Microsoft Word (5), -fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish-, UZ, Javlon, Google, фактура, Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyen, umirzoq, 4-amaliy ish.doc alisher aka, 3-amaliy ATE S, Monitorlar, 19683

    PYTHON TILI TARIXI
    Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990- yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi.
    Pythonning o‘ziga xosligi

    1. Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot. 2. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas. 3. Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi. 4.Interpretatsiya qilinadigan til. 5. Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi. 6.Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega. 7.xml/html fayllar bilan ishlash 8.http so`rovlari bilan ishlash 9. GUI(grafik interfeys) 10.Veb ssenariy tuzish 11.FTP bilan ishlash 12. Rasmli audio video fayllar bilan ishlash 13.Robot texnikada 14.Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash.


    Download 18.88 Kb.
      1   2   3




    Download 18.88 Kb.