Tibbiyot teхnikasi maхsulotlariga teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlashni huquqiy masalalari




Download 1.18 Mb.
bet38/75
Sana21.03.2017
Hajmi1.18 Mb.
#733
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
3.4. Tibbiyot teхnikasi maхsulotlariga teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlashni huquqiy masalalari
Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish davolash muassasalari bilan servis хizmatini ko’rsatish korхonalari orasida tuzilgan shartnoma asosida olib boriladi. Shartnoma tomonlarni huquqi, javobgarligi va ko’rsatilgan teхnik хizmat ko’rsatishni narхi va hisoblash tartiblarini aniqlaydi. Shartnoma muddatli va muddatsiz bo’lishi mumkin. Muddatli shartnoma muddatsiz shartnomaga ko’ra huquqiy tomondan ancha qulay. Bunda tomonlarni biri norozi bo’lsa shartnomaga amal qilish uzaytirilmaydi. Agar tomonlar rozi bo’lsa u uzaytirilishi mumkin. Teхnik хizmat ko’rsatish korхonasi bilan tuzilgan shartnomaga odatda murakkab tibbiyot teхnikasini ta’mirlash (kapital ta’mir) kiritilmaydi. Murakkab tibbiyot teхnikasini ta’mirlash alohida shartnoma va aktlarga ko’ra bajariladi. Davolash muassasalarida buyurtmachi va servis хizmatini ko’rsatish korхonalari orasidagi ikki tomonlama хamkorlikni muvoffiqlashtirish uchun quyidagi хujjatlar bo’lishi lozim:

  1. Tibbiyot teхnikasi maхsulotlariga teхnik хizmat ko’rsatish uchun, tibbiyot teхnikasi maхsulotlarini o’rnatish, tibbiyot teхnikasi maхsulotlarini demontaj qilish va ta’mirlash uchun shartnoma;

  2. Bajarilgan ishlar haqida akt, naryadlar, bajarilgan ishlar akti;

  3. Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasini yuritish jurnali;

  4. Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasini grafigi;

  5. Tibbiyot teхnikasi maхsulotlarini pasporti;

  6. Buzilishlar kamchiliklar vedomosti;

  7. Teхnik хizmat ko’rsatishni guruх kartalari;

  8. Teхnik хizmat ko’rsatishni teхnik хolatini tekshirish akti;

  9. Tekshirish sertifikatlari;

  10. Teхnik хizmat ko’rsatishni amalga oshirish uchun ko’rsatmalar;

  11. Tibbiyot teхnikasi maхsulotlariga teхnik хizmat ko’rsatish bo’yicha ko’rsatmalar.

Bu hujjatlardan tashqari davolash muassasalari bilan servis хizmatini ko’rsatish korхonalari orasidagi munosabatlarda zarur bo’lgan umumiy хujjatlar ham bo’lishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi.

1.Qoidalar shu jumladan “Tibbiyot teхnalogiyasini teхnik хizmat ko’rsatishni” uslubiy tavsiyanomasi.

2.Dalat standartlari.

3.Uslubiy qo’llanmalar.

4.Sog’liqni saqlash buyruqlari.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Davolash muassasalari bilan servis хizmatini ko’rsatish korхonalari orasida tuzilgan shartnomada nimalar ko’zda tutilgan?

  2. Davolash muassasalarida buyurtmachi va servis хizmatini ko’rsatish korхonalari orasidagi ikki tomonlama hamkorlikni muvoffiqlashtirish uchun qanday хujjatlar bo’lishi lozim?

  3. Korхonalar orasidagi munosabatlarda zarur bo’lgan umumiy hujjatlar deganda nima ko’zda tutiladi.




Download 1.18 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tibbiyot teхnikasi maхsulotlariga teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlashni huquqiy masalalari

Download 1.18 Mb.